Kun.uz | Rasmiy kanal
79.6K subscribers
78.6K photos
10.8K videos
61.4K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Saida Mirziyoyeva Walt Disney kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Hayma Vashington bilan O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi Disney vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

👉 https://kun.uz/56449099

Kun.uz rasmiy kanali
👍256🔥4431😁9👏4😭3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kun.uz ogohlantirgan XCM moliyaviy piramidasi o‘n minglab odamni chuv tushirdi. O‘zbekistonliklarni kim shilmoqda?

IIB xodimlari targ‘ib qilgan XCM platformasidan pul yechish to‘xtatildi – moliyaviy piramida “g‘alvirni suvdan ko‘tardi”. Oqibatda yana o‘n minglab o‘zbekistonlik aldandi. Xalqning cho‘ntagidan o‘marilgan pullar esa millionlab dollarni tashkil qiladi. Har safargi kabi moliyaviy piramidachilar yutdi, buning oldini olish kerak bo‘lganlar esa kuzatib turdi. Odamlarning oxirgi puligacha shilishni maqsad qilgan XCM esa yana yolg‘on ishlatmoqda.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
18😁6👏1🤯1
“Ksenofobiya Rossiyaning fundamental muammosi” – Moskvadagi fojianing sabablari haqida suhbat

16 dekabr kuni Moskva oblastidagi maktablardan birida tojikistonlik mehnat muhojiri farzandi, 10 yoshli Qobiljon Aliyev shu maktabning 15 yoshli o‘quvchisi Timofey tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Bu qotillik Rossiyadagi millatchilik mavzusini yana bir bor muhokamalar markaziga chiqardi. Rus jamiyatida bunday kayfiyat paydo bo‘lishi nimalar bilan bog‘liq? Hukumat bunga qarshi kurashadimi? Kun.uz faollar bilan shu kabi savollar atrofida suhbatlashdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
15😭13👍6😐3🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026 yilgi soliq stavkalari va hududlarda elektr ta’minotidagi uzilishlar – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/65258818

Kun.uz rasmiy kanali
9
Putin katta matbuot anjumanini o‘tkazdi va jang maydonidagi muvaffaqiyatlarni e’lon qildi

Moskvada 19 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yakuniy bevosita aloqa va katta matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Kreml rahbari taxminan 4,5 soat davomida fuqarolar va jurnalistlarning savollariga javob berdi. Asosiy bayonotlar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/80745385

Kun.uz rasmiy kanali
😁209🤯2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vayronalardan tiklangan GЕRMANIYA | SUBYEKTIV (1-qism)

Millionlagan dunyo muhojirlarini bag‘riga sig‘dirayotgan Germaniya, dunyoning uchinchi iqtisodiyoti va eng ko‘p so‘ralgan mavzu. Urushdan yengilgan bu davlat qanday qilib qisqa vaqtda hayotini o‘nglab oldi-yu, g‘olib sovet ittifoqi parchalanib ketdi? Biz davlat va fuqaro sifatida Olmoniyaning qaysi ijobiy jihatlarini o‘zlashtirishimiz va tarixning qanday xatolaridan xulosa chiqarishimiz kerak? Berlin, Frankfurt, Myunxen kabi yirik shaharlarga borib o‘rganilgan tahlillar... SUBYEKTIV bu safar Germaniyada. Bu sayohat haqidagi ko‘rsatuv emas, balki real voqeliklarga asoslangan ikki qismli hujjatli film.

📹 👉TO‘LIQ KO‘RSATUV👈

Kun.uz rasmiy kanali
31👍20🤯1
Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik mahkum terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblandi

Ta’kidlanishicha, gumondorlar «muassasa xodimlarini garovga olib, koloniya binolariga o‘t qo‘ymoqchi» bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/73378597

Kun.uz rasmiy kanali
😁49😐259🤯8👏4
Bryusselni «egallagan» traktorlar: Yevropa fermerlari nimadan norozi?

Italiya va Fransiya qarshiligi ortidan Yevroittifoq «Mercosur kelishuvi»ni imzolashni yana kechiktirdi. Yevropalik fermerlar Lotin Amerikasining arzon mahsulotlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarar yetkazishidan xavotirda. YeI yig‘ilishi arafasida Bryusselga mingta traktorda namoyishchilar bostirib keldi.

👉 https://kun.uz/38334517

Kun.uz rasmiy kanali
👏1711😐2🔥1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tokioda Markaziy Osiyo - Yaponiya sammiti bo’lib o’tdi

Birinchi mintaqaviy muloqotda besh respublika prezidentlari va Yaponiya bosh vaziri qatnashdi. Shavkat Mirziyoyev nutqida bundan 21 yil avval aynan Yaponiya bunday formatga asos solganini nazarda tutib, ushbu qaror o’sha paytda uzoqni o’ylangan va to’g’ri bo’lganini aytdi.

Kun.uz rasmiy kanali
14👍6😁1
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammiti: Shavkat Mirziyoyev qator tashabbuslarni ilgari surdi

20 dekabr kuni Tokioda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining davlat rahbarlari darajasidagi birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda hamkorlikni tizimli rivojlantirish, 2040 yilga qadar hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish, infratuzilma-investitsiya tashabbuslari va raqamli sheriklik platformasini yaratish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.

👉 https://kun.uz/92555160

Kun.uz rasmiy kanali
👍6321🔥16👏12🤯2😁1
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi

U razvedka va kuzatuv uchun ishlatilishi ta’kidlanmoqda.

👉 https://kun.uz/03855208

Kun.uz rasmiy kanali
😐25🤯16👍53
Soliq ro‘yxatidan o‘tmagan xorijiy onlayn platformalar bloklanishi mumkin

2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat yuritayotgan xorijiy onlayn kompaniyalarga cheklovlar qo‘llanadi. Ularga ro‘yxatdan o‘tish uchun 30 kun beriladi.

👉 https://kun.uz/18796423

Kun.uz rasmiy kanali
👍1510😁5
Megashaharlar poygasi: qaysi shaharlar tez o‘smoqda, qaysilari sekinlashdi?

Aholi sonining o‘sishi, migratsiya va iqtisodiy imkoniyatlar hanuz millionlab odamlarni Yer yuzidagi eng yirik aglomeratsiyalarga jalb qilmoqda. Shu bilan birga, aholining qarishi va hudud tanqisligi allaqachon shakllanib bo‘lgan ayrim megapolislar o‘sishini tobora ko‘proq cheklamoqda.

👉 https://kun.uz/03617793

Kun.uz rasmiy kanali
16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand va Surxondaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari olib kirishga urinish to‘xtatildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan yirik miqdordagi “opiy” hamda “metamfetamin” moddalari musodara qilindi. Qator shaxslar qo‘lga olinib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

👉 https://kun.uz/89938950

Kun.uz rasmiy kanali
👍106👏4🔥3😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jajman – hammamizning hisobimizga kun ko‘radigan yengilmas maxluq haqida eshitganmisiz?

Yovuzlik jamiyatga hech qachon dabdaba bilan kirib kelmaydi. U avvalo mayda, ahamiyatsiz ko‘rinadigan xatolar orqali ongimizga singadi. Ko‘z yumilgan o‘g‘irlik, kechirilgan nohaqlik, “bo‘lib turadi” degan sukut uni oziqlantiradi. Bugun “5 daqiqa”da katta adibimiz Xurshid Do‘stmuhammadning “Jajman”i haqida gaplashamiz. Bu asarda qo‘rqinchli ogohlantirishlar va ishoralar bor.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
10👍8😁4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent bosh rejasini o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda – qurilish vaziri

Qaror taxminan 1 oy ichida imzolanishi mumkin. O‘zgarishlar bosh reja tasdiqlangunga qadar bo‘lgan davrda, ya’ni 2024 yil dekabrgacha auksionga chiqarilgan joylarga taalluqli bo‘ladi. Bu joylarning ayrimlari konservatsiya zonasidan chiqariladi, qavatlar bo‘yicha cheklovlar yumshatiladi, shuningdek, imkonsiz holatlarda tadbirkorlarga auksionda to‘lagan pullari qaytariladi.

Vazir Sherzod Hidoyatov bu haqda Mustang AYOQSHlari egasi Komiljon Islomovning savoliga javoban ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/79142264

Kun.uz rasmiy kanali
18😁9😐3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azodagi boshpanaga hujum qilgan Isroil, Rossiya tankerini safdan chiqargan Ukraina va IShID obektlariga zarba bergan AQSh – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/03959465

Kun.uz rasmiy kanali
11🔥3😐2😭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tayvanda qurolli hujum uyushtirgan shaxs o‘ndan ortiq odamni pichoqladi

Tayvan poytaxti Taypey shahrida niqobli shaxs ko‘chada va metro bekatlarida granata va pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Oqibatda kamida 3 kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlandi.

👉 https://kun.uz/55047674

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2412
Saida Mirziyoyeva “Sehrlandiya” multfilmi haqida: “Bu – birinchi qadam”

Toshkentda “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” multfilmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva asarni bolalar uchun milliy kontent yaratishdagi birinchi qadam deb atadi. “Ona sifatida aytaman: bolalarimiz o‘z tilida, o‘z ruhiyatiga yaqin, zamonaviy multfilmlarni ko‘rib ulg‘ayishi juda muhim”, dedi u.

👉 https://kun.uz/00802531

Kun.uz rasmiy kanali
👍13336🔥25😁15😐6👏2