Salom! Ismim Shahzod Yo’ldoshboyev. Georgetown universiteti bitiruvchisi hamda Tufts universitetining iqtisodiyot yo’nalishidagi magistratura bosqichi talabasiman.
Shu kungacha Kun.uz, Gazeta.uz va boshqa nashriyotlar uchun bir qator tahliliy maqolalar yozib kelar edim. Ammo fikrlarimni qisqaroq shaklda bayon qilmagan ekanman. Bu kanalda iqtisodiyot, ta’lim, jamiyat va boshqa menga qiziq mavzularda so’z yuritmoqchiman.
Xush kelibsiz!

Tufts University
Home Page
Tufts University is a world-class private research university in Greater Boston that provides an education like no other.
Kambag’allik qopqoni va jamiyatdagi narrativlar haqida
PISA 2022 test natijalari bir narsani yanada aniq ko’rsatdi: O’zbekistonda ta’lim darajasi tashvishli holatda. 81ta qatnashgan davlatlar orasida, bizning 15-yoshlik maktab o’quvchilarimiz o’qish qobiliyati (reading) va ilm-fan (science) bo’yicha 80-o’rinni, matematikadan esa 72-o’rinni egallashibdi.
Bu bir qiziq fikrga undaydi: O’zbekiston, boshqa past daromadli mamlakatlar qatori, kambag’allik qopqonida (poverty trap) bo’lishi mumkin. Bilamizki, ta’lim inson kapitalini yaxshilaydi va ishchilarning unumdorligini oshiradi. Unumdor ishchi kuchi esa, iqtisodiy o’sishga olib keladi. Iqtisodiyot o’skan sari, ta’limga bo’lgan talab ham, unga ajratiladigan resurslarning hajmi ham oshib boradi. Ya’ni, sodda shaklda bu tsikl quyidagicha ko’rinishga ega: ta’limga sarmoya -> iqtisodiy o’sish -> ta’limga sarmoya -> iqtisodiy o’sish -> ….
Ushbu jarayon mikro-darajada ishlashini ko’pchiligimiz kuzatganmiz. Ta’lim olmagan insonning kambag’al bo’lish ehtimoli yuqori, va u o’z farzandlariga ham yaxshi ta’lim berishi qiyinlashadi. Uning farzandlari esa o’z farzandlariga kelganda huddi shu muammoga duch kelishadi va hokazo.
Makro-darajada, ya’ni davlat miqiyosida ham huddi shu bog’liqlik ishlaydi.
Qopqondan chiqish uchun biz ijobiy shoklarni (positive shocks) yaratishimiz kerak. O’ylashimcha, eng muhimlaridan biri bu jamiyatda ta’limga bo’lgan e’tirofni oshirish.
Bizda ta’limga sarmoya kiritish madaniyati shakllanmaganligi PISA natijalaridan ko’rinib turibdi. Rivojlangan mamlakatlarda, daromadi baland va o’qimishli oilalardan kelib chiqqan o’quvchilarning natijalari daromadi past oilalardagi o’quvchilarnikidan farq qiladi. Buning sababi: qanchalik resurslar ko’p bo’lsa, shunchalik ta’limga sarmoya kiritish uchun imkoniyatlar kengayadi. Repetitorlar, kitoblar, o’quv qurollari va boshqalarga mablag’ sarflash osonlashadi.
O’zbekistonda esa sotsial-iqtisodiy tafovut deyarli hech qanday PISA natijalaridagi farqni keltirib chiqarmas ekan. Ya’ni, kambag’al va boy oilalarda katta bo’lgan o’quvchilar bir xil past natijalarni ko’rsatishibdi. Ushbu fenomenning ba’zi sabablari sistematik bo’lsa-da, katta qismi bu jamiyatimizdagi daromadi baland oilalar ta’limdan tashqari boshqa yo’llarga mablag’larini sarflashida. Bu esa ota-onalar ta’limga sarmoyaning haqiqiy daromadlilik darajisini (rate of return) noto’g’ri o’lchashidan kelib chiqadi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ota-onalar ta’limning ijobiy ta’siri to’g’risida haqiqiy faktlarni bilishsa, farzandlarining ta’limiga ko’proq mablag’ va vaqt ajratishar ekan. “Bill Geyts o’qimagan lekin milliarder bo’la oldi-ku” kabi noto’g’ri qarashlarning ommalashishi esa salbiy ta’sir ko’rsatadi. Biz jamiyatimizdagi narrativlarni to’g’ri shakllantirishni boshlashimiz zarur.

OECD
Uzbekistan | Factsheets | OECD PISA 2022 results
The Programme for International Student Assessment (PISA) assesses the knowledge and skills of 15-year-old students in mathematics, reading and science. The tests explore how well students can solve complex problems, think critically and communicate effectively.…
Ko’rinmas Qo’l pinned «Salom! Ismim Shahzod Yo’ldoshboyev. Georgetown universiteti bitiruvchisi hamda Tufts universitetining iqtisodiyot yo’nalishidagi magistratura bosqichi talabasiman. Shu kungacha Kun.uz, Gazeta.uz va boshqa nashriyotlar uchun bir qator tahliliy maqolalar yozib…»