Kun.uz | Rasmiy kanal
72.8K subscribers
82K photos
11.9K videos
65.4K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Shvarsenegger demokratlar tomonga o‘tdi. U eng mashhur respublikachilardan biri

«Men Amerikani tanimayapman. Tarafdorlarini Kapitoliy bosqiniga yuborib barchasini shakarsiz kola ichib kuzatib o‘tiradigan nomzod bilan hech nimani o‘zgartirib bo‘lmaydi», dedi Arni Trampni nazarda tutib.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosarini qabul qildi

Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari faoliyati va O‘zbekistonda ularning yangi filiallarini ochish, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

👉 https://kun.uz/80183822

Kun.uz rasmiy kanali
Nemis tilidagi eng uzun so‘z 67 harfdan iborat ekani ma’lum bo‘ldi

Shuningdek, rus tilidagi eng uzun so‘z 35 harfdan, o‘zbek tilidagisi 36 harfdan iborat.

👉 https://kun.uz/28218107

Kun.uz rasmiy kanali
2025 yil budjet parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13250 so‘mdan hisoblangan

Bu qiymat 2026 yil uchun 13725 so‘m, 2027 yil uchun 14150 so‘m miqdorida hisoblangan.

👉 https://kun.uz/90245358

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdori ma’lum qilindi

Toshkent shahri, Nukus shahrida va viloyatlar markazlari, viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlar, aholi punktlarida to‘lovlar bazaviy hisoblash miqdorining tegishli nisbatida belgilangan.

👉 https://kun.uz/54443399

Kun.uz rasmiy kanali
Bandlik vazirligi ishsizlik darajasi kamayganini ma’lum qildi

Mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi yil boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaygan.

👉 https://kun.uz/94484510

Kun.uz rasmiy kanali
Oktyabr oyida inflatsiya 1 foizdan past bo‘ldi

Oktyabrda O‘zbekistonda inflatsiya darajasi 0,84 foizni tashkil qildi. Yillik inflatsiya 10,24 foizgacha pasaydi.

👉 https://kun.uz/68636280

Kun.uz rasmiy kanali
Oltinko‘lda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 38-umumta’lim maktabi direktori o‘quvchilarni kaltakladi. U bir guruh o‘quvchilar bilan “tarbiyaviy suhbat” o‘tkazish jarayonida ikki bolaning bosh qismiga urgan. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat o‘rganilayotganligini bildirdi.

👉 https://kun.uz/81850398

Kun.uz rasmiy kanali
Avtotransportning vazni va hajmi ustidan nazorat xususiy sektorga o‘tkaziladi

Avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha zamonaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlangan statsionar va ko‘chma shoxobchalar o‘rnatilib, ularni ishlatishga xususiy sektor jalb qilinadi.

👉 https://kun.uz/18624453

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chiqindidan qarzdorlar “svet”ga to‘lov qilolmaydi. Mas’ullar yangi tizim tartibini tushuntirdi

Chiqindilarni boshqarish agentligi mas’ullariga ko‘ra, aholi orasida chiqindi xizmatlariga qilinmagan to‘lovlarni kamaytirish uchun elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatish tartibi ishlab chiqilgan. Ushbu amaliyot tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritilib, “Toza makon” billing tizimi ishga tushirilgach joriy etilishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/24802519

Kun.uz rasmiy kanali
Andijondagi xonadonlardan birida 4 kishi gazdan zaharlanib vafot etdi - manba

21 oktabr kuni tungi vaqtda Jalaquduq tumanidagi xonadonlardan birida 4 kishi vafot etgan, yana 4 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Viloyat rasmiylari holatni tasdiqladi, lekin batafsil izoh bermadi.

👉 https://kun.uz/29184334

Kun.uz rasmiy kanali
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi

«Krokus Siti Xoll»dagi terakt bo‘yicha Ingushetiyadan to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi, ikki nafari hibsga olingan, yana ikki nafari qidiruvga berilgan, deb yozadi «Kommersant» gazetasi.

👉 https://kun.uz/14173524

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Livandagi yangi qurbonlar, javob hujumiga tayyorlanayotgan Eron va jangga kirishga hozirlanayotgan KXDR askarlari - kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/54388960

Kun.uz rasmiy kanali
NYT: UQKda 6-12 oy jang qilish uchun yetarlicha askar bor

6-12 oylik janglardan so‘ng Kiyev keskin kadrlar taqchilligiga duch keladi, deya xabar beradi NYT Pentagon hisob-kitoblari bilan tanish bo‘lgan rasmiyga tayanib.

👉 https://kun.uz/30457989

Kun.uz rasmiy kanali
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» 4-6 noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

👉 https://kun.uz/28931677

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh iqtisodiyoti har qachongidan ham kattaroq va yaxshiroq. Siyosiy qarorlar buni barbod qilishi mumkinmi?

Hozirda AQShda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot G‘arbiy Yevropa va Kanadaga nisbatan 30 foiz, Yaponiyaga nisbatan esa 60 foiz yuqoriroq.

👉 https://kun.uz/48620703

Kun.uz rasmiy kanali
«Arsenal»da yana jiddiy raqib, Husanov «PSJ»ga qarshi, «Chelsi» «Old Trafford»ga boradi - uikend anonsi

Yevropada kuchli beshlik chempionatlari qizg‘in pallaga kirib, peshqadamlar saralanib bormoqda. Har hafta bo‘lganidek bu safar ham bir qator ahamiyatli va qiziqarli uchrashuvlar bizni kutib turibdi. Birgina yomon xabar - Yevropada vaqtning bir soat ortga surilgani. Endi tungi o‘yinlarni tomosha qilmoqchi bo‘lsak, uyqu vaqtimiz bir soatga kamayadi. Lekin bunga arziydi, ishonavering.

👉 https://kun.uz/13817489

Kun.uz rasmiy kanali
Aviatsiya tarixidagi g‘alati halokat: uchuvchi nega samolyotni tog‘ga olib borib urgandi?

2015 yilda kutilmagan aviahalokat sodir bo‘ladi. Bortida 150 kishi bo‘lgan A-320 samolyoti Fransiyadagi tog‘ga borib uriladi va barcha halok bo‘ladi. Tekshiruvlarda samolyotni ikkinchi uchuvchi tog‘ga olib borib urgani oydinlashadi.

👉 https://kun.uz/30237312

Kun.uz rasmiy kanali
Geosiyosiy hafta tahlili: BMTni taqiqlagan Isroil va Rossiya-Ukraina urushiga uchinchi davlat qo‘shilishi

AQSHdagi saylov poygalari kulminatsion nuqtaga chiqqan bir fonda Eronning Isroilga zarba berish ehtimoli haqida xam mujdalar tarqaldi. Ukrainada jangga shay KXDR askarlari va BMT ni ojizlantirgan Isroil.
Kun.uz global maydonda sodir bo‘lgan siyosiy o‘zgarishlarni tahlilchilar Kamoliddin Rabbimov va Fazliddin Madiyev bilan jonli efirdagi “Geosiyosat” hafta tahlilida muhokama qiladi

🔴📹 Jonli efirni kuzating
Oktyabrda ilk marta davlat budjeti oylik profitsitga chiqdi

O‘tgan oyda davlat budjeti daromadlari – 27 trln 290 mlrd so‘m, xarajatlari esa 24 trln 938 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ijobiy farq – 2 trln 352 mlrd so‘m. Oylik profitsit kunlik va oylik budjet ma’lumotlari ochila boshlagandan beri birinchi marta yuz berdi. Buning ortidan yil boshidan beri yuzaga kelgan umumiy taqchillik 35 trln so‘mgacha qisqardi.

👉 https://kun.uz/61218121

Kun.uz rasmiy kanali
Andijonda o‘quvchilarni kaltaklagan maktab direktori ishdan olindi

Holatni o‘rgangan ishchi guruh maktab direktori o‘quvchilarga nisbatan pedagogik etika qoidalari doirasida munosabatda bo‘lmagan deb topdi. Direktor sinfda pirotexnika vositalaridan foydalangan o‘quvchilarning boshiga urgan.

👉 https://kun.uz/80039456

Kun.uz rasmiy kanali