Kun.uz | Online
📛 Surxondaryo oʻrmonlarida yongʻin hamon davom etmoqda Kun.uz obunachilarining xabar berishicha, 23-iyul kuni Surxondaryo viloyatida Sherobod tumanida boshlangan yongʻin hamon davom etmoqda. Guvohlar kecha va bugun ertalab ham qutqaruvchilar hamda vertolyotlar…
FVV Surxon qoʻriqxonasidagi yongʻin oʻchirilganini maʻlum qildi
“Ayni vaqtda yongʻin bartaraf etilgan hududning ayrim joylarida shox-shabbalar qoldiqlaridan tutun chiqishi holatlari kuzatilmoqda. Ushbu holat yongʻinning qaytadan roʻy berishiga olib kelmaydi”, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining bayonotida.
FVVga koʻra, Chorvoqdagi kadrlarda koʻringan tutun esa shox-shabba qoldiqlaridan hosil boʻlgan.
👉 @kunonline

👍45❤32😁13👎4🔥4😢2😡2
Kun.uz | Online
Fargʻonada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov qamoqqa olindi Fargʻonadagi kompyuter oʻyin klubida janjal sodir qilib, klub xodimlarini guruh boʻlib kaltaklagan Otabek Vallomov va uning sheriklari qoʻlga olindi. Fargʻona viloyati IIBning Kun.uzʼga…
Fargʻonada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Sud Fargʻona shahridagi kompyuter klubida sodir etilgan bezorilik jinoyatida Otabek Vallomovdan tashqari yana 5 yigitni aybdor deb topib, ularning barchasiga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazo tayinladi. Mashhur tadbirkorning oʻgʻli ekani aytilgan Vallomov oʻshanda fuqarolarni kaltaklab, “kerak boʻlsa klubni sotib olishi”ni aytgandi.

👍308❤41😁26🔥10👎3😢1
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi yana pasaydi
Markaziy bank 28-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
🇺🇸 USD 12 581,73 soʻm (–71,75)
🇷🇺 RUB 158,34 soʻm (–1,41)
🇪🇺 EUR 14 764,66 soʻm (–106,98)

👍87❤22👎11🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saratovda koʻp qavatli turar joy binosida gaz portladi
Vayronalar ostida odamlar qolib ketgan.
👉 @kunonline
Vayronalar ostida odamlar qolib ketgan.
👉 @kunonline
😢77❤15👍15😁6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi
Ayni vaqtda quduqni likvidatsiya qilish va bosimni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
👉 @kunonline
Ayni vaqtda quduqni likvidatsiya qilish va bosimni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
👉 @kunonline
👎91😡61😁13❤10👍9😢7🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Denverda parvozga chiqqan samolyotda yong‘in chiqdi
American Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 Max samolyoti havoga ko‘tarilganida shassida yong‘in yuzaga keldi. Uchuvchilar darhol aeroportga qaytgan.
Bortda ekipajning olti nafar a’zosi va 173 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ularning barchasi avariya traplari orqali evakuatsiya qilingan.
Besh nafar jabrlanuvchiga voqea joyiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, bir kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu hodisa tufayli aeroportda 87 reys kechiktirilgan.

❤64😢19😁5🤔5🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gʻazoning ayrim hududlarida harbiy harakatlar har kuni 10 soatga toʻxtatiladi
Isroilga xalqaro bosim va tanqidlar kuchayib borayotgani fonida rasmiy Tel-Aviv Gʻazoning ayrim hududlarida harbiy harakatlarni har kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha toʻxtatishini va yangi gumanitar yoʻlaklar ochilishini eʼlon qildi.
Reuters nashrining xabar berishicha, shu bilan bir vaqtda Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklari Gʻazoga havo orqali 25 tonna insonparvarlik yordami tashladi.

👍143❤34😡27😁10😢8🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Handala” ham qoʻlga olindi
Isroil harbiylari Gʻazo sektoridagi qamalni yorib oʻtishga uringan “Handala” yordam kemasini qoʻlga olib, Ashdod portiga olib bordi.
“Handala” kemasida chaqaloqlar uchun oziq-ovqat, umumiy yegulik va dorilarni olib ketayotgan tibbiyot xodimlari, huquq faollari bor.
Avvalroq, Isroil Gʻazoga Madlean kemasida yordam olib kelgan faollarni ham ushlab, deport qilgan edi.

😡429👎45❤23🔥5👍4😢2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dushanba kuni Sheremetevo aeroportidagi tablo qizil tusga kirdi
«Aeroflot» ma’lumotiga ko‘ra, axborot tizimidagi nosozlik tufayli qariyb 50 reys bekor qilingan. Tizimga hakerlar hujumi amalga oshirilgani aytilmoqda.

😁74👍53❤22😡7👎2😢1
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi yana pasaydi
Markaziy bank 29-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
🇺🇸 USD 12 514,34 soʻm (–67,39)
🇷🇺 RUB 156,41 soʻm (–1,93)
🇪🇺 EUR 14 600,48 soʻm (–164,18)

👍93👎17❤16🔥12🤔3
Tailand va Kambodja oʻt ochishni toʻxtatishga kelishdi
Reuters nashriga koʻra, Kambodja va Tailand yetakchilari soʻnggi oʻn yillikdagi eng qonli toʻqnashuvni yakunlash maqsadida, yarim tun (soat 00:00) dan boshlab kuchga kiradigan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishdi.
Tailand va Kambodja rahbarlari Malayziyada, bosh vaziri Anvar Ibrohim mezbonligida — uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda tomonlar harbiy harakatlarni toʻxtatish va bevosita muloqotni tiklashga kelishib oldi.

👍100❤17🔥10👎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp Rossiyaga o‘t ochishni to‘xtatish uchun bergan 50 kunlik muddatni qisqartirmoqchiligini aytdi
«Prezident Putindan hafsalam pir bo‘ldi. Men unga bergan 50 kunlik muddatni kamroq songa qisqartiraman, chunki menimcha nima bo‘lishini oldindan bilaman», – dedi Tramp.

😁219👍37❤19👎9🤔4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Biz hech qanday progress ko‘rmayapmiz». Tramp Ukrainadagi urushni yakunlash masalasida Rossiyaga berilgan muhlatni nima uchun qisqartirayotganini izohladi
U kutishdan ma’no yo‘qligini aytib, yangi muddat bugundan hisoblanganda 10-12 kun bo‘lishini ma’lum qildi.
Bu muddat tugaganidan keyin Rossiyaga qarshi ikkilamchi sanksiyalar kuchga kiradi.

😁171👍55❤24👎14🔥9🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi
Bunga “Sanoat energetika guruhi” neftni qayta ishlash korxonasidagi avariya sabab bo‘lgan.
👉 @kunonline
Bunga “Sanoat energetika guruhi” neftni qayta ishlash korxonasidagi avariya sabab bo‘lgan.
👉 @kunonline
👎148😡128😁30❤8👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pekinda bir hafta ichida yillik yog‘ingarchilik normasi yog‘ib bo‘ldi. Suv toshqini oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan
Yomg‘irlar tufayli Pekinning 80 mingdan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi. Yuzlab aviareyslar kechiktirildi yoki bekor qilindi, kuchli yog‘in temiryo‘l faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatdi. 130 dan ortiq qishloqda yo‘llar shikastlangan, elektr energiyasi ta’minoti uzilgan.

❤66👍32😢20👎4🤔3🔥2😁2🤨1
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi yana pasaydi
Markaziy bank 30-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
🇺🇸 USD 12 500,01 soʻm (–14,33)
🇷🇺 RUB 151,96 soʻm (–4,45)
🇪🇺 EUR 14 471,26 soʻm (–129,22)

👍128❤17👎17🤔5😢5😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar Isroil Gʻazodagi vaziyatni oʻnglamasa, Buyuk Britaniya Falastin davlatini tan oladi — Starmer
29-iyul kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Keir Starmer, agar Isroil falastinliklarning hayotini yaxshilash yoʻlida bir qator choralarni koʻrmasa, Birlashgan Qirollik sentyabr oyidagi BMT Bosh Assambleyasida Falastin davlatini tan olishga tayyorligini maʼlum qildi.
Starmerning aytishicha, agar Isroil quyidagi aniq harakatlarni amalga oshirsa, Britaniya Falastinni tan olish qaroridan qaytadi:
- Gʻazoga koʻproq insonparvarlik yordamini kirishiga yoʻl ochish;
- Gʻarbiy sohilni anneksiya qilmaslikka qatʼiy kafolat berish;
- Falastin davlatchiligini nazarda tutuvchi uzoq muddatli tinchlik jarayoniga sodiqligini eʼlon qilish.
“Falastin xalqi dahshatli azob-uqubatlarni boshidan kechirdi. Bugun esa Gʻazoda — yordam yetishmovchiligi tufayli — biz ochlikdan qiynalayotgan chaqaloqlarni, oyoqqa tura olmaydigan bolalarni koʻrmoqdamiz. Bu tasvirlar umrimiz davomida yodimizdan chiqmaydi. Bu azob nihoyasiga yetishi kerak”, — dedi Starmer jurnalistlarga.

8❤433👍271🔥37😁15😡4😢3🤔2👎1
Kun.uz | Online
Agar Isroil Gʻazodagi vaziyatni oʻnglamasa, Buyuk Britaniya Falastin davlatini tan oladi — Starmer 29-iyul kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Keir Starmer, agar Isroil falastinliklarning hayotini yaxshilash yoʻlida bir qator choralarni koʻrmasa, Birlashgan…
Fransiya va Britaniya ortidan Malta ham Falastin davlatini tan olishini eʼlon qildi
“Bizning pozitsiyamiz Yaqin Sharqda barqaror tinchlik uchun saʼy-harakatlarga sodiqligimizni aks ettiradi”, dedi mamlakat bosh vaziri Robert Abela.
Malta hukumati shu vaqtga qadar ichki bosim ostida Falastinni tan olishga chaqirilib kelayotgan edi. Oʻrta Yer dengizidagi orol davlat boʻlgan Malta tarixan falastinliklar masalasini qoʻllab kelgan va ikki davlatli yechim tarafdori.

❤281👍134🔥22👎1😁1🤔1
30-iyul kuni Rossiyaning Uzoq Sharqidagi Kamchatka yarim oroli yaqinida 8,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi
Reuters nashrining yozishicha, zilzila binolarga zarar yetkazdi va 4 metr balandlikdagi sunami yuzaga keltirib, butun Tinch okeani boʻylab ogohlantirish va evakuatsiyaga sabab boʻldi.

😢106👍15❤10🔥5🤔5😁4🤨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSH Geologiya xizmatiga koʻra, zilzila 19,3 km chuqurlikda sodir boʻlgan va markazi Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan 119 km janubi-sharqda joylashgan.
Dastlabki magnituda 8,0 sifatida qayd etilgan, keyinchalik bu koʻrsatkich yangilandi va kuchli 6,9 magnitudali takroriy tebranish ham qayd etildi.

😢39❤17👍10👎3😁2🔥1