Kun.uz | Rasmiy kanal
80K subscribers
78.5K photos
10.8K videos
61.2K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
"Bu - birlamchi tibbiy xizmat tizimidagi katta muammolarning aksi" - Saida Mirziyoyeva Urgutdagi oilaviy poliklinikada bo‘ldi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Urgutning chekka qishloqlaridan biridagi 1972 yilda qurilgan «Navoiy» poliklinikasida bo‘lib, muassasa 13 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatayotgani, 16 qishloq aholisi uchun esa tug‘uruq qabul qiladigan eng yaqin va yagona tibbiyot maskani ekanini qayd etdi.

👉 https://kun.uz/33492730

Kun.uz rasmiy kanali
👍216🔥4325😭11🤯1
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi

Toshkent shahriga dori-darmon mahsulotlarini olib ketayotgan Isuzu haydovchi uxlab qolishi oqibatida bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Howo tirkamasiga borib urilgan. YTHda og‘ir tan jarohati olgan Isuzu haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

👉 https://kun.uz/06446768

Kun.uz rasmiy kanali
18😭11🤯5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent tumanida 38 mlrd so‘mlik dori ombori fosh etildi

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va boshqa huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent tumanidagi dorixonalardan biriga qarashli omborxona ko‘zdan kechirilib, xalqaro talablarga javob bermaydigan, muddati o‘tgan va kontrafakt alomatlari bor dori vositalari aniqlandi.

👉 https://kun.uz/12748742

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2515👍5😁3
Ehtiyojmand oilalarning uchta toifasini jamlovchi yagona reyestrga o‘tiladi

Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestri negizida Ijtimoiy reyestr yuritishga o‘tilmoqda. Undagi oilalar ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib alohida toifalarga – davlat ta’minotidagi oilalar, kambag‘al oilalar va kambag‘allik chegarasidagi oilalarga ajratiladi, har bir toifaga mos yordam va xizmatlar ko‘rsatiladi.

“Mahalla yettiligi” mehnat qilish imkoniyati cheklangan va og‘ir hayotiy vaziyatdagi oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish huquqini oladi.

👉 https://kun.uz/97435020

Kun.uz rasmiy kanali
👍15336🔥21
Toshkent shahriga kirish joylarida avtoturargohlar quriladi

Kelasi yili Toshkent shahriga kirib kelish nuqtalarida kamida 9 mingta avtomobilga mo‘ljallangan turargohlar quriladi, 2 ta post shahar tashqarisiga ko‘chiriladi, deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev. Bu avtoturargohlar jamoat transporti bilan bog‘lanadi: poytaxtga kelayotganlar agar xohlasa mashinasini shaharga kirishda qoldirib, jamoat transportiga chiqishi mumkin bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/01065559

Kun.uz rasmiy kanali
👍3315🔥4😭2
“Oq oltin balosi” — yilning eng yaxshi hujjatli filmi deb topildi

Jahongir Ahmedov rejissyorligida yaratilgan “Oq oltin balosi” hujjatli filmi “Oltin Humo – 2025” milliy kinotaqdimotida “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Kun.uz hamkorligida yaratilgan ushbu filmda SSSR davrida O‘zbekistonning amalda paxta plantatsiyasiga aylantirilishi, shu siyosatning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlari, bu jarayonlar mustaqillikdan keyingi o‘n yilliklargacha qanday ta’sir ko‘rsatgani va nihoyat paxta qulligiga qanday barham berilgani haqida so‘z yuritiladi.

📹 “Oq oltin balosi” filmini tomosha qiling
20👏9👍7🔥3😁2
8 yilga qamalib, apellyatsiyada ozodlikka chiqqan Akmal Shukurov ishi bugun taftishda ko‘riladi

9 kun avval apellyatsiya sudi Akmal Shukurovga tayinlangan 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib, uni sud zalidan qamoqdan ozod etib yuborgandi. Jinoyat kodeksining uchta moddasi bo‘yicha aybli deb topilgan, bir odamni urib, komaga tushirib qo‘ygan, qilmishidan keyin qochib ketib, Qozog‘istondan ushlab kelingan Shukurovga sudning bunday “bag‘rikenglik” qilishi “qalovini topsa qor yonar” naqli bejiz aytilmaganini ko‘rsatdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
🤯59😁2618😐9👍4👏3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yevropalik siyosatchilarni haqorat qilgan Putin, Isroil-Misr gaz kelishuvi va AQShning rekord darajadagi mudofaa budjeti – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/27918836

Kun.uz rasmiy kanali
13😁5👍4🔥2
«Bir yil oldin mamlakatimiz jonsiz edi». Tramp xalqqa murojaat qildi

U qariyb 20 daqiqa davom etgan nutqida o‘zining iqtisodiyotdagi yutuqlarini maqtadi, Baydenni yana bir bor tanqid qildi, ammo Ukrainani ham, Venesuelani ham tilga olmadi.

👉 https://kun.uz/36657898

Kun.uz rasmiy kanali
😁4113
Rahmon: chegara kelishuvlari Markaziy Osiyoda ishonch va barqarorlikni kuchaytirdi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon yillik murojaatnomasida Tojikiston–Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara masalasi bo‘yicha to‘liq kelishuv hamda O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Tojikiston uch davlat chegaralari tutash nuqtasi haqidagi shartnoma mintaqada ishonch va barqarorlikni kuchaytirishga xizmat qilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjatlar Markaziy Osiyo rivoji va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.

👉 https://kun.uz/72306813

Kun.uz rasmiy kanali
👍4322🔥3😐3🤯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi

Rossiya mudofaa vazirligi yig‘ilishida nutq so‘zlagan Vladimir Putin - AQSh sobiq ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni atayin urushga olib borishda aybladi. Shuningdek, Rossiya prezidenti yevropaliklarni haqorat qildi va «dunyoning hech bir mamlakatida yo‘q, modernizatsiya qilingan» yadro arsenali bilan maqtandi.

👉 https://kun.uz/90709812

Kun.uz rasmiy kanali
😁33🤯159🔥4😐3👍2
Kun.uz | Rasmiy kanal
Qalovini topsa, qor ham yonadi: bezoriligi uchun 8 yilga qamalgan Akmal Shukurovni apellyatsiya sudi ozodlikka chiqarib yubordi Tungi klub oldida tanishini himoya qilishga uringan shaxsga kuchli zarba berib, komaga tushirib qo‘ygan Akmal Shukurov voqea joyidan…
Tanqiddan so‘ng: taftish instansiyasi ajrimi bilan Akmal Shukurov qamoqqa qaytarildi

Apellyatsiya sudi Akmal Shukurovga tayinlangan 8 yil-u 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib, uni qamoqdan ozod etib yuborgandi. Oradan 9 kun o‘tib, ish taftish instansiyasida qayta ko‘rildi va Shukurov qamoqqa qaytarildi: u endi 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, sudlanuvchi bir odamni urib, komaga tushirib qo‘ygan, qilmishidan keyin qochib ketib, Qozog‘istondan ushlab kelingan. U Jinoyat kodeksining uchta moddasi bo‘yicha aybli deb topilgan.

👉 https://kun.uz/73374124

Kun.uz rasmiy kanali
😁73👏3520👍19🔥2😭2
Foto: prezident Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Prezidentning Yaponiyaga safari boshlandi. Davlat rahbarini ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar qizg‘in kutib oldi.

📸 👉 https://kun.uz/67675532

Kun.uz rasmiy kanali
👍169🔥3526😁4🤯2👏1
Vazir uy olishdan oldin obektni “Shaffof qurilish”dan tekshirishga chaqirdi. Lekin tizim murakkabligi aytilmoqda

Qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov fuqarolarni uy sotib olishdan avval uning seysmik xavfsiz va qonuniy ekanini “Shaffof qurilish” tizimi orqali tekshirib, ishonch hosil qilishga chaqirdi. Lekin portaldagi murakkablik sabab unga kirgan foydalanuvchilarning hammasi ham savoliga javob ololmasligi mumkin.

👉 https://kun.uz/03875188

Kun.uz rasmiy kanali
👍1914😭5😐2🤯1
O‘zbek migrantlari: ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni qay darajada katta?

So‘nggi yillardagi O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishini migrantlar yuborayotgan pullarsiz tasavvur qilish qiyin. Bu ko‘rsatkich yalpi ichki mahsulotning 13 foizdan ko‘proq qismini tashkil etadi. Yuqori maosh to‘lanuvchi rivojlangan mamlakatlarda mehnat muhojirlari soni ko‘payayotgani ham umumiy pul o‘tkazmalari oshishida asosiy omillardan biriga aylandi. Kun.uz Xalqaro mehnat migrantlari kunida chet elda ishlayotgan vatandoshlarning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rniga e’tibor qaratdi.

👉 https://kun.uz/86817317

Kun.uz rasmiy kanali
👍2317🤯4🔥1
«Ayrimlar migrantlar mavzusini ko‘pirtirib yuborishdi». Rossiyadagi faollar Odinsovodagi fojia aybdorlari haqida

Rossiyadagi siyosatchilar, davlat va jamoat arboblari Moskva oblasti Odinsovo rayonida millatchilik ruhida sodir etilgan qotillik yuzasidan fikrlarini bildirishmoqda. Xususan, taniqli telejurnalist va bloger Kseniya Sobchak bu fojiada Rossiyadagi millatchi guruhlarni aybladi. «Bunga barchangiz javobgarsiz... Sizlar ham yechilishi kerak bo‘lgan ulkan muammosiz», degan u.

👉 https://kun.uz/16582492

Kun.uz rasmiy kanali
👍3417🤯14😭2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026 yilgi davlat budjeti va “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/75587928

Kun.uz rasmiy kanali
8😁3
Biz o‘z jamiyatimizni bilamizmi?

Bugun ukrainaliklarning qanchasi urush tugashini xohlayapti – bu savolga ukrain xalqining o‘zida ham, Kiyevdagi siyosatchilarda ham javob bor. Bu javob sub’yektiv yoki xayoliy emas, u – professional va reprezentativ sotsiologik tadqiqotlar mahsuli. Axborot asrida ijtimoiy kayfiyatdan boxabar bo‘lib turish – xoh demokratik bo‘lsin, xoh avtoritar – barcha davlatlar uchun birdek hayotiy ahamiyatga ega.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
13😁4