Kun.uz | Online
67.5K subscribers
8.01K photos
4.61K videos
7 files
2.32K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen

Murojaat uchun: info@kun.uz

Reklama:
+998 78 113 10 10
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Polsha Mudofaa vazirligi Belarus tomondan migrantlarning chegaraga hujum qilayotganiga oid navbatdagi videoni e’lon qildi

«Polsha chegarasiga Belarus tomonidan tashkillashtirilgan hujumlar mamlakatda vaziyatni izdan chiqarish va polyaklarning xavfsizligini tahdid ostida qoldirishni maqsad qilgan. Chegarada Polsha armiyasining kuchaytirilishi sababli Rossiya va Belarusning rejasi amalga oshmay qoldi”, — deb yozgan vazirlik X (Twitter)da.

👉 @kunonline
Latviya 2026-yilgacha rus tilida chop etiluvchi barcha jamoatchilik gazetalarini yopmoqchi

Bunday reja mamlakatning yangi milliy xavfsizlik konsepsiyasidan o‘rin olgan. Hujjat allaqachon Latviya Seymi va prezident devonxonasiga jo‘natilgan. U 1-oktabrga qadar qabul qilinishi kerak.

👉 @kunonline
AQSHning respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Ron Desantis Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishiga qarshi chiqdi

«Men Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi manfaatlarimizga javob beradi, deb o‘ylamayman. Bu bizga qo‘shimcha majburiyat yuklaydi. Toki biz qo‘shimcha majburiyatga ega bo‘lar ekanmiz, buning evaziga qanday foyda olamiz?” — degan u.

👉 @kunonline
O‘zbekistonda birinchi Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha sobiq oliy vakili Federika Mogerini so‘zlariga ko‘ra, sammit kelgusi yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

👉 @kunonline
Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga 6 trln so‘m va 1,2 mlrd dollar yo‘naltiriladi

Prezident tomonidan «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

👉 @kunonline
Malayziya Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv markazi tashkil etadi

👉 @kunonline
Fransiya 2027-yilgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirdan voz kechadi

Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi.

👉 @kunonline
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bugun Ozarboyjonga tashrif buyuradi

Turkiya rahbari bir kunlik amaliy safar bilan Ozarboyjonning Naxchivan avtonom respublikasiga boradi.

👉 @kunonline
AQSH Isroil fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy etishi mumkin — ABC News

Ayni damda AQSHga vizasiz kirish hamda mamlakatda 3 oy bo‘lib turish imkoniyati hozirda 40 ta mamlakat fuqarolariga taqdim etilgan.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Avtobusga faqat old eshikdan chiqing”

“Toshshahartransxizmat” yo‘lovchilarga murojaat qilib, avtobuslarga faqat old eshikdan chiqish kerakligini hamda yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashni eslatdi.

👉 @kunonline
Rossiyaning o‘z nefti eksportining katta qismida G7 davlatlarining narx cheklovini aylanib o‘tmoqda — The Financial Times

Avgust oyida Rossiyadan dengiz orqali tashilgan neft hajmining 3/4 qismi barreliga 60 dollarlik narx chegarasiga rioya qilish richagi hisoblanadigan g‘arb sug‘urtasisiz amalga oshirishgan.

👉 @kunonline
Qirg‘izistonda un va bug‘doy eksportiga 6 oylik taqiq joriy etildi

Qaror oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxini barqarorlashtirish uchun qabul qilingan.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Qora dengiz floti shtabiga zarba berilishi videosi Binoga kamida ikkita raketa urilgan bo‘lishi mumkin. 👉 @kunonline
Ukraina tomoni RF Qora dengiz flotining Sevastopoldagi shtabiga berilgan raketa zarbasi oqibatida flot qo‘mondoni halok bo‘lganini xabar qildi

«Qora dengiz floti shtabiga zarba berilganidan keyin 34 zobit halok bo‘ldi, ular orasida RF Qora dengiz floti qo‘mondoni ham bor. Yana 105 bosqinchi yaralangan. Shtab binosi tiklab bo‘lmas holatga kelgan», deyiladi xabarda.

Qo‘mondon nomi keltirilmagan. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, flotga 2022-yil avgustidan buyon Viktor Sokolov rahbarlik qilib kelayotgandi.

👉 @kunonline
Shanba kuni Ukrainaga Abrams tanklarining ilk partiyasi yetib kelgan

Zelenskiy dastlab New York Times nashri tarqatgan ma’lumotni tasdiqladi. Amerika tomoni jami 31 ta tank yetkazib berishni va’da qilgan.

👉 @kunonline
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 26-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 206,13 so‘m (–5,94)
🇷🇺 RUB 127,07 so‘m (–0,09)
🇪🇺 EUR 12 981,22 so‘m (–11,20)

👉 @kunonline
Rossiya Markaziy banki 2023-yilning oktabrida 1000 va 5000 rubllik banknotalarning modernizatsiya qilingan variantlarini taqdim etadi

Rossiya MB raisi o‘rinbosari Sergey Belovning aytishicha, modernizatsiya qilingan banknotalar 100, 200 va 2000 rubllik yangi banknotalar singari yangi dizayda yasaladi, ranglar gammasini saqlab qoladi, ko‘proq himoya elementlariga ega bo‘ladi.

👉 @kunonline
Temiryo‘l kompaniyasi avtomobilda yuk tashish bilan raqobat qila olmayapti - Shavkat Mirziyoyev.

Aytilishicha hozir ichki bozorda mahsulotning atigi 5 foizi, eksportda esa 45 foizi temiryo‘l orqali tashilmoqda.

👉 @kunonline
Tolibon Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan Afg‘oniston shaharlarida kuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha muzokara olib bormoqda — Reuters.

👉 @kunonline
«Antistrumin» dori vositasini ishlab chiqargan «Samo» MCHJ korxonasida farmatsevtik faoliyat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda — SSV Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi

👉 @kunonline
29-sentabr kuni Markaziy Osiyoning beshta davlati yetakchilari Germaniyada kansler Sholts va prezident Shtaynmayer bilan uchrashishadi

Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik va Ukrainadagi vaziyat muhokama qilinishi kutilmoqda.

👉 @kunonline