Kun.uz | Rasmiy kanal
79.8K subscribers
78.6K photos
10.8K videos
61.3K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hukumatingiz ko‘magini doimiy his qilishni istaymiz” – “Toyota Tsusho” mintaqaviy direktori

Prezident Yaponiyaga safari chog‘ida ushbu davlatdagi eng katta biznes vakillari bilan ko‘rishib, biznes forumi ham o‘tkazdi. Unda qatnashgan ko‘plab yapon kompaniyalari allaqachon O‘zbekiston bozorida faol. Kun.uz bilan gaplashgan “Toyota Tsusho” korporatsiyasi mintaqaviy direktoriga ko‘ra, ular hukumatdan doimiy ko‘mak istaydi.

👉 https://kun.uz/57829008

Kun.uz rasmiy kanali
18😁15🔥10👍5👏4
Xorvatiya va Serbiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik fuqarolardan murojaatlar ko‘paygan – Migratsiya agentligi

Insofsiz ish beruvchilar tomonidan ish haqining to‘lanmasligi yoki kechiktirilishi, qo‘shimcha to‘lov talablari va deportatsiya bilan tahdidlar, noqonuniy ishlayotgan fuqarolarni to‘satdan ishdan bo‘shatish va keyinchalik ishlab topilgan mablag‘larni to‘lashdan bosh tortish kabi holatlar sodir etilgan.

👉 https://kun.uz/48172910

Kun.uz rasmiy kanali
👍31🤯129😁6
Qish energotizimni sinamoqda. Bugun qayerlarda elektr uzilishlari bo‘ldi?

Sergelidagi elektr uzilishi ayrim joylarda kamida 19 soat davom etdi. Umuman olganda, ham avariyaviy, ham rejali ta’mirlash bilan bog‘liq turlicha davomiylikdagi uzilishlar Andijondan to Xorazmgacha bir qator hududlarni qamrab oldi.

👉 https://kun.uz/47021163

Kun.uz rasmiy kanali
😁42😭18🤯1513🔥1
Energetikada katta iste’fo va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti

Neft-gaz sohasida kadrlar almashinuvi: Sanginov va Siddiqovdan farqli ravishda, Sultonovga zarbof to‘n kiydirilmadi. Shov-shuvli jinoyatga shov-shuvli hukm: zo‘ravonni qo‘llagan sudyalar ustidan tekshiruv boshlandi. Tibbiyotda elektron retsept talabi: yangi tizimga sekin-asta o‘tiladi. Eng bilimli yoshlar taqdirlandi: ular orasida 1 mlrd so‘m olganlar ham bor.

Ortda qolayotgan haftaning O‘zbekiston hayotiga oid ayrim xabarlari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING
16👍7
Mbappe va Holand Ronalduning rekordlarini takrorladi. Kun o‘yinlari

Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

📹 👉 https://kun.uz/46152593

Kun.uz rasmiy kanali
12👍1🔥1
Qumqo‘rg‘ondan xushxabar: Nogironligi bor shaxslarga «sovg‘a» deb kreditga o‘tkazilgan uylarning qarzdorligini homiy tashkilot to‘liq yopdi

Kun.uz Surxondaryo viloyatida nogironligi bor shaxslarga «sovg‘a» deb, aslida kreditga berilgan uylar qarzdorligi so‘ndirilmagani uchun bank ixtiyoriga tortib olinayotgani haqida material e’lon qilgandi. UNICON-SOFT rahbariyati bu 8 nafar fuqaroning muammosiga befarq qaramadi – ularning kreditdan qarzdorligi (jami 1 mlrd 344 mln) to‘liq so‘ndirilib, uy-joylar kadastr hujjatlari o‘z egalariga qaytarib berildi.

👉 https://kun.uz/64151024

Kun.uz rasmiy kanali
👍16628😭10🔥6👏4😁1
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi

Temiryo‘l kesishmasida to‘xtagan haydovchi transportni qo‘l tormoziga qo‘ymasdan pastga tushgan, natijada harakatlanib ketgan avtobus uni oldindagi transportga qisib qo‘ygan.

👉 https://kun.uz/50502935

Kun.uz rasmiy kanali
😭4813😐6👍3🤯3
Ukraina Rossiyaning Kaspiy dengizidagi kemasiga zarba berdi

Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Kaspiy dengizi hududida Rossiya harbiy kemasi hamda burg‘ilash platformasiga zarba berilganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/16595488

Kun.uz rasmiy kanali
👏6616👍13🤯6😭2
AQSh harbiylari Venesuela sohillari yaqinida yana bir neft tankerini qo‘lga oldi

Bu AQSh prezidenti Donald Trampning Venesuelaga kelayotgan va undan chiqayotgan, Amerika sanksiyalari ostida bo‘lgan barcha neft tankerlarini to‘liq blokirovka qilish to‘g‘risidagi buyrug‘idan bir necha kun o‘tib ro‘y berdi.

👉 https://kun.uz/22414397

Kun.uz rasmiy kanali
😐1713🤯9🔥3
Timofey insoniyat ko‘ksiga pichoq urdi – hafta dayjesti

Hafta davomida Moskvada dahshatli qotillik sodir bo‘ldi, Kupyansk borasida tortishuv davom etdi, Tramp grin-kartani bekor qildi. Rolikda haftaning muhim voqealarini eslaymiz.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
21👍9😭8😐1
Ilon Mask 700 mlrd dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan ilk insonga aylandi

Atigi besh kun oldin, 15 dekabr kuni u 600 mlrd dollardan ortiq boylikka erishgan tarixdagi birinchi inson bo‘lgandi.

👉 https://kun.uz/54533044

Kun.uz rasmiy kanali
👏55😁33🤯1513👍12😐2
Peterburg ko‘chalarida hindistonlik migrantlar ishlay boshladi

Uzoq xorij mamlakatlaridan ishchi kuchi jalb etish «tajribasi»ni davom ettirishga qaror qilishgan.

👉 https://kun.uz/14390070

Kun.uz rasmiy kanali
😁88👍129😐6🔥2🤯1😭1
Ukraina armiyasi Kupyanskni qisman ozod etgan, ammo boshqa uchastkalarda vaziyat og‘irlashmoqda

Ukraina qurolli kuchlari mudofaasining aynan qaysi nuqtalarida inqiroz chuqurroq?

👉 https://kun.uz/32058309

Kun.uz rasmiy kanali
16👍15😁5🔥3👏1
Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davomida 12 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi

Ushbu kelishuvlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va suv resurslari, transport va shaharsozlik, turizm, qishloq xo‘jaligi, shuningdek, tabiiy ofatlar xavfini boshqarish sohalarini qamrab oladi.

👉 https://kun.uz/27466452

Kun.uz rasmiy kanali
👍140🔥9240👏5😐2
📆 Yana bir hafta ko‘z ochib-yumguncha o‘tdi. Xo‘sh, TEXNO olamda nima gap? Hafta davomida bo‘lib o‘tgan yangiliklarni eslab o‘tamiz.

iMac Pro qaytmoqda: nimalar ma’lum?

2026-yildan HDD’lar qimmatlashadi. Sababi nimada?

Nano Banana endi ortda qoldi. OpenAI ChatGPT Images nomli yangi rasm generatorini ishga tushirdi;

Bukiluvchi iPhone’ining CAD-chizmalari tarqaldi;

Instagram iPhone’dagi Liquid Glass dizaynini sinovdan o‘tkazmoqda;

Xiaomi 17 Ultra taqdimotiga sanoqli kunlar qolganda deyarli barcha tafsilotlar tarmoqda ma’lum bo‘lmoqda;

Endi Gemini orqali AI yoki haqiqiy videolarni ajratish imkoniyati paydo bo‘ldi;

👨‍💻 Raqamli dunyoda adashib qolmaslik uchun “Kun.uz Texnologiya” sahifasini kuzatib boring.

👉 https://t.me/+FhwW7Y1BQSthZDAy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥2😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoning uchinchi iqtisodiyoti – Germaniya haqida katta hujjatli film

Germaniya ikkiga bo‘lingan davrda hatto Berlinda devorning ikki tarafidagi hayot bir-biridan keskin farq qilgan. Bir Germaniyada banan oddiy mahsulot, ikkinchisida tansiq meva bo‘lgan. Bir tarafning bolalari “Barbi”, ikkinchi tarafniki esa sotsializmcha “Sonni” qo‘g‘irchoqlarini o‘ynashgan. SUBYEKTIV'ning navbatdagi “Germaniya” hujjatli filmida qiziq tarix va ochilmagan hujjatlar ochiladi.

📹 TO‘LIQ KO‘RSATUVNI KO‘RISH
👍2516😁5🔥4
Mirziyoyev, Rahmon va Japarovga Tolstoy nomidagi tinchlik mukofoti topshirildi

Uch mamlakat yetakchilari Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissalari uchun ushbu mukofotga munosib deb topilgan.

👉 https://kun.uz/04931458

Kun.uz rasmiy kanali
👍201🔥56👏21😁209🤯4😐2
O‘zbekiston yosh shaxmatchilari jahon chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada beshta oltin, ikkita kumush va beshta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

👉 https://kun.uz/08928084

Kun.uz rasmiy kanali
👍108🔥2120👏2
Toshkentda advokat 2 ming dollar olayotganda ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtda faoliyat yurituvchi, muqaddam sudlangan advokat firibgarlik yo‘li bilan 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

👉 https://kun.uz/19614349

Kun.uz rasmiy kanali
15😁10👍7😐3
Isroil Iordan daryosining G‘arbiy sohilida 19 ta yangi posyolkani ma’qulladi

Iordan daryosining G‘arbiy sohilida yahudiylar posyolkalarini kengaytirish Falastin davlatini tuzishning oldini olishi kerak, dedi Isroilning o‘ta o‘ng qarashli moliya vaziri Betsalel Smotrich.

👉 https://kun.uz/99405746

Kun.uz rasmiy kanali
🤯44😐109😁1
Metan quyish shoxobchalari 6 soat davomida odatdagi rejimda ishlaydi

Energetika vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, bugun - 22 dekabr kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar respublika bo‘yicha barcha metan quyish shoxobchalari odatdagi rejimda faoliyat yuritadi.

👉 https://kun.uz/04365823

Kun.uz rasmiy kanali
😁39😭11👍86