Kun Tarixi
986 subscribers
2.33K photos
107 videos
110 links
Assalomu alaykum

Bugungi kunda nimalar bo'lganini biliah uchun bizni kuzatib boring. Chunki bizda kun tarixi berib boriladi va bugungi kunda qanday bayramlar bo'layotganligini yoritib boramiz

Savol va takliflar uchun: @TMenejer
Download Telegram
18-aprel – Yaponiyada ixtirolar kuni

Yaponiyada 18-aprel Ixtirolar kuni sifatida tanilgan. U 1954-yilda Yaponiya Xalqaro savdo va sanoat vazirligi tomonidan tashkil etilgan va shu vaqtdan beri har yili nishonlanadi

@Kun_TarixiTG
Bugun 18-aprel 2025-yil, juma

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 YUNESKO – Xalqaro obidalar va tarixiy joylarni asrash kuni.
🌎 Butunjahon radio havaskorlari kuni.
🌏 Xalqaro jonglyorlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni.
🇩🇰 Daniya - Dybbyol jangi kuni.
🇮🇷 Eronda - Eron armiyasi kuni.
🇿🇦 JAR - Oila kuni.
🇨🇺 Kuba - Tankchilar kuni.
🇷🇺 Rossiya - Harbiy shon-shuhrat kuni.
🇷🇺 Rossiya - Bahorgi mehribonlik haftaligi.
🇺🇦 Ukraina - Qizil Xoch jamiyatining tashkil topgan kuni.
🇺🇦 Ukraina - Tarixiy va madaniy yodgorliklarni himoya qilish kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Ixtirolar kuni.
🇿🇼 Zimbabve - Mustaqillik kuni (1980 yil).

👉 VOQEALAR:

- 796 - Nortumbriya qiroli Etelred I o'ldirildi.
- 1521 - Vorms Kongressida Martin Lyuterning sud jarayoni boshlandi.
- 1669 - Boburiy hukmdor Avrangzeb barcha hind ibodatxonalarini yer bilan yakson qilishni buyurdi.
- 1689 - Boston qo'zg'oloni.
- 1738 - Qirol Filipp V farmoni bilan Madridda Qirollik Tarix akademiyasi tashkil etildi.
- 1775 - AQSh mustaqilligi uchun kurash boshlandi.
- 1791 - Angliya parlamenti Afrika koloniyalarida qullikni taqiqlashdan voz kechdi.
- 1793 - Yuqori Kanadada birinchi gazeta nashrlari chiqa boshladi.
- 1846 - Amerikalik Royal Xaus telegraf apparatiga patent oldi.
 - 1853 - Osiyoda birinchi temir yo‘l ishga tushirildi. (Bombay-Tanna 36 km).
- 1881 - Londonda tabiat muzeyi ochildi.
- 1902 - Daniyada jinoyatni aniqlash uchun ilk bor daktiloskopiyadan foydalanildi.
- 1906 - AQSh tarixida San-Fransiskoda kuchli zilzila ro‘y berdi.
- 1909 - Papa Piy X Janna D'Arkni avliyo deb e'lon qildi.
- 1923 - Misrda konstitutsiya e'lon qilindi.
- 1923 - «Dinamo» sport jamiyati tashkil etildi.
- 1924 - Moskvada muntazam avtobus xizmati yo‘lga qo‘yildi.
- 1925 - Xalqaro radiohavaskorlar ittifoqi tuzildi.
- 1927 - Chan Kayshi Nankinda "Milliy hukumat" ni tuzdi.
- 1946 - Millatlar Ligasi hamma vakolatlarini BMTga berib, tarqalib ketdi.
- 1949 - Dublinda Irlandiya Respublikasi tashkil topgani e'lon qilindi.
- 1951 - Yevropa ko'mir va po'lat hamjamiyatini yaratish to'g'risida xalqaro shartnoma imzolandi.
- 1961 - Diplomatik aloqalar to'g'risida Vena konvensiyasi imzolandi.
- 1980 - Buyuk Britaniya Zimbabve mustaqilligini tan oldi.
- 1988 - AQSh dengiz kuchlari Eronga qarshi harbiy operatsiya o'tkazdi ("Beshiktervatar").
- 2013 - Dubayda suv ostida joylashgan do‘koni ish boshlagan kun.
- 2018 - Svazilend qiroli Msvati III mamlakat o'z nomini Esvatiniga o'zgartirishini e'lon qildi.
- 2022 - Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Donbass uchun janglar boshlandi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1590 - Ahmed I (1617) - Usmonlilar imperiyasining  hukmdori (1603-1617).
- 1772 - Devid Rikardo (1823) - ingliz iqtisodchisi, siyosiy iqtisod klassigi.
- 1839 - Genri Kendall (1882) - "Avstraliyaning milliy shoiri" nomini olgan shoir.
- 1907 - Bulatov Mitxat - memor, tadqiqotchi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan binokor (1970).
- 1907 - Lars Alfors (1996) – finlandiyalik matematik.
- 1917 - Georgiy Vitsin (2001) - mashhur komik aktyor, SSSR xalq artisti.
- 1928 - Mikio Sato - yaponiyalik matematik.
- 1929 - Galina Brejneva (1998) - SSSR Markaziy Komiteti Bosh kotibi L.I. Brejnevning qizi
- 1930 - Natan Aidelman - sovet yozuvchisi, tarixchi, adabiyotshunos.
- 1937 - Svetlana Nemolyaeva - Sovet va rus teatr va kino aktrisasi, RSFSR xalq artisti.
- 1939 - Bushuy Anatoliy - tilshunos, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi (2001).
- 1940 - Josef Leonard Goldsteyn - amerikalik genetik olim, Nobel mukofoti sohibi (1985).
- 1940 - Eduard Xanok - sovet va belorus musiqachisi va bastakori, Belorussiya xalq artisti.
- 1949 - Charlz Fefferman - amerikalik matematik. 
- 1970 - Saʼduddin Rafiq al-Haririy - Livanlik milliarder va siyosatchi, Livan bosh vaziri (2009-2011, 2016-2020).
- 1987 - Rouzi Xantington-Uaytli - britaniyalik supermodel.
- 1993 - Mika Zibanejad - shved xokkeychisi, jahon chempioni (2018).
- 1996 - Daniil Dubov - rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster, tezkor shaxmat bo'yicha jahon chempioni (2018).

@Kun_TarixiTG
19-aprel – Boychechaklar kuni

Har yili 19-aprel kunida ko’plab mamlakatlarda an'anaga aylangan go’zal  bahor bayrami - boychechaklar kuni (The Day of Snowdrop) nishonlanadi. Tarixi Angliyadan olingan bo’lib, 1984-yildan nishonlana boshlandi.
Iqlim zonalarga muvofiq, dunyo
bo’yicha boychechaklar yanvar
oyidan aprelga qadar gullaydi. Buyuk Britaniyada boychechaklar ochilishi aprel oyining o’rtalariga to’g’ri kelganligi sababli bayram shu vaqtga - bahor va issiq quyoshli kunlar boshlanishida, o’tkaziladi. Bu boshqa mamlakatlarda ham sevimli va ommabop bayramga aylandi.

@Kun_TarixiTG
19-aprel – Xalqaro yaproqlardagi mo’jiza bayrami kuni.

BMT bosh assambleyasi tomonidan 1988-yil 19-aprel Xalqaro yaproqlardagi mo’jiza bayrami deb e’lon qilindi. Bu bayram barglarning fotosintez qilib organik modda hosil qilishi va tabiatni kislorodga boyitishiga bag’ishlangan

@Kun_TarixiTG
#tavalludlar

1987-yil 19-aprelda Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova dunyoga kelgan.

@Kun_TarixiTG
1775-yil 19-aprelda Buyuk Britaniyaning AQShda joylashgan Leksington va Konkord koloniyalarida janglar bo'lib o'tdi.

@Kun_TarixiTG
19-aprel – Angliyada Primula(Navro‘zgul) kuni

Angliyada Primula kuni 19-aprelda nishonlanadi. Bu kun Angliyadagi eng mashhur gullardan biri - primulaga bag'ishlangan. Shu kuni odamlar o'z uylari va bog'larini ushbu go'zal gul bilan bezashadi, primulaga bag'ishlangan tanlovlar va ko'rgazmalar o'tkazadilar. Shuningdek, ushbu kunda ko'plab bog'lar bog'larga tashrif buyuruvchilar uchun ushbu gulning go'zalligidan bahramand bo'lishlari va uning navlari va parvarishi haqida ko'proq ma'lumot olishlari uchun maxsus tadbirlarni tashkil qiladi.‌‌

@Kun_TarixiTG
19-aprel – Braziliyada armiya kuni

Braziliyada armiya kuni 19-aprelda nishonlanadi. Ushbu bayram Braziliya armiyasi va uning mamlakat mudofaasidagi roliga bag'ishlangan. Shu kuni ko'plab paradlar, texnika va qurollar ko'rgazmalari, shuningdek, harbiy va tinch aholini jalb qiladigan boshqa tadbirlar o'tkaziladi. Armiya kuni Braziliya uchun muhim voqea bo'lib, barchaga milliy xavfsizlik va mamlakat birligini saqlash zarurligini eslatadi.‌‌

@Kun_TarixiTG
19-aprel – O‘zbekiston Yoshlarning "Kamolot" jamg'armasi tashkil topgan kun

1996-yil 19-aprel -  O’zbekiston Yoshlarning “Kamolat” jamg’armasi ta’sis etildi. Mamlakatimizda yoshlarni milliy g‘oya atrofida jipslashtirish, ularni Vatanga sadoqat, fidoyilik ruhida tarbiyalash, el-yurt, jamiyat manfaatlari yo‘lida sidqidildan xizmat qiladigan komil insonlar etib voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlod kamoloti yo‘lida yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar o‘z samarasini bermoqda. 2017-yil tugatilgan.

@Kun_TarixiTG
19-aprel – Bo‘stonliq tumani tashkil etilgan kun.

Boʻstonliq tumani — Toshkent viloyati tarkibidagi tuman. 1955-yil 19-aprelda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Yuqori Chirchiq tumaniga qoʻshib yuborilgan, 1968-yil 25-dekabr da qayta tuzilgan). Bo'stonliq tumani shimolida Qozogʻiston Respublikasining Janubiy Qozogʻiston viloyati, sharqda Qirgʻiziston Respublikasining Talas viloyati, janubi-sharqda Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyatining Pop tumani, shimoli-gʻarbda Toshkent viloyatining Qibray, janubda Yuqori Chirchiq, Parkent, Ohangaron tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 4,93 ming km². Aholisi 175,7 ming kishi. Markazi — Gʻazalkent shahri.

@Kun_TarixiTG
19-aprel – Boyovut tumani tashkil etilgan kun

Boyovut tumani — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1955-yil 19-aprelda Toshkent viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1960-yilda Yangiyer tumaniga qoʻshilgan. 1963-yil Sirdaryo viloyati tarkibida qayta tashkil etildi. Boyovut tumani Sirdaryo viloyatining sharqida joylashgan. Sharqda Toshkent viloyatining Bekobod tumani, janubi-gʻarbda Xovos tumani, shimolda Guliston tumani, gʻarbda Mirzaobod tumani va janubda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 520 km². Aholisi 135 ming kishi. Markazi — Boyovut shahar.

@Kun_TarixiTG
Bugun 19-aprel 2025-yil, shanba

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro Yaproqlardagi mo‘jiza bayrami kuni.
🌏 Velosiped kuni.
🌎 Boychechaklar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇷🇺 Rossiya - Qrim, Taman va Kubanning Rossiya imperiyasiga qabul qilingan kuni.
🇨🇺 Kuba - Playya-Xirondagi g‘alabani nishonlash kuni.
🇺🇸 AQSh - Ta'lim va ulashish kuni
🇬🇧 Buyuk Britaniya - Primula kuni.
🇺🇸 AQSh - Gollandiya-Amerika do'stligi kuni.
🇷🇺 Rossiya - Poligrafiya sanoati kuni.
🇧🇷 Braziliya - Armiya kuni.
🇧🇷 Braziliya - Hindular kuni.
🇸🇿 Svazilend - Qirolning tugʻilgan kuni.
🇻🇪 Venesuela - Mustaqillik harakati kunining boshlanishi.
🇺🇾 Urugvay - O'ttiz uchta vatanparvar kemadan tushgan kun.

👉 VOQEALAR:

- 1012 - Grinvichda daniyaliklar Kenterberi arxiyepiskopi Elfiyani qiynoqqa solib o‘ldirishdi, keyinchalik u katolik avliyosi deb e'lon qilingan.
- 1529 - Shpeyerdagi Reyxstagda nemis katoliklari va protestantlari o'rtasidagi yakuniy bo'linish bo'lib o'tdi.
- 1563 - Birinchi ruscha "Havoriy" kitobi nashr etila boshladi.
- 1775 - Leksington va Konkord janglari.
- 1783 - Qrim va Kubanni Rossiyaga qo'shib olish to'g'risidagi Yekaterina II ning manifesti e'lon qilindi.
- 1810 - Karakasda xalq g‘alayoni: Venesuellaning Ispaniyadan mustaqilligi uchun urushning boshlanishi.
- 1839 - London shartnomasi Belgiyaning Gollandiyadan mustaqilligini tan oldi.
- 1850 - Angliya va Qo'shma Shtatlar Panama kanalini birgalikda qurish to'g'risidagi bitimni imzoladilar (keyinchalik AQSh kanalni o'zi qurishga qaror qildi).
- 1865 - Aleksandr II ning senzura islohoti: "Matbuot uchun vaqtinchalik qoidalar" qabul qilindi.
- 1903 - Rossiya imperiyasida yahudiylar quvgʻini.
- 1933 - AQShda oltin standarti bekor qilindi.
- 1935 - SSSRda Spartak ko‘ngilli sport jamiyati tashkil etildi.
- 1943 - "Smersh" kontrrazvedka bosh boshqarmasi tashkil etildi.
- 1943 - Varshava gettosidagi qoʻzgʻolon.
- 1947 - “Hind milliy kongressi” partiyasi mamlakatni Hindiston va Pokistonga bo‘lishga rozi bo‘ldi.
- 1956 - amerikalik aktrisa Grace Kelli  Monako knyazi Rene III bilan turmush qurdi.
- 1960 - Janubiy Koreyadagi aprel inqilobi davrida Seulda prezident saylovlarini soxtalashtiruvchi ommaviy namoyishlar boshlandi.
- 1970 - Ilk “VAZ-2101” avtomobili chiqarildi.
- 1984 - Avstraliyaning milliy madhiyasi rasman tasdiqlandi.
- 1995 - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi (Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi) tashkil etildi.
-1995 - Oklaxomada terroristik xurujlar.
- 1996 - O’zbekiston Yoshlarning “Kamolat” jamg’armasi ta’sis etildi.
- 2000 - Markaziy Ruminiyada Yevropaning eng yirik oltin koni topildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1795 - Kristian Gottfrid Erenberg (1876) - nemis biologi, geolog, tabiatshunos, mikropaleontologiyaning asoschisi.
- 1801 - Gustav Teodor Fexner (1887) - nemis psixologi, psixofiziologiya va psixofizikaning asoschisi.
- 1911 - Matvey Lyubanskiy (1978) - aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1956). 
- 1911 - Mirzo Tursunzoda (1977) - tojik shoiri va jamoat arbobi, Tojikiston xalq shoiri (1961). 
- 1912 - Glenn Seaborg (1999) - amerikalik fizik va kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1951).
- 1917 - Nuriddin Muhitdinov (2008) - 1955-1957-yillarda O'zbekiston SSR Kompartiyasi rahbari.
- 1918 - Shuhrat (Alimov Gʻulom) (1993) - Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1986), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978). 
- 1932 - Xose Exegaray (1916) - ispan dramaturgi, Nobel mukofoti sohibi (1904).
- 1949 - Paloma Pikasso - fransuz modelyeri, ishbilarmon ayol, zargarlik buyumlari dizayneri.
- 1957 - Mukesh Dhirubhai Ambani - hindistonlik yirik tadbirkor, milliarder, Reliance Industries Limited kompaniyasi boshqaruvchisi.
- 1959 - Bahodir Sodiqov (1980) - o'zbek adabiyotshunos olimi, shoir.
- 1972 - Rivaldo Vitor Borba Ferreyra - Braziliyaning eng yaxshi professional futbolchilaridan biri.
- 1978 - Jeyms Edvard Franko - amerikalik aktyor.
- 1987 - Mariya Sharapova - rossiyalik tennischi, xizmat koʻrsatgan sport ustasi.
- 1995 - Lia Smit - amerikalik suzuvchi, Olimpiya chempioni, ko'p karra jahon chempioni.

@Kun_TarixiTG
#bayramlar

Bugun 20-aprel - Xalqaro sirk kuni

🔹 Har yili aprel oyining uchinchi shanba kuni butun dunyo sirk jamoatchiligi va ushbu ajoyib san’at ixlosmandlari g’ayrioddiy qiziqarli bayram - Butunjahon Sirk kunini nishonlashadi. 

🔹 2008-yil 19-aprelda (aprelning uchinchi shanbasida) Yevropada birinchi sirk kuni bo‘lib o‘tdi va ushbu an’ana butun dunyo bo‘ylab xalqaro bayram - Xalqaro sirk kuni sifatida davom ettirishga qaror qilindi.

@Kun_TarixiTG
20-aprel – Butunjahon yetimlar kuni

20-aprelda nishonlanadigan yetimlar kuni Butunjahon xayriya tashkiloti (WOC) tomonidan ilgari Jahon yetimlar markazi nomi bilan ta’sis etilgan. Maqsad - ota-onasidan ayrilgan bolalarga g’amxörlik qilish va e'tibor berish. Darhaqiqat,yosh bola uchun bu eng og’iri- otasiz, onasiz yoki bir vaqtning o'zida ikkalasidan ham juda boʻlishdir...
Dunyoda mehr va e’tiborga muhtoj yuz millionlab yetimlar bor. Ko'pgina yetimlar qiyin ahvolda bo'lib, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, huquqiy himoya va tibbiy yordamga muhtojdir.
Insonlarning yetim bolalar uchun qiladigan eng katta yaxshiligi bu-mehribon va insonparvar boʻlgan holda, oila barpo etish, ularni samimiy mehr-muhabbat bilan tarbiyalash, qalblarini iliqlik bilan isitish, hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishdir.

@Kun_TarixiTG
#Bugun

1904-yil 20-aprelda O‘zbekiston xalq hofizi Ma'murjon Uzoqov tug‘ilgan.

@Kun_TarixiTG
#Bugun

1940-yil 20-aprelda Aqshda ilk elektronli mikroskop taqdim etilgan.

@Kun_TarixiTG
#Bugun

1865-yil 20-aprelda xavfsiz gugurt chiqarilgan.

@Kun_TarixiTG
20-aprel – Rossiyada donorlar kuni

Rossiyada Donor kuni har yili 20-aprelda nishonlanadi. Ushbu bayram 1998-yilda Butunrossiya Qizil Xoch Jamiyati va Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan jamoatchilik e'tiborini qon topshirish muammosiga qaratish va ushbu faoliyatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Shu kuni ommaviy qon topshirish, yangi donorlarni jalb qilish bo‘yicha aksiyalar, tanlovlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazilib, ezgu ish qilayotgan har bir insonni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish – boshqa odamlarning hayotini saqlab qolish uchun o‘z qonini topshirishga qaratilgan.

@Kun_TarixiTG
20-aprel – Xitoy tili kuni

Xitoy tili kuni 20-aprelda nishonlanadi. Bu kun Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan xitoy tilini targ‘ib qilish va asrab-avaylash maqsadida tashkil etilgan. Xitoy tili dunyodagi eng keng tarqalgan tillardan biri bo'lib, uning aholisi 1,4 milliarddan oshadi. Xitoy, Tayvan va Singapurda rasmiy til hisoblanadi.

Shu kuni Xitoy tili va madaniyatiga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkaziladi. Maktab va universitetlarda xitoy tili bo‘yicha tanlovlar, ko‘rgazmalar, konsertlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, shu kuni Xitoy madaniyati va xitoy tilining jahon iqtisodiyotidagi ahamiyati haqida ma’ruzalar tinglanadi.

@Kun_TarixiTG
20-aprel – Navoiy viloyati tashkil topgan kun.

Navoiy viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1982-yil 20-aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992-yil boshida qayta tiklandi. Maydoni 111,0 ming km². Aholisi 1 mln kishi. Navoiy viloyati Oʻzbekiston Respublikasi hududining oʻrta qismida joylashgan boʻlib, Qizilqum sahrosining kattagina qismini egallaydi. Maydoni jihatdan u eng katta viloyat hisoblanadi. Navoiy viloyati gʻarbda Qoraqalpogʻiston, shimolda Qozogʻiston, sharqda Jizzax, janubda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari bilan chegaralanadi.

@Kun_TarixiTG