Kun.uz | Online
66K subscribers
8.44K photos
4.91K videos
7 files
2.37K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen

Murojaat uchun: info@kun.uz

Reklama:
+998 78 113 10 10
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qizil chiroqdan o‘tib piyodani urib yuborishiga bir baxya qolgan Malibu

Davlat raqam belgisi 01 347 DAV bo‘lgan Malibu Yoshlar ishlari agentligi direktori birinchi o‘rinbosarining xizmat mashinasi hisoblanadi. Bu lavozimda ayni damda Dilnozaxon Kattaxonova faoliyat olib boradi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi elektromobillar zavodiga bordi

Prezident bu yerda ishlab chiqarilgan birinchi elektromobilga imzo chekdi.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Toshkentda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qizil chiroqdan o‘tib piyodani urib yuborishiga bir baxya qolgan Malibu Davlat raqam belgisi 01 347 DAV bo‘lgan Malibu Yoshlar ishlari agentligi direktori birinchi o‘rinbosarining xizmat mashinasi hisoblanadi.…
Qoidalarni qo‘pol ravishda buzgan Malibu haydovchisi jarimaga tortilgan

Toshkent shahar IIBB YHXBning ma’lum qilishicha, Malibu’ning 1985-yilda tug‘ilgan haydovchisiga tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Haydovchi bilan profilaktik suhbat ham o‘tkazildi, deyiladi xabarda.

👉 @kunonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda BYD kompaniyasi prezidentini qabul qildi

Ta’kidlanishicha, Jizzaxdagi elektromobillar zavodida 1,2 ming ishchi o‘rin yaratilgan.

Prezident yaqin istiqbolda modellar qatorini kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatini yiliga 500 mingtaga yetkazish zarurligini ta’kidlagan.

👉 @kunonline
OTMlarda test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi, mandat 22-avgustga qadar e’lon qilinadi

2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024-yil 14-iyuldan 28 iyul kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

SSV matbuot xizmatiga ko‘ra, imtihonlar 28-iyulda yakunlanadi hamda 30-iyuldan boshlab 15 kun yo‘nalish tanlash imkoniyati yaratiladi.

13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin bo‘ladi) ushbu muddat yakunlanadi.

7 kunlik muddatdan so‘ng mandat hisoblanadi hamda 21-22-avgustda mandat e’lon qilinadi.

👉 @kunonline
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi yana pasaydi

Markaziy bank 28-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 555,16 soʻm (–25,11)
🇷🇺 RUB 147,69 soʻm (+2,94)
🇪🇺 EUR 13 430,25 soʻm (–16,80)

👉 @kunonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kun.uz | Online
Toshkentda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qizil chiroqdan o‘tib piyodani urib yuborishiga bir baxya qolgan Malibu Davlat raqam belgisi 01 347 DAV bo‘lgan Malibu Yoshlar ishlari agentligi direktori birinchi o‘rinbosarining xizmat mashinasi hisoblanadi.…
Qoidabuzar Malibu (01 347 DAV) Yoshlar ishlari agentligi direkorining birinchi o‘rinbosariga emas, balki boshqa rahbarga biriktirilgani ma’lum qilindi

Ta’kidlanishicha, agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonovaga 01 345 DAV raqamli Malibu avtomobili xizmat mashinasi sifatida biriktirilgan. Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, 01 347 DAV xizmat mashinasi Yoshlar agentligi direktori o‘rinbosari Feruz Ablayarovga biriktirilgan.

Agentlikning munosabatida keltirilishicha, qo‘pol qoidabuzarliklar qayd etilgan vaqtda Malibu’da haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmagan.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada Lacetti’ning gazballoni portlashi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi

Rishton tumani markazidagi dehqon bozori hududida to‘xtab turgan Lacetti portlagan. Portlash yaqinida bo‘lgan bir kishi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

👉 @kunonline
Turkiya Markaziy banki asosiy foiz stavkasini 50 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.

👉 @kunonline
Armanistonda Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo‘yicha referendum o‘tkaziladi — hukumat.

👉 @kunonline
❗️Chorsu bozorida yirik yongʻin sodir boʻldi

Bugun, 28-iyun kuni soat 01:12 da Shayxontohur tumani, Beruniy koʻchasida joylashgan Chorsu bozori hududidagi savdo doʻkonlarida yongʻin sodir boʻldi.

12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 01:17 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 02:22 da qurshab olingan va soat 02:47 da toʻliq bartaraf etilgan.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan.

👉 @kunonline
Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antonio Koshta Sharl Mishel o‘rniga Yevropa Kengashi raisi lavozimiga tayinlandi.

Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas Jozep Borrel o‘rniga Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbarligiga tayinlangan. Ursula fon der Lyayen esa Yevropa Komissiyasi lavozimida ikkinchi muddatga qolgan.

👉 @kunonline
Eronda prezidentlik saylovlari boshlandi

Eng birinchi saylov uchastkalari Yangi Zelandiyada ochildi.

👉 @kunonline