Kun Tarixi
1.01K subscribers
2.43K photos
110 videos
111 links
Assalomu alaykum

Bugungi kunda nimalar bo'lganini biliah uchun bizni kuzatib boring. Chunki bizda kun tarixi berib boriladi va bugungi kunda qanday bayramlar bo'layotganligini yoritib boramiz

Savol va takliflar uchun: @TMenejer
Download Telegram
#buguntarixda

Bugun 3-may - Jorj Parker sharikli ruchka ixtirosiga patent olgan kun

1904-yil 3-mayda Jorj Parker sharikli ruchka uchun AQSh patentini oldi.

Yaroqliligiga qaramay, ushbu mahsulot ommaviy tarqalmadi.

Van Vechten Reysberg esa 1916-yilda sharikli ruchka uchun Amerikada patent oldi.

Hammasi bo'lib, yigirmanchi asrda, sharikli qalamning amaliy namunasi yaratilishidan oldin, ushbu mahsulot uchun 350 ga yaqin patent olingan.

Zamonaviy modellarga iloji boricha yaqinroq bo'lgan qurilma 1931-yilda vengriyalik publitsist Laslo Bíro tomonidan ixtiro qilingan.

Ammo muallif o'z ixtirosini faqat 1938-yilda Vengriya va Argentinada patentlashga muvaffaq bo'lgan.

@Kun_TarixiTG
#bayramlar

Bugun 3-may - Polshada konstitusiya kuni

3-may Polshada Davlat milliy bayrami 1791-yilda qabul qilingan birinchi konstitusiya kuni nishonlanadi.

Birinchi Polsha konstitusiyasi - Yevropada eng birinchi hisoblanadi.

U 3-may 1791-yilda, Fransiya konstitusiyasidan yarim yil oldin, qabul qilingan.

Bu konstitutsiya ikki yilga yaqin amalda bo‘ldi

1793-yil Prussiya, Rossiya va Avstriya chegaralarining bo'linishi natijasida Polsha o'zining mustaqilligini yo'qotdi.

1918-yilda mamlakat yana birlashdi va1919-yil 3-may rasmiy ravishda bayram deb tantanali ravishda e'lon qilindi.

1990-yil bayram qayta tiklangan.

2007-yilda Litvada ham bayram kuni deb belgilangan.

Bu kun bayramda teatr-konsert zallarida, dam olish maydonlarida katta musiqali tadbirlar o'tkaziladi.

@Kun_TarixiTG
#buguntarixda

Bugun 3-may - Turkiston Muvaqqat hukumati tuzilgan kun

1920-yil 3-mayda Farg’ona vodiysidagi butun qo’rboshilar va tinch aholi vakillari Oltiariq tumanidagi Ғoyibota (Ғaribota) qishlog’ida o‘zlarining navbatdagi qurultoylariga to‘plandilar. Bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurash bayrog’ini vodiyda Madamipbek  o‘rniga endi Shеrmuhammadbek ko’tardi.
Qurultoyda Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston - turk mustaqil islom jumhuriyati yoxud Turkiston Muvaqqat hukumati tuzildi.
Shermuhammadbek hukumat raisi bo‘lishi bilan bir qatorda vodiydagi butun istiqlolchilar qo‘shinining Oliy bosh qo‘mondoni qilib ham saylandi. 
Hukumat tarkibiga 6 kishi kiritilgan.
Bundan tashqari, 14 kishidan iborat harbiy idora mahkamasi tuzildi.
1922-yil 15-20-aprelda Samarqand shahrida yarim yashirin holatda o‘tgan Turkiston musulmonlarining 2-qurultoyida Turkiston - turk mustaqil islom jumhuriyatining Muvaqqat Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) qabul qilingan.

@Kun_TarixiTG
Bugun 3-may 2025-yil, Shanba

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT — Butunjahon matbuot erkinligi kuni.
🌏 Xalqaro Quyosh kuni.
🌏 Turkiylar birdamligi kuni.
🌏 Spam tug'ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇵🇭 Filippin - Santa Kruz kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Konstitutsiyani xotirlash kuni.
🇵🇱 Polsha - Konstitutsiya kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1241 - Piza va Sitsiliyaning birlashgan floti Meloriya (Giglio) jangida Genuya flotini butunlay tor-mor qildi.
- 1494 - Xristofor Kolumb Yamaykani kashf etdi.
- 1791 - Varshavada seym Yevropada birinchi Rech-Pospolita konstitutsiyasini qabul qildi.
- 1802 - Derpt universiteti ochildi.
- 1803 - Rossiya imperatori Aleksandr I Moskvada Hospis uyi (keyinchalik Sklifosovskiy nomidagi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti) tashkil etishga ruxsat berdi.
- 1808 - Rus-Shved urushi: ruslar Sveaborg qal’asini egalladilar.
- 1815 - Polsha Qirolligi tashkil topdi. Vena kongressining qaroriga ko‘ra Rossiya imperiyasining tarkibiga kiritildi.
- 1815 - Tolentino jangida Neapol urushi hal boʻldi.
- 1841 - Yangi Zelandiya britan mustamlakasi deya e’lon qilindi.
- 1867 - Birinchi Jeneva konvensiyasi qabul qilinganidan uch yil o'tgach, Rossiyada Qizil Xoch jamiyati tashkil etildi.
- 1902 - AQShda «Pepsi» kompaniyasi tashkil topdi.
- 1904 - Amerikalik ixtirochi Jorj Parker birinchi sharikli ruchka uchun patent oldi.
- 1919 - Bavar Respublikasining soʻnggi hukumat majlisi boʻldi.
- 1920 - Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston - turk mustaqil islom jumhuriyati tashkil topdi.
- 1932 - G. M. Beriev MBR-2 uchuvchi qayig'ining birinchi parvozi.
- 1937 - Margaret Mitchellning «Shamollarda qolgan hislarim» romaniga Pulitser mukofoti berildi.
- 1946 - Tokioda yaponiyalik harbiy jinoyatchilar ustidan sud jarayoni boshlandi (1948-yil 12-noyabrgacha davom etgan).
- 1947 - Yaponiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1953 - Germaniyada «Deutsche welle» («Nemis to‘lqini») radiostansiyasi eshittirishlarini boshladi.
- 1957- Qorachoy xalqi vataniga qaytarildi.
- 1958 - AQSh prezidenti Eyzenxauer Antarktikani demilitarizatsiyalashni taklif qildi.
- 1968 - Parijda talabalar qoʻzgʻolonining bostirilishi.
- 1978 - Yoqmaydigan reklama xabari - spam ilk bor rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan.
- 1991- Namibiya poytaxtida «Vindxuk deklaratsiyasi» imzolandi. Unda dunyo mamlakatlari hukumatlari matbuot erkinligini ta’minlashga chaqiriladi. YUNESKO qarori bilan har yili Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanadi.
- 1992 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekneftgaz" - O‘zbekiston neft va gaz sanoati" Davlat konsernini tuzish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 
- 1994 - Toshkentda “Buyuk ipak yo‘li” nomi ostida tennis bo‘yicha xalqaro musobaqasi ochildi.
- 1997 - Inson va kompyuter kurashi: Garri Kasparov «Deep Blue»ga qarshi shaxmat musobaqasiga kirishdi.
- 2000 - London va Frankfurt birjalari birlashdi.
- 2004 - Yangi “Sasser” internet qurti butun dunyo bo‘ylab yuz minglab shaxsiy kompyuterlarni zararlagan.
- 2005 - Afg'onistondagi harbiy omborda portlash (Bashgah qishlog'i, Bag'lon viloyati, Kobuldan 125 km uzoqlikda). 28 kishi halok bo'ldi, 70 dan ortiq kishi jarohat oldi.
- 2006 - Armanistonning «Armavia» kompaniyasiga qarashli «A320» yo‘lovchi samolyoti Sochi yaqinida dengizga qulab tushdi. Samolyot bortidagi 105 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.
- 2009 - «The Mail on Sunday» gazetasi tanklar vatani Buyuk Britaniya ularni chiqarishni to‘xtatganini ma’lum qildi.
- 2021 - Mexiko shahridagi metro estakadasining qulashi. 26 kishi halok bo'ldi.

@Kun_TarixiTG
Bugun 3-may 2025-yil, Shanba

👉 TAVALLUDLAR:

- 1469 - Nikkolo Makiavelli (1527) - italyan davlat arbobi va mutafakkiri.
- 1845 - Ilya Mechnikov (1916) - rus biologi, qiyosiy patologiya, evalyutsion embriologiya va immunologiya asoschilaridan. Nobel mukofoti sohibi (1908).
- 1848 - Vasnetsov Viktor (1926) - rus rassomi.
- 1860 - Jon Skott Xoldeyn (1936) - shotland fiziologi.
- 1866 - Geynrix Evald Xering (1948) - ingliz fiziologi, taktil sezuvchanlikning mutlaq chegarasini oʻrganish uchun asbob ixtirochisi.
- 1874 - Vagn Ekman (1954) - shved okeanografi, zamonaviy okeanografiya asoschilaridan biri.
-1891 - Mixail Bulgakov (eski taqvim bo‘yicha) (1940) - rus adibi, “Usta va Margarita” “Ityurak” va boshqa bir qator asarlar muallifi.
- 1892 - Jorj Pajet Tomson (1975) - ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi.
- 1901 - Ebbe Shvarts (1964) - daniyalik futbol funksioneri, UEFAning birinchi prezidenti (1954-1962).
- 1902 - Alfred Kastler (1984) - fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1966).
- 1906 - Mary Astor (1987) - amerikalik kinoaktrisa. 
- 1919 - Noil Abubakirov (1998) - kimyogar olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1979).
- 1921 - Mirmuhsin (2005) - o‘zbek yozuvchisi va shoiri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
- 1924 - Izador Zinger (2021) - amerikalik matematik, Abel mukofoti sohibi.
- 1933 - Stiven Vaynberg - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1979).
- 1940 - Hoshimjon Olimjonov (2017) - aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1987). 
- 1941 - Nona Gaprindashvili - gruzin shaxmatchisi, jahon chempioni.
- 1942 - Vera Chaslavska (2016) - chexoslovakiyalik gimnastikachi, 7 karra Olimpiya chempioni, 4 karra jahon chempioni.
- 1942 - Szin Yuyshjan - 1644-1912-yillarda Xitoyni boshqargan Aysin Gyoro imperator sulolasining avlodi. 2015-yildan beri Manchjur taxtining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorisi.
- 1965 - Mixail Proxorov - rossiyalik sobiq siyosatchi va tadbirkor, millarder. 
- 1965 - Rob Brydon Jones - uelslik aktyor.
- 1976 - Sergey Mixaylov - bokschi, "Oʻzbekiston iftixori" (2002), "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi" (2000).
- 1982 - Rebekka Mariya Xoll - ingliz aktrisasi.
- 1983 - Kamolidiin Tojiyev - Oʻzbekistonlik futbolchi, ampluasi himoyachi.
- 1989 - Katinka Xossu - vengriyalik suzuvchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko'p karra jahon va Yevropa chempioni.

@Kun_TarixiTG
4-may – Xalqaro o't o'chiruvchilar kuni

Bu kun 1999-yilda Xalqaro oʻt oʻchiruvchilar va qutqaruvchilar assotsiatsiyasi (CTIF) kongressida tashkil etilgan boʻlib, oʻt oʻchiruvchilarning jamiyatdagi muhim rolini nishonlashga moʻljallangan.

O‘t o‘chiruvchilar shahar va qishloqlarimiz hayoti va mulkini himoya qiluvchi insonlardir. Ular nafaqat yong'inlarda, balki favqulodda vaziyatlarda, yo'l-transport hodisalarida, zilzilalarda va boshqa ofatlarda ham ishlaydi.

O't o'chiruvchilar kunida biz boshqalar uchun o'z hayotlarini xavf ostiga qo'yishga tayyor bo'lgan bu jasur odamlarga o'z minnatdorchiligimizni bildirishimiz mumkin.

Shunday ekan, bu kunda yong‘in xavfsizligi xizmatlari tufayli o‘zimizni uylarimizda, ko‘chalarda yanada himoyalangan va xavfsiz his qilayotganimizni unutmasligimiz kerak. Keling, o't o'chiruvchilarga o'z minnatdorchiligimizni va jamiyat oldidagi xizmatlari uchun minnatdorchiligimizni bildiraylik.‌‌

@Kun_TarixiTG
#kuntarixi

Bugun 4-may - Birinchi fonograf yaratilgan kun

🔹 Bundan 144 yil ilgari - 1878-yil 4-mayda Tomas Edison ilk bor yaratgan fonografini butun ommaga namoyish qilib, mashhurlikka erishdi.
🔹 Tomas Edison - elektronika sohasidagi amerikalik ixtirochi va yirik elektrotexnika kompaniyalari egasi.
🔹 12 yoshdan gazeta, telegraf tarqatuvchi bo'lib ishlagan.
🔹 1868-yildan ixtirochilik bilan shug’ullangan.
🔹 Axborotlarni telegraf orqali uzatish asbobini loyihalagan, ko’p karrali telegraflash bo’yicha ishlagan, yozuv mashinkasini takomillashtirgan, fonograf ixtiro qilgan, cho’g’lanma lampani yaratgan va A. Bell telefonini takomillashtirgan.
🔹 Elektr bilan yoritish tizimini ishlab chiqqan, elektr energiyasi bilan ta'minlashni markazlashtirish ustida ishlagan.
🔹 Edison loyihasi bo’yicha Nyu-Yorkda dunyodagi birinchi umum foydalanadigan o’zgarmas tok elektr stansiyasi qurilgan. 

@Kun_TarixiTG
4-may – Xitoyda Yoshlar kuni

Xitoyda Yoshlar kuni har yili 4-may kuni nishonlanadi. Ushbu bayram 1949-yilda Pekin universiteti talabalari tomonidan 1919-yilda o'tkazilgan va Xitoyning ozodligi va mustaqilligi uchun milliy harakatning boshlanishi bo'lgan 4-may harakati sharafiga tashkil etilgan.

Shu kuni yoshlar uchun ko‘rik-tanlovlar, ko‘rgazmalar, tomoshalar, sport musobaqalari kabi turli tadbirlar o‘tkaziladi. Shuningdek, yoshlar xayriya tadbirlari va ko'ngillilik ishlarini olib boradilar.

Bundan tashqari, Yoshlar kuni Xitoydagi barcha maktab o‘quvchilari va talabalari uchun rasmiy bayram hisoblanadi. Ko'pchilik bu kunni bog'lar va boshqa dam olish tadbirlarini ziyorat qilish uchun tanlaydi.

Umuman olganda, Yoshlar kuni Xitoyning madaniy hayotidagi muhim voqea bo'lib, mamlakat taraqqiyotida yoshlarning ahamiyati va rolini aks ettiradi.‌‌

@Kun_TarixiTG
#buguntarixda

Bugun 4-may - Parijda ilk yig‘ma soyabonlar ishlab chiqarila boshlangan kun

Soyabon - bu odamni yomg'ir yoki quyosh nurlaridan himoya qilish uchun mo'ljallangan qurilma.

Birinchi soyabonlar yomg'irdan emas, balki quyoshdan himoya qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan va 1715-yil 4-mayda Parijda birinchi buklanuvchi soyabon ishlab chiqarilgan.

Soyabon, odatda, temir simlar ramkasi ustiga cho'zilgan sintetik suv o'tkazmaydigan materialdan iborat bo'lib, u soyabonni boshning ustida ushlab turish uchun mo'ljallangan tayoqchaga biriktirilgan.

Qulaylik uchun soyabon dastasi uchida ilgak shaklida egilgan yoki uchida tugmasi bor, uni har xil shakllarda yasash mumkin.

@Kun_TarixiTG
#buguntarixda

Bugun 4-may - Xitoyda talabalar qoʻzgʻoloni boshlangan kun

1919-yil 4-may kuni xitoylik talabalar Pekinda namoyish boshladilar.

Bunga sabab Parij konferensiyasida Xitoy qo‘ygan talablar: yapon qo‘shinlari tomonidan Xitoy hududini bosib olishni to‘xtatish, Shandun orolini ozod qilish, Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olish talablariga G‘arb davlatlari rozi bo‘lmaganligi va rasman rad javobini berganligi edi.

Talabalar harakati butun Xitoyni larzaga soldi va juda katta ijobiy natijalarga olib keldi.

@Kun_TarixiTG
4-may – Niderlandiyada xotira kuni

4 may - Ikkinchi jahon urushi qurbonlarini xotirlash kuni. Shu kuni Niderlandiyada urush paytida halok bo'lganlar va qarshilik ko'rsatish ishtirokchilari xotirasiga bag'ishlangan marosim va mitinglar o'tkaziladi. Soat 20:00 da butun mamlakat bo'ylab shamlar yoqiladi va marhumlar xotirasi bir daqiqalik sukut bilan ehtirom qilinadi.

@Kun_TarixiTG
Bugun 4-may 2025-yil, yakshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro o't o'chiruvchilar kuni.
🌏 Yig‘iladigan soyabon tug‘ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Milliy fitnes kuni.
🇵🇭 Filippin - Ilagan kuni.
🇳🇱 Niderlandiya - Xotira kuni.
🇨🇳 Xitoy - Yoshlar kuni.
🇺🇸 AQSh - Qushlar kuni.
🇹🇯 Tojikiston - Soliq organlari xodimlari kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy qora tanli mualliflar kuni.
🇹🇼 Tayvan - Adabiyot kuni.
🇮🇳 Hindiston - Konchilar kuni.
🇵🇱 Polsha - O't o'chiruvchilar kuni.
🇹🇲 Turkmaniston - Fuqaro aviatsiyasi xodimlari kuni.
🇮🇷 Eron - Imom Ja'far Sodiqning shahidligi.
🇳🇦 Namibiya - Kassinga kuni.
🇯🇵 Yaponiya - O‘simliklar kuni.
🇹🇭 Tailand - Toj kiyish kuni.
🇱🇻 Latviya - Mustaqillikning tiklanishi kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1113 - Vladimir Monomax Kiev Buyuk knyazi taxtiga o'tirdi.
- 1715 - Parijda ilk yig‘ma soyabonlar ishlab chiqarila boshlandi. 
1776-yil — Rod-Aylend orolining (hozirgi AQSH shtati) mustaqilligi eʼlon qilindi.
1783 - ingliz astronomi Uilyam Gerschel oyda qizil chaqmoqni payqadi.
- 1807 - Fransiya va Fors o'rtasida Finkenshteyn shartnomasi imzolandi, bu Angliya va Rossiyaga qarshi Fransuz-Fors ittifoqini boshlab berdi.
- 1838 - Madaniyat arboblari ukrainalik shoir Taras Shevchenkoni krepostnoy qulligidan ozod qilishdi.
- 1848 - Fransiya Ta'sis Majlisining ochilishi.
- 1878 - Tomas Edison birinchi marta o'zi ixtiro qilgan fonografni namoyish qildi.
- 1896  - Peterburgdagi Akvarium bog‘ida Rossiyadagi ilk kinoseanslar boshlandi. 
- 1904 - Angliyada Genri Roys va Charlz Rolls hamkorligidagi “Rolls-Roys” mashinalarining birinchi avlodi ishlab chiqarildi.
- 1904 - Panama kanali qurilishi boshlandi.
- 1912 - Italiya Rodos orolini okkupatsiya qildi.
- 1919 - Xitoyda talabalar qoʻzgʻoloni boshlandi.
- 1924  - Parijda VIII Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
- 1932 - Al Capone soliq toʻlamaganligi uchun hibsga olindi.
- 1961 - SSSRda tekinxo‘rlikka qarshi kurashni kuchaytirish to'g'risida qaror qabul qilindi.
- 1966 - SSSRda FIAT konsernining avtomobilsozlik korxonasini yaratishda ishtirok etishi to'g'risida protokol imzolandi.
- 1979 - Margaret Tetcher Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri va ushbu lavozimdagi birinchi ayol bo‘ldi.
- 1986 - Chernobil atrofidagi evakuatsiya zonasi 30 kilometrgacha kengaydi.
- 1996 - O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi tashkil topdi.
- 2000 - «I love you» virusining birinchi paydo bo‘lishi.
- 2001 - Moskvada itlarni sayr qildirish qoidalari tasdiqlandi.

@Kun_TarixiTG
Bugun 4-may 2025-yil, yakshanba.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1006 - Abdulloh Ansoriy (1089) - Mashhur mutasavvuf shayx.
- 1655 - Bartolomeo Kristofori (1731) - italyan musiqa ustasi, fortepiano asoschisi.
- 1772 - Fridrix Brokxauz (1823) - nemis kitob nashriyotchisi, Brockhaus enseklopediya nashriyoti asoschisi.
- 1825 - Tomas Geksli (1895) - ingliz zoologi, paleontolog, tabiatshunos.
- 1827 - Jon Henning Speke (1864) - Buyuk Britaniya hind armiyasi ofitseri, Afrikani tadqiq etgan, Viktoriya ko'li va Oq Nil manbasini 1858-yilda kashf qilgan.
- 1880 - Bruno Taut (1938) - nemis arxitektori va shaharsozi.
- 1881 - Aleksandr Kerenskiy (1970) - rus siyosiy va jamoat arbobi.
- 1899 - Frits fon Opel (1971) - nemis avtosanoatchisi, “Opel” kompaniyasiga tamal toshini qo‘ygan.
- 1905 - Boris Nadejdin (1961) - kompozitor va pedagog Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950).
- 1912 - Nikolay Bloxin (1993) -  xirurg-onkolog, Xalqaro rakka qarshi uyushma prezidenti (1966-yildan), shu uyushmaning faxriy prezidenti (1970-yildan).
- 1928 - Muhammad Husni Muborak (2020) - Misr prezidenti (1981-2011).
- 1929 - Odri Xepbern (1993) - Britaniya va Amerikalik kino aktrisasi, "Oskar" mukofoti sovrindori.
- 1971 - Leonid Slutskiy - Rossiya milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi.
- 1977 - Jujanna Vyores - vengriyalik sportchi, zamonaviy beshkurash bo'yicha Olimpiya chempioni (2004), ko'p marta jahon va Yevropa chempioni.
- 1987 - Fransesk Fabregas - ispaniyalik futbolchi, jahon (2010) va Yevropa chempioni (2008, 2012).
- 1989 - Daniel Dyurta - vengriyalik suzuvchi, Olimpiya chempioni (2012), uch karra jahon chempioni, XOQ a'zosi.
- 1989 - Burju Biricik - turk aktrisasi.
- 1997 - Shoxsanamxon Toshpo'latova - oʻzbek suzuvchisi-paralimpiyachi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 

@Kun_TarixiTG
#kuntarixi

1994-yil 5-mayda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Oltin yulduz”, “Jasorat”, “Shuhrat” medallari, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari ta'sis etildi.

@Kun_TarixiTG
5-may – Litva, Ispaniya, Portugaliya va Vengriyada Onalar kuni

Litvada onalar kuni may oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi. Bu kun odamlarning onalariga bo'lgan sevgisi, hurmati va minnatdorligini ko'rsatish uchun imkoniyatdir.

Ispaniyada onalar kuni (Día de la Madre) may oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi. Shu kuni bolalar onalariga sovg'alar va gullar berishadi va oilalar ko'pincha tushlik yoki kechki ovqat uchun yig'ilishadi.

Portugaliyada Dia da Mae (Onalar kuni) may oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi. Bu kun oilaviy taomlar va onalar uchun sovg'alar bilan nishonlanadi.

Vengriya ham may oyining birinchi yakshanbasida onalar kunini nishonlaydi. Shu kuni butun mamlakatni onalarga mehr va hurmat muhiti qamrab oladi. Bolalar rasm chizishadi yoki qo'l san'atlarini yaratadilar va oilalar vaqt o'tkazish uchun yig'ilishadi.‌‌

@Kun_TarixiTG
Bugun 5-may 2025-yil, dushanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon kulgi kuni.
🌏 Xalqaro doya (akusherka)lar kuni.
🌏 Afrikaning Butunjahon merosi kuni.
🌏 Xalqaro permakultura kuni.
🌏 Butunjahon qo'l gigiyenasi kuni.
🌏 Butunjahon o'pka gipertenziyasi kuni.
🌏 Xalqaro malikalar kuni.
🇪🇺 Yevropa kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇱🇹 Litva, Vengriya, Mozambik, Portugaliya, Ruminiya, Kabo-Verde, Angola, Ispaniya - Onalar kuni.
🇩🇰 Daniya - Ozodlik kuni.
🇵🇹 Portugaliya, 🇧🇷 Braziliya, 🇸🇳 Senagal, 🇲🇿 Mozambik, 🇦🇴 Angola, ... - Portugal tili va madaniyati kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya - Sassiqkoʻzan kuni.
🇩🇴 Dominikan Respublikasi - Daraxt ekish kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy karikaturachilar kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy astronavtlar kuni.
🇧🇾 Belarus  - Matbuot kuni.
🇹🇴 Tonga - Bolalar kuni.
🇵🇼 Palau - Qariyalar kuni.
🇬🇾 Gayana - Hindlarning kelishi kuni.
🇪🇹 Efiopiya - Vatanparvarlar g'alabasi kuni.
🇯🇵 Yaponiya, 🇰🇷 Janubiy Koreya - Bolalar kuni
🇳🇱 Niderlandiya - Ozodlik kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston - Konstitutsiya kuni.
🇦🇹 Avstriya - Milliy sotsializm qurbonlari xotirasiga zo'ravonlik va irqchilikka qarshi xotira kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1260 - Xubulay Mo‘g‘ullar imperiyasining Buyuk xoni bo‘ldi.
- 1762 - Rossiya Yetti yillik urushdan chiqdi.
- 1764 - Sankt-Peterburgda Yeketrina II farmoni bilan  Rossiyadagi 1-ayollar ta'lim muassasasi - burjua qizlari uchun maktab (Smolniy instituti) tashkil etildi.
- 1788 - Ispan dengizchisi Martines Kanadaning Vankuver orollarini ochdi.
- 1789 - Qirol Lyudovik XVI 1614-yildan buyon birinchi marta General Shtatlarni chaqirdi.
- 1816 - Karl Avgust Saks-Veymar-Eyzenaxskiy birinchi nemis konstitutsiyasini taqdim etdi.
- 1821 - Muqaddas Yelena orolida Napoleon I vafot etdi.
- 1836 - Belgiyada Yevropadagi ilk temir yo‘l ishga tushdi.
- 1862 - Fransiyaning Meksikadagi intevensiyasi paytida Puebla jangi.
- 1912 - Shvetsiyaning Stokgolm shahrida V Olimpiya o‘yinlariga start berildi. 
- 1912 - "Pravda" gazetasining birinchi soni nashr etildi.
- 1919 - Parijda “Qizil Xoch jamiyati Ligasi” ni tuzish haqidagi akt imzolandi.
- 1920 - Sakko va Vansetti qaroqchilikda ayblanib qamoqqa olindi.
- 1921 - Koko Shanel “Chanel No.5” atirlarini taqdim etdi.
- 1936 -  Efiopiyaning italyan qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi.
- 1949 - Londonda 10 ta davlat vakillari Yevropa Ittifoqining Ustaviga imzo chekishdi.
- 1956 - Tokio shahrida dzyudo bo‘yicha 1-jahon chempionati boshlandi.
- 1993 - Mustaqil Qirg‘izistonning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1994 - “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “Oltin yulduz”, “Jasorat”, “Shuhrat” medallari, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari ta'sis etildi.
- 1994 - Bishkek shartnomasi: Qorabog’ nizosi hal qilindi.
- 2004 - Pablo Picassoning «Trubka tutgan bola» kartinasi 104 million dollarga sotildi.

@Kun_TarixiTG
Bugun 5-may 2025-yil, dushanba.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1599 - Oliver Kromvel (1658) - Angliya inqilobining yetakchisi, 1653-yildan Angliya, Shotlandiya va Irlandiyaning lord protektori.
- 1652 - Boris Sheremetev (1719) - rus harbiy arbobi, diplomat, general-feldmarshal, Rossiyaning birinchi grafi.
- 1811 - Jon Dreyper (1882) - amerikalik kimyogar, Oyni birinchi bo‘lib suratga olishga  erishgan.
- 1813 - Syoren Kyerkegor (1855) - daniyalik faylasuf, ekzistentsializm asoschisi.
- 1818 - Karl Marks (1883) -  nemis faylasufi, tarixchisi, iqtisodchisi, sotsiologi, siyosiy jurnalisti va sotsial inqilobchisi.
- 1819 - Stanislav Monyushko (1872) - polyak kompozitori, dirijyor, organchi, pedagog, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan.
- 1846 - Genrik Adam Senkevich (1916) - polyak yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1905).
- 1910 - Hamid Sulaymonov - (1979) - adabiyorshunos, matnshunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964).
- 1916 - Mutal (Mutavakkil) Burhonov (2002) - bastakor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964), Oʻzbekiston xalq artisti (1974).
- 1918 - Matyoqub Qoʻshjonov (2005) - Oʻzbek adabiyotshunosi va munaqqidi.
- 1921 - Artur Leonard Shavlov (1999) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1981).
- 1923 - Mixail Yegorov (1975) - sovet razvedkachisi, Qizil Armiya serjanti, 1945-yilda Meliton Kantaria bilan birgalikda Reyxstag tomida G'alaba bayrog'ini qadagan.
- 1929 - Ibrohim Yusupov (2008) - Qoraqalpoq yozuvchisi, O‘zbekiston Xalq shoiri.
- 1944 - John Rhys-Davies - buyuk britaniyalik kino va ovoz aktyori.
- 1950 - Abduvaliyev Salimboy - tadbirkor, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti.
- 1961 - No‘mon Murodov - O‘zbekiston xalq artisti.
- 1988 - Adel - ingliz musiqachisi.

@Kun_TarixiTG
6-may – Xalqaro parhezsiz kun

Xalqaro parhezsiz kun har yili 6-may kuni nishonlanadi. Bu kun 1992-yilda Buyuk Britaniyada turli xil psixologik va jismoniy muammolarga olib kelishi mumkin bo'lgan ideal figuraga bo'lgan jamoatchilik istagiga javob sifatida yaratilgan.

“Xalqaro parhezga qarshi kurash kuni”ning maqsadi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va parhezlar salomatlik va go‘zallikka erishishning yagona yo‘li emasligini targ‘ib qilishdan iborat. Bu shunday bo'ladiki, dietadan o'tayotganda tanada vitaminlar, minerallar yetishmaydi.

Shu kuni turli xil tadbirlar o‘tkazilib, aholini dietaning zarari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Odamlar qat'iy ovqatlanish rejimlaridan voz kechib, to'g'ri oziq-ovqatlarni tanlash va ularni me'yorida iste'mol qilish orqali sog'lig'iga g'amxo'rlik qilishni boshlashga chaqiriladi.

Xalqaro dietaga qarshi kunning asosiy xabari tanangizga zarar bermasdan g'amxo'rlik qilishdir. Axir, bizning tanamiz - biz yashaydigan yagona joy.‌‌

@Kun_TarixiTG
6-may – AQShda Hamshiralar kuni

Qo'shma Shtatlarda hamshiralar kuni 6-may kuni nishonlanadi. Bu kun zamonaviy tibbiyot hamshiralik kasbining asoschisi Florens Naytingeyl tavalludi sharafiga tashkil etilgan.

AQShda hamshiralar kuni bemorlar va ish beruvchilar hamshiralarning mehnati va sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik va minnatdorchilik bildiradigan kundir. Shu kuni hamshiralarning sog‘liqni saqlash, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi muhim o‘rni targ‘ib qilinishiga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Hamshiralar sog'liqni saqlashning oldingi saflarida ishlashda bemorlarga juda muhim yordam ko'rsatadilar. Ular nafaqat birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, balki bemorlarni zarur dori-darmonlar bilan ta'minlash va sog'lig'ini saqlash uchun muolajalarni ham amalga oshiradilar.

@Kun_TarixiTG
#tavalludlar

6-may – ingliz kino va televideniye aktrisasi, qo'shiqchi va musiqachi Naomi Skott tavallud topgan kun(1993)

@Kun_TarixiTG