Kun.uz | Rasmiy kanal
79.7K subscribers
78.6K photos
10.8K videos
61.3K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan 10 kun ichida avtobuslarda chiptasiz yurgan qariyb 3 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi

“Toshshahartransxizmat” AJ ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 11 oyi mobaynida jamoat transportida 19 500 dan ortiq yo‘l haqini to‘lamaslik holati aniqlangan.

👉 https://kun.uz/64017530

Kun.uz rasmiy kanali
👍5012
Naqdsiz savdo talabi, metanga cheklov va korrupsiyaga qarshi klaster - hafta dayjesti

Metan-shoxobchalarga cheklov: bu safar ob-havo aybdor emas. Gazsiz uylarga arzonroq svet va’dasi: bu masala haliyam o‘rganilyapti. Uy va avtomobil savdosida yangi tartib: oldi-berdi naqdsiz shaklda bo‘lishi kerak. O‘zbekistonda ham fuqarolar yillik deklaratsiya topshira boshlaydi: buni ikkita shahar aholisi boshlab beradi. Ortda qolayotgan haftaning O‘zbekiston hayotiga oid ayrim xabarlari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING
11👍1
"Gryaz" laqabli jinoiy uyushma yetakchisi Turkiyada ushlandi

U o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, bosqinchilik, tovlamachilik, mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish kabi jinoyatlarda ayblanib, 2023 yilda qidiruvga berilgandi. Ushbu shaxs O‘zbekistonga qaytarilib, tergov organlariga topshirildi.

👉 https://kun.uz/30742418

Kun.uz rasmiy kanali
19👍13😁12
Kupyanskka borgan Zelenskiy va turkmancha betaraflik | "Geosiyosat"

Urush nafaqat front chizig‘ida, balki siyosiy maydonda ham yangi bosqichga chiqmoqda. Ukrainadagi ehtimoliy prezidentlik saylovi, frontdagi harbiy holat va Donbass bo‘yicha AQSh ilgari surayotgan tashabbuslar yana diqqat markazida. Markaziy Osiyoda esa Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligini nishonladi.

Yakunlangan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16😭1
Hindistonda futbol muxlislari Messi sababli stadionni vayron qilishdi

Lionel Messining stadion bo‘ylab aylanib chiqishi rejalashtirilgan, ammo bu amalga oshmagan. Futbolchi maydonga chiqishi bilan siyosatchilar, amaldorlar, mashhur yulduzlar va ularning oila a’zolari hamda jurnalistlar qurshovida qolgan.

👉 https://kun.uz/45130520

Kun.uz rasmiy kanali
😁7421👍7🤯4😐2
Saloh qaytdi va rekord o‘rnatdi, «Arsenal» va «Barsa»da qiyin g‘alaba

«Arsenal»ga avtogollar yordam berdi, «Liverpul» yuqoriga ko‘tarilmoqda. Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

📹 👉https://kun.uz/61981714

Kun.uz rasmiy kanali
10🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sidneydagi plyajda odamlar o‘qqa tutildi. Qurbonlar bor

Politsiyaning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 9 kishi halok bo‘lib, o‘ndan ortiq kishi yaralangan. Hujum qilganlardan biri o‘ldirilgan, ikkinchisi qo‘lga olingan.

👉 https://kun.uz/14971115

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2010👍8😁1
Zelenskiy front chizig‘ida, Tramp hammadan xafa – hafta dayjesti

Hafta davomida Ukraina Qora dengizdagi «reyd»larni davom ettirdi, Zelenskiy Rossiya «ikki marta egallagan» Kupyanskka bordi, Tramp Rossiyadan ham, Ukrainadan ham xafa ekani aytildi. Rolikda haftaning muhim voqealarini eslaymiz.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
12😭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sidneydagi plyajda hujum. So‘nggi ma’lumotlar

Ikki kishi plyajdagi odamlarni o‘qqa tutgan. Kamida 12 kishi halok bo‘lgan. Hujum ijrochilaridan biri oddiy fuqaro tomonidan qurolsizlantirilgan.

📹 👉 https://kun.uz/14971115

Kun.uz rasmiy kanali
👍6811🤯11👏6
«Real»dagi kichik inqiroz. Klubning muammosi nimada va Alonso endi nima qiladi?

Madridliklar g‘alaba qozonishni unutib qo‘ydi, ayrim futbolchilar va murabbiy o‘rtasida esa ziddiyat ko‘zga tashlanmoqda. Kun.uz sport bo‘limi jurnalisti Qahramon Aslanov navbatdagi maqolasida Madridda nimalar bo‘layotgani haqidagi savolga javob izladi.

👉 https://kun.uz/35402663

Kun.uz rasmiy kanali
8🔥5
15 dekabrda O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi mumkin

“O‘zgidromet” 15 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dushanba kuni qator hududlarda qor yog‘ishi mumkin.

👉 https://kun.uz/24393264

Kun.uz rasmiy kanali
31👍29😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
65 yoshli “yigit”: yorqishloqlik ota hamon turnikda tortiladi

Chapdast otaxon Muhammadkarim ota Bo‘tayev Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidan. U shu yoshida ham turnikda yaxshi tortila oladi, tosh ko‘taradi, erta tongdan uzoq masofaga yuguradi, jismoniy faollikni ushlab turish uchun daraxt uchigacha ham chiqib tushadi. Qishloqdoshlari otaxonga “Tarzan” deb nom qo‘yishgan. “5 qizim bor, ularni turmushga uzatganman, uyda chol-kampir bilan qolganmiz. Shu 5 qizim 10 ta o‘g‘ilning o‘rnini bosadi”, deydi qahramonimiz.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
👍8325👏15😁8🔥4🤯3
📆 Bu hafta ham o‘z nihoyasiga yetmoqda. TEXNO olamda nima gap? Hafta davomida bo‘lib o‘tgan yangiliklarni eslab o‘tamiz.

— Tinib-tinchimagan xitoyliklar olti qo‘lli super odamsimon robot ishlab chiqdi;

Xiaomi 560 litrli katta muzlatkich chiqardi, narxi 850 dollar;

ChatGPT Plusni bepul ulashish imkoniyati paydo bo‘lmoqda;

Google til bilmaslik muammosini quloqchin orqali real vaqtda hal qilishni boshlayapti;

Xitoyda dunyodagi birinchi 16 tonnalik Jetank dron tashuvchi sinovdan o‘tkazildi;

Siz chat bot bilan yozishyapman deb o‘ylaysiz. Aslida esa javobni tirik odam yozmoqda;

Apple iOS 26.2 va iPadOS 26.2 ni rasman chiqardi. Nima o‘zgarishlar bor?

👨‍💻 Raqamli dunyoda adashib qolmaslik uchun “Kun.uz Texnologiya” sahifasini kuzatib boring.

👉 https://t.me/+FhwW7Y1BQSthZDAy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👏4
Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini qayta yozishga harakat qilmoqda

U Ukraina qurolli kuchlari sonini cheklashga tayyor, lekin faqat hozirgi darajada. Shu kunlarda Ukraina AQShning tinchlik rejasiga o‘z javobini taqdim etgan. Bugun Zelenskiy Berlinda Trampning maxsus vakili bilan uchrashmoqda.

👉 https://kun.uz/57954598

Kun.uz rasmiy kanali
7👍5👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vodiyda metan-shoxobchalarga konteynerlarda gaz tashish sinab ko‘riladi

Qishning sovuq kunlarida, vodiy viloyatlarida gaz bosimi tushib ketgan paytda, metan-shoxobchalarga siqilgan tabiiy gaz maxsus yuk mashinalarida tashib olib boriladi. Buning uchun O‘zbekiston Xitoydan 150 ta ko‘chma konteynerni buyurtma qilgan.

👉 https://kun.uz/33630690

Kun.uz rasmiy kanali
😁2913👏7👍4😐4🔥3🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tojikistondan kelayotgan Cobalt bakidan 30 kg opiy topildi

Termiz tumanida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Cobalt “Bekobod-avto” chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida tekshirilgan. Jarayonda mashinaning yoqilg‘i baki ichiga 30 kgdan ortiq opiy moddasi ustamonlik bilan yashirib qo‘yilgani aniqlangan. Toshkent shahrida esa narkolaboratoriya fosh etildi.

👉 https://kun.uz/82327146

Kun.uz rasmiy kanali
17👍17🤯15👏6😁4
“Farg‘onada u zo‘r ekanini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lgan” – tanishini mashinada qasddan urib o‘ldirgan shaxs ishida hukm o‘qildi

Farg‘onada Lacetti mashinasida tanishini urib ketib, o‘ldirgan shaxs jinoiy jazoga tortildi. Sud uni qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topib, 14 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Marhumning yaqinlari yetim qolgan 4 bola uchun 4 mlrd so‘m moddiy va ma’naviy zarar so‘radi. Sudlanuvchi esa marhumni qasddan urib ketmaganini bildirdi.

👉 https://kun.uz/74140696

Kun.uz rasmiy kanali
🤯4427😁10😭7👍6😐4🔥3
Shomurodov gol+pas tizimida Turkiya chempionatida yetakchiga aylandi

Turkiya Superligasi 16-tur doirasidagi "Samsunspor" - "Istanbul Boshoqshehir” o‘yinida Eldor Shomurodovning goli va assisti jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

👉 https://kun.uz/70162665

Kun.uz rasmiy kanali
👍7618🔥12👏6
“Barcha yo‘llar Rimga eltadi”: Rim imperiyasining batafsil yo‘llar xaritasi yaratildi

Arxeologlar milodiy 150 yil holatiga ko‘ra butun Rim imperiyasi bo‘ylab yo‘llarning eng batafsil xaritasini tuzdi. Yo‘llarning umumiy uzunligi qariyb 300 000 kilometrni tashkil etgan.

👉 https://kun.uz/01199496

Kun.uz rasmiy kanali
👍1311👏5🔥3😭3
Uitkoff Berlindagi uchrashuvdan so‘ng: o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinlashdik

Berlinda Zelenskiy, Uitkoff va Kushner 20 banddan iborat tinchlik yo‘lidagi reja, iqtisodiy masalalar va boshqa mavzular bo‘yicha “chuqur muhokamalar” o‘tkazgan, deb yozdi AQSh prezidentining maxsus vakili.

👉 https://kun.uz/31758652

Kun.uz rasmiy kanali
6👍4😁4