O‘zbekiston milliy jamoasi xalqaro turnir finalida Eronni mag‘lub etdi
Birlashgan Arab Amirliklarning Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan Al Ain Cup xalqaro turniri finalining asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida o‘zbekistonliklar g‘alaba qozondi.
👉 https://kun.uz/62436327
Kun.uz rasmiy kanali

👍118🔥25❤15👏9😭5
Omadim bor ekan, juda aqlli o‘yinchilarga egaman – Fabio Kannavaro
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Al Ain Cup xalqaro turniri finalidan o‘rin olgan Eronga (0:0, pen. 4:3) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini aytdi.
👉 https://kun.uz/27388590

👍65❤36😁23👏8🤯2🔥1
Tramp narxlar oshishi sabab ayrim bojlarni bekor qilishga majbur bo‘ldi
AQSh prezidenti Donald Tramp asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ham o‘z ichiga olgan 200 dan ortiq tovarga bojlarni bekor qildi. Bu mamlakatda oziq-ovqat narxlari oshishi fonida yuz berdi. Noyabr oyi boshida demokratlar uchta muhim hudud – Nyu-York merligi, Nyu-Jyersi va Virjiniya shtatlari gubernatorligi saylovlarida g‘alaba qozongandi.
👉 https://kun.uz/58866999

😁23❤14🤯2
Bu jamoa bilan yo‘lim tugadi – Islombek Ismoilov O‘zbekiston U17 bilan xayrlashdi
Bosh murabbiy Islombek Ismoilov O‘zbekiston U17 terma jamoasi bilan Osiyo chempioni bo‘ldi va jahon chempionatida top-16 jamoa qatoriga kirishga erishdi.
👉 https://kun.uz/35680123

👍88🤯33😭16❤9😐5🔥2
Xovos tumanida IIBning ikki tezkor xodimi pora olayotganda ushlandi
Sirdaryo viloyati Xovos tumani Ichki ishlar bo‘limi Tezkor-qidiruv xizmatida faoliyat yurituvchi podpolkovnik va mayor unvonidagi ikki katta tezkor xodim gumon qilinuvchilardan pora talab qilganligi aybi bilan ushlandi. Ular 11 mln so‘mni tamagirlik yo‘li bilan olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
👉 https://kun.uz/34037504

👏25👍10❤8🤯5😁4😐1😭1
Samarqand viloyati elektr tarmoqlari 30 yilga Aksa Enerji boshqaruviga beriladi
Turkiya kompaniyasi xalqaro tender g‘olibi deb topildi va Samarqand viloyatining elektr energiyasi taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun investitsiya kiritgan holda, tarmoqlarni boshqarish huquqini oldi.
Yaqin yillarda qolgan barcha hududlarda ham taqsimlovchi elektr tarmoqlari xususiy operatorlar boshqaruviga o‘tkazilishi belgilangan.
👉 https://kun.uz/31248355

👍29😐13❤7🤯6😁1
Toshkent bozorlarida tijoriy maqsadda video olish pulli bo‘ldi
Poytaxt hokimining qarori bilan, bozorlar va savdo komplekslarida tijoriy maqsadda video yoki tasvirga olish pulli bo‘ldi: to‘lov miqdori – soatiga 5 mln so‘m. Bu tartib chet el fuqarolari va OAV xodimlariga taalluqli emas.
Shuningdek, bozorlarning avtoturargohlari uchun yangi tariflar ham tasdiqlandi: shanba-yakshanba kunlari 4 soatdan ortiq vaqt uchun 50 ming so‘m undiriladi.
👉 https://kun.uz/79181303

🤯60😁40❤9😭9👍6👏4😐3
Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklar 10 oyda 15,8 mlrd dollar pul yubordi
O‘zbekiston prezidenti tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha takliflarni ma’qulladi. Unga ko‘ra, xorijda ishlash niyatidagi shaxslarni bunga tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi markazlar ko‘paytiriladi. Yevropa davlatlari bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvlarni ham ko‘paytirish choralari ko‘riladi.
Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari sonini oshirish, migratsiya xizmatlarini raqamlashtirish ham ko‘zda tutilmoqda
👉 https://kun.uz/14282846

👍30😭17❤12😁4🔥2
Ergoferon: Bolalar va kattalar uchun virusga qarshi himoya
Shamollash boshlanyaptimi? Isitma, tumov, bosh og‘rig‘i bezovta qilyaptimi? Ergoferon bir vaqtning o‘zida kasallikning ham sababi, ham alomatlariga ta’sir qiladi:
Virusni aniqlab, organizmdan chiqarib yuborishga yordam beradi;
Immunitetni kuchaytiradi;
Shamollash belgilari — isitma, titroq, tumovni yengillashtiradi.
Oilangiz salomatligi uchun ishonchli yechim!
Qarshi ko‘rsatmalar mavjud. Qo‘llashdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishing yoki shifokor bilan maslahatlashing.
👉 Batafsil
Reklama

😁21❤11🤯3😐2
Shahzodaning AQSHga safari va BMTdagi betaraflar | "Geosiyosat"
Saudiya shahzodasi Oq uyda noodatiy katta tantana bilan kutib olindi. Uning tashrifi Yaqin Sharqdagi geosiyosiy muvozanat qayta shakllanayotgan pallada o‘tmoqda. Falastin davlatchiligi hal qilinmay turib Isroil bilan normalizatsiya masalasi, F-35 qiruvchi samolyotlari va yadroviy hamkorlik – muhokama markazida. Rossiya va Xitoy esa G‘azo bo'yicha BMT XK rezolyutsiyasida betaraflikni tanladi.
Mavzular muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.
📱 Telegram'da ko‘rish
📱 YouTube'da ko‘rish
📱 VKontakte'da ko‘rish
Saudiya shahzodasi Oq uyda noodatiy katta tantana bilan kutib olindi. Uning tashrifi Yaqin Sharqdagi geosiyosiy muvozanat qayta shakllanayotgan pallada o‘tmoqda. Falastin davlatchiligi hal qilinmay turib Isroil bilan normalizatsiya masalasi, F-35 qiruvchi samolyotlari va yadroviy hamkorlik – muhokama markazida. Rossiya va Xitoy esa G‘azo bo'yicha BMT XK rezolyutsiyasida betaraflikni tanladi.
Mavzular muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10😁3
Angrenda zo‘ravonlikka uchragan qiz bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda
Angren shahrida joriy yil iyul oyida zo‘ravonlik jinoyati qurboni bo‘lgan voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi boshlandi. Bolalar ombudsmani qizning sog‘ligi va ruhiy holatini o‘rganish hamda uning manfaatlarini himoya qilish maqsadida ishni o‘z nazoratiga olgan.
👉 https://kun.uz/12575269

👍7❤6
Kun.uz | Rasmiy kanal
AQShda o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchisi terrorchilikka aloqadorlik gumoni bilan qo‘lga olindi Fox News xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik 31 yoshli Ahror Bozorov AQShga noqonuniy kirib kelganidan so‘ng tijorat yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishlagan.…
AQShdagi elchixona: qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonda Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha ayblanmoqda
AQShda vaqtincha yashab kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, u O‘zbekiston Jinoyat kodeksining diniy ekstremizmga oid ikki moddasi bo‘yicha ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
👉 https://kun.uz/51079962

❤10👍10😁3
Rossiyada “nazorat ostidagi shaxslar” ro‘yxatidan 160 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi chiqarildi
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayevning O‘zbekistondagi Rossiya elchisi bilan uchrashuvi doirasida mehnat muhojirlari masalalari muhokama qilindi. TIVning Konsullik-huquqiy departamenti vakili Temur Hamidovga ko‘ra, Rossiya IIV “nazorat ostidagi shaxslar” reyestridan 160 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosini chiqargan, shularning 70 mingdan ortig‘i Rossiyada o‘z huquqiy maqomini tartibga solgan.
👉 https://kun.uz/52628305

❤14
Bozorlarda tijoriy syomka pulli bo‘lgani oddiy vizitorlarga taalluqli emas — hokimlik
Toshkent shahridagi bozorlarda tijoriy syomka uchun joriy etilgan 5 mln so‘mlik to‘lov – oddiy tashrif buyuruvchilarga taalluqli emas, deb bayonot berdi poytaxt hokimligi. Bu to‘lov kontentdan daromad oladigan professionallar uchun joriy etilgan. Rasmiylarning izohlashicha, “bu – keng tarqalgan xalqaro amaliyot”.
Hokimlik bozorlardagi avtoturargoh narxlari oshirilayotganiga izoh bermagan.
👉 https://kun.uz/67718084

❤13👍5😁5🤯5😐2
Ekologiya vazirligi hukumat tarkibidan chiqarilib, mustaqil qo‘mitaga aylantirildi
Prezident qarori bilan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi negizida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etildi. Qo‘mita Vazirlar Mahkamasi tizimidan tashqarida bo‘ladi.
Turizm qo‘mitasi esa ekologiya organi tarkibidan chiqarildi.
👉 https://kun.uz/69345342

👍162🔥103❤26👏19😁3
Shotlandiyada drama. Yevropada JChning yana besh ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi
Shotlandiya so‘nggi daqiqalarda yo‘llanmani Daniyadan tortib oldi. Ispaniya, Belgiya, Avstriya va Shveytsariya ham mundial masalasini hal qildi. Guruh bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchragan 16 jamoa qo‘shimcha to‘rt yo‘llanma uchun kurash olib boradi.
👉 https://kun.uz/01724974

❤11
O‘zbekistonda ko‘mir qazib chiqarish yana 15 foizga oshadi
O‘zbekistonda 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumida 10 mln tonna ko‘mir ishlab chiqarish reja qilingan. Bu – bir yil oldingidan 15 foizga ko‘p. Prezident Shavkat Mirziyoyev mavsum davomida aholini ko‘mir bilan kafolatli ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
👉 https://kun.uz/05819914

👍139🔥57❤27👏18🤯2
Toshkentda Soliq boshqarmasi bosh inspektori 5 ming dollar bilan ushlandi
Surxondaryodagi to‘qimachilik korxonasiga nisbatan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ishi doirasida 8,7 mlrd so‘mlik qo‘shimcha soliqni bekor qilish evaziga 5 ming dollar olgan Toshkent shahar Soliq boshqarmasi bosh inspektori Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
👉 https://kun.uz/89231441

😁15❤11👍9👏1😐1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Mehmonimizni sharmanda qilish shartmas» – Tramp bin Salmonga noqulay savollar bergan jurnalistni tanqid qildi
Donald Tramp va Muhammad bin Salmonning Oq uydagi uchrashuvi vaqtida ABC News jurnalisti prezidentlardan Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi, 9/11 voqealari va Trampning oilaviy biznesi haqida so‘radi. Tramp – Qoshiqchi voqeasidan valiahd shahzoda bexabar bo‘lganini aytib, MBSni himoya qildi. Jurnalistni esa «yomon odam» deb atadi.
👉 https://kun.uz/75267589

😁41❤12
Aziz Abduhakimov prezident maslahatchisi bo‘ldi
2023 yil iyunidan buyon Ekologiya vazirligini boshqarib kelgan Aziz Abduhakimov O‘zbekiston prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Qo‘mita bevosita prezidentga hisobdor bo‘ladi, har qanday davlat organlaridan mustaqil faoliyat yuritadi, ularning mansabdor shaxslariga qo‘mita faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.

👍180🔥59❤24👏15😁4