Kun.uz | Rasmiy kanal
80.2K subscribers
78.4K photos
10.8K videos
61.1K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
So‘qoq ko‘k somsa - an’anaviy ta’mni “Cook somsa”da his qiling

Bugun o‘zbek milliy taomlari orasida somsaning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, tandirda pishgan, tabiiy o‘tinlar isi singgan ko‘k somsaning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Shunday nozik ta’mni izlayotganlar uchun salkam bir yil avval ish boshlagan “Cook Somsa” brendi qisqa fursatda ko‘plab mijozlarning mehrini qozonishga ulgurmoqda.

👉 https://kun.uz/52585520

Reklama
😁107👍2🤯2
«Maduro mutlaqo yolg‘iz qoldi». Venesuelani eng kuchli ittifoqchilari tashlab ketdimi?

Bugungi kunda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro atrofiga qarab, o‘zining haqiqiy do‘stlarini topa olmaydi. Uning ikki asosiy ittifoqchisi – Xitoy va Rossiyaning qo‘llab-quvvatlovi bir paytlar qanchalik mustahkam bo‘lib tuyulgan bo‘lsa, endi tobora zaiflashib bormoqda.

👉 https://kun.uz/04251440

Kun.uz rasmiy kanali
😁97😐4👍3
Rossiya narrativi va Donbassdagi real vaziyat | “Geosiyosat”

Muzokaralardagi eng chigal va bahsli mavzu Donbass bo‘lib qolmoqda. Moskva talqinicha DXR va LXR aholisi go‘yoki Rossiyaga qo‘shilishni xohlayotganini iddao qilgan, ammo aynan shu hududlar eng ko‘p bombardimon qilinmoqda. Hind jurnalistining Putinga bergan savoli bu paradoksni yana muhokamaga olib chiqdi. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatshunoslar Donbass masalasida fikr almashishdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
11
Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti hay’ati yig‘ilishida Rim papasi bilan uchrashdi

Mukofotning madaniyatlararo va dinlararo anglashuvni kengaytirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

👉 https://kun.uz/16380822

Kun.uz rasmiy kanali
👍81🔥3521👏18😐16🤯12😁3😭1
“Retsepsiz beriladigan muhim dorilar ro‘yxati shakllantirilgan” – SSV “Elektron retsept” bo‘yicha tushuntirish berdi

Vazirlikka ko‘ra, “Elektron retsept” tizimi hozirda Toshkent shahri va 15 ta tumanda joriy etilmoqda. Tizimni butun respublika bo‘ylab kengaytirish 2026 yil oxirigacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. “Favqulodda holatlarda, shuningdek, bolalarga, keksa yoshdagi shaxslarga va surunkali kasallikka chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishda hech kim zarur dori vositalarisiz qolmaydi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

👉 https://kun.uz/73969729

Kun.uz rasmiy kanali
👍65🤯1
Barcha hududlarda metan zapravkalar ish vaqtiga cheklov kiritildi

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati tungi vaqtda to‘xtatiladi.

👉 https://kun.uz/21047257

Kun.uz rasmiy kanali
😭25😐14😁65🤯5👍3
Ayrim hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 13–16 dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlari, jumladan, Chotqol tizmasi tog‘larida qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi.

👉 https://kun.uz/45497235

Kun.uz rasmiy kanali
👍63👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda mashinasida 51 kg gashish olib ketayotgan shaxs ushlandi

Ushbu fuqaroning yashash xonadonidan ham gashish giyohvand moddasi topilgan. 39 va 40 yoshli sheriklar afg‘onistonlik narkokurerlar tomonidan aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonga o‘tkazilgan bu narkotik moddalarni kelgusida sotishni maqsad qilgan.

👉 https://kun.uz/86723729

Kun.uz rasmiy kanali
👍15🤯159👏3😁3
FIFA JCh-2026 chiptalarining qimmat narxi tufayli «ulkan xiyonat»da ayblandi

Futbol muxlislari 11 dekabr kuni jahon chempionati chiptalari narxi ma’lum bo‘lgach, FIFA tashkilotini «ulkan xiyonat»da aybladi. Avvalroq, FIFA 60 dollarlik chipta haqida bayonot bergan edi. Yangi narxlar bundan balandligi bilan muxlislarni hayratda qoldirdi.

👉 https://kun.uz/99720266

Kun.uz rasmiy kanali
🤯256👏5😐3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zelenskiy Kupyanskka keldi. Putinga bu shahar olingani haqida ikki bor hisobot berilgandi

Ukrain harbiylari esa bu hududdagi rossiyalik harbiylar qurshovda qolganini aytmoqda.

👉 https://kun.uz/01702348

Kun.uz rasmiy kanali
👍7511🤯11👏8😁4
Muhojirlik, shubha va ikki qizining qotiliga aylangan ona - Andijondagi mudhish jinoyat tafsiloti

Izboskanda ayol o‘z farzandlarining qotiliga aylandi: u Rossiyada ishlab yurgan turmush o‘rtog‘i bilan janjallashgani ortidan ushbu jinoyatga qo‘l urgan. 2020 yil turmush qurgan er-xotin avvaliga tinch-totuv yashagan. Biroq er ishlab pul topish maqsadida Rossiyaga ketgach, o‘rtada turli janjallar kelib chiqa boshlagan. 4 va 1,5 yoshli qizaloqlar ana shunday janjallardan birining qurboniga aylandi.

👉 https://kun.uz/56205528

Kun.uz rasmiy kanali
😭1310🤯2
Retsepsiz sotiladigan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi

Ro‘yxatdan allergiyaga qarshi vositalar, shamollash va O‘RVI kasalliklarini davolash uchun dorilar, jig‘ildon qaynashini davolash uchun vositalar, vitaminlar va polivitaminlar, surgi vositalari, og‘riqni qoldiruvchi va isitma tushiruvchi vositalar antiseptiklar o‘rin olgan.

👉 https://kun.uz/35641112

Kun.uz rasmiy kanali
9🔥3🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Metan zapravka»larda cheklovlar va Farg‘ona vodiysiga ko‘chma konteynerda gaz – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/03575418

Kun.uz rasmiy kanali
8😭5👍3
«Elektron retsept». SSV jamoatchilikni qiziqtirayotgan muhim savollarga javob qaytardi

Toshkent shahri va 15 ta sinov hududidagi dorixonalarda «Elektron retsept» sinov loyihasi joriy etilgach, ijtimoiy tarmoqlarda tushunmovchiliklar yuzaga keldi. 12 dekabr kuni vazirlikda shifokorlar, farmatsevtika vakillari va IT mutaxassislardan iborat ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi. Vazirlik matbuot xizmati jamoatchilikda tug‘ilgan qator savollar yuzasidan tushuntirish berdi.

👉 https://kun.uz/77978867

Kun.uz rasmiy kanali
11🤯4
G‘azoda og‘ir humanitar vaziyat: yuzlab chodirlarni suv bosdi

Payshanba kuni yopirilgan bo‘ron ortidan G‘azoni kuchli yomg‘irlar qamrab oldi. Yuzlab oilalar panoh topgan chodirlar ichiga ham suv kirgan: 8 oylik chaqaloq sovuqdan halok bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/26928924

Kun.uz rasmiy kanali
😭12220🤯3😁1😐1
Qozog‘iston eshiklari markaziy osiyolik migrantlar uchun «ochilishi» mumkin

Qozog‘istondagi yirik davlat loyihalari - IES, AES qurish, energetika, uy-joy kommunal xo‘jaligi va transportni rivojlantirish uchun minglab mutaxassislar kerak bo‘ladi va ichki kadrlar resursi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Deputatlar migrantlarni jalb qilishni muammoning yechimlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

👉 https://kun.uz/93085393

Kun.uz rasmiy kanali
👍4016🤯3😭3
«Aviasozlar» bozori hududidagi ma’muriy binoda yong‘in sodir bo‘ldi

13 dekabr kuni soat 01:30 da Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi «Aviasozlar» bozori hududida joylashgan ma’muriy binoda yong‘in chiqqan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

👉 https://kun.uz/94649140

Kun.uz rasmiy kanali
8🤯7👍3