Kun.uz | Rasmiy kanal
72.9K subscribers
82K photos
11.9K videos
65.4K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Geosiyosiy hafta tahlili: BMTni taqiqlagan Isroil va Rossiya-Ukraina urushiga uchinchi davlat qo‘shilishi

AQSHdagi saylov poygalari kulminatsion nuqtaga chiqqan bir fonda Eronning Isroilga zarba berish ehtimoli haqida xam mujdalar tarqaldi. Ukrainada jangga shay KXDR askarlari va BMT ni ojizlantirgan Isroil.
Kun.uz global maydonda sodir bo‘lgan siyosiy o‘zgarishlarni tahlilchilar Kamoliddin Rabbimov va Fazliddin Madiyev bilan jonli efirdagi “Geosiyosat” hafta tahlilida muhokama qiladi

🔴📹 Jonli efirni kuzating
Oktyabrda ilk marta davlat budjeti oylik profitsitga chiqdi

O‘tgan oyda davlat budjeti daromadlari – 27 trln 290 mlrd so‘m, xarajatlari esa 24 trln 938 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ijobiy farq – 2 trln 352 mlrd so‘m. Oylik profitsit kunlik va oylik budjet ma’lumotlari ochila boshlagandan beri birinchi marta yuz berdi. Buning ortidan yil boshidan beri yuzaga kelgan umumiy taqchillik 35 trln so‘mgacha qisqardi.

👉 https://kun.uz/61218121

Kun.uz rasmiy kanali
Andijonda o‘quvchilarni kaltaklagan maktab direktori ishdan olindi

Holatni o‘rgangan ishchi guruh maktab direktori o‘quvchilarga nisbatan pedagogik etika qoidalari doirasida munosabatda bo‘lmagan deb topdi. Direktor sinfda pirotexnika vositalaridan foydalangan o‘quvchilarning boshiga urgan.

👉 https://kun.uz/80039456

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh Ukrainaga 425 mln dollarlik yangi yordam paketini taqdim etmoqda

Berilgan harbiy yordam Ukrainaga kerakli qurol-aslahalarni olish imkonini yaratadi, deya ma’lum qildi Pentagon. Gap AQSh arsenallarida saqlanayotgan qurollarni topshirish haqida ketmoqda.

👉 https://kun.uz/74328195

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri kelmoqda

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov - bu raqamlar MDH davlatlari orasida eng past ko‘rsatkich hisoblanishini aytdi. Rasmiylarga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda zamon talablariga javob bermaydigan 4 ta koloniya tugatilgan.

👉 https://kun.uz/19511988

Kun.uz rasmiy kanali
Prokurorlikdan vitse-prezidentlikka qadar. Kamala Harris kim?

Kamala Harris – AQSh tarixidagi ilk ayol bosh prokuror va vitse-prezident. U endi ilk ayol prezident bo‘lishga ham yaqin turibdi. Migrantlar oilasida tug‘ilgan Harris uzoq yillar yuridik sohada ishlagan, Barak Obamaning ta’siri ostida siyosatga kirib kelgan. Kun.uz AQShdagi saylov oldidan demokratlar nomzodining hayot yo‘li bilan tanishtiradi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi, loyiha 170 mln dollardan ziyodga baholandi

Germaniya kompaniyasi tomonidan ishlangan loyiha doirasida Chorsu maydonida yangi mehmonxona, biznes markaz va turar joy binolari quriladi. Jumladan, “Chorsu” mehmonxonasi demontaj qilinadi. Jarayon 2025 yildan boshlanib, 2029 yilgacha davom etishi ko‘zda tutilgan.

👉 https://kun.uz/38011227

Kun.uz rasmiy kanali
Xitoyda elektromobillar uchun g‘ildirakli poverbanklar ixtiro qilindi

Ko‘chma stansiya ko‘chalarda zaryadi “o‘tirib qolgan” avtomobillarga yordam berish uchun mo‘ljallangan.

👉 https://kun.uz/40499620

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi 5 milliard kub metrdan oshdi

Bundan tashqari, Rossiyaning «Gazprom» va «LUKOYL» kompaniyalari O‘zbekiston hududidagi gaz konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgani ta’kidlandi.

👉 https://kun.uz/40820874

Kun.uz rasmiy kanali
Yangi jarimalar, saylov yakunlari va ochilgan «is gazi mavsumi» — hafta dayjesti

Yangi chaqiriqdagi parlament deputatlari tasdiqlandi. Kunlar sovigach, is gazi qurbonlari haqidagi shum xabarlar yana ko‘paydi. Poytaxtda issiqlik ta'minoti tariflari bir yilda ikki marta oshdi. Yo‘l harakati qoidalarini buzganlar uchun yangi jarimalar joriy etildi. Ortda qolayotgan haftaning shu va boshqa muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tog‘ bag‘ridagi qishloq – Yordonda nahor oshi

Farg‘ona tumaniga qarashli, atrofini Qirg‘izistonning Botken viloyati qamrab olgan Yordon qishlog‘i aholisi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Bu qishloqning tabiati beqiyos: purviqor tog‘lar va shaldirab oqayotgan soylar maskanga o‘zgacha maftunkorlik baxsh etadi. Lekin Yordon faqat tabiat go‘zalligi bilan emas, mehnatkash aholisi bilan ham e’tiborli.

👉 https://kun.uz/07346728

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi

Super o‘rta vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan Bektemir Meliqo‘ziyevning bu galgi raqibi amerikalik Devid Stivens bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/82496808

Kun.uz rasmiy kanali
Jahon xabarlari

🇷🇸 Serbiyada temiryo‘l vokzalida tom qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

🇨🇳 Xitoydagi shaharda kelin 35 yoshdan kichik bo‘lsa, nikohdan o‘tishda hukumat tomonidan pul to‘lanadi

📲 Yaponiyada endi velosiped haydash vaqtida telefondan foydalangan shaxslar qamaladi

💊 Bangladeshning sifati kafolatlanmagan ba’zi dorilari Osiyo bozorlarini egallamoqda

🇸🇪 Shvetsiyada noqonuniy migrantlarga qarshi kurash kuchaytiriladi

Kun.uz rasmiy kanali
Toshkent shahri havosida rekord darajada ifloslanish qayd etildi

2 noyabrdan 3 noyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahri havosida zaharli zarrachalar miqdori 780 mkg/m3 darajagacha oshgan. Ifloslanishning asosiy sababi PM2,5 zarrachasi bo‘lib, JSST tasdiqlagan me’yordan 93,2 barobar ko‘p bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/99138558

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Qaytarib oling fuqarolikni» - Rossiyada o‘zbekistonlik migrant Migratsiya bo‘limida hujjatlarini otib yubordi

U harbiy qo‘mitada ro‘yxatdan o‘tmagani uchun Rossiya fuqaroligidan mahrum qilingan. Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzish orqali muammoni zudlik bilan hal qilishni ham istamagan.

👉 https://kun.uz/43527555

Kun.uz rasmiy kanali
Farg‘onada ariqdan erkak kishining jasadi topildi

Erkakning shaxsi aniqlangan va uni xotini tanib olgan.

👉 https://kun.uz/35448364

Kun.uz rasmiy kanali
APLda sensatsiyalar kuni, Husanovda ilk qizil. Kun o‘yinlari

Shanba kuni Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

📹 👉 https://kun.uz/22552819

Kun.uz rasmiy kanal
AQShdagi saylovlar: Yaqin Sharqdagi urush fonida isroilparast lobbi pullari qayoqqa ketyapti?

AQShdagi prezidentlik poygalari finish chizig‘iga yaqinlashmoqda. Hamma ko‘rib, bilib turgan shaxslardan tashqari, yana bir ko‘zga ko‘rinmas va ta’sir doirasi juda katta kuch bor - Amerika isroilparast lobbisi. Demokrat Jo Bayden o‘zidan so‘ng Yaqin Sharqni o‘t ichra qoldirmoqda va lobbistlarning vazifasi - AQShning yangi ma’muriyatidagi loyal siyosatchilar orqali Isroil himoyasini ta’minlash.

👉 https://kun.uz/25495506

Kun.uz rasmiy kanal
Dollar indeksida tebranuvchanlik, Bitcoin narxi qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi

AQShdagi prezidentlik saylovlari fonida asosiy qimmatbaho metallarning aksariyati arzonlashdi. Yil boshidan beri oltin narxining oshishi qariyb 33 foizni, so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi esa 4 foizni tashkil qilyapti.

👉 https://kun.uz/76295132

Kun.uz rasmiy kanal
NYT: Rossiya-Ukraina urushi boshi berk ko‘chadan chiqdi

AQSh razvedkasi va harbiylari Ukraina RF qurolli kuchlari yurishini to‘xtata olishiga shubha qilmoqda.

👉 https://kun.uz/92752094

Kun.uz rasmiy kanal
Rossiya iqlim isishi tufayli Arktikadagi orolini yo‘qotdi

Mesyatsev oroli butunlay erib ketdi. Endi uni xaritalardan o‘chirishga to‘g‘ri keladi.

👉 https://kun.uz/10298978

Kun.uz rasmiy kanal