Kun.uz | Online
67.5K subscribers
8.01K photos
4.61K videos
7 files
2.32K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen

Murojaat uchun: info@kun.uz

Reklama:
+998 78 113 10 10
Download Telegram
🔺Dollar rasmiy kursi 12200 so‘mdan oshdi

Markaziy bank 25-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 212,07 so‘m (+22,06)
🇷🇺 RUB 127,16 so‘m (+0,25)
🇪🇺 EUR 12 992,42 so‘m (+5,18)

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qora dengiz floti shtabiga yo‘llangan raketa zarbasi oqibatlari aks etgan videolar paydo bo‘lmoqda

Gubernator Mixail Razvojayev yana bir hujum bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Shahar aholisidan markazga kelmaslik va binolardan chiqmaslik so‘ralgan.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Raketa zarbasidan keyin parchalar yuzlab metr masofaga sochilib ketgan

TASS xabariga ko‘ra, shtab hududiga ko‘p miqdorda tez yordam mashinalari yetib kelmoqda.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qora dengiz floti shtabi binosidagi yong‘in hamon o‘chirilmagan. Katta ehtimol bilan binoga kritik darajada zarar yetkazilgan

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Armaniston vakili BMTda mintaqadan RF tinchlikparvar kuchlarini olib chiqish va bu yerga BMT tinchlikparvar kuchlarini, masalan, fransiyalik yoki amerikalik harbiylar kontingentini joylashtirishga chaqirdi

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Qora dengiz floti shtabi binosidagi yong‘in hamon o‘chirilmagan. Katta ehtimol bilan binoga kritik darajada zarar yetkazilgan 👉 @kunonline
❗️Sevastopolda Qora dengiz floti shtabiga qilingan hujum oqibatida bir harbiy halok bo‘lgan — RF mudofaa vazirligi

Mahalliy telegram-kanallar yana olti kishi jarohat olganini yozmoqda.

👉 @kunonline
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish masalasi kun tartibiga qaytyapti.

Hozirgi alifbodagi noqulaylik keltirib chiqarayotgan 4 ta harfni o‘zgartirish taklif qilinmoqda:

O‘ o‘ ➡️ Õ õ
G‘ g‘ ➡️ Ğ ğ
Sh sh ➡️ Ş ş
Ch ch ➡️ C c

Oldingi safargidan farqi — “Ch ch” harfi uchun Ç ç emas, 1928–1940 yillarda jadid bobolarimiz ta’sis etgan lotincha alifbodagi kabi “Ch” tovushi uchun “C c” harflari tanlangan.

👉 @kunonline
⚡️Maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’moli to‘xtatildi

👉 @kunonline
⚡️ 1-kursga tavsiya etilganlar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-oktabrga qadar uzaytirildi

👉 @kunonline
Telegramda bugundan boshlab kanallar ham yangi ovoz berish tizimi yordamida hikoyalar joylashi mumkin

Bundan tashqari, ilovada hikoyalar uchun reaksiya stikerlari va musiqa, shuningdek, koʻrilganidan keyin oʻchib ketadigan rasm va videolarni yuborish imkoniyati paydo boʻldi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qora dengiz floti shtabiga zarba berilishi videosi

Binoga kamida ikkita raketa urilgan bo‘lishi mumkin.

👉 @kunonline
NBC News: AQSH Ukrainaga ATACMS raketalari partiyasini yuboradi

AQSH prezidenti Jo Bayden ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiyga Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga ATACMS operativ-taktik raketasi partiyasini yuborishini aytgan, deb xabar bermoqda NBC News telekanali o‘z manbasiga tayangan holda. Yetkazib berish aynan qachon boshlanishiga aniqlik kiritilmagan.

ATACMS 300 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni yo‘q qilishga qodir.

Avvalroq The Washington Post Bayden ma’muriyati Kiyevga kassetali o‘q-dorilarga ega ATACMS raketalarini berishga tayyor ekani haqida yozgandi.

👉 @kunonline
Kanada Rossiyaning 42 nafar jismoniy shaxslari va 21 ta tashkilotiga nisbatan sanksiyalar e’lon qildi

👉 @kunonline
Rossiya hukumati ichki bozorni barqarorlashtirish uchun benzin va dizelning eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etdi

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Rossiya hukumati ichki bozorni barqarorlashtirish uchun benzin va dizelning eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etdi 👉 @kunonline
Rossiyada benzin eksporti cheklangach Yevropada yoqilg‘i narxi keskin ko‘tarildi — The Guardian

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, dizelning narxi tonnasiga 1000 AQSH dollariga oshgan.

👉 @kunonline
Qorabog‘dagi qurollangan arman tuzilmalari 800 dan ortiq o‘qotar qurollar, 6 ta zirhli texnika, 5 mingga yaqin o‘q-dorilarni topshirishgan, deyiladi RF Mudofaa vazirligi bayonotida.

👉 @kunonline
Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi 2024-yilning o‘rtalaridan boshlab AQSH dollari kursi 90–92 rubl diapazonida barqarorlashishini kutmoqda.

👉 @kunonline
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Qorabog‘ hududida Ozarboyjon tomonidan o‘tkazilgan aksilterrorchilik tadbirlarini tanqid ostiga oldi

Uning fikricha, «Bokuning xatti-harakatlari mintaqada muammoni tartibga solish urinishlariga zid».

👉 @kunonline
O‘zbekistondagi yirik bozorlar va bog‘larning kirish joyiga shaxsning yuzidan tanib oladigan videokameralar o‘rnatiladi

👉 @kunonline
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tojikiston va O‘zbekiston orasidigi “Do‘stiy” chegara posti olddida 120 ta furadan iborat uzunligi 3 kmdan oshuvchi tirbandlik paydo bo‘ldi

Tojikistonlik haydovchilarning aytishicha, chegara postida tekshiruv qat’iylashgan va ko‘proq vaqtni talab qilmoqda.

👉 @kunonline