Kun.uz | Rasmiy kanal
74.9K subscribers
80.8K photos
11.5K videos
64K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Jazo o‘tayotgan ayollarga oliygohlarda o‘qish imkoniyati yaratiladi

Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga jazoni o‘tab, ishga joylashgandan keyin qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

👉 https://kun.uz/85344725

Kun.uz rasmiy kanali
👍32😁3214
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Naqd pul muomalasiga cheklovlar: bu qanchalik samarali?

Katta summadagi oldi-berdilarni faqat bank orqali amalga oshirish talabi – iqtisodiyotni oqartirish yo‘llaridan biri, lekin shuning o‘zi yetarli emas: sabablarga e’tibor qaratish va tadbirkor nima uchun qora bozorda ishlayapti degan savolga javob kerak, deydi Kun.uz bilan suhbatda soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonov. Bank va to‘lov tizimlarining komissiyalari sabab odamlarni ulkan xarajatlar kutadi, deydi u.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
👍1712😐6🔥1😁1
Ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 barobar oshiriladi

Maktabning 11-sinfini tamomlab, davlat texnikumlariga o‘qishga kirgan qizlarni kasbga o‘qitish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

👉 https://kun.uz/97708216

Kun.uz rasmiy kanali
👍120🔥4838😐5👏4
Prezident bir guruh ayol va qizlarga davlat mukofotlarini topshirdi

«Yangi O‘zbekistonni ayollari baxtli-saodatli yashaydigan mamlakatga aylantirish – eng ulug‘ maqsad», – dedi davlat rahbari.

📸 👉 https://kun.uz/80870665

Kun.uz rasmiy kanali
👍111🔥3227👏4🤯3
Tramp Erondan so‘zsiz taslim bo‘lishni talab qildi

Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng Eronga maqbul rahbar tanlanadi.

👉 https://kun.uz/05175816

Kun.uz rasmiy kanali
😁127😐18🤯158👍4
Eron AQSh bazalaridagi HHM tizimlari radarlariga zarba berishga urg‘u qaratmoqda

CNN Amerikaning BAA va Iordaniyadagi raketaga qarshi mudofaa tizimlari radarlari zarbaga uchragani aks etgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini namoyish etdi.

👉 https://kun.uz/76804401

Kun.uz rasmiy kanali
36👍30🤯1
Namanganda ayol jazmani bilan birgalikda yollanma qotil orqali erini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Olingan tezkor ma’lumot asosida tadbir o‘tkazilib, jabrlanuvchining o‘ldirilgani sahnalashtirilgan. Shartli yollanma qotil holatni tasvirga olib, buyurtmachilarga ko‘rsatgan. Erining o‘lganiga ishongan ayol va uning jazmani shartli yollanma qotilga kelishilgan 6 ming dollardan 5,5 mingini berayotganda qo‘lga olingan.

👉 https://kun.uz/79225634

Kun.uz rasmiy kanali
🤯97😁3317👍7😐5
AQSh kuchlari Erondagi harbiy bazaga zarba bergan vaqtda maktab ham nishonga olingan – New York Times

Nashr to‘plagan yangi dalillar Minobdagi maktabga berilgan zarba – AQSh kuchlari Eron harbiy-dengiz bazasiga qilgan hujumning bir qismi ekanini ko‘rsatmoqda. Bu esa «ushbu zarbani katta ehtimol bilan ular amalga oshirganiga» dalolat qiladi.

👉 https://kun.uz/54113241

Kun.uz rasmiy kanali
🤯7711😭8👍4😐3👏2
Budapeshtda avtomobillarda o‘nlab million valuta va oltin olib ketayotgan Ukraina banki xodimlari qo‘lga olindi

Ukraina buni «odamlarni garovga olish» deb, Vengriya esa qo‘lga olinganlarni «harbiy mafiya» pullarini tashuvchilar deb atamoqda.

👉 https://kun.uz/57311750

Kun.uz rasmiy kanali
😁4811🤯8😐3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkor prezidentga: barchani rasmiy millionerga aylantirdingiz

5 mart kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sohasida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va texnologiyalarni tezkor o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida «Grand Pharm Trade» kompaniyasi asoschisi Azizxo‘ja Abbosxo‘jayev ilgari farmatsevtika sohasi doimiy tekshiruvlar va nazorat organlarining kutilmagan tashriflaridan qo‘rqib ishlaganini aytdi.

👉 https://kun.uz/76835195

Kun.uz rasmiy kanali
👍256186🔥148😁69😭9👏5🤯2😐2
AQSh va Isroil Eronni yiqita oladimi? Urush strategiyasi qay tomon o‘zgardi?

AQSh va Isroilning Eronga qarshi boshlagan urushiga hademay bir hafta to‘ladi. Bu urush – Yaqin Sharqda keyingi 23 yil ichidagi eng katta urush bo‘lmoqda. Bundan roppa-rosa 23 yil muqaddam, 2003 yil mart oyida AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Iroqqa bostirib kirgan edi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
10👍10👏2
“Eron urushi domino effektiga sabab bo‘lishi mumkin” – tahlilchilar

Yaqin Sharqdagi urush Markaziy Osiyo va O‘zbekiston iqtisodiyotiga asosan bilvosita ta’sir qiladi. Tahlilchilar ta’kidlashicha, energiya narxlarining oshishi global inflatsiyani kuchaytirishi va eksport talabini pasaytirishi mumkin. Markaziy Osiyo yuklarining taxminan 10 foizi Eron orqali o‘tadi. Shu bilan birga, oltin narxi 19 foizga oshgani O‘zbekiston uchun ijobiy omil bo‘lishi mumkin. Oltin O‘zbekiston eksport ulushining qariyb 30 foizini tashkil qiladi.

Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatshunoslar shu haqda so‘z yuritdi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
31🔥8👍5😭3
AQShga Erondagi urush qanchaga tushyapti?

Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi tahlilchilari hisob-kitoblariga ko‘ra, Eronga hujumning dastlabki 100 soati davomida AQShning harbiy xarajatlari 3,7 mlrd dollarni tashkil etgan.

👉 https://kun.uz/10499275

Kun.uz rasmiy kanali
20😁18👍14🤯5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 BMW urib ketgan YPX xodimi ishi: avariya tasvirlari paydo bo‘ldi

25 fevral kuni poytaxtning Nukus ko‘chasida voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov o‘z boshqaruvidagi BMW M4 mashinasida YPX xodimini urib ketgandi. Hodisada olgan tan jarohatlari oqibatida kichik serjant Hosilbek Eshnazarov shifoxonada vafot etdi.

Holat yuzasidan avtotransport vositasini olib qochish va odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish ayblovlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

👉 https://kun.uz/45863884

Kun.uz rasmiy kanali
😭53👍2116🤯5😐2
Qatar neft bozori uchun jiddiy xatar haqida ogohlantirdi

Qatar energetika vaziri mintaqadagi barcha mamlakatlar bir necha hafta ichida neft qazib olishni to‘xtatishi mumkinligini istisno etmadi. Eronga qarshi urush fonida Brent rusumidagi neft narxi 2024 yil iyulidan beri eng yuqori darajaga yetdi.

👉 https://kun.uz/90991905

Kun.uz rasmiy kanali
24🔥7🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda hokim yordamchisi 5 ming dollar bilan ushlandi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida hokim yordamchisi fuqarodan 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida tezkor tadbir davomida ushlandi.

👉 https://kun.uz/47062405

Kun.uz rasmiy kanali
👍20😁155🤯2👏1
Navoiyda bir maktabning 23 o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Navoiy shahridagi 11-maktabning 23 o‘quvchisi 4-5 tadan milliy sertifikatga ega chiqib, oliygohga kirish uchun muddatidan avval yuqori ball to‘pladi. Ularning 2 nafari 10-sinf o‘quvchisi.

👉 https://kun.uz/72831010

Kun.uz rasmiy kanali
👏131👍4817😁8
Angrenda daydi itlar hujumi oqibatida 8 yoshli bola halok bo‘ldi

Angren shahrida maktabdan qaytayotgan 8 yoshli bolani daydi itlar talab o‘ldirgani haqida xabar tarqaldi. Kun.uz'ga murojaat qilgan aholi vakillariga ko‘ra, bola onasi bilan Istiqlol mahallasida ijarada yashab kelgan. Onasi maktabdan qaytishi kechikayotgan o‘g‘lidan xavotir olib, bolani izlab chiqqan va uni og‘ir jarohatlar bilan topgan.

Toshkent viloyati hokimligi hodisa o‘rganilayotgani, shaharda daydi itlarni tutish ishlari kuchaytirilganini ma’lum qildi. Aynan bolani talagan it ham tutilgan.

Kun.uz suhbatlashgan angrenlik fuqaroga ko‘ra, daydi itlar muammosi shaharda anchadan beri bor, bu haqda mas’ul tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilingan.

👉 https://kun.uz/77535569

Kun.uz rasmiy kanali
😭131🤯3125👍3🔥1
Tehron markazidagi yerosti bunkeri Isroil hujumiga uchradi

Isroilning qariyb 50 ta jangovar samolyoti Eron poytaxtidagi hukumat binolari ostida joylashgan yerosti majmuasiga hujum qildi. Guvohlar Tehronda kuchli portlashlar bo‘lganini xabar qilmoqda.

👉 https://kun.uz/41832075

Kun.uz rasmiy kanali
🤯227👍7👏2😭2😐1