This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mavzudanchetlashamiz
Abdukarim Mirzayev - "Biz bu jangda yutqazdik".
Ko'ring va baho bering.
@kundaleaks

#Itsinteresting
Nemislarga firib bergan qo'shiqchi ayol.
Qo'shiqchi Edit Piaf kunlarning birida konslagerdagi asirlarga konsert beradi va konsert so'ngida barcha mahbuslar bilan birgalikda suratga tushadi. Parijga qaytgach esa suratdagi har bir mahbus suratini kattalashtirib, soxta hujjatlar tayyorlatadi. Keyingi konsertni berish uchun konslagerga borgan qo'shiqchini qo'riqchilar yaxshilab tekshirib, ichkariga kiritishadi. Ammo soqchilar hujjatlar chemadonning ikkinchi qatlami orasiga berkitilganidan bexabar edi. Yangi hujjatga ega bo'lgan asirlarning bir nechtasi o'sha kuniyoq musiqachilar niqobi ostida konslagerdan chiqib ketadi, qolganlar ham lagerdan qochishga muvaffaq bo'ladi.

#buguntarixda
—Bayramlar —
🇬🇹Gvatemalada armiya kuni.
🇸🇩Sudanda revolyutsiya kuni.
🇧🇾Belorussiyada iqtisodchilar kuni.
🇺🇿O'zbekistonda yoshlar kuni.
—Muhim voqealar—
📔 1810 - yil - Napoleon Niderlandiyani Fransiyaga qo'shib oldi.
📔 1859 - yil - fransuz akrobati Sharl Blondin Niagara sharsharasi uzra tortilgan dordan yurib o'tdi.
📔 1894 - yil - Londonda mashhur Tauer ko'prigi ochildi.
📔 1905 - yil - Eynshteyn "Harakatlanadigan jismlarning elektrodinamikasi to'g'risida" maqolasida nisbiylik nazariyasining asoslarini bayon qildi.
📔 1908 - yil - Quyi Tunguska va Lena daryolari oralig'iga bahaybat meteorit kelib tushdi.
📔 1934 - yil - "Uzun pichoqlar tuni" sodir bo'ldi.
📔 1997 - yil - "Garri Potter va faylasuflik toshi" asari nashr qilindi.
—Bu kunda tug'ilganlar—
👶 1966 - yil - o'zbek va tojik yengil atletikachisi, olimpiada chempioni Andrey Abduvaliyev.
👶 1985 - yil - amerikalik suzuvсhi, 23 karra olimpiada chempioni Maykl Felps.
—Bu kunda vafot etganlar—
⚰️ 1991 - yil - raqqosa Tamara Xonim.

#person
Maykl Fred Felps II (30.06.2020, Baltimor) - amerikalik suzuvchi, 23 karra olimpiada chempioni, 26 karra jahon chempioni.
Maykl suzish bilan yetti yoshidan boshlab shug'ullana boshlaydi. 10 yoshida o'zining yoshidagilar orasida milliy rekordni o'rnatadi. 15 yoshida 2000-yilda Afinada bo'lib o'tgan Olimpiadada qatnashadi. 15 yoshu 9 oylik paytida Jahon rekordini yangilaydi (suzish bo'yicha rekord o'rnatgan eng yosh suzuvchi).
GQ jurnali "XXI asrning 50 ta odami va hodisalari" ro'yxatida Felps 14-o'ringa loyiq ko'rilgan.
Felps 2016 yilda faoliyatini tugatgan.

#itsinteresting
Kuzu
Kuzu daraxt va yog'och joylarda yashovchi jonivor. Ko'pincha o'rmon va o'rmonli hududlarda uchraydi. Juda kam hollarda daraxtsiz va yarim-cho'l hududlarda uchratish mumkin.

#toponimtarixi
Arnasoy
Mirzacho'lning shimoliy g'arbida, Qizilqum bilan tutashgan yeridagi pasttekislik. Shuningdek, Jizzax viloyatidagi tuman. Tuman sifatida 1975-yil 26-noyabrda tashkil etilgan. Shimoliy va shimoli-g‘arbda Forish, janubida Zafarobod, janubiy-sharqda Paxtakor, sharqda Do‘stlik, shimoli-sharqda Mirzacho‘l tumanlari bilan chegaradosh.
Toponim nomi O'rta Osiyo va Qozog'istonda keng tarqalgan "arna" termini bilan bog'liqdir. Sanskrit tilida "arnos" - "suv oqimi" degan ma'no anglatadi.

Heinz
Qayerdandir "Heinz" mahsulotlarini harid qilganingizda, undagi "57 varieties" ("57 tur") yozuvini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Bu yozuv kompaniyaning har bir mahsulotida bor bo'lib, uning paydo bo'lishi haqida Genri Heinz shunday degan:
"1896-yilda Nyu-Yorkka xizmat safari bilan borayotganimda bekatlarning birida "21 turdagi poyabzal" degan yozuvli do'konni ko'rib qoldim. Shundan keyin o'z mahsulotlarimga ham numerologik yondashuvni qo'llashga qaror qildim"
Shu tariqa "57 tur" yozuvi uning mahsulotlari idishlarida paydo bo'lgan. Nega aynan 57b Sababi, 5 - Genrining, 7 esa xotinining sevimli raqami bo'lgan.

#didyouknow
Espresso, latte, kapuchino, lungo, doppio, makiato, ristretto...
Nega deyarli barcha qahva ichimliklari nomlari italyan tilida nomlangan?
Chunki dastlabki qahva tayyorlovchi mashina Italiyada yaratilgan. Qahva tayyorlashning juda ko‘p an’anaviy usullari bor, lekin ularning barchasi ko‘p vaqt oladi. 1901-yilda italiyalik Luidji Bezzera espresso tayyorlovchi ilk mashinaga patent oladi, bu mashina qahvani 30 soniyada damlab berardi. Ixtiro yashin tezligida ommalashadi, butun Italiya bo‘ylab tarqaladi va haqiqiy qahva inqilobini vujudga keltiradi. Bunday qahva mashinalarining egalari faol ravishda o‘zlarining shaxsiy qahva retseptlarini tayyorlashga kirishishadi: portsiya miqdorini o‘zgartirish, sut ko‘pigi, ziravorlar qo‘shish va h.larni tajriba qilib ko‘rishadi. O‘z o‘zidan har bir yangi chiqarilgan qahva ichimligi italyan tilida o‘z nomiga ega bo‘ladi.

1888-yilgi butunjahon ko'gazmasi uchun Parijdagi fransuz maydonida qurilayotgan Eyfel minorasi negadir Gi de Mopassan, Aleksandr Dyuma, Sharl Guno, Likont de Lil va boshqa mashhurlarning noroziligiga sabab bo'ladi. Ular hukumatga bir necha bor arz qilishadi, ammo foyda bermagach Gustav Eyfeldan ishni to'xtatishni talab qilishadi (hattoki tahdidlar bilan).
Nega ular minora qurilishiga bunchalar qarshi chiqishgan?
Ularning fikricha metal inshoot "Parijning tarixiy ko'rinishi va peyzajini buzuvchi dog'" edi. Ammo shunchalik qarshiliklarga qaramay Eyfel konstruksiyani ko'rgazmadan 10 yil o'tib buzib tashlash sharti bilan qurib bitkazadi. Ammo...
O'z davrining eng baland inshooti yuqoridagi qahramonlarimizning nafratini so'ndira olmadi. Hatto Mopassan shaharda minora ko'rinmaydigan yagona joy - "Eyfel minorasi" da choy ichishni hush ko'rardi.

🇧🇴Ganada respublika kuni.
🇨🇦Kanada kuni.
🇨🇳Xitoyda Kommunistik partiya tashkil topgan kun.
—Muhim voqealar—
📔 1813 - yil - ingliz parlamenti "Ost Indiya" kompaniyasining Hindiston bilan savdo monopoliyasiga chek qo'ydi.
📔 1837 - yil - Angliyada tug'ilish, nikoh va o'lim holatlari qayd qilina boshlandi.
📔 1867 - yil - Kanada o'zini-o'zi boshqaradigan dominionga aylandi.
📔 1877 - yil - ilk Uimbldon tennis turniri boshlandi. Unda Spenser Gor g'alaba qozondi.
📔 1916 - yil - Somma jangi bo'lib o'tdi.
📔 1946 - yil - Bikini atolida birinchi atom bomba sinovi o'tkazildi.
📔 1997 - yil - Gongkong yana Xitoy hududiga aylandi.
—Bu kunda tug'ilganlar—
👶 1646 - yil - nemis matematigi G.V. Leybnits.
👶 1804 - yil - fransuz adibasi Jorj Sand.
👶 1954 - yil - ChGK bilimdoni Nurali Latipov.
👶 1961 - yil - shahzoda Charlzning birinchi xotini malika Diana
—Bu kunda vafot etganlar—
⚰️ 1860 - yil - ixtirochi Charlz Gudiyer.
⚰️ 1896 - yil - amerikalik adiba G.B. Stou.

Nurali Nurislomovich Latipov (01.07.1954, Marg'ilon, Farg'ona viloyati, O'zbekiston) - jurnalist, siyosiy va ilmiy konsultant, "Nima? Qachon? Qayerda" teledasturi bilimdoni (Andrey Kamorin jamoasida) va ko'rsatuv tarixidagi birinchi Billur boyqush sohibi, falsafa fanlari nomzodi.
Nurali Latipov o'qituvchi oilasida tug'iladi. Yoshligidan boshlab bilim olishga qiziqqan Latipov deyarli barcha fan olimpiadalarida qatnashadi. Maktabni tugatib, Rostov Universitetining Biologiya va fizika fakultetida o'qiydi. Keyinchalik, Lomonosov nomidagi MDU da aspiranturada ta'lim oladi. Latipov faoliyatida eng yorqin vaqtlar deb uning 6 yil davomida "Nima? Qachon? Qayerda?" teleko'rsatuvidagi ishtirokini keltirish mumkin. Eng kuchli bilimdonlardan biri sifatida Latipov birinchi billur boyqush sovrinini qo'lga kiritgan. Nurali Latipov haqida batafsil.

Inson yuragi
O'rtacha butun umr davomida inson yuragi muskullari 2,5 milliard marta kichrayishi mumkin. Tadqiqodlarga ko'ra, puls kamroq bo'lgan odamlar uzoqroq yashashdi.

Armaniston
Davlat. Miloddan avvalgi IV-II asrlarda asos solingan. 1990-yil 23-avgustda SSSR dan ajralib chiqqan. Poytaxti - Yerevan.
Davlat nomi u joylashgan Malatya hududining xurritcha aytilishi "Armi" dan kelib chiqqan. Bu nom oromiy tiliga "armen-aie" tarzida o'tgan va keyinchalik fors tilida "Arminiyaiy" tarzida yangray boshlagan. Aynan shu tarzda "Behistun yozuvlari"da 6 marta uchraydi.
Ko'plab manbalarda toponim etimologiyasi "armanlar yurti" degan ma'no anglatishi haqida aytib o'tilgan. Ammo bundan boshqa turli versiyalar ham tilga olib o'tilgan.
M. Xorenatsiy fikricha toponim nomi Urartu hukmdori Arama nomiga borib taqaladi.
Armanchada davlat nomi "Ayk" tarzida aytiladi va bu toponim etimologiyasini davlatning mifologik hukmdori bo'lgan Ayka nomi bilan bog'lashlariga sabab bo'lgan.
Shuningdek, manbalarda Aykaning Armenak ismli o'g'li bo'lganligi va nom aynan uning ismidan kelib chiqqanligi haqidagi fikrlarni ham uchratish mumkin.
Ayrim olimlar joy nomini qadimgi Xayasa davlati nomi bilan ham bog'lashadi. Toponim kelib chiqishi haqidagi oxirgi versiyalarda nom minni qabilasi bilan bog'lanib, "Gar-Minni" - "Minni qabilasi tog'i" degan ma'no anglatishi ta'kidlanadi.

Bulochka o'rtasiga solingan sosiska nima uchun hot-dog deb ataladi?
Bu haqida turli versiyalar mavjud. Ana shularning biriga ko'ra, XIX asrning o'rtalarida AQSh ko'chalarida ilk issiq sosiska sotuvchilar paydo bo'lganida, ayrim hasadgo'ylar ushbu sosiskalar it go'shtidan tayyorlanganini aytib, ularni badnom qilmoqchi bo'lishgan. Ba'zi joylarda bu gap-so'zlar tasdiqlanadi ham - u vaqtlarda hali tayyor sosiskalar o'ylab topilmagan, sotuvchilar esa to'g'ri kelgan go'sht qiymasidan sosiska tayyorlardi.
Hatto, 1904-yilda AQShda "It fabrikasi" ("Dog factory") nomli komediya film suratga olinib, unda mug'ombir sotuvchilar shahar aholisini qay tariqa daydi itlardan tayyorlangan "premium" sosiskalar bilan mehmon qilayotganligi ko'rsatib berilgan...

Chashmai Ayyub - rivoyatlarga ko'ra Ayyub alayxissalom Buxoro bo'ylab dinni targ'ib qilib yurgan payti bilan bog'lanadi. Amudaryo orqali Buxoroga kirib borgan payg'ambar shahar aholisi tomonidan yuksak hurmat bilan kutib olinadi. Shunda Ayyub a.s: "Ey, Xudoyim! Ularning avlodlariga mo'l-ko'llik keltir, dushmanlari doimo mag'lub bo'lsin!» deb Buxoroliklarni duo qiladi. Keyinchalik u Buxoroda vafot etadi va qabri obodonlashtirilib ziyoratgohga aylantiriladi. Aytishlaricha bu yerda jannatdan chiqadigan buloq bor emish. Uning yonida o'sgan daraxt esa, hatto qishda ham yam-yashil turarkan.
Buloqning vujudga kelishi haqida shunday rivoyat bor: qurg'oqchilik paytida mahalliy xalq chanqoqdan o'lar holatda qolganda Ayyub a.sdan suv so'ragan. Payg'ambar o'z aso(hassa)si bilan yerni bir urib undan shifobaxsh buloq hosil qilgan. Keyinchalik buloq atrofi obod joylarga aylangan. Aytishlaricha bu suv teri kasalliklari va hatto moxov kasaliga ham shifo bo'larkan.

Chernobil AES halokatidan so'ng hudud 10 minglab inson tomonidan tozalanadi. Hukumat rasmiylari hudud tozalanganligini bildirish maqsadida yuqoridagi reaktor quvuriga qizil bayroq osib qo'yishni buyurishadi. Atrof tozalanganiga qaramay eng kuchli radiatsiya reaktor tomida edi va tabiiyki bu operatsiya inson hayoti uchun juda havfli edi. Uch kishi bu ishni bajarish uchun reaktor tomiga chiqishga majbur qilinadi...
Operatsiya muvaffaqqiyatli yakunlandi va qizil bayroq reaktor quvurida hilpiradi. Ko'rsatgan hizmatlari uchun uch yigitga bir shishadan pepsi-cola dabdaba bilan topshirildi.

🇮🇹Italiyada Siena Paliosi kuni.
🇺🇿O'zbekistonda gerb qabul qilingan kuni.
—Muhim voqealar—
📔 1776 - yil - Filadelfiyada II Kontinental kongress B. Britaniyadan ajralib chiqish haqida qaror qabul qildi.
📔 1853 - yil - Qrim urushi boshlandi.
📔 1947 - yil - Rozuelda mashhur NUJ halokati sodir bo'ldi.
📔 1964 - yil - Amerikada irqiy, diniy, jinsiy yoki milliy xususiyatlarga ko'ra kamsitishga chek qo'yish to'g'risidagi qonun qabul qilindi.
📔 1976 - yil - Shimoliy va Janubiy Vetnam Vetnam Sotsialistik Respublikasiga birlashdi. Poytaxt Saygon nomi Xoshiminga almashtirildi.
—Bu kunda tug'ilganlar—
👶 1877 - yil - nemis yozuvchisi, "Nobel" laureati (1946) G. Gesse.
👶 1904 - yil - "Lacoste" brendi asoschisi R. Lakost.
—Bu kunda vafot etganlar—
⚰️ 1566 - yil - bashoratchi Nostradamus.
⚰️ 1937 - yil - (izsiz yo'qoldi) uchuvchi A. Erxart.
⚰️ 1961 - yil - amerikalik yozuvchi E. Xeminguey.
⚰️ 1971 - yil - yozuvchi V. Nabokov.
⚰️ 1999 - yil - "Cho'qintirgan ota" muallifi M.Pyuzo.

Jan Rene Lakost (02.07.1904, Parij - 12.10.1996, Sen-Jan-de-Lyuz) - fransuz tennischisi, 10 karra "Katta dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlar g'olibi, 1926 va 1927-yillarda dunyoning birinchi raqamli raketkasi, biznesmen, "Lacoste" brendi asoschisi.
Rene 15 yoshgacha tennis o'ynamagan. Uning otasi yaxshigina biznesmen edi va Angliyaga o'g'lini o'zi bilan sayohatga olib ketadi. Angliyada Rene tennisga qiziqib qoladi. 20 yoshida Uimbldon turnirida qatnashadi lekin birinchi bosqichdayoq musobaqani tark etadi. Oradan bir yil o'tib, Rene Fransiya ochiq chempionatini yutadi. Shu yilnig o'zida u Uimbldon turnirida ham yakkalik ham juftlik bahslarida g'alaba qozonadi.
Rene raqiblarining xatosini kechirmasdi va bu uchun unga "Timsoh" laqabini berishgan. 1933-yili Rene Lakost fransuz trikotaj buyumlar kompaniyasi prezidenti A.Jilie bilan "Lacoste" firmasiga asos soladi.

Dunyoning siyosiy xaritasiga nazar tashlasak, Qozog'iston va Mug'uliston chegaradoshdek taasurot qoldiradi. Qanchalik ajablanarli bo'lmasin, Qozog'istonning sharqiy chegarasi bilan Mug'ulistonning g'arbiy chegarasi orasidagi masofa 40 km ni tashkil etadi.

Jizzax
Jizzax viloyatidagi shahar. Viloyat markazi. Shahar haqidagi ilk ma’lumotlar milodiy X asrga tegishli yozma manbalarda uchraydi. Buyuk ipak yo'lida joylashgan. Arab geograf va sayyohlari asarlarida Ustrushona davlati markazlaridan biri sifatida e'tirof etilgan.
Toponim etimologiyasi qadimgi so‘g‘d tilida «Dizak» ─ "kichik qal’a", "katta bo‘lmagan shaharcha" ma’nosini anglatadi.