QDPI rasmiy sahifasi
5.18K subscribers
18K photos
1.85K videos
222 files
9.99K links
Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining rasmiy kanali.

Matbuot kotibi bilan bog‘lanish: @liberalissimus1001
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

Talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo‘yicha talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida so‘rovnoma boshlandi!

Ushbu so‘rovnoma barcha davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun bo‘lib, survey.hemis.uz sayti orqali HEMIS platformasidagi login-parolini kiritishi bilan so‘rovnomada o‘z fikrini bildirishlari mumkin.

Izoh: Avvalroq ushbu so‘rovnoma faqat vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari uchun edi, keyinchalik boshqa vazirlik va idoralar huzuridagi oliy ta’lim muassasalari ishtirok etishi belgilandi.

           😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

“Globallashuv jarayonida psixologiya sohasidagi muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani institut prorektori Nurbek Jo‘rayev kirish so‘zi bilan ochib berdi va institut rektori Dilnoza Xodjayevaning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik so‘zini o‘qib eshittirdi.

Onlayn va oflayn formatda o‘tkazilgan anjumanda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ukrainaning yetakchi olimlari tomonidan psixologiya sohasidagi dolzarb muammo va yechimlar muhokama qilindi.

Ijtimoiy munosabatlarda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikning psixologik jihatlari, maxsus ta’lim muassasalaridagi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga amal qilishga oid malakalarni shakllantirish, globallashuv sharoitida shaxs rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va ularning yechimlari, global axborot tahdidlarida qadriyatlarni o‘smir yoshidagi bolalarda shakllantirishning psixologik jihatlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglangdi.

Yakunda, kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi va konferensiya materiallarini to‘plam shaklida chop etishga kelishib olindi.

            😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢📢📢📢📢

⚠️ Joriy yilning 30-aprel kuni soat 13:30da Tabiiy fanlar fakulteti o‘quv binosining 123-auditoriyasida Biologiya kafedrasi o‘qituvchisi (PhD) Ernazarov Zafarjon Ma’murovichning “Immunologiya. Biotexnologiya” fanidan “Tuproq mikrobiotexnologiyasi. Veterinar tibbiyotda biotexnologiya. Biotexnologiya va xavfsizlik” mavzusidagi ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tadi.

⚠️ Joriy yilning 30-aprel kuni soat 08:30da Boshlang‘ich ta’lim fakultetining 902-auditoriyasida O‘rmanoy Toshmatovaning “Matematika o‘qitish metodikasi” fanidan “Boshlang‘ich sinflarda harakatga doir masalalarni yechishga o‘rgatish metodikasi” mavzusidagi ochiq ma’ruzasi o‘tkaziladi.

⚠️ Joriy yilning 1-may kuni soat 15:00da Jismoniy madaniyat fakultetining sport zalida Sport va harakatli o‘yinlar kafedrasi o‘qituvchisi Parmonov Akmalning “Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi” fanidan “To‘pni o‘yinga kiritish. 1,5,6 zonalarga tashlash texnikasini mustahkamlash. O‘quv o‘yini.” mavzusidagi ochiq amaliy darsi bo‘lib o‘tadi.

⚠️ Joriy yilning 2 - may kuni soat 13:30da Fizika-matematika fakulteti o‘quv binosining 308-auditoriyasida Fizika va astronomiya kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD) Qo‘qonboyeva Shahlo Rafiqjonovnaning “Fizikadan masalalar yechish metodikasi” fanidan “Atom fizikasiga oid masalalar yechish metodikasi” mavzusidagi ochiq seminar darsi bo‘lib o‘tadi.

⚠️ Joriy yilning 3-may kuni soat 8:30da Tabiiy fanlar fakulteti o‘quv binosining 111-auditoriyasida Kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ahmadjonov Ilhomjon Luqmonovichning “Organik reaksiyalar mexanizmi” fanidan “Benzol yadrosida oriyentatsiya va aromatik yadroda elektrofil almashinish reaksiyalari” mavzusidagi ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tadi.          

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Rossiyaning Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti rektori Yanina Chigovskaya-Nazarovaning Qoʻqon davlat pedagogika institutiga tashrifi tafsilotlari Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi sahifalarida.

Lotinda: https://uza.uz/oz/posts/talim-sohasida-xalqaro-hamkorlik-mustahkamlanmoqda_593311

Kirilda: https://uza.uz/uz/posts/talim-sohasida-xalqaro-hamkorlik-mustahkamlanmoqda_593310

           😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️🟦🟦🟦🟦🟦

Tangrim, meni do‘stlardan panohingda saqla – dushmanlarni o‘zim eplayman.

✍️ Volter

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

Qo‘qon davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Talabalar bahori” doirasida institut talabalari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa natijasi ma’lum bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin: Bahodir Mirzaodilov – Tarix fakulteti.
2-o‘rin: Isobek Muxtorov – Pedagogika va psixologiya fakulteti.
3-o‘rin: Bobur Karimov – Fizika-matematika fakulteti.

Qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin: Samira Ibrohimova – Tarix fakulteti.
2-o‘rin: Nozanin Hakimjonova – Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at fakulteti.
3-o‘rin: Shahriyora Anvarjonova – O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti.

            😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM