Kun.uz | Rasmiy kanal
79.9K subscribers
78.5K photos
10.8K videos
61.2K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Moskvada portlash: Rossiya armiyasining yana bir generali o‘ldirildi

22 dekabr kuni Rossiya qurolli kuchlarining yuqori martabali rasmiysi, general-leytenant Fanil Sarvarov avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Tergov buni Ukraina maxsus xizmatlari bilan bog‘lab tekshirmoqda. Bu — so‘nggi bir yil ichida Moskvada uyushtirilgan hujumlar oqibatida halok bo‘lgan uchinchi harbiy amaldor hisoblanadi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
23👍11😭11👏8
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi

O‘zbekiston va AQSh prezidentlari o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot xizmatiga ko‘ra, muloqotda strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish muhokama qilingan, davlat rahbari amerikalik hamkasbini O‘zbekistonga taklif qilgan. Donald Tramp esa O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarini G20 sammitiga taklif etganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/55636983

Kun.uz rasmiy kanali
👍314🔥4127👏22😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XCM moliyaviy piramidasi ishida 5 xodim intizomiy jazolangan, biri ishdan bo‘shatilgan – IIV

IIV huzuridagi Kiberxavfsizlik markaziga ko‘ra, XCM moliyaviy piramidasidan hozircha aniqlangan jabrlanganlar soni mingdan ortiq. Uni targ‘ib qilgan IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan: 5 nafariga intizomiy jazo qo‘llanilgan, 1 nafari ishdan olingan. Hozirda XCM bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

👉 https://kun.uz/68219024

Kun.uz rasmiy kanali
13🔥3😐2😭2
“Hokimlar va’dasiga ishonib sarson bo‘ldik” – Rishtonda tadbirkorlar buyum bozorini tiklab berishlarini so‘ramoqda

2003 yilda Rishton tumani hokimining qaroriga muvofiq “Buyum bozori” tashkil etish uchun 4 gektardan ziyod yer maydoni ajratilgan edi. Tadbirkorlarga do‘kon qurish uchun shu bozordan yer beriladi. Tuman hokimi tadbirkorlarni yig‘ib do‘konlar qurib bitkazilgach kadastr xujjatlari qilib berilishiga va’da bergan. Hokim va’dasiga ishongan 114 nafar tadbirkor o‘z hisoblaridan do‘kon qurib bitkazishadi. Bozor ma’muriyatining talabi bilan do‘konlar atrofini obodonlashtirish uchun 3 mln so‘mdan pul ham berishadi. Lekin shu paytgacha hokimlar tomonidan berilgan birorta va’da bajarilmagan.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
13👍6🤯4🔥2
AQShni ixtiyoriy tark etgan noqonuniy migrantlarga 3000 dollardan pul beriladi

CBP Home ilovasi orqali yil oxirigacha ixtiyoriy deportatsiya uchun ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy fuqarolar vataniga bepul aviachipta bilan birga 3000 dollar miqdoridagi mablag‘ni qo‘lga kiritishi mumkin. Shuningdek, ilovadan ro‘yxatdan o‘tish oldin belgilangan har qanday fuqarolik jarimalarini ham bekor qiladi.

👉 https://kun.uz/77030517

Kun.uz rasmiy kanali
😁66👍1311😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yirik supermarketlarga ogohlantirish va sudi boshlanayotgan «Credit House» – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/56562339

Kun.uz rasmiy kanali
3👍3
O‘zbekistonliklar 11 oyda kiberjinoyatlardan 1 trln 890 mlrd so‘m zarar ko‘rdi

So‘nggi 5 yilda respublikada kiberjinoyatlar 4 865 tadan 62 440 taga oshgan. Buning oqibatida fuqarolar 3 trln 730 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Ushbu summaning 1 trln 890 mlrd so‘m qismi joriy yilning 11 oyiga to‘g‘ri kelmoqda.

👉 https://kun.uz/63123328

Kun.uz rasmiy kanali
😭4312🤯10👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun.uz’da chiqqan video sabab orzumga erishdim” – Harvard grantini yutgan qiz

Dilafruz Sobirova Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi. IELTS’dan 8, SAT imtihonidan 1540 ballni qo‘lga kiritgan, nemis tilidan Multilevel imtihonida ham B2 darajani egallagan. U Harvard universitetiga 100 foizlik grantni qo‘lga kiritib integratsiyalashgan biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi. Qahramonimiz Kun.uz’da e’lon qilingan Go‘zalxon Haydarova haqidagi videomaterialni ko‘rib ilhomlanib orzusiga erishgani haqida so‘zlab berdi.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
🔥4334👏18👍12😭3
Tramp To‘qayevga Oq uyning «ramziy kaliti»ni sovg‘a qildi

Shuningdek, uni «xalqaro jarayonlarni chuqur va vazmin tushunadigan ajoyib inson va tajribali davlat arbobi» sifatida ta’rifladi.

👉 https://kun.uz/21285079

Kun.uz rasmiy kanali
😁42👍3512😭5
Shifokor haftada kamida besh marta miriqib kulishni tavsiya qildi

Kulgi miyada endorfinlar ishlab chiqaradi, bu moddalar qon tomirlarida foydali kimyoviy moddalar hosil bo‘lishiga yordam beradi.

👉 https://kun.uz/95080271

Kun.uz rasmiy kanali
😁30👍145😭4
“2025 yilda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida 6 nafar xodim vafot etdi, 131 nafari jarohatlandi” – IIV

Vazirlikka ko‘ra, jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun respublika bo‘yicha har kuni 4 617 nafar IIO xodimi 3 mingdan ortiq patrullik yo‘nalishlarida xizmat olib borgan.

👉 https://kun.uz/12529087

Kun.uz rasmiy kanali
29👍7😐5😭4
Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba: qurbonlar bor, uch oblast elektrdan uzildi

Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlariga ko‘ra, hujumda turli tipdagi 635 ta dron, X-101 va «Iskander-K» rusumli 35 ta qanotli raketa, shuningdek uchta «Kinjal» raketasi qo‘llangan.

📸 👉 https://kun.uz/55324671

Kun.uz rasmiy kanali
👏119😐8🤯3😭2👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xivada IIB xodimi pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi

Xiva shahri hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun ajratilgan 12 sotix yer maydonida uy-joy qurishga ruxsat olib berishni va’da qilgan IIB xodimi fuqarodan 30 ming AQSh dollari olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

👉 https://kun.uz/40285975

Kun.uz rasmiy kanali
10👍10👏6
Turkiyada Liviya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i aviahalokat qurboniga aylandi

Turkiyada seshanba kuni kechqurun bortida Liviya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Ali Ahmad Al-Haddod bo‘lgan samolyot Anqaradan havoga ko‘tarilganidan ko‘p vaqt o‘tmay halokatga uchradi. Liviya milliy birlik hukumati rahbari Abdul Hamid Dbeyba uning o‘limini tasdiqlagan.

👉 https://kun.uz/61729238

Kun.uz rasmiy kanali
😭1310😐1
Toshkentda 25 dekabrdan ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

Sergeli va Bektemir tumanlarida tadbirlar munosabati bilan 2025 yil 25 dekabrdan 2026 yil 10 yanvargacha ayrim yo‘l uchastkalarida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi.

👉 https://kun.uz/46600943

Kun.uz rasmiy kanali
6😁6
Davlat qarzlari xaritasi: qaysi mamlakatlarda qarz eng katta?

2025 yilda dunyo bo‘yicha qarz/YaIM (GDP) nisbati 94,7 foizgacha oshdi. Infografikada davlat qarzi YaIMga nisbatan foizlarda hisoblangan holda yuqori bo‘lgan mamlakatlar yaqqol ko‘rsatilgan.

👉 https://kun.uz/00095178

Kun.uz rasmiy kanali
12🔥1
Noyabrda uy-joy savdosi oshdi, ijara narxlari ham o‘sdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi noyabr oyi uchun ko‘chmas mulk bozori tahlilini yangilab, uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni 25 mingtaga yetgani, ayrim viloyatlarda o‘sish yuqori bo‘lgani hamda Toshkentda ijara narxi yillik hisobda ko‘tarilganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/89699381

Kun.uz rasmiy kanali
4👍3👏1
Polsha hududida qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga olib kelindi

Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi hamda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida og‘ir turdagi jinoyat sodir etib, Polshada yashirinib yurgan shaxs aniqlanib, ushlandi va O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

👉 https://kun.uz/49157642

Kun.uz rasmiy kanali
15🤯6👍5
Samarqand aeroporti muqobil aerodrom sifatida 5 ta reysni qabul qildi

O‘zbekistonning ayrim aeroportlarida kuzatilgan noqulay ob-havo (tuman va ko‘rinish masofasining pasayishi) sabab qator reyslar Samarqand xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi. Shuningdek, bir reys yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani uchun Samarqandga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/50846234

Kun.uz rasmiy kanali
👍189🔥2😁1
O‘zbekiston yo‘llaridagi yuzlab kameralar internetda ochiq qoldirilgan - TechCrunch

Kiberxavfsizlik nuqsoni tufayli O‘zbekistondagi yo‘l hodisalari, insonlar yuzi va avtomobil raqamlarini kuzatish tizimining yuzlab kameralari internetda ochiq qoldirilgan. Tizim Xitoy kompaniyasiga tegishli bo‘lgan va IIV Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan boshqarilgani aytilmoqda. Kiberxavfsizlik tadqiqotchilari - IIV, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va Kiberxavfsizlik markaziga ogohlantirish yuborgan, lekin mas’ullar javob bermagan.

👉 https://kun.uz/55368061

Kun.uz rasmiy kanali
🤯59😐1411👏5😁3🔥1
“Rossiya har doimgidek jarayonlarga aralashib, nazoratni yo‘qotmaslikka harakat qilmoqda” - Rabbimov

MO maslahatlashuv uchrashuvlariga Ozarboyjonning qo‘shilishi yangi mintaqaviy formatni shakllantirgan edi. Endi esa rossiyalik diplomat Moskva ham ushbu platformaga qiziqish bildirayotganini ta’kidlamoqda, tahlilchilar Kreml bu imkoniyatdan foydalanish uchun qulay vaqtni kutib kelganini qayd etadi. Kun.uz’ning "Geosiyosat" dasturida siyosatshunoslar Rossiyaning niyati mintaqa ustidan geosiyosiy ta’sirini saqlab qolishga qaratilganini alohida ta’kidlashdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
😐1814🤯9👍6😁6😭3