Kun.uz | Online
65.3K subscribers
8.54K photos
4.96K videos
7 files
2.38K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen

Murojaat uchun: info@kun.uz

Reklama:
+998 78 113 10 10
Download Telegram
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu: Bizning maqsadimiz — Saudiya Arabistoni bilan tarixiy sulh shartnomasini imzolash.

👉 @kunonline
Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi Yer orbitasiga 22 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini muvaffaqiyatli olib chiqdi

Sun’iy yo‘ldoshlarni kuzatuvchi Cybernews.com nashrining xabariga ko‘ra, 18-iyuldan 18-sentabrgacha SpaceX 212 ta sun’iy yo‘ldoshidan ayrilgan. Hozircha ularning orbitadan pastga sho‘ng‘ishi rejalashtirilgan bo‘lgani yoki bu biror xatolik tufayli yuz bergani noma’lum.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Foydalanishda ehtiyotroq bo’lish talab etiladi: yangi iPhone osongina egilishi ba sinishi ma'lum bo‘ldi

iPhone 15 Pro Max'ning titandan yasalgan korpusi osongina egilishi va sinishi ma’lum bo‘ldi.

👉 @kunonline
Armaniston Qorabog‘dan ko‘chib keluvchi barcha armanlarni qabul qilishga tayyor — Nikol Pashinyan

👉 @kunonline
🇹🇷🇦🇿 Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ertaga Ozarboyjonning Naxchivon muxtor respublikasida uchrashishadi.

👉 @kunonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇲 Turkmaniston parlamenti mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhammedovni oliy mukofot — «Turkmaniston qahramoni» unvoni bilan taqdirladi.

👉 @kunonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hamma istagan narsasini olsin” — Xonkandida kiyim-kechak do‘koni egasi Armanistonga ko‘chish oldidan shaharliklarga barcha molini tarqatdi.

👉 @kunonline
Xonkandi shahri Ozarboyjon energiya tizimiga ulandi — Ozarboyjon prezidenti ma’muriyati

“Xonkandi shahri Armaniston energiya tizimidan uzilib, Ozarboyjon energiya tizimiga ulanishi ta’minlandi”, deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, shahar 2021-yilda ochilgan “Shusha” nimstansiyasi orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Armaniston oldida tanlov turibdi — yo mustaqil davlat bo‘lish yoki qay bir davlatning guberniyasiga aylanish” — Pashinyan

“Armaniston kelajagi birgina insonga bog‘liq va o‘sha inson menman”, — degan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan.

👉 @kunonline
Yerevan Boku bilan sulh shartnomasi imzolashga hozirlanmoqda

Bu haqda Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan mahalliy OAVlarga ma’lum qilgan. U 5-oktabr kuni Granadada har ikki davlat rahbarlarining uchrashuvida “olg‘a qadam” tashlanishini juda istayotganini aytdi.

“Biz bu tarixiy qadamni tashlashimiz kerak. Abadiy urush hech kimga kerak emas. Biz bunga [sulh shartnomasi imzolashga] tayyormiz”, — degan Simonyan.
Indoneziya tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib Indoneziya Isroilni davlat sifatida tan olmasligi, kelgusida ham falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi

👉 @kunonline
Sharqiy Yevropa davlatlarining Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga joriy etgan embargosi tufayli Ukraina oyiga 230 mln dollar yo‘qotmoqda

Bu Kiyev bir chorakda Rossiyadan tabiiy gaz tranziti uchun oladigan daromadga teng.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Polsha Mudofaa vazirligi Belarus tomondan migrantlarning chegaraga hujum qilayotganiga oid navbatdagi videoni e’lon qildi

«Polsha chegarasiga Belarus tomonidan tashkillashtirilgan hujumlar mamlakatda vaziyatni izdan chiqarish va polyaklarning xavfsizligini tahdid ostida qoldirishni maqsad qilgan. Chegarada Polsha armiyasining kuchaytirilishi sababli Rossiya va Belarusning rejasi amalga oshmay qoldi”, — deb yozgan vazirlik X (Twitter)da.

👉 @kunonline
Latviya 2026-yilgacha rus tilida chop etiluvchi barcha jamoatchilik gazetalarini yopmoqchi

Bunday reja mamlakatning yangi milliy xavfsizlik konsepsiyasidan o‘rin olgan. Hujjat allaqachon Latviya Seymi va prezident devonxonasiga jo‘natilgan. U 1-oktabrga qadar qabul qilinishi kerak.

👉 @kunonline
AQSHning respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Ron Desantis Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishiga qarshi chiqdi

«Men Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi manfaatlarimizga javob beradi, deb o‘ylamayman. Bu bizga qo‘shimcha majburiyat yuklaydi. Toki biz qo‘shimcha majburiyatga ega bo‘lar ekanmiz, buning evaziga qanday foyda olamiz?” — degan u.

👉 @kunonline
O‘zbekistonda birinchi Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha sobiq oliy vakili Federika Mogerini so‘zlariga ko‘ra, sammit kelgusi yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

👉 @kunonline
Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga 6 trln so‘m va 1,2 mlrd dollar yo‘naltiriladi

Prezident tomonidan «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

👉 @kunonline
Malayziya Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv markazi tashkil etadi

👉 @kunonline
Fransiya 2027-yilgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirdan voz kechadi

Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi.

👉 @kunonline
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bugun Ozarboyjonga tashrif buyuradi

Turkiya rahbari bir kunlik amaliy safar bilan Ozarboyjonning Naxchivan avtonom respublikasiga boradi.

👉 @kunonline