Kun.uz | Online
65.4K subscribers
8.54K photos
4.96K videos
7 files
2.38K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen

Murojaat uchun: info@kun.uz

Reklama:
+998 78 113 10 10
Download Telegram
⚡️ Rasman: Ukraina va Moldova Yevropa Ittifoqi a'zoligiga da'vogar maqomiga ega bo'ldi.

👉 @kunonline
AQSH Oliy sudi Nyu York shtatida chiqarilgan qurol olib yurish tartibini o'zgartirish to'g'risida qonunni bekor qildi. Bekor qilingan qonunga ko'ra fuqarolar qurol olib yurishi uchun ehtiyoji borligini isbotlashi talab qilinardi.

Oliy sudda qonunni qo'llab 3 kishi, unga qarshi 6 kishi ovoz bergan.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇦🇿 Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Xivadagi qabul chog‘ida O‘zbekistonga tashrifi taassurotlarini san’atkorlar qarshisida izhor etdi.

👉 @kunonline
Dubaydan Isroil poytaxti Tel-Aviv shahriga ilk aviareys amalga oshirildi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyda xonadon sohibi uyini buzish uchun kelgan ekskavatorni salyutlar yordamida haydab soldi.

👉 @kunonline
❗️Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi Regulation.gov.uz'ga qo‘yilmaydi

Loyiha ertaga, 25-iyunda “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalari va “Mening Konstitutsiyam” saytida e’lon qilinib, 10 kun jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi. Deputatlar loyihani birinchi o‘qishda ma’qulladi (suratda – ovoz berish natijalari).

👉 @kunonline
🔺 AQSH dollarining rasmiy kursi ko‘tarildi

Markaziy bank 27-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 10 839,90 so‘m (+9,73)
🇷🇺 RUB 202,99 so‘m (-0,97)
🇪🇺 EUR 11 439,35 so‘m (+48,18)

👉 @kunonline
O‘zbekistonda bloklangan Twitter, TikTok va VKontakte ijtimoiy tarmoqlari blokdan chiqariladi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Avvalroq rasmiylar Konstitutsiyaga har kim internetdan foydalanish huquqiga ega ekanini kiritish kerakligini aytgandi.

👉 @kunonline
⚡️O‘zbekiston prezidentining vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish taklif etilmoqda. Bu – Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasiga kiritilgan.

👉 @kunonline
Qonun loyihasi.pdf
351 KB
Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi

64 ta moddaga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma qo‘shish taklif etilyapti.

👉 @kunonline
Oliy Majlisning vakolatlaridan biri o'zgaradi

Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlaridan biri: “O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish” deb ifodalangan vakolati “O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga oid masalalarni ko‘rib chiqish, davlat strategik dasturlarini qabul qilish” deb o‘zgartirilmoqda.

👉 @kunonline
Hokimlar saylanmaydi. Mahalliy kengash raislari saylanadi – kim tomonidan?

Konstitutsiya loyihasiga ko'ra, hududlarda ijro etuvchi va vakillik organlari bir-biridan ajratiladi. Hududdagi ijro hokimiyatiga hokim, vakillik organi – hududiy kengashga esa kengash raisi boshchilik qiladi.

Mahalliy budjetni shakllantirish vakolati hokimda bo'ladi. Kengash esa hokim taqdimiga binoan budjetni ko'rib chiqadi va qabul qiladi.

Kengash raisi kengash deputatlari orasidan saylanadi. Kengash raisligi uchun hudud aholisi o'rtasida alohida saylov o'tkazilishi ko'zda tutilmagan.

👉 @kunonline
Qozog‘istonda chegara xizmatining sobiq boshlig‘i qo‘lga olindi

Darxon Dilmanov Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari – Chegara xizmati direktori bo‘lib ishlagan vaqtda vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumonlanyapti. Mahalliy OAVga ko‘ra, gap qozoq-xitoy chegarasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari haqida ketyapti.

👉 @kunonline
Rossiya Mudofaa vazirligi Severodonetsk ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilganini ma’lum qildi

Vazirlik xabarida “Azot” zavodi hududini “LXR” militsiyasi to‘liq nazorat qilayotgani aytiladi. Kecha Lugansk oblasti rahbari Sergey Gayday ukrain qo‘shinlariga Severodonetskdan chekinib, mustahkamroq pozitsiyalarga o‘tish topshirig‘i berilganini aytgandi.

👉 @kunonline
🟡Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

🔹Ukraina razvedkasiga ko‘ra, Rossiya bombardimonchilari ilk bor Belarus ustidan qanotli raketalar uchirdi. Bungacha qanotli raketalar Qora dengiz ustidan, shuningdek Kaspiy dengizi ustidan uchirilardi. 25 iyun tongida Ukraina tomon, jumladan mamlakat shimoli va g‘arbiga ham 48 ta qanotli raketalar uchib kelgan.

🔹Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi Severodonetsk hududidagi harbiy harakatlar to‘g‘risida ma’lumot bermay qo‘ygan. Lugansk oblasti rahbari ukrain harbiylari shaharni tashlab chiqqanini ma’lum qilgan. Shuningdek Lisichansk shahriga janubdan hujum qilinmoqda.

🔹Ilon oroliga (Zmeiniy) hujum davom etmoqda, Ukraina tomonining navbatdagi zarbalari oqibatida Rossiyaning radiolokatsion stansiyasi, shuningdek ikkita «Pantsir» zenit-raketa majmuasi yo‘q qilingan. O‘z navbatida Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari orol hududida bir necha dronlar va baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari snaryadlari urib tushirilganini ma’lum qilgan.

🔹Britaniya harbiy razvedkasi hisoblashicha, iyun oyida Rossiyaning turli harbiy tuzilmalarida qo‘mondonlik qilgan bir necha general lavozimini yo‘qotgan. Masalan, Rossiya mudofaa vazirligi hisobotida general-polkovnik Sergey Surovikin Donbassdagi janubiy guruh qo‘mondoni sifatida keltirilgan. U avvalroq havo-kosmik kuchlari qo‘mondoni sifatida ma’lum edi.

🔹Putin va Lukashenko Peterburgda muzokaralar o‘tkazdi. Rossiya prezidenti Belarusga «Iskander-M» raketa majmualari yetkazib berilishini va’da qildi. Bu qurollar yadro kallaklari bilan jihozlanishi mumkin.

🔹Roven oblastiga raketa zarbalari oqibatida uch kishi halok bo‘lib, to‘rt kishi yaralangan.

🔹Rossiya armiyasi maktab bitiruvchilari bilan to‘ldirilishi mumkin - Davlat dumasi o‘rta ta’lim diplomini olgandan keyin darhol shartnoma imzolashga imkon beradigan tuzatish tayyorlamoqda.

👉 @kunonline
Tongda RF qurolli kuchlari Kiyevga zarba yo‘lladi. Xabarlarga ko‘ra shahar tomon uchirilgan 14 raketadan faqat 4 tasi yetib kelgan. Kamida bitta raketa turar joy binosiga kelib tushgan, xarobalar ostida odamlar qolib ketgan.

👉 @kunonline
🇺🇦 Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich bugun mamlakat mudofaasi uchun qiyin kun bo‘lishini aytdi.

«Kun bo‘yi «Kiyev yo‘nalishiga ishlashadi», boshqa hududlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi», dedi Arestovich.

👉 @kunonline
Kiyev yana o‘t ichida qoldi

👉 @kunonline