QDPI rasmiy sahifasi
5.29K subscribers
17.2K photos
1.79K videos
214 files
9.67K links
Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining rasmiy kanali.

Matbuot kotibi bilan bog‘lanish: @liberalissimus1001
Download Telegram
📢📢📢📢📢

⚠️ Joriy yilning 26-aprel kuni soat 08:30da Tabiiy fanlar fakultetining 214-auditoriyasida Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi o‘qituvchisi g.f.f.d. (PhD) Tobirov Odiljon Qobiljon o‘g‘lining “Turizm va rekreatsion geografiya” fanidan "Geografik turizm (Turistik mintaqa, zona va klasterlar)" mavzusidagi ochiq ma’ruzasi o‘tkaziladi.

⚠️Joriy yilning 26-aprel kuni soat 15:00da Fizika-matematika fakulteti o‘quv binosining 202-auditoriyasida Informatika kafedrasi o‘qituvchisi Rasulova Feruzaxonning “Zamonaviy dasturlash tillari” fanidan “Pythonda chiziqli va tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish” mavzusida namunali ochiq laboratoriya darsi bo‘lib o‘tadi.

⚠️Joriy yilning 26-aprel kuni soat 12:00da Fizika-matematika fakultetining 210-auditoriyasida Informatika kafedrasi o‘qituvchisi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jumanqo‘ziyev O‘ktamjon O‘tkirjon o‘g‘lining "Zamonaviy dasturlash tillari" fanidan “Zamonaviy dasturlash tillari” mavzusida ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tadi.

⚠️ Joriy yilning 26-aprel kuni soat 08:30 da Tabiiy fanlar fakulteti o‘quv binosini 118-auditoriyasida Biologiya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlar nomzodi Toshmatova Shoiraxon Ro‘ziyevnaning “Zoogeografiya” fanidan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” mavzusidagi ochiq amaliy mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi.

⚠️ Joriy yilning 26-aprel kuni soat 12:00da Boshlang‘ich ta‘lim fakulteti o‘quv binosini 804-auditoriyasida Boshlang‘ich ta‘lim metodikasi professori, geografiya fanlari doktori Qo‘ziboyeva Ozodxon Mahmudovnaning "Geografiya" fanidan "Geografiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish" mavzusidagi seminar darsi bo‘lib o‘tadi.

⚠️Joriy yilning 26-aprel kuni soat 15:00da Xorijiy tillar fakultetining 204-auditoriyasida Inklyziv taʼlim kafedrasi oʻqituvchisi Rahimova Muniraxonning “Inklyuziv taʼlim kursining predmeti, maqsad va vazifalari, obyekti, tamoyillari”mavzusida ochiq maʼruza darsi boʻlib oʻtadi.

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OAK raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Qo‘qon davlat pedagogika instituti ilmiy salohiyatini yanada oshirish, reyting ko‘rsatkichini yuksaltirish va bu yo‘nalishdagi harakatlarni yanada jonlantirish hamda amaliy yordam berish maqsadida Oliy Attestatsiya Komissiya raisi Ahmadbek Yusupov institutga tashrif buyurib, professor-o‘qituvchilar, doktorant va ilmiy tadqiqotchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirni institut rektori Dilnoza Xodjayeva ochib berdi. Uchrashuvda A. Yusupov Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshirilganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tadqiqotchilarga dissertatsiya ishlarini, avtoreferatlarini rasmiylashtirish, dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati, joriy qilinishini yoritish, to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar berildi.

OAK raisi tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berdi.

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️🟦🟦🟦🟦🟦

Sohildan qaraganda, dengiz chiroyli. Dengizdan qaraganda esa sohil goʻzaldir.

✍️ Daniya xalq maqoli

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩

Institut psixologi Z.Eshonqulova 25-26-aprel kunlari Farg‘ona davlat universitetida oliy ta’lim psixologlari uchun o‘tkazilayotgan “Oiladagi muammolar va ularning psixologik oqibatlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy seminarida ishtirok etmoqda.

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Ayni daqiqalarda Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Jismoniy tarbiya va sport sohasi samaradorligini oshirishda fiziologik, pedagogik-psixologik yondashuvlar va fanlararo integratsiyalashuv masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM