Kun Tarixi
1.03K subscribers
2.46K photos
111 videos
113 links
Assalomu alaykum

Bugungi kunda nimalar bo'lganini biliah uchun bizni kuzatib boring. Chunki bizda kun tarixi berib boriladi va bugungi kunda qanday bayramlar bo'layotganligini yoritib boramiz

Savol va takliflar uchun: @TMenejer
Download Telegram
#bayramlar

Bugun 9-may - Yurtimizda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanadi.

🔹Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir.

🔹Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.

🔹Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga oliyjanoblik bag'ishlaydi.

🔹Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e‘zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag'rikeng va oliyjanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

@Kun_TarixiTG
9-may – Yevropa Ittifoqida Yevropa kuni

Yevropa kuni Yevropa Ittifoqida 9-may kuni nishonlanadi. Bu kun Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan gʻalaba va Yevropa davlatlarining tinch va ilgʻor davlatlar hamjamiyatiga birlashishini nishonlash uchun tanlangan.

Shu kuni Yevropa xalqlarining birligi va hamjihatligiga bag'ishlangan turli tadbirlar, konferentsiyalar, ko'rgazmalar va festivallar o'tkaziladi. Yevropa kunining eng muhim belgilari tinchlik kaptari va Yevropa Ittifoqi bayrog'idir.

Yevropa kuni nafaqat yevropaliklar uchun bayram, balki Yevropa Ittifoqi uchun xalqaro maydonda o‘z yutuqlari va ahamiyatini namoyish etish imkoniyatidir.‌‌

@Kun_TarixiTG
Bugun 9-may 2025-yil, juma

Bugun 9-may - Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT  — II Jahon urushi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan xotirlash va totuvlik kunining ikkinchi kuni.
🇫🇲 Yevropa Ittifoqi - Yevropa kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston — Xotira va qadrlash kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon, 🇦🇲 Armaniston,🇧🇾 Belarus, 🇬🇪 Gruziya, 🇺🇿 O‘zbekiston, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇲🇩 Moldova, 🇷🇺 Rossiya, 🇹🇯 Tojikiston, 🇲🇪 Chernogoriya, 🇧🇦 Bosniya va Garsegovina - G‘alaba kuni.
🇩🇪 Germaniya - Otalar kuni.
🇩🇰 Daniya - Gelgoland jangi kuni.
🇱🇻 Latviya - Ukrainadagi urush qurbonlarini xotirlash kuni.
🇦🇲 Armaniston - Shushani ozod qilish kuni.
🇯🇪 Jersi - Ozodlik kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy uy fronti qahramonlari kuni.

👉 VOQEALAR:

- mil. avv. 53 - Karr yonidagi jangda Krass qo‘shinlari parfiyaliklar tomonidan qirib tashlandi.
- 1502 - Xristofor Kolumb Amerikaga o‘zining so'nggi, to'rtinchi safariga Kadisdan suzib ketdi.
- 1712 - Tula qurolsozlik zavodiga asos solindi.
- 1719 - Pyotr I Rossiya imperiyasidan Iezuit ordeni vakillarini quvib chiqarishni buyurdi.
- 1886 - Coca-Cola yaratilgan ikkinchi taxminiy sana.
-1901 - Melburnda Avstraliya parlamentining birinchi majlisi bo'ldi.
- 1907 - Shu kuni amerikalik Anna Jarvis Qo'shma Shtatlarda onalar kunini bayram qilish bo'yicha milliy kampaniyasini boshladi.
- 1911 - Rus olimi B. L. Rozing   Toshentda dunyodagi ilk televizion tajribalarni o‘tkazdi. 
- 1913 - Fransiyada mashhur “Fantomas” filmi katta ekranlarga chiqdi.
- 1920 - Ridz-Smigli armiyasining harbiy paradi.
- 1927 - Avstraliya parlamenti yangi poytaxt - Kanberraga ko‘chib o‘tdi.
- 1936 - Mussolini Efiooiyaning Italiyaga qo‘shib olinganini e’lon qildi.
- 1946 - Rus davlat muzeyi ochildi.
- 1950 - Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasi tashkil topdi.
- 1955 - GFR NATO ga qabul qilindi.
- 1967 - Muhammad Ali AQSh armiyasida xizmat qilishdan bosh tortgani uchun og‘ir vazndagi jahon chempioni titulidan mahrum bo‘ldi.
- 1974 - Parij metropolitenining birinchi bo‘lagi ishga tushirildi.
- 1996 - Poytaxtimizdagi Mustaqillik maydonida G‘alaba kuniga bag‘ishlagan tantanalar bo‘lib o‘tdi.
- 1999 - O‘zbekistonda ilk bor ushbu kun Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlandi.
- 2001 - Gana poytaxtida joylashgan stadiondagi tiqilinch natijasida 126 kishi halok bo'ldi.
- 2011 - Lvovda G‘alaba kunini qizil bayroq bilan o‘tkazish tarafdorlari va unga qarshilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
- 2018 - Keniyada to'g'on o‘pirilishi natijasida 48 kishi halok bo'ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1746 - Gaspar Monj (1818) - fransuz matematigi, chizma geometriya asoschisi. 
- 1837 - Adam Opel (1895) - nemis sanoatchisi, hozirda avtomobil ishlab chiqarich orqali mashhur bo‘lgan Opel GmbH kompaniyasining asoschisi.
- 1874 - Govard Karyer (1939) - britaniyalik misrshunos-arxeolog, Tutanxamon maqbarasini topgan(1922).
- 1883 - Xose Ortega-i-Gasset (1995 - ispan faylasufi va yozuvchisi.
- 1924 - Bulat Okudjava (1997) - rus va sovet shoiri, bard, qo‘shiqlar muallifi, senariychi.
1927 - Manfred Eygen (2019) - nemis fizik-kimyogari, Nobel mukofoti sohibi. (1967).
- 1936 - Albert Finni (2019) - “Sharqiy ekspressdagi qotillik” filmi rejissyori. 
1940 - Jeyms Bruks - amerikalik kinorejissyor, ssenariy muallifi, prodyuser.
- 1967 - Fyodor Bondarchuk - taniqli rus aktyori va rejissyori.
- 1972 - Daniela Silivash - ruminiyalik gimnastikachi, uch karra Olimpiya chempioni (1988), ko'p marta jahon va Yevropa chempioni.
- 1980 - Grant Xekket - avstraliyalik suzuvchi, uch marta olimpiada, 17 marta jahon chempioni.
- 1986 - Greys Gammer - amerikalik teatr, kino va televidenie aktrisasi.
- 1987 - Alesa Kacher - belaruslik aktrisa, model, teleboshlovchi.
- 1996 - Meri Mauser - amerikalik kino va televideniye aktrisasi.

@Kun_TarixiTG
12 май — Халқаро Oналар куни!❤️

Меҳрибон, ҳушзабон, кўнгли оппоғим,
Сўзлари шириндур, қалби юмшоғим,
Дилимга ғам қайғу, ўрнашган оним,
Кўнглимни кўтарган меҳрибон Онам,
Барчадан меҳрибон,Фариштам Онам!

Дард келса енгасиз,бизга билдирмай,
Бизни кулдирарсиз,ўзингиз кулмай,
Ўзингиз у жойга, бир бора бормай,
Ҳожи инсон бўл деб, дуо қилганим,
Барчадан меҳрибон,Фариштам Онам!

Доимо болам деб, нафсим деб юрдим,
Болам баҳтли бўл деб,елдим, югурдим,
Ҳотиним айтганин, доим шай қилдим,
Туғилган кунда гул, олмаган Онам,
Сабрли,қадрли,Фариштам Онам!

Дардингиз олайин, мунис онажон,
Ғам кўрманг,юзингиз кулсин Онажон,
Бизнинг баҳтимизга соғ бўлинг ҳар он,
Озгина дард кўрсам, доим парвонам,
Барчага меҳрибон,фариштам Онам!

Йиғламангиз чидолмайман,эй Онам,
Сиз керагим, сиз мунисам,фариштам,
Ҳизматингиз айтинг тайёрман ҳар дам,
Барчани кўнглига,йўл топган Онам,
Оғлига меҳрибон фариштам Онам!

@Kun_TarixiTG
#bayramlar

12-may – Xalqaro hamshiralar kuni

1974-yilda Xalqaro hamshiralar kengashi tashabbusi bilan hamshiralik sohasi asoschilaridan biri Florens Naytingeyl tavallud kuni munosabati bilan 12-may sanasi “Xalqaro hamshiralar kuni” sifatida yil taqvimiga muhrlangan.

Ushbu tarixiy kun munosabati bilan har yili dunyoning koʻplab davlatlarida maʼlum mavzu asosida turli tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etiladi.

Bu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha hamshiralarni kasb bayrami bilan tabriklab qolaman.

@Kun_TarixiTG
#buguntarixda

Bugun 12-may - O‘zbekiston Milliy Universitetiga asos solingan kun

1918-yil 12-may kuni hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetiga asos solindi.

1918-yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan.

Turkiston xalq universiteti 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960-yildan Toshkent Davlat Universiteti deb nomlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga Milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi.

1995-yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan.

@Kun_TarixiTG
12-may – Ruminiyada Otalar kuni

May oyining ikkinchi yakshanbasi odatda ko'plab Yevropa mamlakatlarida onalar kuni hisoblanadi. Ammo Ruminiya Otalar kunini nishonlaydi.

Ruminiyada Otalar kuni 2010-yildan beri nishonlanadi. Yevropa Ittifoqining 27 ta davlatidan faqat Ruminiyada rasmiy Otalar kuni nishonlanmagan. Ruminiyada 319/2009-sonli qonunga binoan Onalar va Otalar kuni rasmiy bayramlarga aylandi. Qonun Otalarga qarshi diskriminatsiyaga qarshi kurash ittifoqi (TATA) kampaniyasi tufayli qabul qilindi.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida Onalar kuni may oyining ikkinchi yakshanbasiga to'g'ri kelganligi sababli, Ruminiyada uni rasmiy nishonlash may oyining birinchi yakshanbasiga ko'chirildi. Va may oyining ikkinchi yakshanbasi Otalar kuni bo'ldi. May oyida ikkita oilaviy bayramning o'rnatilishi farzand tarbiyasida ota va onaning o'rni borligini ko'rsatadi.

@Kun_TarixiTG
#buguntarixda

1551-yil 12-mayda  Limada Amerika qit'asidagi ilk oliy o‘quv yurti—San-Markos universitetiga asos solindi. 

@Kun_TarixiTG
1993-yil 12-may – Qirg'iziston Respublikasi milliy valyutasi som muomalaga kiritildi

@Kun_TarixiTG
Bugun 12-may - “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti” tashkil etilgan kun

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan, xorijiy tillar taʼlimi boʻyicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy taʼlim dargohi. Universitet 1992-yilning 12-may sanasida ikki institutning prezident Islom Karimov tomonidan birlashtirilishi ortidan tashkil etilgan.

@Kun_TarixiTG
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13-may – Butunjahon kokteyl kuni

Butunjahon kokteyl kuni har yili 13-mayda nishonlanadi. Bu ichimliklarni aralashtirish va kokteyl tarixi va madaniyatini nishonlash san'atiga bag'ishlangan kun. Bu kun birinchi marta 2006-yilda nishonlangan va shundan beri butun dunyo bo'ylab kokteyl ixlosmandlari uchun yillik tadbirga aylandi.

Butunjahon kokteyl kunini nishonlash uchun butun dunyodagi odamlar o'zlarining sevimli kokteyllaridan zavqlanishadi va yangi retseptlar bilan tajriba o'tkazadilar.

@Kun_TarixiTG
13-may – Xalqaro gumus kuni

Xalqaro gumus kuni har yili 13-may kuni nishonlanadi. Bu kun no'xat, tahin, limon sharbati va sarimsoqdan tayyorlangan mashhur Yaqin Sharq sho'rvasiga bag'ishlangan. Gumus butun dunyoda juda ko'p turli xil o'zgarishlar va lazzatlarga ega bo'lgan sevimli taomga aylandi.

Gumusning kelib chiqishi qadimgi Misr va Levant mintaqasiga borib taqaladi, u yerda u asosiy oziq-ovqat bo'lgan. Bugungi kunda gumus ko'plab mamlakatlarda iste'mol qilinadi.

Xalqaro gumus kunini nishonlash uchun butun dunyodagi odamlar turli yo'llar bilan gumusdan zavqlanishadi. Ko'pgina restoranlar va oziq-ovqat kompaniyalari gumus mahsulotlariga maxsus aksiyalar va chegirmalarni taklif qilishadi.

@Kun_TarixiTG
13-may ‐ nemis va shvedlarga qarshi janglarda jasorat ko'rsatgan Kiyev Rusi knyazi Aleksandr Yaroslavich Nevskiy tavallud topgan kun(1221)

@Kun_TarixiTG
Bugun 13-may 2025-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌎 Xalqaro Gumus kuni.
🌏 Butunjahon kokteyl kuni.

👉 MILLIY BAYYRAMLAR:

🇷🇺 Rossiya - Qora dengiz floti kuni.
🇹🇻 Tuvalu - Xushxabar kuni.
🇼🇸 Samoa, 🇹🇰 Tokelau - Onalar kuni.
🇫🇯 Fiji - Girmit kuni.
🇫🇯 Fiji - Rotuma kuni
🇰🇭 Kambodja - Qirol Norodom Shiamoni tug'ilgan kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy olma pirogi kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1501 - Amerigo Vespuchchi boshchiligidagi ekspeditsiyaning G‘arbga sayohati boshlandi.
- 1568 - Langsayd jangi bo'lib o‘tdi.
- 1696 - Sin imperiyasi qo'shinlari Terelj jangida Galdan-Boshogtuni mag'lubiyatga uchratishdi.
- 1754 - Yelizaveta Petrovnaning farmoni bilan Rossiyada birinchi davlat banki ta'sis etildi. 
- 1830 - Ekvador Buyuk Kolumbiya tarkibidan chiqdi va o'zini Respublika deb e'lon qildi.
- 1846 - AQSh Meksikaga rasmiy ravishda urush e'lon qildi.
- 1888 - Braziliyada qullikning bekor qilinishi.
- 1895 - Chili futbol federatsiyasi tashkil topdi.
- 1927 - Kiyevda «Dinamo Kiyev» futbol klubi tuzildi.
- 1927 - Germaniyada moliyaviy-iqtisodiy bozorning Inqirozi yuz berdi ("Qora juma").
- 1930 - so'nggi xaltali bo'ri o'ldirildi.
-1950 - Angliyada "Formula-1" chempionati bo'lib o'tdi.
- 1981 - Rim papasi Ioann Pavel IIga suiqasd qilindi.
- 1991 -“Apple”  korporatsiyasi “Macintosh System 7”ni sotuvga chiqardi. 
- 1993 - Toshkentda “Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzuidi birinchi Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
- 1995 - Chirchiq shahrida shaharning 60 yillik yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. 
- 2003 - Atoqli o‘zbek yozuvchisi G‘afur G‘ulomning 100 yillik yubileyi keng nishonlandi va Toshkent shahrida shoir haykalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
- 2005 - Andijonda yuz bergan qonli voqealar oqibatida 187 odam halok bo'ldi.
- 2014 - Somadagi konda portlash. 282 kishi vafot etgan.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1221 - Aleksandr Nevskiy (1263) - Novgorod knyazi, Vladimir va Kiyev buyuk knyazi, rus sarkardasi.
- 1750 - Lorenso Maskeroni (1800) - italyan matematigi va shoiri.
1767 - Jua VI (1826 ) - Portugaliya, Braziliya va Algarve Birlashgan Qirolligi qiroli (1816-1826).
- 1840 - Alfons Dode (1897) - fransuz yozuvchisi.
- 1857 - Ronald Ross (1932) - britaniyalik bakterolog, Nobel mukofoti sohibi (1902).
- 1882 - Jorj Brak (1963) - fransuz rassomi, kubizmning yirik vakili.
- 1891 - Ser Frank Byorpeyr (1956) - avstraliyalik suzuvchi va siyosatchi, 6 karra Olimpiada sovrindori, Melburn meri.
- 1893 - Genri Myurrey (1988) - amerikalik psixolog-olim.
- 1938 - Masharip Quvaqov (2002) - qishloq xoʻjaligi novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1997).
- 1942 - Vladimir Jonibekov - sovet uchuvchi kosmonavti, ikki marta Sovet Ittifoqi qahramoni.
- 1950 - Stevland Hardavey Morris - amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va musiqachi.
- 1972 - Stefan Aarstol - amerikalik internet tadbirkori.
- 1984 - Qobuljon Axmedov — oʻzbek mediamenedjeri. Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi (sobiq Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi) direktorining Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi (2020-yildan).
- 1986 - Robert Duglas Tomas Pattinson - Ingliz kino yulduzi, model, va musiqachi. 
- 1986 - Aleksandr Riybak - norvegiyalik qo‘shiqchi, Yevrovideniyaning 2009-yilgi mutloq g‘olibi.
- 1993 - Romelu Lukaku - Belgiya terma jamoasi hujumchisi.
- 1993 - Debbi Rayan - amerikalik aktrisa va qo'shiqchi.

@Kun_TarixiTG
14-may – Paragvayda Mustaqillik kuni

Paragvayda Mustaqillik kuni har yili 14-15-mayda nishonlanadi. Bu mamlakatning 1811-yilda Ispaniyadan mustaqilligini e'lon qilganini xotirlaydi. Bu kun butun mamlakat bo'ylab paradlar, nutqlar va boshqa vatanparvarlik tadbirlari bilan nishonlanadi. Bu Paragvayda milliy bayram bo‘lib, ko‘plab korxonalar va davlat idoralari yopiq bo'ladi.

@Kun_TarixiTG
#buguntarixda

1749-yil 14-may kuni ingliz vrachi Edvard Jyenner birinchi bor suvchechakka qarshi emlash ishlarini o‘tkazdi.

@Kun_TarixiTG
#buguntarixda

Bugun 14-may - Inglizlar Amerikada birinchi doimiy yashash manzilgohi - Jeymstaunni tashkil etishgan kun

1607-yil 14-mayda Amerikada birinchi doimiy ingliz aholi punkti tashkil topdi. U 90 yildan ortiq vaqt davomida mavjud bo'lgan, keyin esa tashlab ketilgan. Bugungi kunda Jeymstaun materikning kashf etilishi haqida hikoya qiluvchi ochiq osmon ostidagi muzey bo'lib, Uilyamsburg va Yorktaun bilan birga Virjiniyaning tarixiy uchburchagiga kiritilgan.

Kanalga ulanish⤵️
@Kun_TarixiTG
Bugun 14-may 2025-yil, chorshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro Dylan Tomas kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇵🇾 Paragvay - Mustaqillik kuni.
🇨🇱 Chili - Muhandislar kuni.
🇱🇷 Liberiya - Milliy Birlashish kuni.
🇹🇭 Tailand - Tailand buffalolarini saqlash kuni.
🇰🇭 Kambodja - Qirol Norodom Shiamoni tug'ilgan kun.
🇲🇼 Malavi — Kamuzu kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1147 - Konrad va nemis salibchilari 2-salib yurish paytida Regensburgni tark etishdi.
- 1607 - inglizlar Amerikada birinchi doimiy yashash manzilgohi - Jeymstaunni tashkil etishdi.
- 1796 — Eduard Jenner birinchi marta suvchechakka qarshi  vaksinani  qoʻlladi.
- 1835 - Pushkin qalamiga mansub “Baliqchi va baliq haqidagi‘ertak” dunyo yuzini ko‘rdi.
- 1862 - Shvetsariyalik soatsoz Adolf Nikol xronograf ixtirosi uchun patent oldi.
- 1853 - AQShda quyultirilgan sut ixtirosiga patent berildi. 
- 1869 - Oqto‘ba shahriga asos solindi.
1872 - Germaniya kansleri Otto fon Bismark katoliklarga qarshi kurash uchun Kulturkampf kampaniyasini e'lon qildi.
- 1878 - “Vazelin” nomi savdo markasi sifatida patentlandi.
- 1900 - Parijda II Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
- 1904 - AQShning Sent-Luis shahrida III yozgi Olimpiada o‘yinlariga start berildi. 
- 1917 - Moskvada 1-Butunrossiya musulmonlari qurultoyi ochildi.
- 1927 - Meksika futbol federatsiyasi tuzildi.
- 1939 - Perulik Lina Medina besh yoshida tibbiyot tarixidagi eng yosh tasdiqlangan onaga aylandi.
- 1948 — David Ben Gurion  Isroil  mustaqillik deklaratsiyasini  eʼlon qildi.
- 1954 - Gaagada BMTga a'zo davlatlar "Qurolli to'qnashuvlar paytida madaniy boyliklarni himoya qilish to'g'risida Gaaga konvensiyasini" qabul qildilar.
- 1955 — Varshava shartnomasi tashkiloti tuzildi.
- 1962 — Afinada Ispaniya  qiroli  Xuan Karlos va Gretsiya   qirolichasi Sofiyaning nikohlanishi.
- 1963 - Quvayt BMT ga a’zo bo‘ldi.
- 1993 - Litva, Sloveniya va Estoniya davlatlari Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi.
-1993 - MDH iqtisodiy ittifoqi tashkil etildi.
- 2007 - “Shrek-3” multfilmi katta ekranlarda premera qilindi. 
- 2008 -  “Zenit” futbol klubi UYeFA kubogini qo‘liga kiritdi.
- 2009 - Britaniyalik astronom Uilyam Gershel sharafiga nomlangan “Gershel" teleskopi orbitaga chiqarildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1265 - Dante Aligyeri (1321) - italiyan adabiyotining yirik vakili, shoir.
- 1316 - Karl IV (1378) - german qiroli, Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (1347-1378).
- 1553 - Margarita de Valua (1615) - fransuz malikasi, Qirolicha Margo nomi bilan mashhur.
- 1771 - Robert Ouen (1858) - ingliz sotsialist utopisti.
- 1838 - Vilgelm Steynis (1900) - nemis shaxmatchisi, shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni.
- 1905 - Uyg‘un - O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg.
- 1922 - Frano Tudjman (1999) - Xorvatiyaning 1990-1999 yillardagi prezidenti.
- 1942 - Edvard Rtveladze - arxeolog-tarixchi olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1995), tarix fanlari doktori (1989), professor (1992).
- 1943 - Birodar Abduraimov - futbolchi, "Paxtakor" (Toshkent) futbol jamoasining hujumchisi (1960–68, 1970–74), sport ustasi (1962), "O‘zbekiston Respubli-kasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" (1994). 
- 1944 -  Uolton Lukas - amerikalik film rejissori, prodyusser, ssenariy muallifi va tadbirkor.
- 1946 - Rahmon Muhammadiyev - koʻz3 kasalliklari mutaxassisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2001). 
- 1952 — Robert Zemekis  - “Kelajakka qaytib”,  “Forest Gamp” va boshqa  ko‘plab filmlar rejissyori.
- 1969 - Ketrin Elis Blanshet - avstraliyalik kinoaktrisa va teatr rejissori. 
- 1984 - Mark Sukerberg - Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va Bosh direktori.
- 1994 - Marquinos (asl ismi Markos Aoas Korrea) - braziliyalik futbolchi, Olimpiada chempioni (2016).

@Kun_TarixiTG
Forwarded from Top Faktlar (K R O O S)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Жума_муборак

Азиз диндошим, жума муборак бўлсин!

Жуманинг файзи ва барокати сизга бўлсин!

🌙 Энг яқин инсоним, кириб келган Жума куни муборак бўлсин.

❗️ЯҚИНЛАРИНГИЗНИ БИРИНЧИЛАРДАН БЎЛИБ ТАБРИКЛАНГ

@TOPFAKTLARTG
https://t.me/+YZtmV_FWtWJiMmNi

Tarjima kinolar kanalimiz👇🏻
https://t.me/+3D1bRydSqlNjNDNi

Kun Tarixi haqida:
@Kun_TarixiTG

Islomiy savol-javoblar👇🏻
@Islomiy_savollarTG

           🛒 👇🏻Internet magazin 👇🏻🛍
https://t.me/+s2t7Bq2Kk9Y0MDIy
https://t.me/+s2t7Bq2Kk9Y0MDIy