Kun.uz | Online
65.4K subscribers
8.53K photos
4.96K videos
7 files
2.38K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen

Murojaat uchun: info@kun.uz

Reklama:
+998 78 113 10 10
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda kuchli qor yogʻmoqda. Samarqand xalqaro aeroporti samolyotlarni qabul qilmayapti

👉 @kunonline
Bugun Rossiyada 16-fevral kuni vafot etgan muxolifatchi Aleksey Navalniyning dafn etish marosimi bo‘lib o‘tadi

U Moskva vaqti bilan soat 16:00 da Borisov qabristonida dafn etiladi.

👉 @kunonline
Turkiya iqtisodiyoti 2023-yilda 4,5 foizga o‘sgan — Turkiya statistika instituti (TÜİK).

2023-yil narxlarida Turkiyaning yalpi ichki mahsuloti hajmi 1,12 trillion AQSH dollarini tashkil etgan.

👉 @kunonline
Litva Yevropa Ittifoqiga Rossiya gazini rad etishni qonunchilik darajasida belgilab qo‘yishni taklif etmoqda

Yevropa Ittifoqi davlatlari energetika vazirlari ushbu taklifni kelgusi haftada muhokama qilishadi.

👉 @kunonline
O‘zbekiston xalq baxshisi Qalandar baxshi 73 yoshida vafot etdi

Ro‘zimboy (Qalandar baxshi) Normatov Xorazm baxshichilik maktabining yirik vakillaridan biri edi. U ko‘p yillar davomida “Avazxon” folklor etnografik xalq ansambli badiiy rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

👉 @kunonline
Navroʻz bayrami munosabati bilan Uzbekistan Airways 21–24-mart kunlari amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma eʼlon qildi

👉 @kunonline
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida bugun, 1-martdan tig‘iz vaqt oralig‘ida (07:00—10:00) yuk mashinalarining harakatini Toshkent halqa avtomobil yo‘li orqali tashkil etish boshlandi

Haydovchilarga bu borada tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

👉 @kunonline
Dunyoning ayni damdagi havosi eng iflos shaharlari

Toshkent shahri ayni damda reytingning 13-pog‘onasida qayd etilgan. Poytaxt havosining PM2,5 mayda chang zarralari bilan ifloslanish darajasi JSST tavsiyasidan 8,8 marta yuqori bo‘lib turibdi.

👉 @kunonline
❗️Buxorodagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘koni yerto‘lasida gaz portladi

Ikki qavatli binoning 1-qavatida ikkita beton plita qulab tushishi oqibatida 1 kishi voqea joyida halok bo‘lgan va yana 1 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

👉 @kunonline
Dushanbe “svet”siz qoldi

1-mart kuni soat 11:10 larda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri aholisi butun shahar bo‘ylab elektr energiyasi o‘chirilganini ma’lum qilmoqda.

Poytaxtning bir qator tumanlarida issiqlik ta’minotida ham uzilishlar kuzatilmoqda.

👉 @kunonline
Xorazm tadbirkorlari uchun imtiyozlar belgilandi:

Import uskunalar, ehtiyot qism va xomashyo 5 yilga bojxona to‘lovidan ozod qilinadi, QQSni 180 kunga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi.

Mahalliylashtirish loyihalariga olingan kredit foizining 10 foiz bandi qoplab beriladi, davlat mulki va yer uchastkalarini xususiylashtirishda 5 yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Sotilgan ko‘chmas mulk uchun to‘lov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi. Iqtisodiy va sanoat zonalarida olgan majburiyatini bajargan tadbirkorlar yer va binoni xususiylashtirishi mumkin bo‘ladi.

Eksportchilarga boshqa viloyatdan xomashyo yetkazib berish uchun yo‘l xarajatlarining 50 foizi Eksport jamg‘armasidan qoplab beriladi.

👉 @kunonline
Hazorasp erkin iqtisodiy zonasida xitoylik investorlar bilan lak-bo‘yoq, shisha mahsuloti va elektrotexnika yo‘nalishida 300 million dollarlik 4 ta loyiha amalga oshiriladi

👉 @kunonline
Urganch shahridagi “Al-Xorazmiy” majmuasida sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga tayyor holda topshiriladi

👉 @kunonline
Xorazmda turizmni rivojlantirish bo‘yicha 3 yillik dastur qabul qilinadi

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Xorazmda turizmni rivojlantirish bo‘yicha 3 yillik dastur qabul qilinadi 👉 @kunonline
Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tushumi 3 yil davomida Xorazmning o‘zida qoldiriladi

👉 @kunonline
Sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “O‘zbekiston – mening ikkinchi uyimviza tizimi joriy qilinadi

👉 @kunonline
Urganch shahrida “Lazgi” va “Avesto” muzeylari tashkil qilinadi

@kunonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Urganch va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga aviachipta narxini arzonlashtirish uchun 30 milliard so‘m subsidiya beriladi

Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

👉 @kunonline
Urganch—Xiva trolleybus qatnovi oraliq vaqti 2 karra qisqaradi

Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.

👉 @kunonline