Safarov
85 subscribers
580 photos
78 videos
456 links
Shaxsiy blog


Aloqa uchun @Safarovga_bot
Download Telegram
Saida Mirziyoyeva Prezident farmoni bilan Prezident yordamchisi lavozimiga tayinlanibdi. Yangilangan administratsiya tarkibi ham elon qilinyapti nihoyat.
Bu davlatmi yoki amirlikmi yo oilaviy molxonami, degan savol bersak bo'larmikin bazilarga?
Nu, dyaaa...
Ok, narxniku oshirishyapti ekan. Lekin, narx oshsa gaz, svet bemalol bo'lishiga kimdir aniq kafolat bera oladimi? Komfort kabinetida o'tirib qaror qabul qilayotganlardan kimdir... Prezidentmi, bosh vazirmi, qani kim? Kim? Hech kim, shunaqami?
Sentyabrdagi Nyu Yorkka amalga oshirilgan keng ko'lamli tashrif va hozirgi Putin tug'ilgan kuni arafasidagi Rossiyaga tashrif o'rtasida qandaydir bog'liqlik bormi yo'qmi - bilmadim ochig'i. Lekin YeOII masalasi yana ko'tarilayotgani yomon. Menimcha.
Ishqilib tinchlik bo'lsin. Sog'lik bo'lsin. Xayrli bo'lsin
Ichki xotirjamlik
Adminreformaning yana bir o'xshamagan "islohoti" desak bo'ladimi buni ham? Bular strategik uyoqda tursin hattoki bir saylov muddatiga yetadigan darajada ham qarorlar qabul qila olishmaydi. Sharmandalar
Saylov o'tgandan keyin istalgan ishlarini qilishlari mumkin. Endi ularga baribir. Davlat o'ziga kerak bo'lganida bozor iqtisodiyoti tam nimalardur, qolganlarida esa monopoliya, raqobatsiz bozor muhiti yaratish uchun maks harakat qiladi. Siniq tizim. O'lik tizim. Rasvo tizim. Davlat shu(mi!?)...
Bozor mexanizmlarini joriy qilish kerakmi, okay hammaga qilsin. Bozorni ochsin. Raqobatga yo'l bersin hamma sohada. Tamom.

O'ziga kerak bo'lganda bozor muhiti deydigan, lekin qolgan aksariyat sohada bozorda monopilayalarni shakllantirgan, qo'llab quvvatlagan hukumat/davlat bu xalqni o'ylaydigan emas, o'z manfaatlarinigina o'ylaydigan hukumat/davlatga o'xsharkan. Balki menga shunaqa ko'rinar. Balki aslida ham shundaydir. Balki bunadanam battardir. Balki teskarisidir. Balki, balki... Bilmadim.
O'qiyapmiz budjetta pul tugagani haqida. Budjet taqchilligi oshib ketayotgani haqida. Yanayam ko'proq hashamatli qilib tadbirlar o'tkazlaring. Yanayam ko'proq koshonalar quringlar. Keraksiz narsalarga pullarni sovuringlar. Hech qisi yo'q, xalqni istalganicha sog'ish mumkin. Saylov bo'lsa o'tti. Sharmandalar
Nu, lekin o'zining saylanishi uchun raqobatga yo'l qo'ymaydiganlar qanaqqilib bozorni ochardi? Shunaqami? Bilmadim
Bazida o'ylab qolamanda, qanaqqilib, qaysi vijdon bilan o'sha Shovvozsoysni qurdirgan. Qanaqqilib eyy? Shuning puliga qancha maktab qursa bo'lardi. Nimalar qilsa bo'lardi eyy. Shunchalik ham bo'ladimi eyyyy?
Hay maylida, albatta hisob kitob bor. Albatta. Hammasi uchun javob beriladi. Hammasi uchun. Hammamiz.
YaIM hajmi bizdan 4 barobardan ortiq, dunyo iqtisodiyotida 36-o'rinda qayd etilgan davlatning hukumat rahbari kelsa-yu, nimaga buncha sovuq munosabat. G'alati.

P.S. Bir paytlar Samda tantanali kutib olingan amir rahbarligidagi Qatarning YaIM ko'rsatkichi + 2ta O'zbekistonning YaIM hajmi qo'shilganda ham kattaroq davlat misol uchun. Rostanam g'alati.