Kun.uz | Rasmiy kanal
74.8K subscribers
80.8K photos
11.5K videos
64.1K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘z kelajagi – bolalarini "iste’mol" qilayotgan jamiyat yuzini ochmoqda / 5 daqiqa

So‘nggi bir necha hafta davomida Epshteyn mojarosi dunyo jamoatchiligini o‘z domiga tortdi. Yashirin olam haqida ko‘plab ma’lumotlar yuzaga chiqmoqda. Zamonaviy jahon adabiyoti vakili Mo Yanning “Musallas mamlakati” romani ham bizga shunday rasvo dunyo haqida xabar beradi. Bugun “5 daqiqa”da kannibalizm, ya’ni odam go‘shti, aniqrog‘i, o‘z bolalarini tanovul qilayotgan jamiyat haqida gaplashamiz.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
17👍8😭6🤯3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSh va Isroil Eronga hujum boshladi. Dastlabki tafsilotlar

Prezident Donald Tramp Eronning yadro dasturi, raketa salohiyati va dengiz kuchlari yo‘q qilinishini aytdi. Eronliklarni esa “bombalar har joyga tushishi mumkin” deya pana joyda bo‘lishga chaqirdi.

“Biz ishni tugatganimizdan keyin esa hukumatingizni qo‘lga oling, u sizniki bo‘ladi. Balki bu avlodlar umri davomidagi yagona imkoniyatingizdir”, dedi AQSh prezidenti.


Eron inqilob gvardiyasi raketa va dronlardan iborat birinchi to‘lqin javob hujumlarini boshladi: Isroil hududi va AQShning mintaqadagi bazalari nishonga olinmoqda.

Kun.uz rasmiy kanali
👍2616🤯10🔥3😭2
Komil Allamjonovga suiqasd ijrochilaridan biri qamoqxonada vafot etdi. U joniga qasd qilgani aytilyapti

Komil Allamjonovga suiqasd qilishda ayblanib jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Ismoil Jahongirov (suratda o'ngda) qamoqxonada vafot etdi. Uning yaqinlari Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, ularga Jahongirov o‘z joniga qasd qilganini aytishgan.

Voqea 2026-yil 26-fevral kuni sodir bo‘lgan: Jahongirov qamoqxona kamerasida kiyimlaridan dor yasab, o‘zini osgani aytilyapti. Marhum kecha, 27-fevralda dafn etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ismoil Jahongirov suiqasddan keyin Shohrux Ahmedov bilan birga bu jinoyatda ijrochi ekanini tan olib videomurojaat e’lon qilgandi. Ularga, shuningdek, buyurtmachi sifatida PDXX o‘z xavfsizligi boshqarmasi sobiq boshlig‘i Shuhrat Rasulovga 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Janubiy Koreyadan ushlab keltirilgan tadbirkor Javlon Yunusov esa buyurtmachi va ijrochilar o‘rtasidagi vositachi sifatida 18 yilga qamalgan.

👉 https://kun.uz/52658666

Kun.uz rasmiy kanali
40😐18🤯4🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda alimentdan qarzdorlar elga ovoza qilinyapti. Huquqiy davlatda bu to‘g‘rimi?

Jizzax viloyatida aliment bo‘yicha qarzdorlarni jazolashning yangi usuli paydo bo‘ldi. Kun.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, MIB xodimlari qarzdorlar ro‘yxatini mahalla Telegram-guruhlariga tarqatmoqda. Mahalla binosi va mahalla hududidagi masjidlarga qarzdorning suratini ilib qo‘yish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yilgan.

Kun.uz suhbatlashgan huquqshunosga ko‘ra, huquqiy davlatda qarzdorlikni hal etish qonunlarda belgilab qo‘yilgan rasmiy mexanizmlar orqali amalga oshirilishi kerak.

Ikki yil oldin Navoiy viloyatida “Sharmanda doskasi” tarqatilgan, unga firibgarlik qilganlarning suratlarini ilib qo‘yish mo‘ljallangan edi. O‘shanda ombudsman bu inson huquqlariga zidligini aytib chiqqandi.

👉 https://kun.uz/1550884

Kun.uz rasmiy kanali
👏35😁3019🤯8😐5😭1
Yaqin Sharqdagi mojaroning ilk kuni: Eron, Suriya, Iroq va BAAda qurbonlar qayd etildi

AQSh rasmiysi Eronga qarshi amaliyot bir necha kun davom etishini aytmoqda. Bugungi zarbalar oqibatida Eronda 50dan ortiq fuqarolar halok bo‘lgan. BAA, Iroq va Suriyada ham qurbonlar bor. Donald Tramp AQShda ham qurbonlari bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.

👉 https://kun.uz/05683132

Kun.uz rasmiy kanali
👏15😭105🤯3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eldor Shomurodov: "Zimmamdagi mas'uliyatni ikki barobar his qilyapman"

O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatiga yo‘l olgani dunyoning turli mamlakatlarida yurtimizga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. Ayniqsa futbolchilarimizga e'tibor kuchaydi. Yetakchilarimiz borgan joylarida o‘zlarini ko‘rsatishyapti, ular safiga yangi legionerlar qo‘shilyapti.

Jumladan, Turkiyada Superligasida o‘zbek futbolchisi to‘purar – Eldor Shomurodov milliy jamoamizning yetakchisi. Muhim futbolchilarimizdan birining yaxshi o‘yinlari va undan interv'yu olish istagi bizni Istanbul tomon yetakladi. Hujumchimiz bilan nafaqat futbol haqida, balki boshqa mavzularda ham suhbatlashdik.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
20🔥13👍10😭1
Kun.uz | Rasmiy kanal
Pensiyaga kuzatilgan bojxonachi 4 kundan keyin yangi lavozimga tayinlandi Davlat rahbarining yosh kadrlar korpusini shakllantirish haqidagi topshirig‘idan keyin tantanali ravishda pensiyaga kuzatilgan Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i Tolibjon…
Tolibjon Saidov yangi lavozimidan ozod etildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining sobiq boshlig‘i Tolibjon Saidov tantanali tarzda pensiyaga kuzatilganidan 4 kun o‘tib, bojxona tizimida boshqa bir katta lavozimga tayinlangan edi. Kun.uz bu haqda xabar berganidan bir necha soat o‘tib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

👉 https://kun.uz/16578738

Kun.uz rasmiy kanali
😁194👍3012🔥2
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini bergan “zamhokim” ishdan olindi

Xizmat tekshiruvi natijalari Anvar Rajabovning harakatlariga huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborilgan.

👉 https://kun.uz/58273308

Kun.uz rasmiy kanali
👍66👏26😁107😐3
O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan xavotir bildirdi

Rasmiy Toshkent barcha tomonlarni keyingi keskinlashtiruvchi qadamlardan tiyilishga chaqirdi, zero vaziyatning bundan-da ko‘proq izdan chiqishi gumanitar fojialarga olib kelishi mumkin.

👉 https://kun.uz/34971598

Kun.uz rasmiy kanali
👍34😁1810
Dubayning «Palm Jumeirah» hududidagi binoga zarba berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Dubaydagi binolarga «Eron raketasi yoki droni urilgani» aytilgan video tarqaldi. BAA rasmiylari sun’iy orol hududidagi binoda «hodisa» sodir bo‘lib, odamlar jarohatlanganini tasdiqladi.

👉 https://kun.uz/51945644

Kun.uz rasmiy kanali
👍3429🤯22😭7🔥1
“Qaynoq nuqta”ga aylangan Yaqin Sharq: yuzlab reyslar bekor qilindi

BAAda yuzga yaqin, Isroil aeroportlarida kamida 40ta reys bekor qilingan, shuningdek, Qatar, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn, O‘mon, Iroq aeroportlarida ham aviaqatnovlar to‘xtatilgan.

👉 https://kun.uz/10513552

Kun.uz rasmiy kanali
27🤯14👏2😁2😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BMW urib ketgan YPX xodimi dafn etildi

Toshkentda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi BMW avtomobili urib yuborishi oqibatida halok bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati xodimi kichik serjant Hosilbek Eshnazarov Qashqadaryo viloyatida dafn etildi. Vidolashuv marosimida marhumning ko‘plab xizmatdoshlari, xususan ichki ishlar tizimi mansabdorlari ham ishtirok etdi.

Kun.uz rasmiy kanali
😭4619👍6👏3😐3😁2🔥1🤯1
Erdo‘g‘an Eronga qilingan hujumlarni qoraladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom aql va hushyor yondashuvsiz "diplomatiyaga yo‘l ochilmaydi, mintaqa olov ichida qoladi".

👉 https://kun.uz/90718148

Kun.uz rasmiy kanali
👏62😁20👍129🔥2
Dubayda nimalar bo‘lmoqda?

Eron AQShning Abu-Dabidagi aviabazasiga javob zarbalari yo‘llagach, Birlashgan Arab Amirliklari Yaqin Sharq mojarosining markazida qoldi. Harbiy obektlardan tashqari, Dubay va Abu-Dabidagi fuqarolik obektlari ham zarbalarga duch keldi.

👉 https://kun.uz/53963316

Kun.uz rasmiy kanali
👍4410🔥6😭3
Isroil Xominaiy o‘ldirilganini aytmoqda. Eron OAV u “urushni boshqarayotgani”ni ma’lum qildi

Eron oliy rahbari Ali Xominaiy Isroil va AQShning birgalikdagi hujumlari natijasida o‘ldirilganini ko‘rsatuvchi “ko‘plab belgilar bor”, dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu. Reuters manbasi uning jasadi topilganini iddao qildi.

Xominaiyning ofisi esa “dushmanning ruhiy bosimidan ogoh bo‘lish”ga chaqirmoqda. Eron OAVga ko‘ra, oliy rahnamo harbiy harakatlarni “qat’iyat va sobitlik bilan boshqarib turibdi”.

👉 https://kun.uz/74173378

Kun.uz rasmiy kanali
45🤯10😁9🔥3😭2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BAA mojaro markazida: Dubay va Abu Dabida portlashlar

Eron AQSHning Abu Dabidagi Al-Dafra aviabazasiga zarba yo‘lladi. Portlashlar Dubay va Abu Dabida ham qayd etildi. Ayrim fuqarolik hududlari zarar ko‘rdi, aviqatnovlar to‘xtatildi. Vaziyat keskinlashmoqda.

Kun.uz rasmiy kanali
37🤯17😭9👍8🔥1
Ali Xominaiy halok bo‘ldi

Eronning oliy rahbari, 86 yoshli oyatulloh Ali Xominaiy AQSh va Isroilning shanba kungi zarbalari oqibatida vafot etgan. Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi Ali Xominaiyning o‘limi mamlakatni yanada qat’iyatli qilishini bildirdi. AQSh esa zarbalar davom etishini ma’lum qilmoqda.

👉 https://kun.uz/11590947

Kun.uz rasmiy kanali
😭16221🤯14👍13😁3🔥2😐2
Zaharlangan bolalar va bezori “yosh boyvachchalar” - hafta dayjesti

Poygachi o‘smir YPX xodimini urib ketdi: tizimli xatolar endi tan olinadimi?

Bog‘chalarda yana ommaviy zaharlanish: qanday qilib uchta idora Farg‘ona hokimini to‘xtatolmagan?

Birinchi pulli yo‘l qurilishi boshlandi: xususiy sherik nega yashirilyapti?

Yakunlangan haftaning muhim voqealari sharhi – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING
10🔥3😐3
Eron oliy rahbari oyatulloh Xominaiy o'ldirildi |"Geosiyosat"

28-fevral kuni Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlikning  yuqori cho'qqisiga chiqdi.
Isroil va AQSH Eronga hujum qilishi ortidan, Tehron Amerikaning mintaqadagi bazalarini nishonga oldi. Eron oliy rahbari vafoti munosabati bilan mamlakatda 40 kunlik motam e'lon qilindi. Ayni vaqtda Ho'rmuz bo'g'ozi ham yopilgan.
Ortda qolgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24🤯7👍3🔥2😭2
Eronni o‘tish davrida boshqarish uchun uch kishilik Kengash tuziladi

Oliy rahbar Ali Xominaiyning o‘limidan so‘ng - amaldagi prezident, sudyalar boshlig‘i va Fiqh kengashining yuristidan iborat Kengash Eronni vaqtincha boshqaradi. «Ekspertlar majlisi» deb ataladigan hay’at esa «imkon qadar tezroq» yangi oliy rahbarni tanlashi shart.

👉 https://kun.uz/99120269

Kun.uz rasmiy kanali
45😁5🔥4