Safarov
89 subscribers
578 photos
78 videos
451 links
Shaxsiy blog


Aloqa uchun @Safarovga_bot
Download Telegram
Demokratik davlatlarda doim ham aynan kim uchundir ovoz berilmaydi. Kimgadir qarshi ovoz beriladi. (2020-yildagi AQSH prezidentlik saylovi bunga yorqin misol, menimcha). Shuni bilgan holda va qachondir(!) saylov sababli shu mamlakatda ham hukumat almashishiga, hokimiyatga munosib nomzodlar kelishiga umid qilgan holda saylovga boring. To'g'ri, balki bu yaqin yillarda sodir bo'lmas, lekin qachondir shunday bo'ladi, nasib qilsa. Qachondir...
Vatan qani, sevgi qani, iymon qani,
Biz ishongan, biz sig‘ingan yolg‘on qani,
Shior qani, qadr qani, inson qani,
Quyosh qani, ko‘z yosh qani, osmon qani?

Qismatimiz yo‘qlikmidi, nochorlikmi,
O‘z yerida qullikmidi, xor-zorlikmi,
Epladingiz, do‘ndirdingiz tujjorlikni,
Nega jimsiz? Itlar qani, karvon qani?

Qo‘rqamanki, bundan battar chog‘lar kelur,
Yo‘limizga siz qazigan chohlar kelur,
Dengiz-dengiz, to‘lqin-to‘lqin “oh”lar kelur,
Xalq qaerda, kuch qaerda, Cho‘lpon qani?

Otay desam, qo‘limdagi toshim yetmas,
Yig‘lay desam, ko‘zimdagi yoshim yetmas.
Qolay desam, bu tahqirga doshim yetmas,
Ketay desam, boshqa O‘zbekiston qani?!

©Mehrinoz
Boy berilgan 7 yil.
Nu, daaaaa..
66+7=73
66+7+7=80

Nu, daaaaa..
Saylov nomli tomoshalar o'tti. Buyog'iga bemalol davom etaverishadi.

Suv narxi oshirilyapti ekan. Energiya(gaz, svet) narxiniyam oshirishga anchadan buyon harakat qilishyapti, no, "mavjud sabablarga ko'ra" doim ortga surilyapti. Endi qimirlab boshlashsa kerak yana, menimcha.
Safarov
Saylov nomli tomoshalar o'tti. Buyog'iga bemalol davom etaverishadi. Suv narxi oshirilyapti ekan. Energiya(gaz, svet) narxiniyam oshirishga anchadan buyon harakat qilishyapti, no, "mavjud sabablarga ko'ra" doim ortga surilyapti. Endi qimirlab boshlashsa kerak…
"...davom etaverishadi"

Prezident qaroriga ko'ra, Toshkent shahrida 2024-yil 1-yanvardan oqar suv, jumladan texnik suv resurslaridan to'lov asosida foydalaniladi.

Davomi bor...

P.S. Aynan suv bo'yicha bo'layotgan so'nggi "islohotlar"da Toliblar qurayotgan kanalning ham qanchadur tasiri bor, menimcha.
Qo'nim bilmas jonajon TIV yana boshqa binoga ko'chibdi. Ajoyib
Saida Mirziyoyeva Prezident farmoni bilan Prezident yordamchisi lavozimiga tayinlanibdi. Yangilangan administratsiya tarkibi ham elon qilinyapti nihoyat.
Bu davlatmi yoki amirlikmi yo oilaviy molxonami, degan savol bersak bo'larmikin bazilarga?
Nu, dyaaa...
Ok, narxniku oshirishyapti ekan. Lekin, narx oshsa gaz, svet bemalol bo'lishiga kimdir aniq kafolat bera oladimi? Komfort kabinetida o'tirib qaror qabul qilayotganlardan kimdir... Prezidentmi, bosh vazirmi, qani kim? Kim? Hech kim, shunaqami?
Sentyabrdagi Nyu Yorkka amalga oshirilgan keng ko'lamli tashrif va hozirgi Putin tug'ilgan kuni arafasidagi Rossiyaga tashrif o'rtasida qandaydir bog'liqlik bormi yo'qmi - bilmadim ochig'i. Lekin YeOII masalasi yana ko'tarilayotgani yomon. Menimcha.
Ishqilib tinchlik bo'lsin. Sog'lik bo'lsin. Xayrli bo'lsin
Ichki xotirjamlik
Adminreformaning yana bir o'xshamagan "islohoti" desak bo'ladimi buni ham? Bular strategik uyoqda tursin hattoki bir saylov muddatiga yetadigan darajada ham qarorlar qabul qila olishmaydi. Sharmandalar