Kun.uz | Rasmiy kanal
79.9K subscribers
78.5K photos
10.8K videos
61.2K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Eko-stiker bo‘yicha jarimalar qo‘llash 2 yildan so‘ng boshlanadi

2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda eko-stiker, ya’ni “Ekologik transport” tizimi kuchga kiradi. Tizimga oid qoidalar buzilganda jarimalar qo‘llash esa 2 yildan so‘ng boshlanadi.

👉 https://kun.uz/95351057

Kun.uz rasmiy kanali
😁34🤯179👍5
Vens: Ukraina baribir Donbassni boy berishini tushunib turibdi

Shu bilan birga, AQSh vitse-prezidenti Rossiya Donbassni to‘liq bosib olishi uchun bir yil yoki undan ko‘proq vaqt ketishini aytgan.

👉 https://kun.uz/65941658

Kun.uz rasmiy kanali
😐12👍10🤯76
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz eksporti 2030 yilda to‘rt barobar o‘sishi mumkin

«Gazprombank» iqtisodiy prognozlash markaziga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiyadan gaz olish hajmini 3 milliarddan 12 milliard kub metrgacha oshirishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/56065024

Kun.uz rasmiy kanali
😁38👍20🤯128😐7
Qo‘lbola bombalar va o‘q otish maydonidagi mashg‘ulotlar. Politsiya Bondi-Bichdagi hujum tafsilotlarini ochiqladi

Yangi sud hujjatlariga ko‘ra, Bondi-Bichda otishma uyushtirishda gumonlanayotgan shaxslar o‘t ochishdan oldin odamlarga qarata portlovchi qurilmalar uloqtirgan, biroq ular ishlamagan. Shuningdek, ular hujumdan bir necha hafta oldin o‘q otishni mashq qilishgan.

👉 https://kun.uz/42587096

Kun.uz rasmiy kanali
14😐5
Boylar “o‘yini” yoxud oshkora kamsitish: maktablarda urfga kirayotgan “Sekret Santa” odamlarga qanday ta’sir qilyapti?

Bu o‘yin maktab o‘quvchilaridan tortib, talabalar, jamoalar orasida ham urfga aylanmoqda. Uning tarixi va o‘yin bilan bog‘liq holatlar haqida bilasizmi?

👉 https://kun.uz/21927783

Kun.uz rasmiy kanali
🤯20👍108😐6😁4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada metan muammosi: shoxobchalar ochilmadi, vazir va’da qilgan konteynerlardan darak yo‘q

Havo harorati pasayishi ortidan metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritilgan edi. Bungacha kunning ma’lum vaqtida ishlab turgan vodiydagi AGslar 19 dekabrga kelib faoliyat yuritishdan to‘xtadi. Energetika vazirining taqchillik paytda zapravkalarga ko‘chma konteynerlarda gaz yetkazib berilishi haqidagi va’dasi chippakka chiqdi. Farg‘onadagi zapravkalarda haydovchilar hanuz yo‘q gazga navbati kelishini kutib turishibdi.

👉 https://kun.uz/05695122

Kun.uz rasmiy kanali
😭5011😁6🔥4🤯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Budjet hisobidan yangi yil bazmiga taqiq va Andijonda qulagan bozor rastasi – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/95366466

Kun.uz rasmiy kanali
14👏10👍2🔥2🤯2😭1
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV

Keyingi yilda pasayish haqidagi taxminlar jahon iqtisodiyoti bir tekisda o‘sa boshlashi bilan bog‘liq.

👉 https://kun.uz/44278482

Kun.uz rasmiy kanali
17😐9👏1
Saudiya Arabistoni bir yil ichida rekord darajada ko‘p odamni qatl qildi

Saudiya Arabistonida ketma-ket ikkinchi yil rekord darajada ko‘p odam qatl etilmoqda. Ushbu mamlakatdagi qatllarni kuzatib boruvchi Britaniyaning Reprieve inson huquqlari tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil kamida 347 kishiga nisbatan oliy jazo qo‘llangan bo‘lsa, 2024 yilda 345 kishi qatl etilgan edi.

👉 https://kun.uz/41968804

Kun.uz rasmiy kanali
25👍9😐6😭4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tramp 80 ga kirmoqda. 48-bo‘lish uchun zimdan kurash boshlangan

80 yoshga qarab ketgan Tramp Amerikani yana uch yil boshqaradi. 2028 yil kuzda allaqachon keyingi prezident aniqlangan bo‘ladi. Vitse-prezident Vens 48-bo‘lish uchun harakatni boshlagan ko‘rinadi. Charli Kirk xotirasiga bag‘ishlangan tadbir amalda Vensning targ‘ibot dasturiga aylanib ketdi.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
12😁4
Qayta jonlangan va bekor qilingan megaloyihalar: yilning eng katta 5 loyihasi

Rekord darajadagi osmono‘par binolar va stadionlardan tortib, muzlatib qo‘yilgan loyihalargacha - quyida yilning eng muhim beshta me’moriy voqeasi keltirilgan.

👉 https://kun.uz/39024396

Kun.uz rasmiy kanali
11👍4🔥4
“Bizni tinch qo‘yishsa, ko‘proq hosil olamiz” – Kogonlik fermer o‘zi va hamkasblari qanday sharoitda ishlayotgani haqida

Kogonlik fermer o‘z misolida sohadagi muammolarni ochiqladi: hokimlik va boshqa idoralarning ishiga aralashuvi, bosimlar, moliyaviy qiyinchiliklar, sohani bo‘g‘ayotgan boshqa illatlar haqida gapirdi. Norjon Hodiyeva dardini ayta olmayotgan ko‘plab hamkasblari nomidan so‘z yuritib, islohotlar mahalliy hokimiyat tuzilmalariga yetib bormayotgani, oqibatda fermerlar omon qolish uchun doimiy kurash holatida ekanini aytmoqda.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
23👍22👏3😭2🔥1
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin

O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, yog‘ingarchiliklardan keyin havo haroratining nisbatan iliqlashishi fonida atmosferada inversiya jarayonlari yana faollashmoqda. Bu, ayniqsa, ertalab, kechqurun va tungi soatlarda havoning pastki qatlamlarida havo almashinuvi cheklanishiga olib kelib, ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini qiyinlashtirishi mumkin.

👉 https://kun.uz/21082329

Kun.uz rasmiy kanali
11😭8😁4🔥3😐1
Tramp o‘z nomi bilan ataladigan jangovar kemalar qurilishini e’lon qildi

AQSh prezidentining aytishicha, AQSh Dengiz kuchlari yangi “Tramp” sinfiga mansub kemalarni foydalanishga qabul qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular “boshqalarning barchasidan yuz barobar kuchliroq” bo‘ladi va Amerika floti flagmaniga aylanadi.

👉 https://kun.uz/72249587

Kun.uz rasmiy kanali
😁409🤯4😐3👍1😭1
Prezident qarori: ijtimoiy xizmatlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

Prezident qarori bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga hududlarda kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilib, xizmatlardan foydalanishga oid barcha tartib-taomillar to‘liq elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi.

👉 https://kun.uz/79740862

Kun.uz rasmiy kanali
👍123🔥8125👏17
Centrum Air samolyotidagi nosozlik tufayli yo‘lovchilar bir sutka Qozon aeroportida qolib ketdi

Aviakompaniya samolyotidagi texnik nosozlik tufayli Qozon-Toshkent reysining 200 dan ortiq yo‘lovchilari 27 soat aeroportda qolib ketdi. Yakshanba ertalab 9:30 ga belgilangan reys - dushanba tushdan keyin uchgan. Kompaniya rasmiylari, Rossiyaga joriy etilgan sanksiyalar sabab, samolyotning ishdan chiqqan g‘ildiragi o‘rniga yangisini olib kirish va almashtirish ko‘p vaqt olganini aytmoqda.

👉 https://kun.uz/99653025

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2014😁3
Asossiz qimmatlashuvning oldi olinadi: yirik supermarket tarmoqlari ogohlantirildi

Raqobat qo‘mitasi yangi yil arafasida talab keskin oshishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash zarurligi yuzasidan yirik chakana savdo tarmoqlariga ko‘rsatmalar yubordi.

👉 https://kun.uz/69922178

Kun.uz rasmiy kanali
👍37👏1210😐4🔥3🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bashar Asadning Moskvadagi hayoti: u nimalar bilan mashg‘ul?

24 yil mobaynida Suriyani boshqargan, bir yil oldin ko‘tarilgan isyon natijasida hokimiyatdan ag‘darilib, Rossiya maxsus xizmatlari yordamida mamlakatni tark etishga muvaffaq bo‘lgan Bashar Asad Moskvada pinhona hayot kechirmoqda. The Guardian nashri Rossiya va Suriyadagi manbalariga tayanib, uning quvg‘indagi hayoti haqida ayrim ma’lumotlarni aniqladi.

👉 https://kun.uz/92856208

Kun.uz rasmiy kanali
15👍9🤯1😐1
Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ishi sudda ko‘rilmoqda

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 2 ta moddasi bo‘yicha ayblanmoqda. Jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.

👉 https://kun.uz/41840272

Kun.uz rasmiy kanali
🤯6310😐5🔥1
2026 yildan bojxona yig‘imlari kamayadi va imtiyozlar joriy etiladi

Prezident farmoni bilan bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini soddalashtirish choralari belgilandi. Xususan, 2026 yildan oldindan va davriy deklaratsiyalashda bojxona to‘lovlarini amalga oshirish tartibi yengillashtiriladi.

👉 https://kun.uz/91347346

Kun.uz rasmiy kanali
25👍8🔥7
«Biz Grenlandiyani olishimiz kerak» - Tramp mineral resurslarga boy orolga ko‘z tikmoqda

«Agar Grenlandiyaga qarasangiz, butun qirg‘oq bo‘ylab rus va Xitoy kemalarini ko‘rasiz. U bizga milliy xavfsizlik uchun zarur, uni olishimiz kerak», - dedi AQSh prezidenti. Tramp shuningdek, Grenlandiya bo‘yicha maxsus elchi tayinlab, u jarayonga «bosh-qosh bo‘lishini» aytdi.

👉 https://kun.uz/30050009

Kun.uz rasmiy kanali
😁339🤯6😐1