Kun.uz | Online
65.3K subscribers
8.54K photos
4.96K videos
7 files
2.38K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen

Murojaat uchun: info@kun.uz

Reklama:
+998 78 113 10 10
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tojikiston va O‘zbekiston orasidigi “Do‘stiy” chegara posti olddida 120 ta furadan iborat uzunligi 3 kmdan oshuvchi tirbandlik paydo bo‘ldi

Tojikistonlik haydovchilarning aytishicha, chegara postida tekshiruv qat’iylashgan va ko‘proq vaqtni talab qilmoqda.

👉 @kunonline
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va administratsiya vakillari prezident topshirig‘iga ko‘ra Namangan viloyatiga borishdi

Bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan sog‘liqni saqlash, SES, ta’lim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazildi, vaziyatni va tekshiruvning borishi muhokama qilindi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Krishtianu Ronaldu va “An-Nasr”ning boshqa futbolchilari 23-sentabr kuni nishonlanadigan Saudiya Arabistoni milliy kuniga atab olingan klipda arab milliy libosida suratga tushishdi.

👉 @kunonline
AQSHda to‘rt nafar o‘zbekzabon shaxslar noma’lum shaxsni garovga olganlik va uni o‘g‘irlab ketishda ayblanib, Ohayo shtatida hibsga olingan

Jinoyatchilar jabrlanuvchini Sharonvilldagi kvartirasiga olib borgan va uni qo‘yib yuborish evaziga garov puli talab qilgan.

👉 @kunonline
Fast-fud va gazlangan suv depressiyaga olib boradi

Ultra qayta ishlangan yemaklar (souslar, gazlangan ichimliklar, konfetlar va h.k.) miyada depressiyaga olib boruvchi bog‘lamalarni faollashtirar ekan.

Amerikalik olimlar 31 mingdan ziyod inson ustida tajriba o‘tkazishgan va ularning qariyb 7 ming nafarida depressiya rivojlangan.

Kuniga 9 porsiya ultra-qayta ishlangan mahsulotlar iste’mol qilinishi depressiyaga duchor bo‘lish «imkoniyat»ini 49 foizga oshirishi ma’lum bo‘ldi.

👉 @kunonline
Rossiya maktablarining 11-sinflari uchun chiqarilgan konturli xaritada Shimoliy Amerika «Ingliz-Sakson Amerikasi», Janubiy Amerika esa — Lotin Amerikasi deb atalgan.

👉 @kunonline
Rossiya tashqi ishlar vaziri Ukraina agar NATOdan voz kechsa uning 1991-yilgi chegaralarini qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidladi

«Ukrainaning 1990-yilgi mustaqillik deklaratsiyasida biz uchun asosiy jihatlardan biri Ukraina bloklardan xoli davlat bo‘lishi, hech qanday harbiy alyanslarga qo‘shilmasligi belgilangan edi. O‘sha tahrirda va shartlarda biz Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab qo‘vvatlaymiz», — degan Sergey Lavrov.

👉 @kunonline
Chilonzor tumani Lutfiy ko‘chasi (Oqtepa chorrahasidan Farhod bozoriga olib boruvchi ko‘cha) o‘rtasida, yo‘l kengaytirilgan vaqtda kesilmasdan saqlab qolingan ko‘p yillik daraxtlar kesib tashlandi

Tuman hokimligi 29 tup qurigan daraxtlar kesilganini ma’lum qilgan.

👉 @kunonline
O‘zbekistonda bir kishiga kunlik suv iste’moli qariyb 100 litrga to‘g‘ri keladi

Markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlangan aholi punktlarida (sanoat korxonalari va boshqa iste’molchilarni chiqarib tashlaganda) bir kishining kunlik iste’moli o‘rtacha 99,2 litrga to‘g‘ri keladi, degan «O‘zsuvta’minot» AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov O‘zAga.

👉 @kunonline
Turkiya bir vaqtning o‘zida “Akhisar” va “Koçhisar” deb nomlangan sohilni qo‘riqlovchi ikkita kemani suvga tushirdi

Har ikki kema Turkiyada ishlab chiqarilgan 8 tadan ATMAÇA kemalarga qarshi raketa, Gökdeniz havo hujumidan mudofaa tizimi va 76 mmli to‘plar bilan ta’minlangan.

👉 @kunonline
🇦🇿 Ozarboyjon hukumati Qorabog‘ning Ozarboyjon tarkibiga kirishi bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun maxsus hukumat komissiyasini tuzdi — Ozarboyjon prezidenti yordamchisi Hikmat Hojiyev.

«Qorabog‘ porox bochkasi va jahondagi eng ko‘p qurollintirilgan hudud edi. Endi bular tarixda qoldi», — degan Hojiyev

👉 @kunonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyatida bolalar zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov olib borilmoqda - Bosh prokuratura.


👉 @kunonline
Hindiston Oyning janubiy qutbini tadqiq etayotgan «Pragyaan» oykezari bilan aloqani yo‘qotdi

Bunga sabab qilib Yerning tabiiy yo‘ldoshi sirtidagi o‘ta past harorat quvvat batareyalarini ishdan chiqargan bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

👉 @kunonline
Bolaning otasi bilan ko‘proq muloqot qilishi va o‘ynashi uning intellektini oshiradi

5 mingdan ziyod to‘kis oilalar ustida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, otasi bilan muntazam o‘ynaydigan bolalar maktabda a’lo o‘qishi va intellektual o‘yinlarni yaxshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.

Bu otalar miyani rivojlantiruvchi va jismoniy faollik talab qiluvchi mashg‘ulotlarni ko‘proq tanlashi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Onalar esa ko‘proq emotsional va ijtimoiy xulq-avtorga e’tibor ta’sir o‘tkazishadi.

👉 @kunonline