"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.05K subscribers
3.67K photos
111 videos
6 files
962 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda 2021-2022-yillarda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va 2021-yil 15-noyabrdan 15-dekabr oralig‘ida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalari aʼzolari orasida yong‘in o‘chirish amaliy sporti musobaqasi o‘tkazildi.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Korxona xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida erkaklar oʻrtasida sportning basketbol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi
Unga koʻra
1-oʻrinni ADKF sexi
2-oʻrinni Ohaktosh kuydirish va soʻndirish sexi
3-oʻrinni Qadoqlash sexi jamosi qoʻlga kirgizdi.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Korxonada "Tenge Bank" ATB universal bankining zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar haqida bank xodimlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Facebook |Instagram |Telegram|Web Site
8-dekabr - “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” munosabati bilan korxona xodimlari uchun konsert dasturi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Sana: 07.12.2021y
Vaqti: 16:00
Manzil: Korxona katta majlislar zali.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya soʻnggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020-yil 24-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati oʻzining turli koʻrinishlari bilan taraqqiyotimizga gʻov boʻlmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib boʻlmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmogʻi rivojlanmaydi”.

Facebook |Instagram |Telegram | Web Site
Forwarded from Bosh prokuratura
​​Ҳурматли фуқаролар !

Сўнгги йилларда мамлакатимизда коррупцияга қарши курашиш соҳасида муҳим ташкилий-ҳуқуқий ислоҳотлар амалга оширилмоқда.

Бу жараёнда аҳолининг барча қатламлари фаол иштирок этиб келаётганлиги қувончли ҳолдир.

Мазкур ислоҳотларнинг мантиқий давомийлигини таъминлаш ва ўз ечимини кутаётган масалаларни ҳал этиш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Президентининг жорий йил 22 ноябрь куни қабул қилинган “2022–2023 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистон маъмурий ислоҳотлари дастурини ишлаб чиқиш бўйича ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармойиши ижроси юзасидан Бош прокуратура томонидан давлат бошқаруви органларида коррупциянинг олдини олиш бўйича таклифлар ишлаб чиқилмоқда.

Шу боис, барча фуқароларни, нодавлат нотижорат ташкилотлари вакиллари, журналист ва блогерларни мазкур жараёнда фаол иштирок этишга чақириб қоламиз.

Агарда, Сизда давлат бошқаруви органлари фаолиятида коррупциянинг олдини олиш борасида асослантирилган таклифларингиз бўлса, уларни @Antikor_tashabbus_bot манзилига юборишингизни сўраймиз.

Ўзбекистон тараққиётига ғов бўлаётган коррупция иллатига биргаликда барҳам берайлик.

👉 @uzbprokuratura
Bugun Karaumbet tuz koni negizida korxona mutasaddi xodimlari sa'y-harakati bilan osh tuzi tayyorlash sexi ishga tushirildi.

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Bugun korxona majlislar zalida 8-dekabr “O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda:
Korxona bosh direktori J.I.Mustafaev xodimlarni bayram bilan tabrikladi va tadbirni ochib berdi.
Tadbir davomida bayram arafasida oʻtkazilgan sportning badminton va basketbol musobalari gʻoliblariga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Tadbir soʻngida xodimlarning madaniy dam olishlari uchun konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Bayram muborak!
Facebook |Instagram |Telegram |Web Site
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
8-dekabr "O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi kuni" bilan barcha Oʻzbekiston xalqini va yurtdoshlarimizni chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Yurtimiz tinchligi osmonimiz musaffoligi hech qachon bizni tark etmasin. Zero, qomusiga amal qilgan xalq kelajagi buyuk boʻladi.
Bejizga, ”Qomusli el-nomusli el” deyshmagan. Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida samarali mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizga muvaffaqiyatlar, mustaxkam sogʻliq, oilaviy tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.
Hurmat bilan
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK
Bosh direktori
J.I.Mustafayev

Facebook |Instagram |Telegram |Web Site