Kun.uz | Rasmiy kanal
79.9K subscribers
78.5K photos
10.8K videos
61.2K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Live stream started
Jonli efir: “Credit House” ishi bo‘yicha sud boshlanmoqda

Ayni paytda Kun.uz kameralari jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi binosiga qaratilgan. Yaqin daqiqalardan so‘ng 2025 yilning eng yirik firibgarlik ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlanadi. Ish doirasida ayblanuvchilar 9 kishini, jabrlanuvchilar esa 1 766 nafarni tashkil etmoqda. Hozircha jami zarar miqdori ma’lum emas. Sayt muxbiri voqealar rivojini yoritmoqda. Reportajni jonli efirda tomosha qiling.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Deputatlar qonundan tashqari ishlatilgan 41 trln so‘m xarajatni “yashirincha” tasdiqlab bergan

Davlat organlari va tashkilotlarining 2025 yilgi xarajatlari qonunda ko‘rsatilganidan qariyb 41 trln so‘mga yoki 14,5 foizga oshib ketgan. Bu xarajatlarni postfaktum qonunga kiritib qo‘yish yuzasidan Qonunchilik palatasining yig‘ilishi jonli efirsiz o‘tib ketgani ma’lum bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/10623169

Kun.uz rasmiy kanali
🤯102😁35😭1615😐9👏3👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isroilga qarshi da’voga qo‘shilgan Belgiya, Kimning atom suvosti kemasi va Moskva osmonidagi dronlar – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/84147305

Kun.uz rasmiy kanali
14
YHXX yo‘llardagi kameralardan shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqqanini rad etdi

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston yo‘llardagi harakatni jonli kuzatish alohida yopiq serverlarda amalga oshiriladi va u tizimga hech kim kirmagan. TechCrunch aniqlagan holat esa, sinov jarayonidagi qurilmalar qayd etgan qoidabuzarliklar yozilgan ochiq server, dedi YHXX bo‘lim boshlig‘i Suxrob Tursunov.

👉 https://kun.uz/40431400

Kun.uz rasmiy kanali
😁349👍5🤯1
O‘z pozitsiyasi uchun «otuvga tayyorligi»ni aytgan. NYT Kremlning urushga qarshi bo‘lgan mulozimi haqida

G‘arb matbuotida bir necha yildan buyon Dmitriy Kozak – Putinning atrofidagi asosiy «liberal» ekani va u Kremlda urushga qarshi yagona mulozim ekani haqida maqolalar e’lon qilinmoqda. U haqda senzura ostidagi RBK ham yozib chiqdi – u prezident administratsiyasidan ketishdan oldin mamlakatda liberal islohotlar o‘tkazishni taklif qilgan.

👉 https://kun.uz/36110906

Kun.uz rasmiy kanali
16👍15🔥1
“O‘zavtoyo‘l” binosi 242 mlrd so‘mga sotildi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Toshkent markazidagi binosi auksionda 242 mlrd so‘mga ketdi. Xaridor – boshlang‘ich narxdan 5 foizga yuqori narx taklif qilgan Norbekov Qobiljon Mamadiyorovich. Auksionda undan boshqa talabgor narx taklifini bildirmadi. Bundan 2 kun oldin Transport va Qurilish vazirliklari binolari ham sotilgan edi.

👉 https://kun.uz/86849867

Kun.uz rasmiy kanali
12👏12😭8👍1😐1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi

Nisbatan erkin ish jadvali, baland maosh, qat’iy talablarning yo‘qligi va kamiga Angliya, AQSh yoki Germaniyadagi nufuzli kompaniyada ishlash. Bu kabi ish e’lonlari aksariyat o‘zbekistonliklarning e’tiborini tortishi tabiiy. Ammo, hammasi ko‘ringanidek bo‘lmasligi, hushyor bo‘lmasangiz, yaxshigina mablag‘ yo‘qotilishi ham mumkin.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
19
1-yanvardan Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul qabul qilinmaydi

Yo‘lovchilar bank kartasi, ATTO kartasi yoki mobil ilovalar orqali to‘lov qilishi mumkin, bunda yo‘lkira 2100 so‘mni tashkil etadi. Infokioskdan olinadigan bir martalik QR-chipta esa 3000 so‘m turadi.

👉 https://kun.uz/25458592

Kun.uz rasmiy kanali
👍28😐105😭3🔥2😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Credit House” ishida sud boshlandi: birinchi kun qanday o‘tdi?

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi “Credit House” va “In Fin Story” MChJ mansabdorlari hamda boshqalarga nisbatan juda ko‘p miqdordagi firibgarlik ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Kun.uz muxbiri Dilshoda Shomirzayeva sud binosida bo‘lib, jarayonni jonli efirda yoritdi.

👉 https://kun.uz/35795324

Kun.uz rasmiy kanali
10😐3😭1
Afg‘on chegarasidagi otishmada tojikistonlik harbiylar halok bo‘ldi

24 dekabr kuni Afg‘oniston tomonidan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan terrorchilar bilan tojik chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi.

👉 https://kun.uz/18031679

Kun.uz rasmiy kanali
😭3012🤯9😐4
Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarib yuborgan sudyalar ishdan olindi

Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muhtarama Turg‘unova, shuningdek, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Murodjon Mirzajonov odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod qilindi. Ularning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

👉 https://kun.uz/09245587

Kun.uz rasmiy kanali
👍161👏3222😁18🔥6
“Tashabbusli budjet”da yangiliklar. Sherikchilik tartibi belgilandi

Endi mahalla ahli biror bir loyiha uchun zarur mablag‘ning yarmini to‘play olsa, qolgan yarmini davlat to‘laydi. Bunday tartib budjet tashkilotlariga oid loyihalarga taalluqli emas.

Shuningdek, aholi endi deputatlarga ham yuzlanishi mumkin: ularga loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topish vakolati berildi.

👉 https://kun.uz/52904456

Kun.uz rasmiy kanali
😭2710🔥6😁5😐3
Rossiyalik aktrisa Vera Alentova vafot etdi

U «Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi» filmidagi ijrosi orqali tanilgandi.

👉 https://kun.uz/95811957

Kun.uz rasmiy kanali
😭3610👍3😁2
“Foizsiz” illyuziyasi yoxud iste’molchi oldidagi mas’uliyat

Nasiya savdo amaliyoti hayotimizga dadil kirib keldi – bunday to‘lov modellari savdo va moliya bozorida ommalashdi. Tovar va xizmatlar xaridi qulaylashdi. Biroq nasiyaga savdo qiluvchi sub’yektlar o‘z ishiga mas’uliyatli yondashmasa, bu qulaylik zararga aylanadi. Kun.uz kolumnisti Iskandar Tursunov o‘z maqolasida BNPL – mug‘ombirlik instrumentiga aylanmasligi kerakligi haqida so‘z yuritadi.

👉 https://kun.uz/27092229

Kun.uz rasmiy kanali
19🔥3
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan

The Wall Street Journal AQSh u bilan munosabatlarni qanday yo‘lga qo‘ygani va siyosiy mahbuslar ozod etilishiga erishgani haqida yozdi.

👉 https://kun.uz/73703331

Kun.uz rasmiy kanali
😁408👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Deputatlar yashirincha tasdiqlagan 41 trln so‘m va YHXX raddiyasi – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/39853978

Kun.uz rasmiy kanali
9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti?

Isroil hukumati Falastin yerlarini bosqichma-bosqich egallash siyosatini davom ettiryapti. 21 dekabr kuni G‘arbiy sohilda yana 19 ta yahudiy mavzelari qurilishi e’lon qilindi. Bu posyolkalar bosqin ostidagi mamlakatni yanada parchalaydi va Oslo kelishuvlarini inkor qiladi. Voqelikni Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida professor Farhod Karimov xaritalar uzra sharhlab berdi.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
😭21🤯129
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda tog‘ portlatildi - arz qilganlar qo‘rqitilib, holatga "ko‘nikish" tavsiya qilindi

Kitob tumani, Makrid mahallasi yaqinida tog‘ portlatildi. Mahalla yaqinida "paydo bo‘lgan" noma’lum korxonaning faoliyati ortidan uylar darz ketishi, odamlar va ekologiyaga zarar yetishi mumkinligi mahalliy aholini tashvishga solmoqda. Holatni mahalla telegram guruhiga joylaganlarning ovozi o‘chirilib, "ko‘nikish" tavsiya qilinayotgani aytilmoqda.

👉 https://kun.uz/72226143

Kun.uz rasmiy kanali
🤯49👏1817😁10👍2😐1
AQSh ma’muriyatida bo‘linish: Stiv Uitkoff Marko Rubioga qarshi

Sabab – Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush qanday yakunlanishi bo‘yicha qarashlar turlichaligi. Va Trampning maxsus vakili xavfsizlik masalalariga beparvolik bilan qarayotgani.

👉 https://kun.uz/61572273

Kun.uz rasmiy kanali
👏96
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi

Citymakers International va Toshkent Invest kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dizayn-kod yaxlit, qulay va xavfsiz shahar muhitini shakllantirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda va tez orada jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

👉 https://kun.uz/51117227

Kun.uz rasmiy kanali
😁2116👍13🤯4😐3😭1