Kun.uz | Rasmiy kanal
72.9K subscribers
82K photos
11.9K videos
65.4K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
AQShdagi saylovlar: Yaqin Sharqdagi urush fonida isroilparast lobbi pullari qayoqqa ketyapti?

AQShdagi prezidentlik poygalari finish chizig‘iga yaqinlashmoqda. Hamma ko‘rib, bilib turgan shaxslardan tashqari, yana bir ko‘zga ko‘rinmas va ta’sir doirasi juda katta kuch bor - Amerika isroilparast lobbisi. Demokrat Jo Bayden o‘zidan so‘ng Yaqin Sharqni o‘t ichra qoldirmoqda va lobbistlarning vazifasi - AQShning yangi ma’muriyatidagi loyal siyosatchilar orqali Isroil himoyasini ta’minlash.

👉 https://kun.uz/25495506

Kun.uz rasmiy kanal
Dollar indeksida tebranuvchanlik, Bitcoin narxi qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi

AQShdagi prezidentlik saylovlari fonida asosiy qimmatbaho metallarning aksariyati arzonlashdi. Yil boshidan beri oltin narxining oshishi qariyb 33 foizni, so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi esa 4 foizni tashkil qilyapti.

👉 https://kun.uz/76295132

Kun.uz rasmiy kanal
NYT: Rossiya-Ukraina urushi boshi berk ko‘chadan chiqdi

AQSh razvedkasi va harbiylari Ukraina RF qurolli kuchlari yurishini to‘xtata olishiga shubha qilmoqda.

👉 https://kun.uz/92752094

Kun.uz rasmiy kanal
Rossiya iqlim isishi tufayli Arktikadagi orolini yo‘qotdi

Mesyatsev oroli butunlay erib ketdi. Endi uni xaritalardan o‘chirishga to‘g‘ri keladi.

👉 https://kun.uz/10298978

Kun.uz rasmiy kanal
Ispaniyada asrning eng vayronkor toshqini. To‘rt kun o‘tib yana nimalar ma’lum?

Qurbonlar soni 200 dan oshgan, harbiylar tinchlik zamonidagi eng yirik amaliyotni o‘tkazmoqda.

👉 https://kun.uz/21850151

Kun.uz rasmiy kanal
«Manchester Yunayted»da yangi murabbiy. Klub Ruben Amorimni tanlashiga 4 sabab

Ronaldu uni «shoir» deb atagan, Mourinioga shogird bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/06434617

Kun.uz rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gurjiston va Moldova saylovlari: Yevropa orzusi orzuligicha qoldimi?

Gurjiston va Moldovada bo‘lib o‘tgan saylov natijalari bugun keng muhokamalar markazida, hattoki Gurjiston prokuraturasi mamlakat prezidentini so‘roqqa chaqirgan. Mamlakat liderlari o‘z tarafdorlarini namoyishlarga chorlamoqda.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti

2022 yilning 2 oktyabr kuni Qo‘shtepa tumanining Xumdon mahallasida yashovchi Rasul Imomov mahalla idorasiga borib, rais va profilaktika inspektoriga kelini ketib qolganini aytadi. Bungacha ham oilaviy kelishmovchilik tufayli bir necha bor ketib qolgan kelin bu safar ota uyiga emas, “kelmaydigan joyga” ketgan edi. Yo‘qolgan kelin topilganida mahalla ahli qo‘rquvdan yoqa ushlab qoladi: u inson xayoliga kelmaydigan vahshiylik qurboni bo‘lgandi.

👉 https://kun.uz/28410450

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Osmondan pul yog‘adigan davlat”ni “SUBYEKTIV” bilan birga izlang

Yevropadan o‘zimiz mustaqil, o‘rtakashlarsiz, bepul ish topishimiz mumkin. Yoki Kanadaga bormoqchi bo‘lganlar ham foydali ma’lumotlarga muhtoj. Qiziqqanlar uchun 20 dan ortiq shunday ish beruvchi saytlar ro‘yxatini tuzdik. “SUBYEKTIV”ning navbatdagi yangi soni mana shunday mavzularni jamlagan. Bor-yo‘g‘i 25 daqiqangizni ayamasangiz, tashqi migratsiya haqida boshqa joylarda uchrayvermaydigan foydali ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

🎞 VIDЕONI HOZIROQ TOMOSHA QILISH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Asosiysi jonim omon qoldi” – O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov bilan suhbat

“Qirol sher” multfilmidagi Mufasa, “Muhtasham yuz yil” serialidagi Sulton Sulaymonni o‘zbekcha gapirtirgan dublyaj ustasi Afzal Rafiqov yana mingdan ortiq ekran qahramonlarining ovoziga aylangan. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda u noyob ovozining qanday qilib “yo‘qolib qolgan”i, kinodagi omadsiz faoliyati sabablari, O‘zbekistonda dublyajning rivojlanishdan to‘xtashi, teatrlarda tomoshabin kamligi haqida gapirib berdi.

📹 TO‘LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
1
G‘arb va SSSR o‘rtasidagi josuslik o‘yinlari: Britaniyaga qochgan sovet mayori

1978-yilda BMTning Jyenevadagi qarorgohida SSSRning doimiy vakili niqobi ostida ishlab kelayotgan sovet josusi ikki farzandi va xotini bilan Britaniyaga qochib ketadi. Ko‘p o‘tmay unga sirtdan o‘lim jazosi tayinlandi.

👉 https://kun.uz/41758088

Kun.uz rasmiy kanali
Ispaniya qiroli va qirolichasi Valensiyada loybo‘ron qilindi

Toshqindan zarar ko‘rgan hududlar aholisi ularga keskin norozilik bildirdi.

👉 https://kun.uz/16935643

Kun.uz rasmiy kanal
Tramp yoki Harris: Amerika va dunyoni kim qashshoqroq qiladi?

Nafaqat AQShning, balki butun dunyoning ham farovonligi Amerikadagi saylovlar natijasiga bog‘liq. Amerikaliklarning ko‘pchiligi mamlakat boyligini ko‘paytirishni Tramp yaxshiroq eplaydi, degan fikrda. Iqtisodchilar esa, aksincha, Harrisni qo‘llashmoqda va Trampni jahon iqtisodiyotiga tahdid deb bilishadi.

👉 https://kun.uz/03771120

Kun.uz rasmiy kanal
Toshkentdagi yana uchta AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Toshkent shahridagi 3 ta AYoQShda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmaslik holati aniqlandi.

👉 https://kun.uz/28439710

Kun.uz rasmiy kanal
Toshkentning uchta tumanida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Sergeli, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 3 noyabrda YTH sodir bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/57264416

Kun.uz rasmiy kanal
Toshkentda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi

Shu yilning 9 noyabr kuni poytaxtda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi.

👉 https://kun.uz/81327098

Kun.uz rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bojxona hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazdi.

👉 https://kun.uz/28916674

Kun.uz rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Metroning “Choshtepa” bekatida poyezd buzilib qoldi

Bu kamida 4 ta tarkibning bir bekatda to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan. Hodisa bugun, 4 noyabr soat 8:50lar atrofida Chilonzor yo‘lining “Olmazor – Choshtepa” bekatlari oralig‘ida yuz bergan. Bu qarama qarshi yo‘nalishdagi qatnovda poyezdlarning 20 minutgacha kechikishiga, bekatlarda odamlar to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/17145192

Kun.uz rasmiy kanal
Moldovadagi prezidentlik saylovlarida Sandu g‘alaba qozondi

Moldovada bo‘lib o‘tgan saylovlarning ikkinchi bosqichida amaldagi davlat rahbari Mayya Sandu 54,9 foiz ovoz olib, rossiyaparast partiya vakili Aleksandr Stoyanogloni mag‘lub etdi.

👉 https://kun.uz/34505634

Kun.uz rasmiy kanali
Moskvada Rosgvardiya generali Mirza Mirzayev qo‘lga olindi

Rossiya gvardiyasi moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha boshlig‘i o‘rinbosari Mirza Mirzayev harbiy sud tomonidan 2025 yil 2 yanvarga qadar hibsga olindi, deb yozadi TASS. Mash Telegram-kanali xabariga ko‘ra, general ta’minotchilardan biridan 140 million rubl pora talab qilgan.

👉 https://kun.uz/17453823

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ohangaronda o‘zaro to‘qnashgan Cobalt mashinasi va Isuzu avtobusi yonib ketdi

To‘qnashuvdan so‘ng mashina va avtobusdagi yo‘lovchilar chiqarib olingan. Ko‘p o‘tmay esa har ikki transport vositasida yong‘in kelib chiqqan. Bir fuqaro yengil tan jarohati olgan, halok bo‘lganlar yo‘q.

👉 https://kun.uz/95657303

Kun.uz rasmiy kanali