Kun.uz | Online
68.1K subscribers
7.72K photos
4.37K videos
7 files
2.3K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen

Murojaat uchun: info@kun.uz

Reklama:
+998 78 113 10 10
Download Telegram
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

16-aprel kuni soat 23:30 larda Shayxontohur tumani Furqat koʻchasida 5 ta avtomashina ishtirokida YTH kuzatildi. Nexia-3, Nexia-2, “Moskvich 412”, Tracker-2 va Monza rusumli avtomashinalar ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. YTH natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

👉 @kunonline
Toshkentda taqiqlangan modda olib yurgan haydovchi aniqlandi

“Bektemir” YPX maskanida profilaktik tadbirlar oʻtkazilgan.
Uning davomida 23 yoshli J.X. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina toʻxtatilib, hujjatlarini tekshirish davomida gap-soʻzidan xodimlarda shubha uygʻotgan.
Haydovchi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda jigarrang, oʻtkir hidli, mumsimon modda topilgan.

👉 @kunonline
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xoʻjaliklari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Quva tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazilgan. Ularda “M.E.”, “S.R.” va “I-Z.” fermer xoʻjaliklari masʼul shaxslari dala maydonlariga oʻrnatilgan suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 358,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

👉 @kunonline
Klasterlar uyushmasi va Toʻqimachilik uyushmasini birlashtirish taklif etildi

Prezident raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda Klasterlar uyushmasi va Toʻqimachilik uyushmasini birlashtirib, yagona “xomashyodan tayyor mahsulotgacha” tizimini yaratish taklif qilindi.

👉 @kunonline
Ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzi maʼlum qilindi

2024-yil 1-aprel holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi (100 mln soʻmdan yuqori) mavjud korxonalar soni 742 ta boʻlib, ularning jami qarzdorligi – 932,4 mlrd soʻm. Shundan 355,1 mlrd soʻmi, yaʼni 38,1 foizi soliq qarzi eng koʻp boʻlgan 10 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi.

👉 @kunonline
Oʻzbekistonda oʻz uyida internetdan foydalanayotgan katta yoshdagilar ulushi oshdi

Oʻzbekistonda oʻz uyida internetdan foydalanayotgan katta yoshdagilar ulushi oshgani maʼlum qilindi. 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining oʻz uyida internetdan foydalanayotganlar ulushi 67 foizni tashkil etdi.

👉 @kunonline
Instagram orqali fuqarolarni chuv tushirib kelgan 18 yoshli yigit qoʻlga olindi

20 yoshli B.X. (ayol) IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 2 400 000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganini maʼlum qilgan. Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Guliston shahrida yashovchi 18 yoshli M.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, M.A. Instagram orqali Iphone 12pro sotiladi, deya yolgʻon eʼlon joylashtirgan va bu eʼlonga ishongan jabrlanuvchi bilan telefon orqali gaplashib, oldindan 2 400 000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, uning qoʻngʻiroqlariga javob bermay, qora roʻyxatga kirgizib qoʻygan.

👉 @kunonline
NATO Oʻzbekiston Qurolli kuchlari kursantlari uchun oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazmoqda

NATO xodimlari Oʻzbekiston Qurolli kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlar harbiy alyans toʻgʻrisida maʼlumot berib, NATOga aʼzo davlatlarda serjantlar qanday tayyorlanishi boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etdi. Hamkorlikdagi oʻquv mashgʻulotlari 20-aprelgacha davom etadi.

👉 @kunonline
Toshkent viloyatida gaz zapravka sobiq hisobchisi qariyb 1 mlrd soʻmni talon-toroj qilgani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bekobod tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda, S.I. MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi sobiq hisobchisi M.X. va boshqalar avtomobillarga gaz sotuvidan tushgan jami 977,7 mln soʻmni MCHJning hisob-raqamiga kirim qilmasdan oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

👉 @kunonline
Kiyevda urushdan zarar koʻrgan Ukraina korxonalarini Oʻzbekistonga koʻchirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi

Kiyev shahrida Oʻzbekiston-Ukraina biznes kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda ikki davlat ishbilarmon doiralarining oʻzaro hamkorligi, urushdan jabr koʻrgan Ukraina korxonalarini Oʻzbekistonga koʻchirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.

👉 @kunonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G‘azodagi qochoqlar lageriga qilingan hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi — CNN

Isroil Al-Mag‘oziy qochoqlar lageriga havo hujumini uyushtirgan. Halok bo‘lgan 13 kishidan 7 nafari bolalar. 25 kishi jarohatlangan.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Dubayda kuchli yomg'ir oqibatida mahalliy aeroportni suv bosdi 👉 @kunonline
Dubay shahrida 1 sutka davomida 120 mm yomg‘ir kuzatildi

Bu shahar uchun 1 yilda yog‘ishi kerak bo‘lgan yog‘in miqdoridan ham ko‘p hisoblanadi.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Telegram foydalanuvchilari 900 mlndan oshgan

Durov shunga qaramay Telegram marketing, reklama uchun umuman mablag‘ sarflamasligini ma’lum qildi. Durov jamoasida 30 nafar dasturchi mavjud. Pavelning o‘zi jamoadagi yagona prodakt menejer hisoblanadi. U bu haqda Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lum qildi.

👉 @kunonline
Qashqadaryo va Samarqand viloyati soliq boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi

Sirojiddin Eshmatov Qashqadaryo viloyati (1-foto), Elyor Tolliyev (2-foto) esa Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

👉 @kunonline
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Davlat rahbari tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19-aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

👉 @kunonline
Tesla Cybertruck pikapini xaridolarga yetkazib berishni kechiktirmoqda – WSJ

Bu haqda nashrga pikap uchun shartnoma tuzgan xaridorlar ma’lum qilgan. Ular Tesla kechikish sabablarini tushuntirmayotganini ma’lum qilgan.

👉 @kunonline
O‘zbekistonda erkaklar va ayollar soni 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra:

Ayollar soni — 18 354 591
Erkaklar soni — 18 608 671

Erkaklar soni ayollar sonidan 254 080 kishiga ko‘proq.

👉 @kunonline
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi 12700 so‘mga yaqinlashdi

Markaziy bank 18-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 694,96 soʻm (+23,12)
🇷🇺 RUB 134,66 soʻm (+0,02)
🇪🇺 EUR 13 508,71 soʻm (+39,81)

👉 @kunonline
Toshkentda “uchastkavoy” pichoqlandi

Holat 14-aprel kuni Yangihayot tumanida yuz bergan. Aniqlanishicha, IIB XPB profilaktika inspektorlari bir xonadonda janjal bo‘layotganligi haqidagi xabarga aniqlik kiritish maqsadida yetib borishgan.

Xonadon egasi mast holda xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, profilaktika inspektorlarining biriga ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Tan jarohati olgan profilaktika inspektori shifoxonaga olib borilgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

👉 @kunonline