Kun.uz | Rasmiy kanal
72.9K subscribers
81.9K photos
11.9K videos
65.4K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
“Toponimik nomlarni tushunmasdan, ulardan uyalish yaramaydi” – O‘zbekistondagi “g‘alati” joy nomlari haqida

Toponimikada asrlar davomida mamlakatda ro‘y bergan tarixiy va ijtimoiy o‘zgarishlar aks etgan bo‘ladi. Shu bois joy nomlarini tushunib-tushunmay, ulardan uyalish yoxud ularni almashtirish yaramaydi. Respublika toponimika xizmati ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinib, ko‘p tanqidga uchraydigan nomlar haqida ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/19114276

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston hududiga 5-noyabrdan sovuq va nam havo massalari kirib keladi

Havo harorati ba’zi joylarda –3 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi. Ayrim hududlarni suv bosishi mumkin.

👉 https://kun.uz/29976748

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Peruda futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi

Uning qo‘lida metall bilaguzuk bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

👉 https://kun.uz/83135947

Kun.uz rasmiy kanali
Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 noyabr kuni tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

👉 https://kun.uz/76840582

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun AQSH ham O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligini rasman qo‘llab-quvvatlagan davlatlar qatoriga qo‘shildi. A’zolik jarayoni borasida prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirokidagi guruh faoliyat yuritmoqda. Bugun – Mirziyoyevaning tavallud kuni hamdir. Tahririyat mamlakatimizda so‘z erkinligi himoyachilaridan biri bo‘lgan Saida Mirziyoyevani qutlab, mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatida yangi zafarlar tilab qoladi.

Kun.uz rasmiy kanali
“Sun’iy yo‘ldosh uchirish 1 haftada amalga oshadigan ish emas” – “O‘zbekkosmos”

Agar birinchi bosqichdayoq O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh uchirganida, bu davlat budjetiga millionlab dollar xarajat olib kelgan hamda undan unumsiz foydalanilgan bo‘lardi, deydi “O‘zbekkosmos” rasmiysi. Ma’lum qilinishicha, agentlik hozirgi bosqichda Downstream yo‘nalishida bo‘lib, asosan davlat kosmik monitoringiga urg‘u bermoqda.

👉 https://kun.uz/33958604

Kun.uz rasmiy kanali
Saylov kuni: Jey Lo Harrisni qo‘lladi. Demokrat Ayovada «breyk» qilishi mumkin

Ertaga AQSHda prezidentlik saylovi o‘tkaziladi. Ishonchli kompaniya o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, Harris oxirgi ikkita saylovda Trampga ovoz bergan Ayovada oldinda bormoqda. «Chiqindi mojarosi»dan keyin ko‘plab lotin amerikalik mashhurlar Harrisni qo‘llab chiqdi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
Sariq va qizil ranglarda tovlanayotgan Toshkent - fotojamlanma

Kuzning oxirgi oyida daraxtlar tobora turli ranglarga kirib boryapti. Faslning go‘zal tarovatini Kun.uz fotomuxbiri Muhammadjon G‘aniyev jamlanmasida ko‘rishingiz mumkin.

📸👉 https://kun.uz/97640699

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4 noyabr yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar

Jahon savdo tashkiloti yo‘lida O‘zbekistonni qo‘llagan AQSh, O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar, rekonstruksiya qilinadigan Chorsu maydoni - kun davomida Kun.uz’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/47146100

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp nimaning evaziga g‘olib bo‘lishi mumkin? Harris-chi? So‘rovlar nomzodlarning imkoniyatlarini qanchalik to‘g‘ri baholaydi? Va ovoz berish natijalarini qaysi shtatlar belgilaydi?

Yilning asosiy saylovi uchun batafsil prevyu.

👉 https://kun.uz/78845754

Kun.uz rasmiy kanali
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi “Maysiy” postida o‘zbek haydovchisini qozoq yigitlar pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. Transport vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.

👉 https://kun.uz/48044593

Kun.uz rasmiy kanali
Xitoy O‘zbekistonda shamol turbinalari uchun qanot ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Xitoyning Sino-Wind Energy kompaniyasi O‘zbekistonda shamol generatorlari uchun qanotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

👉 https://kun.uz/67346418

Kun.uz rasmiy kanali
“Afsus, vijdon issiqxonada o‘smaydi" - Sherzodxon Qudratxo‘janing posti e’tirozlarga sabab bo‘ldi

Toshkent havosi ifloslanish bo‘yicha rekord darajaga chiqdi. Muammo yana jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Xususan, Boysunda portlagan kon atrofidan go‘yoki "hammasi joyida" deya reportaj tayyorlagan Sherzodxon Qudratxo‘ja Yunusobodda zaharli gaz chiqarayotgan issiqxonalarni "yo‘q qilish"ni talab qildi. Faollar esa masalaning boshqa jihatlariga e’tibor qaratishdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Toshkentda fuqaro kabel o‘tkazish uchun qazilgan chuqurga tushib ketdi

Bobur ko‘chasida fuqaro kabel o‘tkazish uchun qazilgan chuqurga tushib ketdi. Qutqaruvchilar jabrlanuvchini chuqurdan chiqarib oldi.

👉 https://kun.uz/03485072

Kun.uz rasmiy kanali
Zelenskiy: Kursk oblastiga KXDRning 11 ming harbiysi yetib kelgan

Ukraina rahbari Kiyev hamkorlari Shimoliy Koreya askarlarining Rossiya tomonidagi urushda qatnashish uchun Rossiya chegarasi hududida to‘planishiga munosabat bildirmaganidan norozi.

👉 https://kun.uz/29358543

Kun.uz rasmiy kanali
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Hokim o‘rinbosari Qorashina shaharchasini obodonlashtirish doirasida qurilgan obektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga imzo qo‘yish evaziga tuman hokimligi binosi yonida 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Navoiy va Andijon viloyatlarida esa hokim yordamchilarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

👉 https://kun.uz/64738830

Kun.uz rasmiy kanali
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda

Eron nafaqat raketalar va UUA, balki muntazam armiyadan ham foydalangan holda Isroilga yangi, «ancha tajovuzkor» hujum uyushtirmoqchi, deb yozadi WSJ manbalarga tayanib.

👉 https://kun.uz/48918758

Kun.uz rasmiy kanali
Shoir Mansur Jumayev 33 yoshda vafot etdi

Marhumning yaqinlaridan biri o‘limga nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lganini aytgan.

👉 https://kun.uz/94941635

Kun.uz rasmiy kanali
Xovos tumani hokimi sobiq o‘rinbosari 7 yilga qamaldi

Xovos tumani hokimining o‘rinbosari – Investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Hakimjon Mallayev may oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingandi. U tadbirkordan MChJ yerlarini hokimlik zaxirasiga olmaslik uchun 20 ming AQSh dollari talab qilgan.

👉 https://kun.uz/73681374

Kun.uz rasmiy kanali