Kun.uz | Rasmiy kanal
74.9K subscribers
80.8K photos
11.5K videos
64K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi harbiy qismda sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

Davlat rahbari harbiy texnika va qurol-aslahalarni, shu jumladan, zamonaviy havo hujumidan mudofaa komplekslarini ko‘zdan kechirdi.

👉 https://kun.uz/51964982

Kun.uz расмий канали
👍149🔥4828👏14😁1
Farg‘onadagi bog‘chada bolani tok urgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona shahridagi 66-son davlat bog‘chasida 6 yoshli tarbiyalanuvchi yuqori kuchlanishli transformator punktiga yiqilib, tok urishi oqibatida tana a’zolari kuyib ketdi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 https://kun.uz/07506229

Kun.uz расмий канали
😭3115🤯12😁1😐1
Ikkinchi jahon urushidan ham cho‘zilgan qirg‘inbarot. Kiyev nega uch kunda qulamadi?

«Bu g‘alaba paradi repititsiyasi, shunchaki bu yil paradni Kiyevda o‘tkazishga qaror qilishdi». «Kiyev za tri dnya» iborasi asoschilaridan biri Margarita Simonyan urushning birinchi kuni mana shunday mazxaraomuz post yozgandi.

Lekin urush uch kunda tugamadi. Ikkinchi jahon urushi ham bunchalik uzoq davom etmagandi

📹VIDЕONI TOMOSHA QILING
11👏9👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryodagi suv ta’minoti megaloyihasi va xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga 1 mlrd so‘m – mahalliy dayjest

Surxondaryoda ichimlik suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan va qiymati 287 million dollar bo‘lgan megaloyiha amalga oshirildi. Kun.uz tanqididan so‘ng: mashinada uch odamni urib yuborgan farg‘onalik ayolga nisbatan sud hukmi o‘zgartirildi.

👉 https://kun.uz/71978898

Kun.uz расмий канали
👍102🔥3627👏17
Eron AQSh bilan ehtimoliy urush oqibatlariga tayyorlanmoqda

Mamlakatni amalda Xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy boshqarmoqda. Eron rahbarlari harbiy zarbalar nishoniga aylanishi ehtimoli hisobga olinib, ularning har biriga to‘rt nafardan voris tanlangan.

👉 https://kun.uz/16269454

Kun.uz расмий канали
👍2111😭3🤯2😁1
Mart oyining ob-havosi bahoriy beqaror bo‘lishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, oyning birinchi o‘n kunligi yog‘ingarchilik davri bo‘ladi, ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat ko‘tariladi.

👉 https://kun.uz/24403877

Kun.uz расмий канали
👍2622😁1🤯1
Adliya vazirligi noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etish bo‘yicha taklif kiritdi

Ta’kidlanishicha, yo‘llarda noqonuniy tashkil etilayotgan poygalar yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligiga, aholining osoyishtaligiga jiddiy xavf solib, inson o‘limigacha bo‘lgan o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.

👉 https://kun.uz/01241971

Kun.uz расмий канали
👍438🔥4
Afg‘oniston Pokistonning chegara hududlarida harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qildi

Nangarhor viloyatining Gushta tumanida va Kunar viloyatida Pokistonning sakkizta chegara posti qo‘lga olingani ta’kidlanmoqda.

👉 https://kun.uz/48605319

Kun.uz расмий канали
🤯28😐266👍5😁3😭2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pokiston Afg‘oniston poytaxti Kobulga aviazarbalar berdi

Pokiston hukumati so‘nggi oylardagi keskinlik toliblar bilan «ochiq urush»ga aylanganini bildirdi. Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar 2025 yil kuzida, Islomobod «Tolibon»ni terrorchilarga qarshi chora ko‘rmaslikda ayblaganidan so‘ng yomonlashgan.

👉 https://kun.uz/33351907

Kun.uz расмий канали
🤯3223😭6😐4👍1
Ko‘rinmas front: harbiy operatsiyalarni izdan chiqara oladigan elektron tizimlar

Radioelektron kurash zamonaviy jangovar harakatlarni o‘zgartirmoqda: u elektromagnit spektrni hal qiluvchi jang maydoniga aylantiryapti.

👉 https://kun.uz/90943004

Kun.uz расмий канали
👍119🔥3
“Kichkina jarima bilan qutulib ketdik” — YPXga bo‘ysunmagan BMW'dagi shaxs qoidabuzarligidan faxrlanishini aytdi

“Kimdir bu narsani orqasidan 15 sutkaga kirib ketoladi, lekin biz kichkina jarima bilan qutulib qoldik”, dedi u. Asadbek Jumayev tanish-bilishlari ko‘pligiga ishora qilib, takror-takror qilmishidan faxrlanishiga urg‘u berdi.

Bu intervyu jazo muqarrarligi haqida keskin savollarni uyg‘otmoqda. Katta rezonansdan keyin, YHXB 1,5 oy avvalgi voqea uchun BMWni jarima maydoniga endigina joylashning uddasidan chiqdi.

Poytaxtda bugun tunda o‘tkazilgan reydlarda guvohnomasiz mashina haydab yurganlar aniqlandi. Ulardan biri qimmatbaho Mercedes minib yurgan bo‘lsa, boshqasi 2024 va 2025 yillarda ham guvohnomasiz rulga o‘tirgani, shu tariqa oxirgi 3 yil ichida kamida uchinchi marta hujjatsiz mashina boshqarib yurgani ma’lum bo‘ldi.

Kuni kecha BMW M4 mashinasini guvohnomasiz boshqarib, YPX xodimini urib ketgan o‘smir – Asadbek Jumayevning tanishi bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/75840668

Kun.uz rasmiy kanali
😁60🤯5821😐8👍2
Tabiatning eng go‘zal kadrlari: WNPA 2026 g‘oliblari e’lon qilindi

World Nature Photography Awards (WNPA) tanlovi tashkilotchilari 2026 yil g‘oliblarini e’lon qildi. Asosiy mukofot - «Tabiat fotosurati bo‘yicha yil suratchisi» - avstraliyalik Jono Allenga nasib etdi: u oq kit va uning bolasi tushirilgan hayratlanarli portret uchun ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.

📸👉 https://kun.uz/25941009

Kun.uz расмий канали
19🔥13👍3😐1
Saida Mirziyoyeva: Transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar boshlandi

Saida Mirziyoyeva prezidentning transport tizimini modernizatsiya qilishga oid qarori ijrosi doirasida amaliy ishlar boshlanganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Toshkentda tirbandliklar, ekologiya va jamoat transportini nazorat qilish bo‘yicha taqdimot o‘tkazgan.

👉 https://kun.uz/87073281

Kun.uz расмий канали
👍12813😁9😐1
Qozog‘istonda «Osh markazi»da portlash: olti kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Aqmola viloyatidagi Shchuchinsk shahrida joylashgan «Osh markazi» kafesida sodir bo‘lgan portlash va yong‘in oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, qariyb 20 kishi turli darajada jarohat oldi. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

👉 https://kun.uz/30142825

Kun.uz расмий канали
😐14😭107👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YPX xodimi urib ketilgan BMW'da o‘nlab qoidabuzarliklar sodir etilgan — IIBB

Toshkentda poygada qatnashib, YPX xodimini urib ketgan o‘smir va uning otasi uzr so‘radi. “Loqaydligim oqibatida o‘g‘lim qotil bo‘lib qolishi mumkin edi”, dedi ota. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, BMW M4'ning egasi o‘z mashinasini 18 marta huquqsiz shaxslarga bergan, yana 37 marta boshqa jiddiy qoidabuzarliklarni sodir etgan.

👉 https://kun.uz/08290311

Kun.uz rasmiy kanali
😁39🤯2010😐9👍3🔥2
"Tolibon" tunda Pokistonga hujum qildi, Eron esa AQSH bilan savdolashyapti |"Geosiyosat"

Afg‘onistondan berilgan zarbadan keyin, Pokiston Tolibon bilan ochiq urush boshlanganini e’lon qildi. Eronda hujumlar va namoyishlar fonida ichki vaziyat murakkablashmoqda. Jenevada Tehron va Vashington muzokara o‘tkazdi. Moskvaning yadroviy ayblovlariga amerikaliklar sokin qaramoqda. Germaniya yetakchisi esa Xitoyda Si mehmoni bo’ldi.

Xalqaro maydondagi dolzarb mavzular muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosatkunuz” sahifasida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍5🔥2