Kun.uz | Rasmiy kanal
79.7K subscribers
78.6K photos
10.8K videos
61.3K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
“Narkozdagi o‘limlar – tizimli muammo oqibati” - anesteziolog

Rinoplastika ijtimoiy tarmoqlarda “xavfsiz” muolaja sifatida targ‘ib qilinadi, lekin u bilan bog‘liq o‘lim va og‘ir asoratlar haqidagi xabarlar ortib bormoqda. Xususan, yaqinda 31 yoshli yigitning rinoplastika vaqtida vafot etishi, avvalroq xuddi shu klinikada boshqa bir bemor noto‘g‘ri narkoz sabab nogiron bo‘lib qolgani – tibbiy xatolar ortida tizimli muammolar yotganiga ishora qilyapti.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
18🤯13😭4
Tramp Suriya va boshqa davlatlar fuqarolariga AQShga kirishni taqiqladi

Donald Tramp bir qator davlatlar, jumladan Suriya fuqarolariga, shuningdek Falastin milliy ma’muriyati hujjatlari egalariga AQShga kirish bo‘yicha to‘liq taqiq joriy qildi. Turkmaniston bo‘yicha cheklovlar yumshatildi.

👉 https://kun.uz/86826055

Kun.uz rasmiy kanali
11😭11🤯5😐1
Turkiyada yashirinib yurgan shaxs ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi

«Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik jinoyatida ayblangan fuqaro Turkiya hududida qo‘lga olindi.

👉 https://kun.uz/77233432

Kun.uz rasmiy kanali
15😐4🔥3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda 4,7 kg “opiy” musodara qilindi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXX Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari katta miqdordagi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Tadbir davomida 4 kg 715 gramm “opiy” moddasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

👉 https://kun.uz/44313906

Kun.uz rasmiy kanali
9🤯5
Toshkentda yangi “siti”lar qurilishi kutilmoqda

Poytaxtda 37 gektar maydonni egallaydigan 1 mlrd dollarlik Uchtepa City qurilishi boshlanadi, deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev. Chilonzor, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarida ham 2,5 milliard dollarlik shunday loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/91713007

Kun.uz rasmiy kanali
👍119🔥3833😐16
AQSh Venesuela atrofida dengiz blokadasini boshladi

Bu – sanksiya ostidagi tankerlarga taalluqli bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/22841662

Kun.uz rasmiy kanali
😐147🤯3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi

Toshkent shahrida 15–17 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi yakunida parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi.

👉 https://kun.uz/12762885

Kun.uz rasmiy kanali
12👍7🤯5
Raqobat qo‘mitasi o‘quv markazlarini ogohlantirdi (ro‘yxat)

O‘quv markazlari va ta’lim platformalarida xizmat sifati qoniqarsizligi, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun to‘lov undirib, shartnoma va pulni qaytarish shartlari bo‘yicha yetarli ma’lumot bermaslik holatlari ko‘payib bormoqda. Raqobat qo‘mitasi eng ko‘p shikoyat tushayotgan 10 dan ortiq muassasalarni sanab o‘tdi. Ular orasida avvalroq Kun.uz surishtiruv o‘tkazgan “Newton Academy” va “Badavlat ayol” loyihalari ham bor.

👉 https://kun.uz/23186960

Kun.uz rasmiy kanali
16👍14😁7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi

Prezident Sadir Japarov uni «davlat xizmatchisi etikasiga rioya etmagani» uchun lavozimidan ozod etgan.

👉 https://kun.uz/14677254

Kun.uz rasmiy kanali
😁35👍346🔥4👏1
“Rossiyaning beshta talabi bor” – Ryabkov |"Geosiyosat"

Ukrainadagi urushni yakunlashning asosiy sharti sifatida Donbassning Moskvaga berilishi talab qilinyapti. Lekin Rossiya konstitutsiyasiga Xerson va Zaporoje ham kiritilgan. Shunday vaziyatda Moskva amalda qaysi hududlarga da’vosidan voz kechishga tayyor?

Mavzu muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15😐4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Venesuela tankerlariga joriy qilingan blokada, Pokiston oldidagi «sinov» va AQShga fuqarolari kirishi taqiqlangan 35 davlat – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/40178146

Kun.uz rasmiy kanali
10😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Erdo‘g‘an tadbirda Cho‘lponning «Go‘zal Turkiston» she’ridan parcha o‘qib berdi

U o‘z nutqida so‘nggi ikki asr nafaqat turk millati, balki butun turkiy dunyo uchun qiyinchiliklar, azob-uqubatlar bilan o‘tganini ta’kidlab, endi bu davrlar ortda qolgani, Turkiya turkiy davlatlar o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilganini qayd etdi.

👉 https://kun.uz/07387451

Kun.uz rasmiy kanali
🔥79👍4722👏7🤯3😁1
Qo‘qonlik tabib 10 sutkaga qamaldi

Xalq orasida tabiblik bilan shug‘ullanib, «bionur» sohibi sifatida tanilgan Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi. U xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish huquqbuzarligini sodir etgan deb topildi.

👉 https://kun.uz/28343352

Kun.uz rasmiy kanali
😁73👍309🤯5👏2
Noroziliklardan keyin JCh uchun 60 dollarlik chiptalar chiqariladi

Bunday arzon chiptalar cheklangan miqdorda bo‘ladi va har bir assotsiatsiya uchun ajratilgan kvotaning 10 foizini (stadiondagi jami o‘rindiqlarning 1,6 foizi miqdorida) tashkil etadi.

👉 https://kun.uz/85833754

Kun.uz rasmiy kanali
24😁18🔥7😐3
Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi

Loyihani Janubiy Koreya ajratgan 3 mln dollarlik grant mablag‘lari asosida, 4 ta koreys kompaniyasidan iborat konsorsium ishlab chiqdi. Tafsilotlar hali ochiqlanmadi. Yangi temiryo‘l Toshkent va Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlari qatnovini ko‘paytirish imkonini berishi ko‘zda tutilgan.

👉 https://kun.uz/00382476

Kun.uz rasmiy kanali
13👍12😁2😐1
«Suv zaxiramiz o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 mlrd kub metrga kam» – Suv xo‘jaligi vaziri

2025 yilda O‘zbekiston bo‘ylab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun 40 mlrd kub metrdan ortiq suv yetkazib berilgan. «Bugungi kun holatida transchegaraviy suv omborlari bilan hisoblaganda, suv zaxiramiz o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,5 mlrd kub metrga kam. Ichki suv omborlarimizda esa 2,7 mlrd kub metr kam suv yig‘ilgan», - dedi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev.

👉 https://kun.uz/72182298

Kun.uz rasmiy kanali
😭38😐1918🤯12😁1
Toshkentga viloyatlardan avtomobil kirishi cheklanmaydi - hokimlik

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt transport tizimida rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar hokimligi rasmiy tushuntirish berib, viloyatlardan Toshkentga avtomobillar kirishiga hech qanday cheklov yoki taqiq joriy etilmayotganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/03106282

Kun.uz rasmiy kanali
👍2420😁5🤯1
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi taklifiga binoan 18-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi va «Markaziy Osiyo + Yaponiya» birinchi sammitida ishtirok etadi.

👉 https://kun.uz/44161584

Kun.uz rasmiy kanali
👍135🔥44👏3531😁1😐1
Abdug‘ani Sanginov “O‘zbekneftgaz” raisi etib tayinlandi

“O‘zbekgidroenergo” jamoasi kompaniyaga asos solinganidan beri raislik qilib kelgan Abdug‘ani Sanginov bilan tantanali xayrlashdi – u faoliyatini “O‘zbekneftgaz” rahbari sifatida davom ettiradi.

Sanginov yangi lavozimda Bahodir Siddiqovning o‘rnini egalladi. Bu o‘zgarish – bir kun oldin O‘zbekiston prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili Alisher Sultonovning ishdan olinishi ortidan ro‘y bermoqda.

👉 https://kun.uz/49927250

Kun.uz rasmiy kanali
👍9929🔥23👏13😁7🤯3😐3😭1
Tojikiston Odintsovodagi qotillik yuzasidan Rossiya elchisiga nota topshirdi

Tojikiston TIV ushbu hujum «millatga nafrat asosida» sodir etilganini qayd etgan. Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova ushbu qotillik yuzasidan Tojikistonga hamdardlik bildirganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/37781036

Kun.uz rasmiy kanali
😭78🤯2112👍7👏3
Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni

Sidneydagi otishmada bir hujumchini qurolsizlantirgan Ahmadning jasorati - nafaqat Avstraliya va Suriyada, balki butun dunyoda qahramonlik sifatida e’tirof qilinmoqda. Bu voqea - 15 kishi o‘ldirilgan fojia ortidan avstraliyaliklar uchun birdamlik ramziga aylandi. Ahmadning davolanishi uchun ochilgan xayriya fondiga allaqachon 1,5 million dollar yig‘ildi.

👉 https://kun.uz/67346350

Kun.uz rasmiy kanali
👏5421👍21🔥7