Kun.uz | Rasmiy kanal
79.9K subscribers
78.5K photos
10.8K videos
61.2K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Jamshid Qo‘chqorovda neft-gaz bo‘yicha o‘rinbosar paydo bo‘ldi

Energetika sohasida yana bir tayinlov ro‘y berdi. Soha boshqaruvini kuchaytirish maqsadida, iqtisodiyot va moliya vazirining neft va gaz bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilib, unga Xurshid Mustafoyev (suratda o'ngda) tayinlandi. U 2020-yildan buyon tarif siyosatiga mas’ul lavozimda ishlab kelgan, 2024-yilda boshlangan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflaridagi o‘zgarishlardan keyin vazir o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarilgandi.

👉 https://kun.uz/60469404

Kun.uz rasmiy kanali
16😁11🤯9👍3👏3😐2
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti – Qo‘chqorov

Neft va gaz sohasini yangi bosqichga olib chiqish uchun prezident yaratib berayotgan imkoniyatlarga qaramay, sohada kutilgan natijalarga erishilmayapti, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. Uning so‘zlariga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz”ning yangi raisi Abdug‘ani Sanginov eng avvalo tartib-intizomga amal qilishi kerak.

Sanginov kompaniyani transformatsiya qilib, gaz qazib chiqarishni barqarorlashtirishga va’da berdi.

👉 https://kun.uz/05900625

Kun.uz rasmiy kanali
😁1913👍5
O‘zbekistonda eko-stikerlar: kimlarga shart emas va qanday olinadi?

Atmosfera havosini muhofaza qilish va transportdan chiqadigan zararli moddalarni nazorat qilish maqsadida O‘zbekistonda “Ekologik transport” tizimi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, avtoulovlar ekologik darajasiga qarab yashil, sariq va qizil rangdagi eko-stikerlar bilan belgilanadi. Eko-stiker bepul beriladi.

👉 https://kun.uz/17053238

Kun.uz rasmiy kanali
7👍4
Hafta oxirida yana qor yog‘ishi kutilmoqda

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududiga nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi.

👉 https://kun.uz/89595275

Kun.uz rasmiy kanali
👍3615😁4😭1
Mirziyoyev Tokioda: imperator va parlamentdagilar bilan muloqot o‘tkazildi

O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘lib turibdi. Safarning asosiy tadbirlari 19 dekabr kuni boshlandi. Shavkat Mirziyoyev dastavval imperator, so‘ngra parlament palatalari raislari bilan uchrashdi. Kun.uz jurnalistining Tokiodan xabar berishicha, bugun bosh vazir Sanae Takaichi mintaqaning har besh prezidentlari uchun qabul marosimi o‘tkazadi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
👍89🔥2927👏19
Yakkabog‘ hokimligining o‘zbek “demokratiyasi”ga qarshiligi sindi. Qayrag‘och aholisi suv bilan ta’minlanadi

Yakkabog‘ tumani, Qayrag‘och mahallasi "Tashabbusli budjet"da g‘olib bo‘lgani, biroq loyiha bugungi kunda amalga oshmay qolish ehtimoli paydo bo‘layotgani haqida Kun.uz surishtiruvi e’lon qilingandi. Unda aholi bilan uchrashgan mas’ullar yerosti suvlari yaroqsiz, degan vaj bilan artezian quduqlari qazishni noma’um muddatga kechiktirayotgani aytilgandi. Tuman hokimligi ushbu holatga munosabat bildirdi.

👉 https://kun.uz/17356570

Kun.uz rasmiy kanali
👍188🔥1
Akmal Shukurov ishini apellyatsiyada ko‘rgan sudyalarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Akmal Shukurovga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilishi bilan bog‘liq holatlarga oydinlik kiritish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Uni Sudyalar oliy kengashi o‘tkazmoqda. Apellyatsiya sudi Shukurovga tayinlangan 8 yil-u 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib, uni qamoqdan ozod etib yuborgandi. Ishni ko‘rishda sudya Odilbek Ilhomjonov raislik qilgan.

👉 https://kun.uz/68533689

Kun.uz rasmiy kanali
👍6810👏8🔥6😁1
Tramp 2026 yil uchun AQShning rekord mudofaa budjetini imzoladi

901 mlrd dollar hajmidagi AQSh mudofaa budjeti “urush vazirligi”ga “Kuch orqali tinchlik” siyosatiga amal qilish imkonini beradi, dedi hujjatni imzolagan Donald Tramp.

👉 https://kun.uz/81183994

Kun.uz rasmiy kanali
😐159😁3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vaqtincha to‘xtatilgan grin-karta, Ukrainaga $100 milliardlik qarz va Avstraliyada qurol bo‘yicha yangi tartib – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/31016393

Kun.uz rasmiy kanali
4👍3
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida ushbu mamlakatning yirik kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda O‘zbekiston-Yaponiya iqtisodiy sherikligini yanada chuqurlashtirish, investitsiyalar hajmini oshirish va yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

👉 https://kun.uz/26364263

Kun.uz rasmiy kanali
👍123🔥5741👏36
Toshkent aeroportida odam savdosiga aloqador gumonlanuvchi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida odam savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent xalqaro aeroportida odam savdosiga aloqador gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

👉 https://kun.uz/18863726

Kun.uz rasmiy kanali
👏2520🔥3
Hududlarda elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilyapti

O‘zbekistonning qator hududlaridan elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar yuzasidan murojaatlar ko‘paydi. Samarqand viloyati Urgut tumanidagi mahallalarda 2 kundan beri, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida ayrim qishloqlarda esa 4 kundan beri svet yo‘qligi aytilyapti. “Bir kunda zo‘rg‘a 10-12 soat elektr berishyapti. Qanaqadir yechim bordir”, deydi Farg‘onaning Rishton tumanidan yo‘llangan murojaatda.

👉 https://kun.uz/58220913

Kun.uz rasmiy kanali
🤯328😁4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiya bosh vaziri Markaziy Osiyo prezidentlari sharafiga dasturxon yozdi

Ertaga Tokioda Markaziy Osiyo + Yaponiya mintaqaviy muloqoti bo‘lib o‘tadi. Sammitda qatnashish uchun kunchiqar yurtga kelgan mintaqa yetakchilari sharafiga bosh vazir Sanae Takaichi bugun qabul marosimi uyushtirdi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Sanae tadbirdagi nutqida bunday formatga 21 yil avval Tokio asos solganini aytgan.

Kun.uz rasmiy kanali
21🔥10👍2😁1
Oldindan band qilish 2026: 60% gacha chegirmalar va nima uchun o‘zbekistonliklar dam olishni oldindan rejalashtirishni boshlashdi?

Yildan yilga O‘zbekistonda ko‘proq sayyohlar oldindan band qilishni tanlashmoqda. Sababi oddiy: aynan 31 dekabrgacha eng arzon narxlar, mehmonxonalarning eng keng tanlovi va narxni mavsumiy o‘sishdan oldin qayd etish imkoniyati mavjud.

👉 https://kun.uz/17438905

Reklama
8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Uchta O‘zbekistonni boqadigan gaz”, iste’fo talabi va sirli tayinlov – Alisher Sultonov faoliyatiga nazar

O‘zbekiston energetika sektorining uzoq yillik rahbari Alisher Sultonov lavozimidan ozod etildi. 58 yoshli sobiq amaldorning nima uchun ishdan bo‘shatilgani va uning o‘rnini kim egallashi hozircha ma’lum emas. Kun.uz oxirgi 10 yillikda energetika sohasidagi eng muhim lavozimlarda ishlagan siyosatchining faoliyatiga nazar tashlaydi.

👉 https://kun.uz/77150467

Kun.uz rasmiy kanali
😁137
Seversk qulash yoqasida: bu Slovyansk va Kramatorskka qanday xavf tug‘diradi?

Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblastining Seversk shahri atrofida 2022 yildayoq yirik platsdarm hosil qilib, sharqdan Slovyansk va Kramatorsk aglomeratsiyasiga o‘tishni to‘sib turgandi. Endi bu platsdarm yo‘q, Rossiya rasmiylari esa ushbu shahar olinganini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/17452293

Kun.uz rasmiy kanali
8👍5😭3🤯1
Centrum Air bir o‘ringa 2 ta chipta sotishi natijasida ikki fuqaro Istanbul aeroportida qolib ketdi

Holat 26 sentabr kuni yuz bergan. Fuqaro Centrum Air sayti orqali Istanbul–Namangan yo‘nalishi uchun 2 ta chipta sotib olgan. Ammo aviakompaniya tomonidan ortiqcha chipta sotilgani natijasida u va turmush o‘rtog‘i samolyotga sig‘may, Istanbul aeroportida qolib ketgan. Bir sutkadan so‘ng ularga majburiy ravishda Istanbul–Toshkent reysida parvoz qilish taklif etilgan.

👉 https://kun.uz/33050492

Kun.uz rasmiy kanali
😁43🤯1912👍1🔥1😐1
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri nomidan uyushtirilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston yetakchisini Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi kutib oldi.

👉 https://kun.uz/64132148

Kun.uz rasmiy kanali
👍203🔥3327
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari markazida soxta haydovchilik guvohnomalari keng ko‘lamda rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi

Bosh prokuratura respublika bo‘ylab 1300 ga yaqin qalbaki haydovchilik guvohnomalari Adliya vazirligiga tegishli Davlat xizmatlari markazi xodimlari orqali rasmiylashtirilganini aniqladi. Jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumondorlar qamoqqa olingani ta’kidlanmoqda.

👉 https://kun.uz/09480183

Kun.uz rasmiy kanali
😁36🤯1410😐3