KUAF (official)🇺🇿
29.5K subscribers
9.76K photos
2.98K videos
239 files
5.86K links
🏛 Qo‘qon Universiteti Andijon filialining rasmiy axborot kanali 📚

🏛 Официальный новостной канал Андижанского филиала Кокандского Университета 📚

🏛 Official informational channel of the Andijan branch of Kokand University 📚
Download Telegram
📣 Sirtqi moliya 24-04 guruh talabalari ingliz tili darsi

🏫 Qo‘qon universiteti Andijon filialining Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan Moliya yo‘nalishi 24-04 guruh talabalari uchun Ahmedova Aziza tomonidan “A Career in Accountancy” mavzusida ingliz tili fani bo‘yicha navbatdagi dars o‘tkazildi.
🟢 Dars davomida talabalarga moliya sohasida professional karera yo‘nalishlari, hisobchilik va auditning amaliy jihatlari, ish bozori talablari hamda moliyaviy atamalarni ingliz tilida to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tushunchalar berildi.
📖 Mashg‘ulot natijalari:
🔴 Talabalar ingliz tilida moliyaviy atamalarni samarali qo‘llashni o‘rgandilar;
🔴 Hisobchilik va audit jarayonlarini tahlil qilish orqali amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi;
🔴 Moliyaviy sohada kasbiy kommunikatsiya va muloqot qobiliyatlari rivojlantirildi;
🔴 Global ish bozori va karera imkoniyatlari bilan tanishib, kelajak rejalari uchun asos yaratildi.

Natija: Dars talabalarga moliya sohasidagi karera yo‘nalishida ishonch bilan harakat qilish va ingliz tilini professional maqsadlarda qo‘llash imkoniyatini berdi.
😎 kuaf_edu | 😎 kuaf_uz | 😎 kuafuz  
😎 Kuaf Uz     | 🌐 kuaf.uz  
🖊 qabul.kuaf.uz |📱  my.kuaf.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16❤‍🔥5👍52🔥2
Farzandingiz qanday sharoitda ta’lim olayotganini bilasizmi? 🎓
Hurmatli ota-onalar!
🏫 Biz har doim ochiqlik va shaffoflik tarafdorimiz. Shuning uchun sizni universitetimiz hayoti bilan yaqindan tanishishga — "Ochiq darslar haftaligi"ga taklif etamiz!

Endi sizda nafaqat farzandingizning baholarini bilish, balki butun o‘quv jarayonini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish imkoniyati bor.
Nima uchun tashrif buyurishingiz kerak?
🔵 Jonli kuzatuv: Farzandingiz auditoriyada o‘zini qanday tutishi, darslarda qanchalik faol ishtirok etayotganini ko‘rasiz.
🔵 Amaliyot jarayoni: Nazariy bilimlar qanday qilib amaliy mahoratga aylanayotganiga guvoh bo‘lasiz.
🔵 Ustozlar mahorati: Farzandingizga bilim berayotgan professor-o‘qituvchilarning professionallik darajasini shaxsan baholaysiz.
🔵 Zamonaviy sharoitlar: Talabalar uchun yaratilgan eng so‘nggi texnologiyalar, laboratoriyalar va qulayliklar bilan yaqindan tanishasiz.

Biz ota-onalar va universitet o‘rtasidagi mustahkam ishonch — sifatli ta’lim poydevori ekanligiga ishonamiz!

📍 Manzil: Qo'qon universiteti Andijon filiali o'quv binolari
📅 Vaqti: dushanbadan jumaga qadar
⚠️ Tashrif buyurish uchun farzandingizning guruh sardoriga (starostasiga) murojaat qiling!

Farzandingiz kelajagi yo‘lida biz bilan birga bo‘ling!
😎 kuaf_edu | 😎 kuaf_uz | 😎 kuafuz  
😎 Kuaf Uz     | 🌐 kuaf.uz  
🖊 qabul.kuaf.uz |📱  my.kuaf.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🔥7❤‍🔥53
#live
#AndijonPaulownia2026 #PavloniaFest
Хабарингиз бор, 31 мартдан 5 апрелга қадар Андижон вилоятида “PAVLONIYA FEST – 2026” — беқиёс павлония гуллари фестивали бўлиб ўтмоқда!

Айни дамда фестивалнинг тўртинчи кун тадбирлари бўлиб ўтмоқда. Жумладан, Андижон туманидаги Камолот кўчаси, Қўқон университети Андижон филиалида концерт дастурлари ташкил этилди.

Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
377🔥7👍6❤‍🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏫 Kelajak laboratoriyasi — bugun bizda!

​Oddiy talaba loyihasi qanday qilib katta klasterga aylandi? Elmurod Valiyevning innovatsion startapi haqida to‘liq video-obzor.

​O‘simlik ekishdan tortib, tayyor dorivor mahsulot sotuvigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni ko‘rsatamiz.

Mana shunday iqtidorli yoshlar yurtimiz drayverlaridir!

#KUAF #Andijon #Innovatsiya #Startap #DorivorOsimliklar #StudentSuccess #KelajakYoshlari #BusinessReview
😎 kuaf_edu | 😎 kuaf_uz | 😎 kuafuz  
😎 Kuaf Uz     | 🌐 kuaf.uz  
🖊 qabul.kuaf.uz |📱  my.kuaf.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24🔥9❤‍🔥73💯1
🏫 Yana bir talabamiz 8 yillik 100% grant sohibi bo‘ldi!
Universitetimizning Stomatologiya yo‘nalishi, 25-04 guruhi talabasi Elmurod Valiyev o‘zining innovatsion startap loyihasi bilan yuksak natijani qo‘lga kiritdi.
Loyiha mazmuni:
Elmurod "Dorivor o‘simliklar klasteri: yetishtirishdan tayyor mahsulot sotuvigacha bo‘lgan to‘liq sikl" yo‘nalishida o‘z tajriba va sinov er maydoniga ega bo’ldi.
Hozirda sinov tariqasida 7 turdagi dorivor o‘simlikdan ekstraktlar olishga muvaffaq bo‘lindi va tabiiy BFQ (BAD) mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Universitet ko‘magi:
Loyiha muvaffaqiyatini ta’minlash maqsadida universitet tomonidan talabaga barcha sharoitlar yaratib berildi:
Ekin uchun maxsus yer maydoni va zamonaviy issiqxona;
Mini traktor va avtomatlashtirilgan sug‘orish tizimi;
Ishlab chiqarish uchun to‘liq jihozlangan laboratoriya;
Zaruriy investitsiya mablag‘lari.

Natija:

Loyiha kutilgan samarani bergani, amaliyotga muvaffaqiyatli tadbiq etilgani va atrofidagi tengdoshlari uchun ish o'rinlarini tashkil etgani uchun Elmurod Valiyevga universitet rahbariyati tomonidan 8 yillik 100% o‘qish granti taqdim etildi.

Biz Elmurodning kelajakdagi faoliyatiga zafarlar tilaymiz! Qo‘qon universiteti har doim iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
😎 kuaf_edu | 😎 kuaf_uz | 😎 kuafuz  
😎 Kuaf Uz     | 🌐 kuaf.uz  
🖊 qabul.kuaf.uz |📱  my.kuaf.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
63👍42🔥20❤‍🔥8👏7💯5🕊41🎉1
#Chellenj

2️⃣5️⃣🔤 🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤

CHELLENJ 3-O'RIN G‘OLIBI ANIQLANDI!

🏫 Qo‘qon universiteti Andijon filialida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Nima uchun KUAFni tanladingiz?” mavzusidagi ijodiy chellenj o‘z yakuniga yetdi.
🎉 Mazkur tanlovda faol ishtirok etib, o‘zining kreativ yondashuvi, erkin fikrlashi va mazmunli chiqishi bilan ajralib turgan ishtirokchilardan biri faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib 25 foiz grant bilan taqdirlanadi

👏G‘olibni ushbu natija bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi o‘qish va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.📌
😎 kuaf_edu | 😎 kuaf_uz | 😎 kuafuz  
😎 Kuaf Uz     | 🌐 kuaf.uz  
🖊 qabul.kuaf.uz |📱  my.kuaf.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42❤‍🔥13🔥134💯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarKuni #Biznes_loyiha

🏫YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI: YUQORI MARRALAR SARI!

🏛 ​Yana bir talabamizning loyihasi uchun 10,5 milliard so‘m sarmoya va yer maydoni ajratildi.📈
😎 kuaf_edu | 😎 kuaf_uz | 😎 kuafuz  
😎 Kuaf Uz     | 🌐 kuaf.uz  
🖊 qabul.kuaf.uz |📱  my.kuaf.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥33198❤‍🔥6👍5👀3🆒3🕊2🏆2💯1
🏫 Qo‘qon universiteti Andijon filialining 2-kurs talabalarimiz (24-04, 05, 06 guruhlar) uchun “Buxgalteriya hisobi” fani bo‘yicha dars o‘tkazildi. Darsni Maxmudov Sayidjamol Qodirjonovich olib bordi. Talabalar “Buxgalteriya balansi” mavzusi yuzasidan muhim bilimlarga ega bo‘ldilar.📌
📚 Darsning ahamiyati:
Buxgalteriya balansining mazmuni va tuzilishini chuqur o‘rganish;
Nazariy bilimlarni amaliy misollar orqali mustahkamlash;
Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish

👨🏻‍🎓 Talabalarimizning olgan bilim va ko‘nikmalari kelgusida ularning malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
😎 kuaf_edu | 😎 kuaf_uz | 😎 kuafuz  
😎 Kuaf Uz     | 🌐 kuaf.uz  
🖊 qabul.kuaf.uz |📱  my.kuaf.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
116🔥84❤‍🔥2🤣1
⚡️⚡️

🏫 Bugun Qo‘qon universiteti Andijon filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2026-yil 2-martdagi 88-son buyrug‘iga muvofiq “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovi doirasidagi imtihon jarayonlarini o‘tkazish ishlari boshlanish arafasiga keldi.
🔴 Mazkur ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-fevraldagi 69-son qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy bilim va kompetensiyalarini baholash, ilg‘or ish tajribalarini aniqlash hamda ularni munosib rag‘batlantirishga qaratilgan.

Hozirgi vaqtda ishtirokchilar tomonidan belgilangan tartib asosida tashkiliy va tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Imtihon jarayonlari tasdiqlangan nizom va mezonlar asosida ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda tashkil etiladi.📌
😎 kuaf_edu | 😎 kuaf_uz | 😎 kuafuz  
😎 Kuaf Uz     | 🌐 kuaf.uz  
🖊 qabul.kuaf.uz |📱  my.kuaf.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20🔥8❤‍🔥61👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
7️⃣-aprel — Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan Andijon ahli uchun katta sovg'a:

1️⃣5️⃣ dan ortiq yuqori malakali shifokorlar ko'rigi, UZI, EKG, rentgen va stomatologiya xizmatlari
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔴🟠🟠🟠🔴

Tashkilotchilar qatorida 🏫 KUAF professor-o'qituvchilari hamda shahrimizning yetakchi 🧑‍⚕"FAMILY MED" va "MED CITY" klinikalari oliy toifali shifokorlari bor.

Dental City Mobil stomatologiya xizmati ham yo'lga qo'yilgan.

Bolajonlar uchun hatto bepul xatna qilish.

Kasallikni davolagandan ko'ra, uning oldini olgan afzal!

🗓 Qachon: 7-aprel (Seshanba)
📍 Manzil: Andijon shahar, 1-oilaviy poliklinika.

👇 Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Videoni darhol oilaviy gruppalarga va yaqinlaringizga yuborib qo'ying, ular ham xabardor bo'lishsin!
😎 kuaf_edu | 😎 kuaf_uz | 😎 kuafuz  
😎 Kuaf Uz     | 🌐 kuaf.uz  
🖊 qabul.kuaf.uz |📱  my.kuaf.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25❤‍🔥7🔥7👍41