Kun.uz | Rasmiy kanal
72.9K subscribers
81.9K photos
11.9K videos
65.4K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Toshkentning uchta tumanida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Sergeli, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 3 noyabrda YTH sodir bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/57264416

Kun.uz rasmiy kanal
Toshkentda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi

Shu yilning 9 noyabr kuni poytaxtda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi.

👉 https://kun.uz/81327098

Kun.uz rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bojxona hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazdi.

👉 https://kun.uz/28916674

Kun.uz rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Metroning “Choshtepa” bekatida poyezd buzilib qoldi

Bu kamida 4 ta tarkibning bir bekatda to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan. Hodisa bugun, 4 noyabr soat 8:50lar atrofida Chilonzor yo‘lining “Olmazor – Choshtepa” bekatlari oralig‘ida yuz bergan. Bu qarama qarshi yo‘nalishdagi qatnovda poyezdlarning 20 minutgacha kechikishiga, bekatlarda odamlar to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/17145192

Kun.uz rasmiy kanal
Moldovadagi prezidentlik saylovlarida Sandu g‘alaba qozondi

Moldovada bo‘lib o‘tgan saylovlarning ikkinchi bosqichida amaldagi davlat rahbari Mayya Sandu 54,9 foiz ovoz olib, rossiyaparast partiya vakili Aleksandr Stoyanogloni mag‘lub etdi.

👉 https://kun.uz/34505634

Kun.uz rasmiy kanali
Moskvada Rosgvardiya generali Mirza Mirzayev qo‘lga olindi

Rossiya gvardiyasi moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha boshlig‘i o‘rinbosari Mirza Mirzayev harbiy sud tomonidan 2025 yil 2 yanvarga qadar hibsga olindi, deb yozadi TASS. Mash Telegram-kanali xabariga ko‘ra, general ta’minotchilardan biridan 140 million rubl pora talab qilgan.

👉 https://kun.uz/17453823

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ohangaronda o‘zaro to‘qnashgan Cobalt mashinasi va Isuzu avtobusi yonib ketdi

To‘qnashuvdan so‘ng mashina va avtobusdagi yo‘lovchilar chiqarib olingan. Ko‘p o‘tmay esa har ikki transport vositasida yong‘in kelib chiqqan. Bir fuqaro yengil tan jarohati olgan, halok bo‘lganlar yo‘q.

👉 https://kun.uz/95657303

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

5-noyabr kuni soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

👉 https://kun.uz/54693185

Kun.uz rasmiy kanali
Kamala Harris AQSh prezidentlik saylovlarida ovoz berdi

Demokratik nomzod Michigan shtatida pochta orqali ovoz berish byulletenini to‘ldirib, Kaliforniyaga yubordi.

👉 https://kun.uz/07750093

Kun.uz rasmiy kanali
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda

Yakshanba kuni Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

📹 👉 https://kun.uz/34316172

Kun.uz rasmiy kanali
Turkiya TIV rahbari: Ukraina yaxlitligi tinchlikning shartidir

Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Ukrainaning hududiy yaxlitligini saqlab qolishni Rossiya-Ukraina urushini adolatli hal etish sharti deb atadi. Anqara umumiy pozitsiyalarni qidirishda davom etmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.

👉 https://kun.uz/70682297

Kun.uz rasmiy kanali
WP: Yevropa Tramp davrida AQSh bilan «munosabatlarni uzishga» tayyorlanmoqda

Yevropa rasmiylari Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Qo‘shma Shtatlar bilan ehtimoliy «transatlantik munosabatlarni uzib qo‘yish»ga tayyorlanmoqda, deb yozadi The Washington Post. Savdo va xavfsizlik sohalarida chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

👉 https://kun.uz/46817254

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azoda qamalda qolgan 100 ming inson, ittifoqchilaridan xafa Eron va Sanduning saylovdagi g‘alabasi - kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/01743998

Kun.uz rasmiy kanali
Qodirov qizini «Donbass bilan aloqalarni mustahkamlagani» uchun mukofotladi

Oysha Qodirova navbatdagi mukofotni otasi Ramzon qo‘lidan oldi. Ilgari u «DXR» deb ataladigan mintaqalarda «missiyalar» uchun mukofotlangan edi. Uning mukofotlari to‘plamiga «Inson huquqlarini himoya qilgani uchun» medali ham kiradi.

👉 https://kun.uz/88692336

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya armiyasining «chaynovchi jag‘lari»: Donbassdagi ukrain fronti chindan ham «quladi»mi?

Rossiya armiyasi Donetsk oblastidagi yurish sur’atini sezilarli darajada oshirdi. Kuzning dastlabki ikki oyida ular bu yerda kattagina hududni o‘z nazoratiga oldi, ekspertlarga ko‘ra, bu keng ko‘lamli urush boshidan keyingi davrda egallangan rekord darajadagi katta hududdir. Ukrainadagi ayrim harbiylar va siyosatchilar ukrain fronti «qulayotgani» haqida gapirmoqda.

👉 https://kun.uz/51683591

Kun.uz rasmiy kanali
Kamala Harrisning prezidentligidan nima kutish mumkin? Trampnikidan-chi?

AQSh prezidentligiga nomzodlarning siyosati haqidagi asosiy savollarga qisqacha javoblar.

👉 https://kun.uz/06247025

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistondagi TDT sammitida ishtirok etishi kutilmoqda

6 noyabr kuni Bishkekda Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) sammiti boshlanadi.

👉 https://kun.uz/48849987

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi

Bu qaror IBA a’zosi bo‘lgan milliy federatsiyalar vakillariga 2028 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish taqiqlangani bilan bog‘liq.

👉 https://kun.uz/07761749

Kun.uz rasmiy kanali
“Toponimik nomlarni tushunmasdan, ulardan uyalish yaramaydi” – O‘zbekistondagi “g‘alati” joy nomlari haqida

Toponimikada asrlar davomida mamlakatda ro‘y bergan tarixiy va ijtimoiy o‘zgarishlar aks etgan bo‘ladi. Shu bois joy nomlarini tushunib-tushunmay, ulardan uyalish yoxud ularni almashtirish yaramaydi. Respublika toponimika xizmati ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinib, ko‘p tanqidga uchraydigan nomlar haqida ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/19114276

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston hududiga 5-noyabrdan sovuq va nam havo massalari kirib keladi

Havo harorati ba’zi joylarda –3 darajagacha pasayadi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi. Ayrim hududlarni suv bosishi mumkin.

👉 https://kun.uz/29976748

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Peruda futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi

Uning qo‘lida metall bilaguzuk bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

👉 https://kun.uz/83135947

Kun.uz rasmiy kanali