Kun.uz | Rasmiy kanal
80K subscribers
78.5K photos
10.8K videos
61.2K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent bosh rejasini o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda – qurilish vaziri

Qaror taxminan 1 oy ichida imzolanishi mumkin. O‘zgarishlar bosh reja tasdiqlangunga qadar bo‘lgan davrda, ya’ni 2024 yil dekabrgacha auksionga chiqarilgan joylarga taalluqli bo‘ladi. Bu joylarning ayrimlari konservatsiya zonasidan chiqariladi, qavatlar bo‘yicha cheklovlar yumshatiladi, shuningdek, imkonsiz holatlarda tadbirkorlarga auksionda to‘lagan pullari qaytariladi.

Vazir Sherzod Hidoyatov bu haqda Mustang AYOQSHlari egasi Komiljon Islomovning savoliga javoban ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/79142264

Kun.uz rasmiy kanali
18😁9😐3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azodagi boshpanaga hujum qilgan Isroil, Rossiya tankerini safdan chiqargan Ukraina va IShID obektlariga zarba bergan AQSh – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/03959465

Kun.uz rasmiy kanali
11🔥3😐2😭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tayvanda qurolli hujum uyushtirgan shaxs o‘ndan ortiq odamni pichoqladi

Tayvan poytaxti Taypey shahrida niqobli shaxs ko‘chada va metro bekatlarida granata va pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Oqibatda kamida 3 kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlandi.

👉 https://kun.uz/55047674

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2412
Saida Mirziyoyeva “Sehrlandiya” multfilmi haqida: “Bu – birinchi qadam”

Toshkentda “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” multfilmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva asarni bolalar uchun milliy kontent yaratishdagi birinchi qadam deb atadi. “Ona sifatida aytaman: bolalarimiz o‘z tilida, o‘z ruhiyatiga yaqin, zamonaviy multfilmlarni ko‘rib ulg‘ayishi juda muhim”, dedi u.

👉 https://kun.uz/00802531

Kun.uz rasmiy kanali
👍13336🔥25😁15😐6👏2
Yashnobodda Lacetti qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib Nexia-3 bilan to‘qnashdi, yo‘lovchi vafot etdi

20 dekabr kuni soat 03:45 larda Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida Lacetti va Nexia-3 avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Nexia-3 avtomashinasi yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

👉 https://kun.uz/63136026

Kun.uz rasmiy kanali
😭18🤯82😐1
Isroil sulhga qaramay G‘azodagi boshpanaga hujum uyushtirdi: kamida 6 kishi halok bo‘ldi

Isroil tanklaridan otilgan snaryadlar ko‘chirilganlar uchun boshpanaga aylantirilgan maktab binosiga tekkan. Hujum -Qatar, Misr va Turkiya vakillari sulhning keyingi bosqichi muhokamasi uchun AQShda bo‘lib turgan vaqtda yuz berdi.

👉 https://kun.uz/16656784

Kun.uz rasmiy kanali
🤯40😭259😐3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev bosh vazir qarorgohida muzokaralar o'tkazdi

Bugun, 20-dekabr kuni Markaziy Osiyo - Yaponiya sammitidan so'ng O'zbekiston prezidenti bosh vazir qarorgohiga tashrif buyurdi. U yerda Shavkat Mirziyoyev tantanali kutib olindi, uning tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki tomonlama muzokaralardan so'ng ba'zi hujjatlarga imzo chekildi.

Kun.uz rasmiy kanali
👍163🔥2725😐1
O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro munosabatlarni yangi darajaga ko‘tardi

O‘zbekiston prezidenti va Yaponiya bosh vazirining Tokiodagi muzokaralari yakunida bir qator hujjatlar imzolandi. Xususan, davlat rahbarlari Kelgusi avlodlar uchun kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Hamkorlikdagi yangi loyihalarning umumiy qiymati 12 mlrd dollarga baholanmoqda.

Samarqandda Yaponiya modeli va standartlariga asoslangan maxsus iqtisodiy zona barpo etiladi. Tsukuba universiteti bilan birga Toshkentda O‘zbekiston–Yaponiya universiteti ochiladi.

👉 https://kun.uz/75865712

Kun.uz rasmiy kanali
👍14316🔥4
Shavkat Mirziyoyev Tokiodan Sankt-Peterburgga yo‘l oldi

Yaponiyaga tashrif dasturidan o‘rin olgan rasmiy tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi. U yerda Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishi va MDH yetakchilarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi.

👉 https://kun.uz/14744647

Kun.uz rasmiy kanali
👍13569🔥51👏37😁18😐12🤯11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onalik 11-sinf o‘quvchisi Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutdi

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Harvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi.

Kun.uz muxbiri u o‘qiydigan maktabda bo‘lib, ko‘rsatuv tayyorladi. Dilafro‘zning bu muvaffaqiyatga erishish yo‘li haqidagi hikoyasini tez orada saytimiz sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.

Kun.uz rasmiy kanali
🔥93👏4624👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda avtotransport vositalari uchun ekostikerlar joriy etila boshlandi

O‘zbekistonda 2026 yilning 1 yanvaridan ekostikerlar joriy qilish amaliyoti boshlanadi.

👉 https://kun.uz/70440085

Kun.uz rasmiy kanali
🤯149👍6😭2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hukumatingiz ko‘magini doimiy his qilishni istaymiz” – “Toyota Tsusho” mintaqaviy direktori

Prezident Yaponiyaga safari chog‘ida ushbu davlatdagi eng katta biznes vakillari bilan ko‘rishib, biznes forumi ham o‘tkazdi. Unda qatnashgan ko‘plab yapon kompaniyalari allaqachon O‘zbekiston bozorida faol. Kun.uz bilan gaplashgan “Toyota Tsusho” korporatsiyasi mintaqaviy direktoriga ko‘ra, ular hukumatdan doimiy ko‘mak istaydi.

👉 https://kun.uz/57829008

Kun.uz rasmiy kanali
18😁15🔥10👍5👏4
Xorvatiya va Serbiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik fuqarolardan murojaatlar ko‘paygan – Migratsiya agentligi

Insofsiz ish beruvchilar tomonidan ish haqining to‘lanmasligi yoki kechiktirilishi, qo‘shimcha to‘lov talablari va deportatsiya bilan tahdidlar, noqonuniy ishlayotgan fuqarolarni to‘satdan ishdan bo‘shatish va keyinchalik ishlab topilgan mablag‘larni to‘lashdan bosh tortish kabi holatlar sodir etilgan.

👉 https://kun.uz/48172910

Kun.uz rasmiy kanali
👍31🤯129😁6
Qish energotizimni sinamoqda. Bugun qayerlarda elektr uzilishlari bo‘ldi?

Sergelidagi elektr uzilishi ayrim joylarda kamida 19 soat davom etdi. Umuman olganda, ham avariyaviy, ham rejali ta’mirlash bilan bog‘liq turlicha davomiylikdagi uzilishlar Andijondan to Xorazmgacha bir qator hududlarni qamrab oldi.

👉 https://kun.uz/47021163

Kun.uz rasmiy kanali
😁42😭18🤯1513🔥1
Energetikada katta iste’fo va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti

Neft-gaz sohasida kadrlar almashinuvi: Sanginov va Siddiqovdan farqli ravishda, Sultonovga zarbof to‘n kiydirilmadi. Shov-shuvli jinoyatga shov-shuvli hukm: zo‘ravonni qo‘llagan sudyalar ustidan tekshiruv boshlandi. Tibbiyotda elektron retsept talabi: yangi tizimga sekin-asta o‘tiladi. Eng bilimli yoshlar taqdirlandi: ular orasida 1 mlrd so‘m olganlar ham bor.

Ortda qolayotgan haftaning O‘zbekiston hayotiga oid ayrim xabarlari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING
16👍7
Mbappe va Holand Ronalduning rekordlarini takrorladi. Kun o‘yinlari

Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

📹 👉 https://kun.uz/46152593

Kun.uz rasmiy kanali
12👍1🔥1
Qumqo‘rg‘ondan xushxabar: Nogironligi bor shaxslarga «sovg‘a» deb kreditga o‘tkazilgan uylarning qarzdorligini homiy tashkilot to‘liq yopdi

Kun.uz Surxondaryo viloyatida nogironligi bor shaxslarga «sovg‘a» deb, aslida kreditga berilgan uylar qarzdorligi so‘ndirilmagani uchun bank ixtiyoriga tortib olinayotgani haqida material e’lon qilgandi. UNICON-SOFT rahbariyati bu 8 nafar fuqaroning muammosiga befarq qaramadi – ularning kreditdan qarzdorligi (jami 1 mlrd 344 mln) to‘liq so‘ndirilib, uy-joylar kadastr hujjatlari o‘z egalariga qaytarib berildi.

👉 https://kun.uz/64151024

Kun.uz rasmiy kanali
👍16628😭10🔥6👏4😁1
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi

Temiryo‘l kesishmasida to‘xtagan haydovchi transportni qo‘l tormoziga qo‘ymasdan pastga tushgan, natijada harakatlanib ketgan avtobus uni oldindagi transportga qisib qo‘ygan.

👉 https://kun.uz/50502935

Kun.uz rasmiy kanali
😭4813😐6👍3🤯3
Ukraina Rossiyaning Kaspiy dengizidagi kemasiga zarba berdi

Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Kaspiy dengizi hududida Rossiya harbiy kemasi hamda burg‘ilash platformasiga zarba berilganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/16595488

Kun.uz rasmiy kanali
👏6616👍13🤯6😭2