Kun.uz | Rasmiy kanal
✔
70.5K subscribers
83.8K photos
12.5K videos
67.7K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998781137733

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@kunuzmurojaat
Download Telegram
Diyora Keldiyorova tatamiga qaytdi va xalqaro turnirda chempion bo‘ldi

28 yoshli dzyudochi Qozog‘istonning Aqtau shahri mezbonlik qilgan xalqaro turnirda barcha raqiblarini ippon bahosi bilan mag‘lub etdi.

👉 https://kun.uz/uz/56065185

Kun.uz rasmiy kanali
👍84❤20🔥6😁3👏2
AESlarni ko‘paytirish rejasi va kommunal tariflar muhokamasi — hafta dayjesti

➖ Yadro energetikasida rejalar kengaydi: ikkinchi va uchinchi stansiyalar ham qurilishi mumkin.

➖ Isitish mavsumi yangi tariflar bilan boshlanadi: muhokamada – propan va issiqlik ta’minoti.

➖ Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi kuchga kirdi; shilqimlik uchun ham jazo og‘irlashdi.

➖ “O‘zbekiston pochtasi” Wildberries boshqaruvida: Davaktiv rahbari yolg‘on gapirdimi?

Ortda qolayotgan haftaning O‘zbekiston hayotiga oid ayrim muhim yangiliklari — Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
❤7😐2👍1
«Barsa» ijrosida yana bir qaynoq o‘yin: 7 gol, Yamalning shedevri va hakamlik mojarosi

Kataloniyaliklar klasikoga qatorasiga to‘qqiz g‘alaba bilan bormoqda. «Betis» bilan o‘yinda referi kataloniyaliklar foydasiga bir necha bahsli qarorlar qabul qildi.

📹 👉 https://kun.uz/uz/77089337

Kun.uz rasmiy kanali
❤9😁7
Rossiya qishda Odessa, Xarkiv va Kiyevni elektr hamda suvsiz qoldirmoqchi - OAV

Rossiya shu yo‘l orqali Ukrainani taslim etishga urinadi, deb yozdi The New York Times.

👉 https://kun.uz/uz/62296976

Kun.uz rasmiy kanali
🤯14❤8👍2🔥2
Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Vazirlik amaldagi tartibga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2026-yil 4-noyabrdan boshlanishi va 9-noyabrga qadar davom etishini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/uz/40352727

Kun.uz rasmiy kanali
👍12❤10😭6🤔2🔥1😁1🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Issiqlik ta’minotida tariflar tannarxni qoplaydigan darajaga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha issiqlik tariflarini bosqichma-bosqich tannarx darajasiga yetkazishga qaror qilingan. Aholi uchun hozirgi tariflar tannarxning qariyb 20 foizini qoplaydi. Buni 100 foizga yetkazish uchun bir tomondan tariflarni erkinlashtirish, boshqa tomondan esa tarmoqlarni yangilash, yo‘qotishlarni kamaytirish va boshqaruvni yaxshilash hisobiga tannarxni kamida 30-40 foizga pasaytirish reja qilingan.

👉 https://kun.uz/64582174

Kun.uz rasmiy kanali
😁10🤯5❤2😭1
Martinesda qo‘rqinchli jarohat, Holandda dubl

«Chelsi» safarda muhim g‘alabaga erishdi, ammo jiddiy yo‘qotishga uchradi; «Liverpul» raqibi ikki qizil olgan o‘yinda kambekka erishdi; «Siti» mavsum startida qatorasiga 7 o‘yindan iborat g‘alabali seriya qayd etmoqda, Husanov ikkinchi bo‘limda jarohat olgan futbolchi o‘rniga tushirildi. Shanba kuni Yevropa chempionatlarida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

📹 👉 https://kun.uz/uz/76625361

Kun.uz rasmiy kanali
❤6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan ayiq va to‘ng‘izlarni noqonuniy ovlaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yovvoyi hayvonlar noqonuniy ovlanganligi natijasida hayvonot dunyosiga 679 mln 800 ming so‘m moddiy zarar yetkazilgan.

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd davomida “Niva Legend” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida mashina yukxonasida 8 ta qopda bir bosh ayiq va 3 bosh yovvoyi cho‘chqaning tana bo‘laklari topilgan.

👉 https://kun.uz/uz/44822900

Kun.uz rasmiy kanali
❤15👍8🔥3😭3👏1
Samarqandga kirish va ayrim ko‘chalarda harakatlanish vaqtincha cheklanadi

18−22-oktyabr kunlari Samarqandga kirish va shaharning qator ko‘chalarda transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi. Bunga shaharda “C5+1” formatidagi TIV rahbarlari uchrashuvi va Bolalar farovonligi bo‘yicha butunjahon sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirilishi sabab bo‘lmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/70813939

Kun.uz rasmiy kanali
❤9🤯8😐2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rubio O‘zbekistonga yo‘l oldi

U 19-oktyabr kuni Samarqandda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ishtirok etadi.

👉 https://kun.uz/uz/60739452

Kun.uz rasmiy kanali
👍342🔥296👏268❤258😁6😐6
Ukraina Peterburg bo‘ylab eng yirik hujumini amalga oshirdi – foto va videolar

Dronlar hujumi oqibatida neft terminali, ko‘prik, Ozon ombori va VK data-markazida yong‘inlar chiqqan. Bir kishi halok bo‘lib, 15 kishi yaralangan.

📸 👉 https://kun.uz/uz/62614378

Kun.uz rasmiy kanali
👍27🔥10❤9👏1🤯1
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga bordi

Prezident dastlab Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duolar qilindi.

Tashrif doirasida davlat rahbari transport infratuzilmasi va shaharsozlik loyihalari bilan tanishadi. Dushanba kuni esa Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.

👉 https://kun.uz/uz/59615521

Kun.uz rasmiy kanali
🔥122👍111❤19😐2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fransiyada yana yirik namoyishlar – fotosuratlar

Parijda o‘n minglab, butun mamlakat bo‘ylab – yuz minglab kishilar ko‘chalarga chiqqan. Limojdagi qadimiy meriya binosiga o‘t qo‘yib yuborilgan.

👉 https://kun.uz/uz/69556917

Kun.uz rasmiy kanali
👍6❤4😐2😭2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand xalqaro aeroportida AQSH Davlat kotibini kutib olishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Marko Rubio bo‘lgan samolyot - Air Force Three kechga yaqin Samarqandga qo‘nadi. Hozir xalqaro aeroportda uni qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Kun.uz’ning AQSHdagi muxbirining Samarqanddan xabar berishicha, Rubioni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kutib oladi.

Kun.uz rasmiy kanali
👍423🔥312❤272👏231🤔3😐1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍129🔥49❤21
«Bu rejalashtirilgan operatsiya». Zelenskiy Ukraina uchun internet ataylab sekinlashtirilganini aytmoqda

AQSH davlat kotibi Marko Rubio Oq uy Space X kompaniyasining sunʼiy yoʻldosh internetini Ukraina harbiylari uchun cheklash toʻgʻrisida farmoyish bermaganini maʼlum qildi. Uning soʻzlari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning internet-terminallar hali ham yuqori tezlikda harakatlanadigan qurilmalarda ishlay olmasligini aytgan daʼvolariga zid keladi.

👉 https://kun.uz/uz/10232714

Kun.uz rasmiy kanali
❤4😭2👍1🔥1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Marko Rubio rafiqasi bilan O’zbekistonga keldi

AQSH Davlat kotibi bo’lgan samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga qo’ndi. Marko Rubioni O’zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, AQSH prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, elchi Jonatan Heniklar kutib oldi.

Kun.uz rasmiy kanali
👍152🔥51❤30😭5🤯2🤔1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥64❤33