Kun.uz | Online
54K subscribers
10.1K photos
6.12K videos
10 files
2.81K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen
Murojaat uchun: @kunuzmurojaat
Reklama:
+998 78 113 77 33
Download Telegram
Isroil armiyasi Gʻazo shahrini toʻliq egallash va Hamasni butunlay yoʻq qilish maqsadida yangi hujum boshladi

Shahar osmonida dronlar va qiruvchi samolyotlar uchmoqda: falastinliklar vayron boʻlgan uylarini tark etmoqda. Genotsid ayblovlari va xalqaro tanqidlar Netanyahu hukumatining qarashlariga taʼsir qilmayapti. Shu kunga qadar Isroilning hujumlari oqibatida Gʻazoda 62 mingdan ortiq inson halok boʻldi, ularning 20 mingga yaqini bolalar.

👉 @kunonline
😡580😢5630👎23👍4🤔2🔥1
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi yana pasaydi

Markaziy bank 22-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 413,79 soʻm (–52,65)
🇷🇺 RUB 154,86 soʻm (–0,56)
🇪🇺 EUR 14 468,27 soʻm (–48,90)

👉 @kunonline
👍123👎2521😁12🤔5🤨3
1-sentyabr — Mustaqillik kunibayram munosabati bilan:

5 ish kuni ishlovchilar 3 kun – 30-avgust (shanba), 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram) kunlari;

6 ish kunida ishlovchilar 2 kun – 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram) kunlari dam oladi.

👉 @kunonline
👎240😁66👍3312🔥7😢7🤔6🤨2😡2
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi yana pasaydi

Markaziy bank 25-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 357,09 soʻm (–56,70)
🇷🇺 RUB 153,49 soʻm (–1,37)
🇪🇺 EUR 14 330,52 soʻm (–137,75)

👉 @kunonline
1👍20644👎39😁11🔥10😢4🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyda qurilayotgan ko‘prik qulab tushdi

Qurilish hududidagi 12 ishchi halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan.

👉 @kunonline
😢155👍3621😁15😡7🤔5👎3🔥2
Bugun, 25-avgust kuni Isroilning Gʻazodagi Nasser shifoxonasiga qilgan hujumi oqibatda 15 kishi, jumladan toʻrt nafar jurnalist o'ldirildi.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, ikkinchi zarba qutqaruvchilar, jurnalistlar va boshqa odamlar birinchi hujum sodir boʻlgan joyga yetib borganidan keyin amalga oshirilgan.

👉 @kunonline
😡272😢3314👎4👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G'azo hukumati Media idorasiga ko‘ra, Nasser shifoxonasiga qilingan Isroil hujumida quyidagi yirik nashrlarning to‘rt nafar jurnalisti halok bo'lgan:

Hossam al-Masri – Reuters axborot agentligi fotomuxbiri

Mohammed Salama – Al Jazeera fotomuxbiri

Mariam Abu Daqa – The Independent Arabic va Associated Press bilan ishlagan jurnalist

Moaz Abu Taha – NBC telekanali jurnalisti

👉 @kunonline
😡385😢73👎2319👍2
Kun.uz | Online
G'azo hukumati Media idorasiga ko‘ra, Nasser shifoxonasiga qilingan Isroil hujumida quyidagi yirik nashrlarning to‘rt nafar jurnalisti halok bo'lgan: Hossam al-Masri – Reuters axborot agentligi fotomuxbiri Mohammed Salama – Al Jazeera fotomuxbiri Mariam…
Isroil armiyasi Nasser shifoxonasiga hujum qilganini tasdiqladi

Isroil armiyasi “Nasser shifoxonasi hududida zarba berilgani” haqida bayonot berdi. Lekin, 19 kishi, jumladan besh nafar jurnalist halok boʻlgan hujumning maqsadi haqida izoh bermadi.

BMT vakili Francheska Albaneze Gʻazodagi bugunga hujumdan keyin Isroilga toʻliq sanksiyalar joriy etishga chaqirdi.

“Qutqaruvchilar xizmat burchini ado etayotganda oʻldirildi. Bunday manzaralar Gʻazoda har lahza yuz bermoqda, koʻpincha koʻrilmayapti, hujjatlashtirilmayapti. Men davlatlarga murojaat qilaman: bu qirgʻinni toʻxtatish uchun yana qancha manzara guvohi boʻlish kerak? Blokadani buzib tashlang. Qurol embargosini joriy qiling. Sanksiyalar qoʻying,” –
deb yozdi Albaneze.

👉 @kunonline
😡41796👍50😢40👎11🔥7🤔7🤨3
Hamas soʻzchisi Abu Ubayda oʻldirildi

Isroil mudofaa vazirligiga koʻra, berilgan zarbalar natijasida Hamas harbiy qanoti — Al-Qassam brigadalari soʻzchisi Abu Ubayda halok boʻlgan. Falokatli hujum 30-avgust kuni Gʻazo shahrining Rimal mahallasida boʻlgan. Hamas ushbu voqea yuzasidan hali hech qanday rasmiy izoh bermadi.

Abu Ubayda nomi bilan mashhur boʻlgan 40 yoshli Huzayfa Abdulloh al-Kahlout koʻp yillar davomida Hamas roliklarida harbiy kiyimda va yuzini yashirgan holda paydo boʻlgan.

👉 @kunonline
3😡225😢14933👍16👎6🔥3😁3
Sudanda ko‘chki butun bir qishloqni yer bilan yakson qildi - qurbonlar soni mingdan oshdi

Fojia mamlakat g‘arbidagi Marra tog‘larida sodir bo‘ldi. Rasmiylarga ko‘ra, mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, faqat bir kishi omon qolgan.

Bu so‘nggi yillarda mintaqada ro‘y bergan eng dahshatli falokatlardan biri bo‘ldi.

👉 @kunonline
😢11028👎4🤨3👍2😁2😡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navoiyda mijoz mehmonxona xodimini yuziga musht tushirdi

Navoiy shahridagi Tinchlik Plaza mehmonxonasida eshik ogʻasi boʻlib ishlovchi 21 yoshli yigit mijoz tomonidan kaltaklandi. Holat yarim tunda, mehmonxona hovlisida “PREZIDENT SOVGʻASI” deb yozilgan mashina oldida sodir boʻlgan. Mashina paralimpiada chempioni Elbek Sultonovga tegishli ekani maʼlum boʻldi.

Kun.uz manbasining aytishicha eshik ogʻasini sportchi bilan birga kelgan shaxs urgan. Muammo ovqat uchun pul toʻlash masalasida kelib chiqqan.

👉 @kunonline
😡395👎4018😁4👍3😢3🤨3
Piskentda avtomobillarni sinovdan oʻtkazish bekor qilindi

2025-yil 2-sentyabrdan avtomobillarni Piskent sinov majmuasida sinovlardan oʻtkazish amaliyoti toʻxtatiladi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ushbu tartibni 2024-yilning 1-noyabridan boshlab amalda joriy qilgan va “isteʼmolchilar manfaatlarini taʼminlash” maqsadida ekanini aytgandi.

Lekin jamoatchilik bu tartibni Oʻzbekistondagi avtomobil monopoliyasini qoʻllab-quvvatlash sifatida baholagan.

👉 @kunonline
1👍328😁4140🔥10😡6🤨2😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyda dunyodagi birinchi ko‘zguli quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Gansu provinsiyasida 30 000 ta ko‘zgu quyosh nurlarini 200 metrlik minoralarga yo‘naltiradi. U yerda tuz eritmasi eritilib, bug‘ hosil qilinadi va turbinalarni aylantiradi. Quvvati — yiliga 1,8 mlrd kVt·soat bo‘lib, bu qariyb 170 000 ta xonadonga yetadi.

👉 @kunonline
1👍248🔥4036👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KXDR ilk bor o‘z harbiylarining Kursk viloyati uchun janglarda ishtirok etgan kadrlarini namoyish qildi.

Syujetda Shimoliy koreyaliklar ukrain texnikasini yo‘q qilgani, dronlarni urib tushirgani va Ukraina qo'shinlari nuqtalariga hujum qilgani ko‘rsatilgan.

👉 @kunonline
👎179👍84🔥44😁2915😡14🤔12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ShHT sammitiga kelgan birinchi xonimlar Xitoy prezidenti Si Jinpinning rafiqasi Pen Liyuan boshchiligida Xayxe daryosida sayr qildi

👉 @kunonline
👍226😁56👎20🤨1413🔥6😡3
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoyga keldi

U ertaga Pekindagi Tiananmen maydonida Xitoy yetakchisi Si Jinping, Putin va boshqa prezidentlar bilan yirik harbiy paradni tomosha qiladi.

👉 @kunonline
😁256👍8535🤨8🤔6🔥4👎2😢2