Kun.uz | Rasmiy kanal
79.9K subscribers
78.5K photos
10.8K videos
61.2K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
“Qamayman deb tazyiq o‘tkazgan” – Samarqandda IIB xodimi o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Bulung‘ur tumanida o‘ziga o‘t qo‘ygan 17 yoshli o‘smir ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 2 oydan so‘ng vafot etdi. Marhumning yaqinlariga ko‘ra, u profilaktika inspektorining qamayman, deya qilgan tahdididan qo‘rqib, o‘z joniga qasd qilgan. Inspektor esa bu da’voni tuhmat deb atagan va bolaning o‘limida aybi yo‘qligini bildirgan. Sud uni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi va sud zalidan qamoqqa oldi.

👉 https://kun.uz/54913767

Kun.uz rasmiy kanali
👍42😐2211🤯6😭1
Tailand va Kambodja yana urushmoqda

Navbatdagi tinchlik shartnomasi tuzilganiga bir yarim oy ham bo‘lmadi. Tramp ularni birgina telefon qo‘ng‘irog‘i bilan yarashtirishni va’da qilmoqda, ammo endi unga ishonch yo‘q.

📸 👉 https://kun.uz/60387202

Kun.uz rasmiy kanali
😁1714🔥7🤯3
Trampning oltin kartasi sotuvi boshlandi. AQSh undan “milliardlab” pul ishlamoqchi

Donald Tramp ta’biri bilan aytganda, grin-kartadan farq qilmaydigan «Trump Gold Card»ga murojaat qilishning o‘zi – 15 ming dollar. Tekshiruvdan o‘tganlar 1 million dollar to‘lab, AQShda qonuniy maqom, keyinchalik fuqarolik olishi mumkin. Kartaning korporativ versiyasi esa ikki baravar qimmat.

👉 https://kun.uz/37822303

Kun.uz rasmiy kanali
😁5315🤯9
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

Suhbat davomida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada kengaytirishga e’tibor qaratildi.

👉 https://kun.uz/44962124

Kun.uz rasmiy kanali
👍127🔥29👏2320😐5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uy-joy va avtomobil savdosida naqd puldan voz kechilishi va inson a’zolari savdogarlariga jazo – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/54959977

Kun.uz rasmiy kanali
3🔥3👏1
Paragvay bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penyani kutib olish marosimi bo‘ldi. Ma’lumot uchun bu tarixda ilk bor Lotin Amerikasi davlati prezidentining O‘zbekistonga tashrifi hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/64176068

Kun.uz rasmiy kanali
👍126🔥7149👏15😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Bolangizni kimdir boshqaryapti” - toshkentlik o‘smir PUBG'dagi suhbatlardan keyin yo‘qolib qoldi

Toshkentda yashovchi 14 yoshli bola PUBG'da noma’lum odam bilan do‘stlashib qolganidan keyin, uning buyrug‘i bilan uydan chiqib ketib, Farg‘onaga yo‘l olgan. Qochayotganida yuzini yashirish uchun ko‘zoynak va tibbiy niqob taqib olgan. Bola ikki kundan keyin topilganida, u katta qo‘rquv iskanjasida edi. Voqeani Kun.uz'ga so‘zlab bergan o‘smirning qarindoshi ota-onalarni ogohlikka chaqirdi.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
20😐16🤯8😁3😭1
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi

O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sherikligini yanada kengaytirish masalasiga e’tibor qaratildi.

👉 https://kun.uz/26473596

Kun.uz rasmiy kanali
👍108👏3733🔥32🤯1
JCh-2026 chiptalari uchun arizalar qabuli boshlandi

Ariza berish 2026 yil 13 yanvarga qadar davom etadi. Chipta egalari 2026 yil fevral oyida FIFA tomonidan tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi.

👉 https://kun.uz/35900975

Kun.uz rasmiy kanali
😁249👍6😭1
Time jurnali sun’iy intellekt me’morlarini «yil odami» deb e’lon qildi

Ular hozirgi zamonni o‘zgartirgani va insonning 2025 yildagi imkoniyatlari chegaralarini kengaytirgani uchun e’tirofga sazovor bo‘ldi.

👉https://kun.uz/07723473

Kun.uz rasmiy kanali
🔥8😐5😁21👍1🤯1
Kishi boshiga tabiiy boylik bo‘yicha dunyo yetakchilari: Saudiya birinchi, Kanada - ikkinchi

Yangi reytingda Statista’ning tabiiy resurslar bo‘yicha baholari va Worldometer’ning 2025 yildagi aholi soni ma’lumotlari qiyoslanib, eng boy o‘nta davlatning tabiiy resurslari qiymati aholi soniga bo‘lib hisoblandi.

👉 https://kun.uz/44064882

Kun.uz rasmiy kanali
🔥10👍82
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saloh «yorildi»: muammo nimada?

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh «klub uni avtobus tagiga tashlayotganini» aytdi. Bu demarsh klubdagi inqiroz fonida ro‘y berdi. Gap nimada o‘zi?

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
10😁3👏1
Toshkentda katta miqdorda psixotrop dorilarni saqlagan ikki nafar ayol qo‘lga olindi

DXX boshqa huquq-tartibot tashkilotlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida noqonuniy ravishda psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini saqlash hamda muomalaga kiritish bilan bog‘liq jinoyatni fosh etdi. Tezkor tadbir davomida umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd so‘mlik dori vositalari musodara qilindi.

👉 https://kun.uz/79799413

Kun.uz rasmiy kanali
👍169🤯4😁2
Oq uy: Tramp ham Rossiyadan, ham Ukrainadan «juda norozi»

AQSh prezidenti Donald Tramp «faqat uchrashuv uchun uchrashuvlardan charchagan», u aniq harakatlarni istayapti, deb bayonot berdi uning matbuot kotibi. Uning ta’kidlashicha, Vashington har ikki tomon bilan ishlashni davom ettiradi.

👉 https://kun.uz/45275344

Kun.uz rasmiy kanali
😁14👍6🤯32😭1
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB nomidan kelayotgan xabarlar feyk ekani aytildi

Majburiy ijro byurosi ayrim fuqarolarga ijtimoiy tarmoqlar orqali, go‘yoki byuro nomidan ijro hujjati yoki qarzdorlik haqida yuborilayotgan xabarlar soxta ekanini ma’lum qildi. Bunday xabarlarda fuqaroning ism-sharifi va hattoki pasport raqamlari keltirilayotgani ham odamlarni ishontirishga qaratilgan firibgarlik usuli ekani qayd etildi.

👉 https://kun.uz/11158719

Kun.uz rasmiy kanali
🤯98
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yemagan somsamga pul to‘layapman” - surxondaryolik ayol tergov va suddan norozi

Surxondaryoda tergov va sud organlarining kuchi ikki bolani voyaga yetkazayotgan yolg‘iz ayolga yetgan ko‘rinadi - oilaning yagona boquvchisiga qo‘llangan adolatsiz hukm sabab uch jon nochor ahvolga tushib qolgan. Gap shundaki, Uzun tuman obodonlashtirish bo‘limi qabriston nazoratchisining aybi uchun kadrlar bo‘yicha mutaxassis jazolandi. Huquq himoyachisi bu borada shunday deydi: «asl o‘g‘ri-korrupsionerlarni kechirib, jamiyatdagi zaif qatlam bo‘lgan ayollarga nisbatan bu munosabatni davlat siyosatiga sabotaj deyish mumkin».

👉 https://kun.uz/85644185

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2912😭5👍3😐3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona vodiysida «metan zapravka»lar o‘chib qolsa, ko‘chma konteynerlar orqali gaz yetkazib beriladi – energetika vaziri

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovga ko‘ra, 2025-2026 yilgi qish mavsumida vodiy viloyatlaridagi gaz quyish stansiyalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan taqchillikni bartaraf etish maqsadida 2 xil yechim ishlab chiqilgan. Birinchisi, qo‘shni davlatdagi mavjud tranzit trubalardan foydalangan holda yaqinroq masofadan ta’minotni amalga oshirish. Ikkinchisi, 150 ta ko‘chma konteynerlar orqali gaz yetkazib berish.

👉 https://kun.uz/34558760

Kun.uz rasmiy kanali
😁40👍97👏5🔥3
Gaz yo‘q hududlardagi iste’molchilar uchun elektrga 50 foiz chegirma berilishi mumkin

Bu turdagi imtiyoz qo‘llanishi uchun gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi maishiy iste’molchilar subsidiyalanadigan narxlardagi suyultirilgan gaz, ko‘mir yoki tabiiy gazdan foydalanmayotgan bo‘lishi kerak.

👉 https://kun.uz/35904196

Kun.uz rasmiy kanali
👏3621👍17🤯8😭6
Viloyatlarda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi

Andijonda metan zapravkalar soat 5:00 dan 17:00 gacha, Navoiy viloyatida esa 6:00 dan 19:00 gacha ishlashi belgilandi. Boshqa hududlarda ham cheklovlar kiritilmoqda.

👉 https://kun.uz/93163267

Kun.uz rasmiy kanali
😁10👏84😐4👍3😭3🤯1
Tramp kelasi yil boshida G‘azo Tinchlik kengashi a’zolarini e’lon qilmoqchi

«Qirollar, prezidentlar, bosh vazirlar - hammasi Tinchlik kengashida bo‘lishni istayapti», dedi Donald Tramp. AQSh rejasiga ko‘ra, Kengash – G‘azoda o‘tish davri ma’muriyati hisoblanadi.

👉 https://kun.uz/37561972

Kun.uz rasmiy kanali
13😁9👍2
Shavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyo - tinchlik va yaxshi qo‘shnichilik makoni

2025 yil 12 dekabr kuni «Tinchlik va ishonch» xalqaro forumida nutq so‘zlagan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqada o‘zaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash, mojarolarni muloqot va muzokaralar orqali hal etish muhimligini ta’kidladi.

👉 https://kun.uz/86407116

Kun.uz rasmiy kanali
👍1234😁2👏1