Kun.uz | Rasmiy kanal
79.9K subscribers
78.5K photos
10.8K videos
61.2K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2,5 mlndan 1 mlrd so‘mgacha – 100 dan ortiq olimpiadachi o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlandi

O‘tgan o‘quv yili davomida xalqaro fan olimpiadalarida faol ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan 107 nafar bola va ularning 83 nafar ustozi pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular O‘zbekistonga jami 210 ta medalni hadya qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, g‘oliblarni munosib taqdirlash uchun davlat budjetidan 12,4 mlrd so‘m pul ajratilgan.

👉 https://kun.uz/36126176

Kun.uz rasmiy kanali
🔥20👏1714👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda yirik issiqlik ta’minoti markazi va qo‘qonlik tabibning sudga berilishi – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/83594824

Kun.uz rasmiy kanali
👍135🔥34👏154
Kun.uz ogohlantirgan XCM moliyaviy piramidasi o‘n minglab odamni chuv tushirdi. O‘zbekistonliklarni kim shilmoqda?

IIB xodimlari targ‘ib qilgan XCM platformasidan pul yechish to‘xtatildi – moliyaviy piramida “g‘alvirni suvdan ko‘tardi”. Oqibatda yana o‘n minglab o‘zbekistonlik aldandi. Xalqning cho‘ntagidan o‘marilgan pullar esa millionlab dollarni tashkil qiladi. Har safargi kabi moliyaviy piramidachilar yutdi, buning oldini olish kerak bo‘lganlar esa kuzatib turdi. Odamlarning oxirgi puligacha shilishni maqsad qilgan XCM esa yana yolg‘on ishlatmoqda.

👉 https://kun.uz/50853097

Kun.uz rasmiy kanali
😁23🤯1614👏5👍4🔥1😐1
Usmon Dembele FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

FIFA 16 dekabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida The Best mukofotlarini topshirish marosimini o‘tkazdi. «PSJ» futbolchisi Usmon Dembele yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

👉 https://kun.uz/48952403

Kun.uz rasmiy kanali
👍31🔥2015😐8🤯2
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori

Parij sudi «PSJ» klubini Kilian Mbappega to‘lanmagan ish haqi va bonuslar uchun tovon puli to‘lashga hukm qildi.

👉 https://kun.uz/21834505

Kun.uz rasmiy kanali
👍27😁1511👏4🤯4😐2
Infografika: Xitoy va Hindiston armiyasi - kim kuchliroq?

Xitoy va Hindiston - ikkalasi birga hisoblaganda 2,8 milliarddan ortiq aholiga ega - nafaqat iqtisodiy gigantlar, balki Osiyo xavfsizligi tizimidagi hal qiluvchi o‘yinchilar sifatida ham qaraladi.

👉 https://kun.uz/25030836

Kun.uz rasmiy kanali
13🔥3👍2😁2
Muhandislik shedevrlari: dunyodagi eng uzun 10 ta tunnel

Tog‘lar ichida, daryolar tagida va yer ostida katta chuqurliklarda qazib o‘tkazilgan muhandislik mo‘jizalari - insoniyatning eng ulkan infratuzilmaviy loyihalaridan biri hisoblanadi. Bu inshootlar zamonaviy tunnelsozlik yutuqlarinigina emas, balki odamlarning tabiiy to‘siqlarni yengib o‘tadigan konstruksiyalar yaratish qobiliyatini ham namoyon etadi.

👉 https://kun.uz/93874151

Kun.uz rasmiy kanali
16🔥7👍5
“Narkozdagi o‘limlar – tizimli muammo oqibati” - anesteziolog

Rinoplastika ijtimoiy tarmoqlarda “xavfsiz” muolaja sifatida targ‘ib qilinadi, lekin u bilan bog‘liq o‘lim va og‘ir asoratlar haqidagi xabarlar ortib bormoqda. Xususan, yaqinda 31 yoshli yigitning rinoplastika vaqtida vafot etishi, avvalroq xuddi shu klinikada boshqa bir bemor noto‘g‘ri narkoz sabab nogiron bo‘lib qolgani – tibbiy xatolar ortida tizimli muammolar yotganiga ishora qilyapti.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
18🤯13😭4
Tramp Suriya va boshqa davlatlar fuqarolariga AQShga kirishni taqiqladi

Donald Tramp bir qator davlatlar, jumladan Suriya fuqarolariga, shuningdek Falastin milliy ma’muriyati hujjatlari egalariga AQShga kirish bo‘yicha to‘liq taqiq joriy qildi. Turkmaniston bo‘yicha cheklovlar yumshatildi.

👉 https://kun.uz/86826055

Kun.uz rasmiy kanali
11😭11🤯5😐1
Turkiyada yashirinib yurgan shaxs ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi

«Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik jinoyatida ayblangan fuqaro Turkiya hududida qo‘lga olindi.

👉 https://kun.uz/77233432

Kun.uz rasmiy kanali
15😐4🔥3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda 4,7 kg “opiy” musodara qilindi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXX Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari katta miqdordagi giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Tadbir davomida 4 kg 715 gramm “opiy” moddasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

👉 https://kun.uz/44313906

Kun.uz rasmiy kanali
9🤯5
Toshkentda yangi “siti”lar qurilishi kutilmoqda

Poytaxtda 37 gektar maydonni egallaydigan 1 mlrd dollarlik Uchtepa City qurilishi boshlanadi, deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev. Chilonzor, Yakkasaroy va Olmazor tumanlarida ham 2,5 milliard dollarlik shunday loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/91713007

Kun.uz rasmiy kanali
👍119🔥3832😐16
AQSh Venesuela atrofida dengiz blokadasini boshladi

Bu – sanksiya ostidagi tankerlarga taalluqli bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/22841662

Kun.uz rasmiy kanali
😐147🤯3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi

Toshkent shahrida 15–17 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi yakunida parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi.

👉 https://kun.uz/12762885

Kun.uz rasmiy kanali
12👍7🤯5
Raqobat qo‘mitasi o‘quv markazlarini ogohlantirdi (ro‘yxat)

O‘quv markazlari va ta’lim platformalarida xizmat sifati qoniqarsizligi, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun to‘lov undirib, shartnoma va pulni qaytarish shartlari bo‘yicha yetarli ma’lumot bermaslik holatlari ko‘payib bormoqda. Raqobat qo‘mitasi eng ko‘p shikoyat tushayotgan 10 dan ortiq muassasalarni sanab o‘tdi. Ular orasida avvalroq Kun.uz surishtiruv o‘tkazgan “Newton Academy” va “Badavlat ayol” loyihalari ham bor.

👉 https://kun.uz/23186960

Kun.uz rasmiy kanali
16👍14😁7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi

Prezident Sadir Japarov uni «davlat xizmatchisi etikasiga rioya etmagani» uchun lavozimidan ozod etgan.

👉 https://kun.uz/14677254

Kun.uz rasmiy kanali
😁35👍346🔥4👏1
“Rossiyaning beshta talabi bor” – Ryabkov |"Geosiyosat"

Ukrainadagi urushni yakunlashning asosiy sharti sifatida Donbassning Moskvaga berilishi talab qilinyapti. Lekin Rossiya konstitutsiyasiga Xerson va Zaporoje ham kiritilgan. Shunday vaziyatda Moskva amalda qaysi hududlarga da’vosidan voz kechishga tayyor?

Mavzu muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15😐4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Venesuela tankerlariga joriy qilingan blokada, Pokiston oldidagi «sinov» va AQShga fuqarolari kirishi taqiqlangan 35 davlat – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/40178146

Kun.uz rasmiy kanali
10😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Erdo‘g‘an tadbirda Cho‘lponning «Go‘zal Turkiston» she’ridan parcha o‘qib berdi

U o‘z nutqida so‘nggi ikki asr nafaqat turk millati, balki butun turkiy dunyo uchun qiyinchiliklar, azob-uqubatlar bilan o‘tganini ta’kidlab, endi bu davrlar ortda qolgani, Turkiya turkiy davlatlar o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilganini qayd etdi.

👉 https://kun.uz/07387451

Kun.uz rasmiy kanali
🔥79👍4722👏7🤯3😁1
Qo‘qonlik tabib 10 sutkaga qamaldi

Xalq orasida tabiblik bilan shug‘ullanib, «bionur» sohibi sifatida tanilgan Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi. U xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish huquqbuzarligini sodir etgan deb topildi.

👉 https://kun.uz/28343352

Kun.uz rasmiy kanali
😁73👍309🤯5👏2
Noroziliklardan keyin JCh uchun 60 dollarlik chiptalar chiqariladi

Bunday arzon chiptalar cheklangan miqdorda bo‘ladi va har bir assotsiatsiya uchun ajratilgan kvotaning 10 foizini (stadiondagi jami o‘rindiqlarning 1,6 foizi miqdorida) tashkil etadi.

👉 https://kun.uz/85833754

Kun.uz rasmiy kanali
24😁18🔥7😐3