Kun.uz | Rasmiy kanal
72.9K subscribers
81.9K photos
11.9K videos
65.4K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda

Yakshanba kuni Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

📹 👉 https://kun.uz/34316172

Kun.uz rasmiy kanali
Turkiya TIV rahbari: Ukraina yaxlitligi tinchlikning shartidir

Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Ukrainaning hududiy yaxlitligini saqlab qolishni Rossiya-Ukraina urushini adolatli hal etish sharti deb atadi. Anqara umumiy pozitsiyalarni qidirishda davom etmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.

👉 https://kun.uz/70682297

Kun.uz rasmiy kanali
WP: Yevropa Tramp davrida AQSh bilan «munosabatlarni uzishga» tayyorlanmoqda

Yevropa rasmiylari Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Qo‘shma Shtatlar bilan ehtimoliy «transatlantik munosabatlarni uzib qo‘yish»ga tayyorlanmoqda, deb yozadi The Washington Post. Savdo va xavfsizlik sohalarida chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

👉 https://kun.uz/46817254

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azoda qamalda qolgan 100 ming inson, ittifoqchilaridan xafa Eron va Sanduning saylovdagi g‘alabasi - kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/01743998

Kun.uz rasmiy kanali
Qodirov qizini «Donbass bilan aloqalarni mustahkamlagani» uchun mukofotladi

Oysha Qodirova navbatdagi mukofotni otasi Ramzon qo‘lidan oldi. Ilgari u «DXR» deb ataladigan mintaqalarda «missiyalar» uchun mukofotlangan edi. Uning mukofotlari to‘plamiga «Inson huquqlarini himoya qilgani uchun» medali ham kiradi.

👉 https://kun.uz/88692336

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya armiyasining «chaynovchi jag‘lari»: Donbassdagi ukrain fronti chindan ham «quladi»mi?

Rossiya armiyasi Donetsk oblastidagi yurish sur’atini sezilarli darajada oshirdi. Kuzning dastlabki ikki oyida ular bu yerda kattagina hududni o‘z nazoratiga oldi, ekspertlarga ko‘ra, bu keng ko‘lamli urush boshidan keyingi davrda egallangan rekord darajadagi katta hududdir. Ukrainadagi ayrim harbiylar va siyosatchilar ukrain fronti «qulayotgani» haqida gapirmoqda.

👉 https://kun.uz/51683591

Kun.uz rasmiy kanali
Kamala Harrisning prezidentligidan nima kutish mumkin? Trampnikidan-chi?

AQSh prezidentligiga nomzodlarning siyosati haqidagi asosiy savollarga qisqacha javoblar.

👉 https://kun.uz/06247025

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistondagi TDT sammitida ishtirok etishi kutilmoqda

6 noyabr kuni Bishkekda Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) sammiti boshlanadi.

👉 https://kun.uz/48849987

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi

Bu qaror IBA a’zosi bo‘lgan milliy federatsiyalar vakillariga 2028 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish taqiqlangani bilan bog‘liq.

👉 https://kun.uz/07761749

Kun.uz rasmiy kanali
“Toponimik nomlarni tushunmasdan, ulardan uyalish yaramaydi” – O‘zbekistondagi “g‘alati” joy nomlari haqida

Toponimikada asrlar davomida mamlakatda ro‘y bergan tarixiy va ijtimoiy o‘zgarishlar aks etgan bo‘ladi. Shu bois joy nomlarini tushunib-tushunmay, ulardan uyalish yoxud ularni almashtirish yaramaydi. Respublika toponimika xizmati ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinib, ko‘p tanqidga uchraydigan nomlar haqida ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/19114276

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston hududiga 5-noyabrdan sovuq va nam havo massalari kirib keladi

Havo harorati ba’zi joylarda –3 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi. Ayrim hududlarni suv bosishi mumkin.

👉 https://kun.uz/29976748

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Peruda futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi

Uning qo‘lida metall bilaguzuk bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

👉 https://kun.uz/83135947

Kun.uz rasmiy kanali
Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 noyabr kuni tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

👉 https://kun.uz/76840582

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun AQSH ham O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligini rasman qo‘llab-quvvatlagan davlatlar qatoriga qo‘shildi. A’zolik jarayoni borasida prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirokidagi guruh faoliyat yuritmoqda. Bugun – Mirziyoyevaning tavallud kuni hamdir. Tahririyat mamlakatimizda so‘z erkinligi himoyachilaridan biri bo‘lgan Saida Mirziyoyevani qutlab, mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatida yangi zafarlar tilab qoladi.

Kun.uz rasmiy kanali
“Sun’iy yo‘ldosh uchirish 1 haftada amalga oshadigan ish emas” – “O‘zbekkosmos”

Agar birinchi bosqichdayoq O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh uchirganida, bu davlat budjetiga millionlab dollar xarajat olib kelgan hamda undan unumsiz foydalanilgan bo‘lardi, deydi “O‘zbekkosmos” rasmiysi. Ma’lum qilinishicha, agentlik hozirgi bosqichda Downstream yo‘nalishida bo‘lib, asosan davlat kosmik monitoringiga urg‘u bermoqda.

👉 https://kun.uz/33958604

Kun.uz rasmiy kanali
Saylov kuni: Jey Lo Harrisni qo‘lladi. Demokrat Ayovada «breyk» qilishi mumkin

Ertaga AQSHda prezidentlik saylovi o‘tkaziladi. Ishonchli kompaniya o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, Harris oxirgi ikkita saylovda Trampga ovoz bergan Ayovada oldinda bormoqda. «Chiqindi mojarosi»dan keyin ko‘plab lotin amerikalik mashhurlar Harrisni qo‘llab chiqdi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
Sariq va qizil ranglarda tovlanayotgan Toshkent - fotojamlanma

Kuzning oxirgi oyida daraxtlar tobora turli ranglarga kirib boryapti. Faslning go‘zal tarovatini Kun.uz fotomuxbiri Muhammadjon G‘aniyev jamlanmasida ko‘rishingiz mumkin.

📸👉 https://kun.uz/97640699

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4 noyabr yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar

Jahon savdo tashkiloti yo‘lida O‘zbekistonni qo‘llagan AQSh, O‘zbekistonda tahsil olayotgan xorijlik talabalar, rekonstruksiya qilinadigan Chorsu maydoni - kun davomida Kun.uz’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/47146100

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp nimaning evaziga g‘olib bo‘lishi mumkin? Harris-chi? So‘rovlar nomzodlarning imkoniyatlarini qanchalik to‘g‘ri baholaydi? Va ovoz berish natijalarini qaysi shtatlar belgilaydi?

Yilning asosiy saylovi uchun batafsil prevyu.

👉 https://kun.uz/78845754

Kun.uz rasmiy kanali