Kun.uz | Online
68.1K subscribers
7.81K photos
4.46K videos
7 files
2.31K links
Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali

Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen

Murojaat uchun: info@kun.uz

Reklama:
+998 78 113 10 10
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Amudaryoda yangi koʻprik ochilishidan soʻng Qoraqalpogʻiston va Xorazm faollari bilan muloqot qildi

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda avtobus va Tracker to‘qnashgan joydan tasvirlar - IIBB

👉 @kunonline
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi ko‘tarildi

Markaziy bank 1-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 496,80 so‘m (+11,86)
🇷🇺 RUB 137,81 so‘m (+2,18)
🇪🇺 EUR 13 560,28 so‘m (+76,54)

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatining bir qator tumanlarida qalin qor yog‘moqda

👉 @kunonline
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ikki soat davomida Federal kengashga murojaatnoma qildi. U o‘z so‘zlarini Rossiyaning g'alabasiga ishonishi bilan yakunlagan.

👉 @kunonline
Armaniston Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod bo‘lishga tayyor — Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan

👉 @kunonline
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Humo Air aviakompaniyasi 10-martdan boshlab Oʻzbekiston boʻylab ichki reyslarni vaqtinchalik toʻxtatayotganini ma'lum qildi

Aviakompaniya aprel oyidan boshlab BAA, Turkiya, Xitoy, Qatar va Ozarboyjonga xalqaro reyslar yoʻlga qoʻyilishini ham ma'lum qildi.

👉 @kunonline
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi

Ushbu holat Xonqa tumanidagi 36-maktabda sodir bo‘lgani ma’lum qilindi. O‘quvchilarda tan jarohatini aniqlash uchun sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tekshiruv harakatlari Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

👉 @kunonline
Ertaga 1-martdan boshlab Qozogʻistonda yagona soat zonasi — UTC+5 (Oʻzbekistondagi kabi) amal qila boshlaydi

👉 @kunonline
Amerikalik jurnalist Taker Karlson Putin bilan intervyusidan keyin chiqish qilgan podkastda denatsifikatsiya «shu paytgacha eshitgan narsalari ichida eng ahmoqonasi» ekanini ta’kidladi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hindistonda jahllangan fil rossiyalik turist ayolni xartumi bilan qisib, aylantirib yerga urdi. Rossiyalik turist ayolning oyog‘i sinib, kasalxonaga tushgan.

👉 @kunonline
Pentagon rahbari Lloyd Ostin AQSHdan qo‘llab-quvvatlash bo‘lmayotgani sababli Ukrainaga artilleriya qurollari va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun o‘q-dorilar yetishmovchiligi tahdid solayotganini xabar berdi.

👉 @kunonline
AQSH prezidenti Jo Bayden G7 davlatlarining iyunda o‘tadigan sammitigacha Rossiyaning muzlatilgan pullaridan Ukrainaga yordam foydalanish bo‘yicha siljish bo‘lishini xohlamoqda — Bloomberg.

👉 @kunonline
Hindiston sanksiyalar tufayli Rossiya nefti o‘rniga boshqasini qidirmoqda — Bloomberg

Nashrga ko‘ra, vaziyat bilan tanish neftni qayta ishlash zavodlari rahbarlari AQSH tomonidan sanksiyalarning qat’iylashtirilishi Hindiston va Rossiya o‘rtasidagi neft savdosiga xalaqit bermoqda va mamlakat boshqa yetkazib beruvchilarni axtarishga majbur bo‘lmoqda. Jumladan, Saudiya Arabistonidan Hindistonga neft yetkazish hajmi fevral oyida 22 foizga o‘sgan.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda kuchli qor yogʻmoqda. Samarqand xalqaro aeroporti samolyotlarni qabul qilmayapti

👉 @kunonline