"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.01K subscribers
3.45K photos
106 videos
6 files
947 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
#Kitob yarmarkasi

📚 Avval xabar berganimizdek korxona xodimlarini ayniqsa yoshlarni kitob o‘qishga jalb qilish va maʼnaviy jihatdan sog‘lom qilib voyaga yetkazish maqsadida korxona majlislar zalida kitoblar yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

📖 "Kitob dunyosi kitob markazi" tarmoq savdo muassasa bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan yarmarkaga xodimlarning kitob olishlari uchun qulaylik yaratildi.

📌 Maʼlumot o‘rnida kitoblar yarmarkasi ertaga 26 aprel kuni soat 17:30 gacha davom etishini maʼlum qilamiz.

📔 Kitob o‘qishga qiziqishi yuqori bo‘lgan barchani KITOBLAR yarmarkasiga taklif qilamiz.

Manzil: Korxona majlislar zali.
E"LON!

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK  mavjud boʻsh ish oʻrni "Barsa kelmes tuz koni"ga "Feldsher" shtat birligiga tanlov asosida ishga qabul qilinishini maʼlum qilamiz.

Tanlov shartlari:           
O'rta maxsus ma'lumotga ega
Kamida 3 yil ish stajiga ega


Manzil:  Qoʻngʻirot tumani “Elabad” SHFY “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK
Sanasi:  30.04.2024 yil
Vaqti:    15:00
📚Farzandimga kitob sovg'a etaman.

⚡️Bugun 52-sonli umumta'lim maktabida kitob yarmarkasi tashkil etilmoqda.
Yarmarka doirasida "Farzandimga kitob sovg'a etaman" loyihasi tashkil etilmoqda.
EʻLON

⚡️Korxona kasaba uyushmasi ish rejasiga asos korxonada ishlovchi xotin-qizlar oʻrtasida sportning “Stol tennis” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishini maʻlum qilamiz.

Sana:
29.04.2024 yil.
Vaqti:
Soat 17:00
Manzil: 52-sonli umumta'lim maktabi
EʻLON

⚡️Korxona kasaba uyushmasi ish rejasiga asos korxonada ishlovchi erkaklar oʻrtasida sportning “Stol tennis” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishini maʻlum qilamiz.

Sana:
30.04.2024 yil.
Vaqti:
Soat 17:00
Manzil: 52-sonli umumta'lim maktabi
KORXONADA “28-APREL-BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI” MUNOSABATI BILAN SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ QKda “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” doirasida aprel oyining so‘nggi haftasi “Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik haftaligi” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan korxonaning tarkibiy bo‘linmalarida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan ish joylarida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalarini takomillashtirish, shikastlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha seminar tashkil etildi. Seminar yakunida faol boʻlgan bir qator sex va boʻlimlardan tayinlangan “Mehnat muhofaza”si vakillariga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati
🏓Stol tennis musobaqasi oʻtkazildi

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK kasaba uyushmasi ish rejasiga asos korxonada ishlovchi xotin-qizlar oʻrtasida sportning stol tennis turidan musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in baslarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga koʻra:

🥇-o‘rinni ADKF sexidan Usnatdinova Shohista

🥈 -o‘rinni Mahkamaviy qoʻriqlash boʻlimidan Sabirova Dilnoza

🥉 -o‘rinni Korxona boshqarmasidan Kuchkarova Bagjan egalladi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati