Kun.uz | Rasmiy kanal
73.9K subscribers
81.3K photos
11.7K videos
64.6K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Dollarning rasmiy kursi oxirgi 20 oylikdagi eng past darajaga tushdi

Dollar kursi ketma-ket uchinchi savdo kuni so‘mga nisbatan pasayib, deyarli 168 so‘mga (1,3 foiz) arzonlashdi. 25 avgust kuni amalda bo‘ladigan 12 357 so‘mlik rasmiy kurs – 2024 yilning 6 yanvaridan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir.

👉 https://kun.uz/60263312

Kun.uz rasmiy kanali
Sharof Rashidov tumaniga yangi hokim tayinlandi

Tumanning oldingi rahbari pora bilan qo‘lga tushgandi.

👉 https://kun.uz/75943644

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘iston respublikasi Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda

Nukus xalqaro aeroportida soat 13:00 holatiga ko‘rinish masofasi 1500 metrdan pastga yetgan. 14:30 da esa bu masofa 900 metrgacha yetib, kuchli g‘ubor hodisasi kuzatilgan.

O‘zgidromet Nukus shahri havosida 13:00 holatiga ko‘ra, mayda PM 2,5 dispers zarrachalari miqdori milliy standartlar bo‘yicha ruxsat etilganidan 20 baravargacha ortib ketgani haqida ma’lum qildi. Shuningdek, Urganch shahrida ham shamol ortidan atmosfera havosi ifloslanishi kuzatilayotgani ta’kidlandi.

Kun.uz rasmiy kanali
Ukrainadagi urush to‘xtashining Markaziy Osiyoga ta’siri qanday bo‘ladi?

Bu urush qanaqa shartlarda tugaydi, urushning natijalari dunyo tartibotida nimalarni o‘zgartiradi – Trampga qiziq emas. Lekin bu savollar biz uchun o‘ta muhim. Markaziy Osiyoni qanday geosiyosiy shart-sharoitlar kutayotgani shu savollarning yakuniy javobiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning Kun.uz'dagi kolonkasi

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarboyjon yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

"Avaza" milliy turizm zonasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

👉 https://kun.uz/39054111

Kun.uz rasmiy kanali
Paxtakor tumaniga hokim tayinlandi

Tumanning oldingi rahbari Asilbek Ashurov Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga o‘tkazilgandi.

👉 https://kun.uz/24589298

Kun.uz rasmiy kanali
Seoul Mun majmuasida 17 yoshli yigit kanalga cho‘kib ketdi

Bosh kiyimini olish uchun Bo‘rijar kanaliga tushgan yigit qaytib chiqolmagan. Oradan qariyb bir sutka o‘tganiga qaramay, uning jasadi hamon topilmagan.

👉 https://kun.uz/74494818

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Oltin narxi oshar ekan, dollar qiymati tushaveradi" - iqtisodchi

Dollarning kursi oxirgi 20 oylikdagi eng past darajaga tushdi. Kun.uz bilan suhbatlashgan tadbirkorga ko'ra, kursning tushishi ishlab chiqaruvchilarga zarar keltirmoqda, ular narx belgilashni bilmay qolyapti. Iqtisodchining aytishicha, oltin narxi oshgan sari - ko'p hollarda dollar qiymati tushib boradi.

Bundan tashqari, O'zbekiston ko'p oltin sotgani hisobiga ham dollar kursi tushayotgani bo'lishi mumkin.

📹 SUHBATNI TO'LIQ TOMOSHA QILING
O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarboyjon tranzit koridorlarini rivojlantiradi

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari qo‘shma bayonot qabul qildi, ularning huzurida bir nechta hujjatlar imzolandi. Kaspiy dengizi orqali logistika infratuzilmasi va parom tashuvlarini rivojlantirishga kelishib olindi. Uch mamlakat uglevodorod konlarini o‘zlashtirish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini eksport qilish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

👉 https://kun.uz/16268749

Kun.uz rasmiy kanali
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi

Yangi o‘quv yili litsey o‘quvchilari va OTMlarning 1-kurs talabalari uchun 3 sentabrdan, yuqori kurs talabalari uchun 8 sentabrdan boshlanadi.

👉 https://kun.uz/59150008

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp, dollar va so‘m: AQSh valyutasida pul jamg‘arish endi avvalgidek jozibali emasmi?

AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursida uzoq yillardan beri kuzatilgan doimiy o‘sish tendensiyasiga qarama-qarshi holat yuzaga keldi. Rasmiy kurs yil boshidagi 12 904 so‘mdan 22 avgust holatiga 12 413 so‘mgacha pasaydi. Albatta, bu ko‘pchilikni o‘ylantiradi, chunki aksariyat yirik oldi-sotdilar dollarda amalga oshiriladi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Berdimuhamedov Mirziyoyevga O‘zbekiston xalqiga chuqur hurmat-ehtirom ramzi sifatida tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

Amaliy tashrifning madaniy dasturi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev birgalikda "Avaza" kongress markazi yonidagi maxsus maydonga tashrif buyurdilar.

👉 https://kun.uz/28315368

Kun.uz rasmiy kanali
G‘azo shahrida rasman ocharchilik boshlandi va bu kengayib boradi - IPC hisoboti

BMT qo‘llovidagi IPC kuzatuv guruhining ma’lum qilishicha, G‘azoda 514 ming falastinlik ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Bu ko‘rsatkich sentabr oxiriga borib 641 ming kishiga yetishi kutilmoqda. BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari G‘azodagi ocharchilikni - Isroil hukumati harakatlarining natijasi va urush jinoyati deb atadi.

👉 https://kun.uz/80274048

Kun.uz rasmiy kanali
Lavrovning bayonotlari Rossiya–AQSh muzokaralarida ixtilof chiqardi – OAV

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrovning Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari «Rossiyani izolyatsiya qilish mantig‘iga» qurilsa, «rad etilishi» haqidagi bayonoti Rossiyaning AQSh bilan muzokaralarini «amalda barbod qildi», deb yozdi Bloomberg vaziyatdan xabardor yevropalik amaldorga tayanib.

👉 https://kun.uz/15312164

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkmanistonga tashrif, yana sud islohoti va sotilgan oltin konlari — mahalliy dayjest

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrif bilan bordi. “Raqamli sud” konsepsiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Navoiy yodgorligi qayta tiklanyapti, yirik oltin konlari sotildi, «Tashabbusli budjet»dan chetlatilgan tumanlar va korrupsiya bilan bog‘liq bir qator holatlar fosh etildi. Shu va boshqa muhim xabarlar bilan Kun.uz'ning mahalliy yangiliklar dayjestida tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/09869529

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyatida yangi aerodrom qurildi

Aydarko‘l qirg‘og‘idagi aerodromning yo‘lagini CASA C295W harbiy transport samolyoti sinovdan o‘tkazdi.

👉 https://kun.uz/36178627

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda kushxonadan qochgan buqa otib o‘ldirildi

U IIO xodimini suzgan va boshqa odamlarga ham tashlangan.

👉 https://kun.uz/21429438

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi

Isiriq Rossiyada tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan.

👉 https://kun.uz/38763069

Kun.uz rasmiy kanali
Shri-Lanka sobiq prezidenti Londonga shaxsiy safari uchun hibsga olindi

U davlat mablag‘laridan shaxsiy maqsadlarda foydalanganlikda ayblanmoqda.

👉 https://kun.uz/67414005

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp ikki haftadan keyin “kim aybdor”ligiga qarab qaror chiqarishini aytdi

Shu bilan birga, Amerika rahbari muzokaralardan chiqishi mumkinligini ham aytib o‘tdi.

👉 https://kun.uz/96270384

Kun.uz rasmiy kanali
“Ityurak” - 60 yildan ortiq taqiqda bo‘lgan asar

Unda siz Moskvaning allaqaysi ko‘chasida istiqomat qiluvchi professorning tiyiqsiz tajribalariga guvoh bo‘lasiz. U bir kuni itni odamga aylantirmoqchi bo‘ladi va amaliyotda buni sinab ko‘radi. Jamiyatga sizu bizdek gapiradigan, kiyinadan Sharikof degan “odam”ni kiritmoqchi bo‘ladi. U hatto sevishni ham o‘rganadi. Biroq mo‘jiza sodir bo‘lmaydi... "5 daqiqa"ning navbatdagi sonida shu haqida gaplashamiz.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING