Kun.uz | Rasmiy kanal
79.5K subscribers
78.6K photos
10.8K videos
61.4K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, loyihalashtirish amaliyoti seysmik xavfni aniqroq inobatga olgan holda takomillashtiriladi, zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar uchun to‘lovlar qisqartiriladi va jarayonlar “Shaffof qurilish” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

👉 https://kun.uz/05491699

Kun.uz rasmiy kanali
👍175
Tramp Meksikadagi narkokartellarga AQSh zarbalarini istisno etmadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika hududidagi narkokartellarga zarba berishga qarshi emasligini aytdi. Unga ko‘ra, bunday harakatlar "millionlab odamlar hayotini saqlab qolishi" mumkin.

👉 https://kun.uz/97971516

Kun.uz rasmiy kanali
17👍3
2022-yildan beri O‘zbekistonda yollanish moddasi bilan 338 ta jinoyat ishi ochildi

2022-yil boshidan beri O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xorijdagi harbiy harakatlarga yollanish moddasi bilan jami 338 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Bunday jinoyat ishlari soni yildan yilga oshib boryapti. DXX fuqarolarni har xil aldovlar va targ‘ibotlarga ishonib qolmaslikka chaqirdi.

👉 https://kun.uz/60952011

Kun.uz rasmiy kanali
12👍6😁1
O‘zbekistonda uy-joylarning bozor narxi mulkning real qiymati bilan deyarli tenglashdi

Uy-joylarning bozor narxi 2024-yil I yarim yilligida fundamental qiymatidan 17 foizga baland edi. Oradan bir yil o‘tib, bu tafovut 4 foizgacha pasaydi. Markaziy bank tahliliga ko‘ra, bu – ko‘chmas mulk bozorida taklifning sezilarli ortgani, spekulyativ talabning pasaygani va qurilish qilish xarajatlarining oshgani bilan bog‘liq.

👉 https://kun.uz/22249429

Kun.uz rasmiy kanali
13👍7
Dunyo bo‘ylab bolalar orasida gipertoniya o‘sib borayotgani aniqlandi

Olimlar bu tendensiyani turmush tarzining yomonlashuvi va semirish holatlarining ko‘payishi bilan bog‘lamoqda.

👉 https://kun.uz/07114886

Kun.uz rasmiy kanali
😭96👏4🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nigeriya bosh murabbiyi raqibni jodu ishlatishda aybladi

Nigeriyaliklar Kongo DR vakillariga qarshi o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida yutqazdi va JCh-2026’​​ga bora olmaydigan bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/36471263

Kun.uz rasmiy kanali
😁508🤯2😭2
Plaza kelishuvi: AQSh nega dollarni “sindirgan” edi?

Bu yil o‘zbek so‘mi sezilarli mustahkamlandi. Lekin qizig‘i, milliy valutaning qadri oshishi ba’zan ulkan muammoga aylanishi ham mumkin. Eng yorqin misol – 1970-yillardagi AQSh iqtisodiyoti. O‘shanda Amerika hukumati o‘z valutasini qasddan zaiflashtirishga majbur bo‘lgan edi. Bu orqali mamlakat sanoati inqirozdan saqlab qolingan, lekin Yaponiyada iqtisodiy mo‘jiza yakunlanib, turg‘unlik davri boshlangan.

Kun.uz “Tarixdan hikoyalar” ruknida bundan 40 yil muqaddam tuzilgan Plaza kelishuvi haqida hikoya qiladi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
10👍6
O‘zbekiston o‘smirlari Italiyaga yutqazib, jahon chempionatini tark etdi

O‘zbekiston U17 terma jamoasi Qatarda o‘tkazilayotgan jahon chempionati 1/8 finalida Yevropa vakili to‘sig‘idan o‘tolmadi.

👉 https://kun.uz/76409363

Kun.uz rasmiy kanali
😭95😁1312😐12👍4👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Oyoqda turolmaydigan darajada mast bo‘lgan” - Shahrixonda profilaktika inspektori mashinasida ikki odamni urib ketdi

9 noyabr kuni Andijon viloyati Shahrixon tumani Bobochek mahallasida profilaktika inspektori A’zam Sotvoldiyev mast holatda mashina boshqarib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va skuterda kelayotgan ikki kishini urib yuborgan. Jabrlanuvchilar hamon reanimatsiyada qolmoqda. Viloyat IIB Sotvoldiyev voqeadan ikki kun oldin ishdan bo‘shatilganini aytmoqda.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
🤯36😁1614👏5
Toshkentda xorijga ishga tayyorlash markazi, nemis va yapon tillariga o‘qitish maktablari ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 18 noyabr kuni tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish va migratsiya jarayonlarini xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan axborot berildi.

👉 https://kun.uz/14282846

Kun.uz rasmiy kanali
👍125🔥289😁8
15 kungacha vizasiz - «Shovot-Toshhovuz» savdo zonasida bo‘lish qoidalari tushuntirildi

Xorazm viloyatining Shovot tumani va Turkmanistonning Toshhovuz viloyati o‘rtasidagi chegaraoldi savdo zonasi 17 noyabr kuni ikki mamlakat prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov tomonidan masofadan turib ochilgan edi. Tadbir Turkmaniston rahbarining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

👉 https://kun.uz/28292837

Kun.uz rasmiy kanali
👏2412👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telegramʼda tarqalayotgan APK-fayllar hisobiga firibgarlik holatlari keskin ko‘paydi – mutaxassis ogohlantiradi

O‘zbekistonda Telegram foydalanuvchilarining 40 foizi firibgarlar yuborgan APK fayllarni ochish oqibatida bank kartalaridagi mablag‘lar va shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishi holatlariga duch kelmoqda. Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Sagdullayev ulardan himoyalanish uchun tavsiyalar berdi.

👉 https://kun.uz/84569971

Kun.uz rasmiy kanali
👍108😁1😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Markaziy Osiyo Ozarboyjon bilan yanada kuchli bo‘ladi” – suhbat

Toshkentda o‘tgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat uchrashuvida Ozarboyjon formatning to‘laqonli aʼzosiga aylandi. Kun.uz bilan suhbatlashgan siyosiy tahlilchilarga ko‘ra, Ozarboyjon bilan mintaqa yanada kuchli bo‘ldi. Dialog esa mintaqaviylikdan mintaqalararo qamrovga ko‘chdi. Lekin asosiy maqsad – antirossiya guruhini tuzish emas.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
11👏5👍2🤯1
BMT G‘azoga doir AQSh rezolyutsiyasini ma’qulladi. Bu hujjat Falastinga tinchlik olib keladimi?

BMT Xavfsizlik Kengashi Trampning tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatlash va G‘azoga xalqaro kuchlarni joylashtirish uchun AQShga «yashil chiroq» yoqdi. Rossiya va Xitoy rezolyutsiyaga qarshi bo‘lsa-da, hujjatga veto qo‘ymadi. Lekin tinchlik rejasining eng murakkab qismi hali oldinda.

👉 https://kun.uz/73658357

Kun.uz rasmiy kanali
13
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qayta hisoblangan YIM va BMT e’tirof qilgan Omonxona – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/31021414

Kun.uz rasmiy kanali
3
O‘zbekiston milliy jamoasi xalqaro turnir finalida Eronni mag‘lub etdi

Birlashgan Arab Amirliklarning Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan Al Ain Cup xalqaro turniri finalining asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida o‘zbekistonliklar g‘alaba qozondi.

👉 https://kun.uz/62436327

Kun.uz rasmiy kanali
👍118🔥2515👏9😭5
Omadim bor ekan, juda aqlli o‘yinchilarga egaman – Fabio Kannavaro

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Al Ain Cup xalqaro turniri finalidan o‘rin olgan Eronga (0:0, pen. 4:3) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini aytdi.

👉 https://kun.uz/27388590

Kun.uz rasmiy kanali
👍6536😁23👏8🤯2🔥1
Tramp narxlar oshishi sabab ayrim bojlarni bekor qilishga majbur bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ham o‘z ichiga olgan 200 dan ortiq tovarga bojlarni bekor qildi. Bu mamlakatda oziq-ovqat narxlari oshishi fonida yuz berdi. Noyabr oyi boshida demokratlar uchta muhim hudud – Nyu-York merligi, Nyu-Jyersi va Virjiniya shtatlari gubernatorligi saylovlarida g‘alaba qozongandi.

👉 https://kun.uz/58866999

Kun.uz rasmiy kanali
😁2314🤯2
Bu jamoa bilan yo‘lim tugadi – Islombek Ismoilov O‘zbekiston U17 bilan xayrlashdi

Bosh murabbiy Islombek Ismoilov O‘zbekiston U17 terma jamoasi bilan Osiyo chempioni bo‘ldi va jahon chempionatida top-16 jamoa qatoriga kirishga erishdi.

👉 https://kun.uz/35680123

Kun.uz rasmiy kanali
👍88🤯33😭169😐5🔥2
Xovos tumanida IIBning ikki tezkor xodimi pora olayotganda ushlandi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani Ichki ishlar bo‘limi Tezkor-qidiruv xizmatida faoliyat yurituvchi podpolkovnik va mayor unvonidagi ikki katta tezkor xodim gumon qilinuvchilardan pora talab qilganligi aybi bilan ushlandi. Ular 11 mln so‘mni tamagirlik yo‘li bilan olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

👉 https://kun.uz/34037504

Kun.uz rasmiy kanali
👏25👍108🤯5😁4😐1😭1
Samarqand viloyati elektr tarmoqlari 30 yilga Aksa Enerji boshqaruviga beriladi

Turkiya kompaniyasi xalqaro tender g‘olibi deb topildi va Samarqand viloyatining elektr energiyasi taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun investitsiya kiritgan holda, tarmoqlarni boshqarish huquqini oldi.

Yaqin yillarda qolgan barcha hududlarda ham taqsimlovchi elektr tarmoqlari xususiy operatorlar boshqaruviga o‘tkazilishi belgilangan.

👉 https://kun.uz/31248355

Kun.uz rasmiy kanali
👍29😐137🤯6😁1