Hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda – O‘zgidromet
30–31 dekabr kunlari aksariyat hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabrda harorat +5…+10 daraja bo‘ladi. 1–2 yanvar kunlari esa yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi va havo +3…+13 darajani tashkil etadi. 3–4 yanvardan sovuq havo massalari kirib kelishi mumkin.
👉 https://kun.uz/08661243
Kun.uz rasmiy kanali

❤15👍13🤯1
Uychi tumanida ham hokim almashdi
2021-yil dekabridan buyon tumanga hokimlik qilib kelgan Shuhrat Musayev ishdan ketdi. Uning o‘rnini Muzaffar Abdullayev egalladi.
👉 https://kun.uz/44361309
Kun.uz rasmiy kanali
2021-yil dekabridan buyon tumanga hokimlik qilib kelgan Shuhrat Musayev ishdan ketdi. Uning o‘rnini Muzaffar Abdullayev egalladi.
👉 https://kun.uz/44361309
Kun.uz rasmiy kanali
❤11😁9
O‘zbekistonda yana bir ayol hokim paydo bo‘ldi
Dilfuza Qambarova Sirdaryo viloyati Shirin shahri hokimi lavozimiga tayinlandi. O‘zbekistonda tuman va shahar hokimi lavozimidagi ayol rahbarlar soni 6 nafarga yetdi.
👉 https://kun.uz/90062609

😭43👏28😁13❤8😐4
Katta kuchlar, kichik davlatlar va yo‘qolayotgan qoidalar |"Geosiyosat
2025 yil yakunlanar ekan, dunyo barqarorlik sari emas, aksincha, noaniqlik davriga tobora chuqur kirib bordi. Xalqaro huquq tushunchasi nisbiylashdi. Ukrainadagi urush yakuni ko‘rinib qolgandek, G‘azodagi fojia esa hamon tugamadi, mintaqada Eron va Isroil o‘rtasida urush bo‘lishga ham ulgurdi. Tramp hokimyatga kelgach yirik davlatlar ochiq harbiy to‘qnashuvdan ko‘ra resurslar, ta’sir doirasi va geoiqtisodiy ustunlik uchun kurashni afzal ko‘rmoqda. Markaziy Osiyo esa jipslashuv yo‘lida ildamladi.
"Geosiyosat" dunyoda sodir bo‘lgan yilning eng muhim siyosiy voqealarini ekspertlar ishtirokida tahlil qiladi.
📱 Telegram'da ko‘rish
📱 YouTube'da ko‘rish
📱 VKontakte'da ko‘rish
2025 yil yakunlanar ekan, dunyo barqarorlik sari emas, aksincha, noaniqlik davriga tobora chuqur kirib bordi. Xalqaro huquq tushunchasi nisbiylashdi. Ukrainadagi urush yakuni ko‘rinib qolgandek, G‘azodagi fojia esa hamon tugamadi, mintaqada Eron va Isroil o‘rtasida urush bo‘lishga ham ulgurdi. Tramp hokimyatga kelgach yirik davlatlar ochiq harbiy to‘qnashuvdan ko‘ra resurslar, ta’sir doirasi va geoiqtisodiy ustunlik uchun kurashni afzal ko‘rmoqda. Markaziy Osiyo esa jipslashuv yo‘lida ildamladi.
"Geosiyosat" dunyoda sodir bo‘lgan yilning eng muhim siyosiy voqealarini ekspertlar ishtirokida tahlil qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍7🔥1
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
Dushanba tongida Xitoy Tayvan atrofida «Adolat missiyasi–2025» yirik harbiy mashg‘ulotlarini boshladi. Harbiylar orolni o‘rab turgan dengiz va havo hududida real o‘q otish mashqlarini o‘tkazadi. Tahlilchilarga ko‘ra, Pekinning harakatlari oddiy tayyorgarlikdan tobora – «ehtimoliy hujum tayyorgarligi»ga o‘xshab bormoqda.
📹👉 https://kun.uz/13285630

🤯15❤7🔥5😁4
⏳ 2026 yil uchun oldindan band qilish: atigi 2 kun qoldi!
31 dekabrda turlarni oldindan band qilishning birinchi bosqichi yakunlanadi. Bu vaqt ichida siz eng mashhur yo‘nalishlar, yuqori sifatli mehmonxonalar va maqbul narxlardan foydalanib, maksimal foyda olish imkoniyatiga egasiz.
Ushbu bosqich tugagandan so‘ng, shartlar qayta ko‘rib chiqiladi va talab yuqori bo‘lgan turlar narxi oshadi.
✈️ Quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
Antaliya, Alanya, Bodrum, Fethiye, Marmaris, Maldiv orollari, Bali, Vetnam
👉 Batafsil: @Asialuxe
🌎 asialuxe.uz
📱 1111 — Aloqa markazi 24/7
Web | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama

❤9
Kun.uz surishtiruvlaridan so‘ng: avtomobilni chet elga olib chiqish tartibi o‘zgardi
Endilikda avtomobilni boshqarish uchun berilgan ishonchnomada mashinani respublika hududidan olib chiqish huquqi mavjudligi yoki cheklanganlik holati qayd etiladi. So‘nggi paytlarda ishonchnoma orqali O‘zbekistondan mashinalarni olib chiqib, chet elda sotib yuborish holatlari ko‘paygandi. Firibgarlarga qo‘l kelayotgan ushbu huquqiy bo‘shliq hukumat qarori bilan to‘ldirildi.
👉 https://kun.uz/25926466

👏24❤12👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Trampga va’da bergan Putin, Tayvan atrofida mashg‘ulot boshlagan Xitoy va yana raketalar uchirgan Kim – kun dayjesti
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/88196881
Kun.uz rasmiy kanali
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/88196881
Kun.uz rasmiy kanali
❤9👍3
Dilfuza Uralova hokimlikdan ketdi
2020-yil fevralidan buyon Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga hokimlik qilib kelgan Dilfuza Uralova «boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rnini Shirin shahrining sobiq hokimi Niyoz Hazratqulov egalladi.
👉 https://kun.uz/47181669

❤17👍15
Yil yakunlari. O‘zbek futbolidagi 10 muhim voqea
2025-yil o‘zbek futboli uchun e’tiborli voqealarga boy bo‘ldi. So‘nggi o‘n yillik, yangi asr, umuman, futbolimiz tarixida shu paytgacha kuzatilmagan hodisalar birgina yilga siqqanining o‘zi – muxlislar uchun esda qolarli davr bo‘lganini ko‘rsatadi. Quyida bu voqealar birma-bir eslab o‘tiladi.
👉 https://kun.uz/87104939

👍8👏6❤4
Eyforiyadan ommaviy sotuvlargacha. Bitcoin bilan nimalar bo‘lyapti?
Yil oxiriga kelib Bitcoin keskin arzonlashdi. Xususan, oktyabr boshida kriptoaktiv narxi 126 ming dollardan oshgan bo‘lsa, dekabrga kelib 84 ming dollargacha pasaydi. Bunga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatdi? Yaqin istiqbolda Bitcoin bilan nimalar yuz berishi mumkin?
👉 https://kun.uz/61540599

❤20👍1😭1
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
Yalova shahrida Turkiya politsiyasi o‘tkazgan terrorizmga qarshi operatsiya otishmaga aylanib ketdi. Rasmiylarga ko‘ra, IShID bilan to‘qnashuvda kamida 6 nafar jangari va uch nafar politsiyachi halok bo‘lgan.
👉 https://kun.uz/60198850

🤯17❤10👍4
“Gospitalga borish uchun qo‘limda granata portlatdim” – Rossiya armiyasiga yollangan shaxs qamaldi
Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida yashovchi 38 yoshli erkak Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etgani uchun ozodlikdan mahrum qilindi. Pul topish uchun Novosibirsk shahriga borib, tegishli hujjatlarsiz ishlab yurgan erkak qo‘lga olingan va urushga yuborilgan. U frontda ataylab o‘z qo‘lida granata portlatgan. So‘ngra gospitaldan qochib, O‘zbekistonga qaytgan.
👉 https://kun.uz/96084560

🤯22😭19❤8😐3😁1
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
Darvoza qishlog‘i yaqinidagi tabiiy gaz krateri 60 yildan buyon yonyapti. Turkmaniston prezidenti uni o‘chirishni bir necha bor talab qilgan edi.
👉 https://kun.uz/51241738

👍23❤10🔥4😁4🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
Bir necha o‘n yillardan beri Tayvan bo‘g‘ozi Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi potensial keskinlik nuqtasi bo‘lib keladi. G‘arbiy Tinch okeanining boshqa hech bir joyida Pekin va Vashington manfaatlari to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashmaydi. Nima uchun ikki mamlakat raqobatida mazkur orol muhim geostrategik ahamiyat kasb etadi?
👉 https://kun.uz/63054049

❤11👍5
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
U o‘tirgan avtomobil harakatsiz yuk mashinasi bilan to‘qnashgan, oqibatda kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Joshuaning hayotiga hech narsa xavf solmayotgani ma’lum qilindi.
👉 https://kun.uz/27899641

🤯18😭9❤6
1-yanvardan oilaviy poliklinikalarda tibbiy xizmatlar pulli bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 31 dekabriga qadar DMED axborot tizimiga biriktirish uchun fuqarolar poliklinikalarga pasport va metirkalar bilan murojaat qilish lozimligi, aks holda tibbiy xizmat pulli asosda ko‘rsatilishi haqida xabarlar tarqaldi.
👉 https://kun.uz/73863483

❤23👍13
Yanvar oyi pensiya to‘lovlari 5-yanvarda bank kartalariga yuklanadi
Pensiya jamg‘armasi yanvar oyi pensiya to‘lovlari muddati haqida xabar berdi.
👉 https://kun.uz/31862545
Kun.uz rasmiy kanali
Pensiya jamg‘armasi yanvar oyi pensiya to‘lovlari muddati haqida xabar berdi.
👉 https://kun.uz/31862545
Kun.uz rasmiy kanali
❤6👍4
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning xorijga chiqishini cheklash taklif etildi
Qozog‘iston Majlisi deputati Yermurat Bapi davlat siridan xabardor bo‘lgan sobiq yuqori martabali amaldorlarning chet elga chiqishini qonuniy cheklashni taklif qildi. U bunday shaxslar qatorida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevni ham tilga oldi. Tashabbusga Nazarboyevning yaqinda Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashuvi sabab bo‘lgan. Deputatning fikricha, bunday safarlar «milliy xavfsizlikka tahdid qilishi» mumkin.
👉 https://kun.uz/08476285

👍80❤12😁11🔥5🤯2😭1